Shahzod tomonidan tayyorlangan mustaqil ish


Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi


Download 248.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana08.03.2023
Hajmi248.37 Kb.
#1250178
1   2   3   4
Bog'liq
Auditmustaqilish2[1]

3.Auditorlik xulosasi va uni tuzish tartibi
Auditorlik xulosasi buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning tarkibiy qismi bo’lib, 
undan foydalanuvchilar uchun ushbu hisobot ishonchliligi axborot manbasi bo’lib 
xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilar auditorlik xulosasida 
bayon qilingan fikrga tayanib, auditorga yoki auditorlik firmasiga ishonch 
bildiradilar. Ushbu ishonch, eng avvalo, auditor tomonidan bajarilgan ishning sifati 
bilan qo’lga kiritiladi va oqlanadi. O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati 
to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha, auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotning 
to’g’riligi va buxgalteriya hisobi yuritish tartibining qonun hujjatlarida belgilangan 
talablarga muvofiqligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikri yozma shaklda 
ifodalangan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar 
uchun ochiq bo’lgan hujjat. Auditorlik xulosasi auditorlik hisoboti asosida tuziladi. 
Auditorlik xulosasi auditor (auditorlar), auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan 
imzolangan va auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak (19-
modda). Auditorlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladigan auditorlik xulosasini 
tayyorlash ishlarida auditorlik faoliyatining milliy standartlari (AXS) qoidalarining 
talablarini inobatga olish zarur. Auditorlik xulosasini tayyorlashda asosan - 
«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli 
auditorlik faoliyati milliy standartidan (AXS) foydalaniladi. Audit natijalari 
korxonadagi jarayonlar va moliya-xo’jalik faoliyati natijalarini tashkil etish va 
hisobga olishni holisona aks ettirishi lozim. Boshqacha qilib aytanda, auditorlik 
tekshiruvi mumkin qadar ob’ektiv bo’lib, uning xulosasi ma’lum ma’noda xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt rahbariyati ustidan chiqarilgan «hukm» hisoblanadi. Shuningdek, 
davlat organlari topshirig’iga binoan o’tkazilgan tekshiruv natijalari bo’yicha 
tuzilgan auditorlik xulosasi O’zbekiston Respublikasi protsessual qonunchiligiga 
muvofiq tayinlangan ekspertiza xulosasiga tenglashtiriladi. Auditorlik xulosasi 
uchta: kirish, ta’kidlovchi va yakunlovchi qismdan iborat bo’lishi lozim. auditorlik 
xulosasining kirish qismida quyidagilar ko’rsatiladi: 
− auditorlik tashkilotining yuridik manzili va telefonlar;


12 
− litsenziyasining tartib raqami; 
− auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun litsenziya bergan organ nomi 
va berilgan vaqti, shuningdek, litsenziyaning amal qilish muddati;
− auditorlik tashkilotini davlat ro’yxatiga olish to’g’risidagi guvohnomasining 
raqami;
− auditorlik tashkilotining hisob-kitob schyoti;
− tekshiruvda ishtirok etgan barcha auditorlar hamda auditorlik tashkiloti 
rahbarining nasabi, ismi-sharifi.
− auditorlik tekshiruvi o’tkazish uchun asos va xo’jalik yurituvchi sub’ektning 
umumiy tavsifi. 
Shu bilan birga auditorlik xulosasining kirish qismida tekshiruvdan 
o’tkazilgan moliyaviy hisobotlar ro’yxati, sanasi va hisobot davri ko’rsatilgan holda 
aks ettirilishi lozim. Shuningdek, kirish qismida auditorlik tekshiruvidan 
o’tkaziladigan hisobotning tayyorlanishi va ishonchliligi uchun ma’suliyat xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga yuklatilishi, mazkur moliyaviy hisobot bo’yicha 
berilgan auditorlik xulosasi uchun esa auditorlik tashkiloti javobgar ekanligi 
ko’rsatilishi lozim. 2. Auditorlik xulosasining ta’kidlovchi qismida auditorlik 
xulosasi AXSga muvofiq o’tkazilganligi ta’kidlanishi lozim. Ta’kidlovchi qism 
moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborotlarning ishonchliligini va 
qonunchilikka, hamda xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo’jalik faoliyatining 
haqiqiy ahvoliga muvofiqligini baholashini ko’rsatishi lozim. Shuningdek, 
ta’kidlovchi qismda o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi fikr bildirish uchun etarli asos 
berishi to’g’risida auditorlik tashkilotining tasdig’i aks ettirilishi lozim. 3. Auditorlik 
xulosasining yakunlovchi qismida xo’jalik yurituvchi sub’ektning buxgalterlik 
(moliyaviy) hisoboti ishonchliligi va qonunchilikka muvofiqligini tasdiqlash 
to’g’risida yozuv yoziladi. Tekshiruv auditorlik tashkiloti tomonidan o’tkazilganda, 
auditorlik xulosasini auditorlik tashkilotining rahbari yoki auditorlik tashkilotining 


13 
u vakolat bergan boshqa xodimi imzolaydi va auditorlik firmasi muhri bilan 
tasdiqlaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faqat auditorlik xulosasining yakuniy 
qisminigina manfaatdor shaxslarga taqdim qilishi lozim. Shu munosabat bilan 
auditorlik xulosasining tahliliy qismi va yakuniy qismi alohida imzolanishi va 
muhrlanishi mumkin. Auditorlik xulosasining ikkita turi mavjud: a) ijobiy auditorlik 
xulosasi; b) salbiy auditorlik xulosasi. Ijobiy auditorlik xulosasida buxgalterlik 
balansi va moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchliligi auditor tomonidan 
tasdiqlanadi. Qoidaga ko’ra ijobiy auditorlik xulosasi auditorlik tashkiloti xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti uning moliyaviy holati va sodir etilgan 
moliya-xo’jalik muomalalarining O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga 
muvofiqligini ishonarli aks ettiradi degan fikrga kelingan vaqtda tuzilishi lozim. 
Salbiy auditorlik xulosasi moliyaviy hisobot korxonaning moliyaviy ahvoli 
to’g’risida ishonarli ma’lumot bermagan va buxgalterlik hisoboti hamda uning 
moliya-xo’jalik faoliyati hisobi amaldagi me’yoriy qonunchilik talablariga mos 
kelmagan holda yuritilgan vaqtda tuziladi. Bunday xato-kamchiliklar o’z vaqtida 
tuzatilmasa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni chalg’itishi mumkin. 
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuzilib, uning ikki nusxasi auditorlik 
tekshiruvi buyurtmachisi ya’ni korxona rahbariyatiga taqdim qilinadi. Xo’jalik 
yurituvchi sub’ektlar auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan so’ng 15 kun ichida 
auditorlik xulosasining bir nusxasini o’zlari joylashgan hududdagi soliq organiga 
taqdim qiladilar. Auditorlik xulosasi moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun 
tushunarli bo’lib, unda auditorning ikkilanish va(yoki) noroziligidan kelib chiqqan 
cheklashlar aniq ko’rsatilishi lozim. Auditorlik xulosasi barcha moliyaviy 
hisobotdan foydalanuvchilar olish imkoniga ega bo’lgan ochiq axborot hisoblanadi. 
Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt tomonidan chop ettirilishi mumkin. Auditorlik hisoboti va auditorlik 
xulosasi uchun javobgarlik. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga muvofiq 
auditorlik tekshiruvini o’tkazmay tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi natijalari 
bo’yicha tuzilsada, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor (auditorlar) 
tomonidan olingan va o’rganilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hujjatlari mazmuniga 


14 
muvofiq bo’lmagan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilgan 
hisoblanadi. Auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan soxta tuzilganligi 
auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini 
belgilangan tartibda tugatishga, shuningdek aybdor shaxslar qonunda nazarda 
tutilgan javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi.


15 
XULOSA 
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, Auditorlik tashkiloti o’z mijoziga hisob 
yuritishi uchun hisob siyosatini ishlab beradi, buxgalterlik hisobining ishchi 
schyotlar rejasini tuzadi, analitik schyotlar va hisob registrlarining tarkibini 
loyihalashtiradi, hisob yuritish shaklini tavsiya etadi. 
Auditorlik tekshiruvi o’tkazishga topshiriq bergan huquqni muhofaza qilish 
yoki nazorat qiluvchi organlar tekshiruv o’tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratishlari, zarur hollarda auditorlar va ular oila a’zolarining shaxsiy 
xavfsizliklarini ham ta’minlashi lozim. Shuningdek, oldin tekshirilgan xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt faoliyati aynan bir xil asoslarga ko’ra oldingi tekshiruvni 
o’tkazgan auditorlik tashkiloti tomonidan qayta tekshirishga ruxsat etilmaydi. 
Nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra 
o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlar jarayonida olingan ma’lumotlar faqat mazkur 
organlar ruxsati bilan va ular ruxsat qilgan hajmda oshkor qilinishi mumkin. 
Auditorlik xulosasi tegishli moliyaviy hisobotlar bilan birgalikda xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt tomonidan chop ettirilishi mumkin. Auditorlik hisoboti va 
auditorlik xulosasi uchun javobgarlik. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunga 
muvofiq auditorlik tekshiruvini o’tkazmay tuzilgan yoxud auditorlik tekshiruvi 
natijalari bo’yicha tuzilsada, lekin auditorlik tekshiruvi davomida auditor 
(auditorlar) tomonidan olingan va o’rganilgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hujjatlari 
mazmuniga muvofiq bo’lmagan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi qasddan 
soxta tuzilgan hisoblanadi. 
Auditorlik tekshiruvi qanchalik to’g’ri, haqqoniy va aniq o’tkazilsa, korxona 
yoki tashkilotlarning moliyaviy, xo’jalik faoliyatini qay darajada yuritayotganligi 
haqida aniq, shaffof ma’lumotlar beradi va tahlil qiladi. 


16 

Download 248.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling