Shajarai turk va mug′ul


Download 292.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi292.72 Kb.
#1608592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
(t)Shajarai turk va mug′ul

Xulosa
 
 
Shayboniylar hukmronligi davrida, XVI asrda Movarounnahr va Xorazmda 
feodal tarqoqlik kuchaya boshlaydi. Buning ijtimoiy - iqtisodiy hamda siyosiy 
sabablari quyidagicha bo’lgan: 
Chunonchi, Shanboniyxon hukmronligidan boshlab 100 yil davom etgan 
shayboniylar davlati tipik feodal davlat edi. Davlatning boshida cheksiz huquqqa ega 
bo’lgan xon o’tirgan, butun viloyatlar shu xonadon a’zolariga, sultonlarga bo’lib 
berilgan, viloyat hukmronlari esa maxsus askariy guruhga, urug’ va qabilalarning 
yuqori doiralariga, ruhoniylarga suyanganlar. Masalan, XVI asrning 40-yillarida 
Samarkandda Abdulatif, Buxoroda Abdulaziz, Toshkentda Baroqxon, Karmana va 
Miyonqolda Iskandar sulton, Balxda Pirmuhammadxon kabilar hukmronlik 
qilganlar. Bularning har biri o’zini mustaqil hukmdor hisoblab, bir-birlari bilan 
to’xtovsiz urushib turar edi. Ular bosh hukmdorga (xonga) nisbatan vassallik 
munosabatida bo’lishlari kerak bo’lsa ham, lekin ular ko’pincha xon hukumatini 
tanishni istamas va unga qarshi kurash olib borar edilar. Bu feodal urushlarning butun 
og’irligi, jabr-jafosi, dahshati mehnatkash xalq boshiga tushib, uni qon qaqshatgan 
edi. Abdulmo’minning otasi Abdullaxonning Urganch ustiga uch marta qo’shin tortib 
borishi yurtga xarobalik keltiradi. XIV asrda boshlangan feodal tarqoqlik XVII asrga 
kelib yanada kuchaya boshlaydi. Abdullaxon va uning o’g’li Abdulmo’minxonlar 
davrida Xorazm juda ko’p martalab o’zaro qirg’in urushlar girdobida qolib, tobora 
qashshoqlasha va xonavayron bo’la bordi. Talonchilikdan tashqari, soliqlar haddan 
oshirildi. Abulg’ozining otasi Arabmuhammadxon taxtga chiqqach ham Xiva 
xonligida o’zaro qirgin urushlar davom etib turdi. Bir tomondan, Eron va Buxoro 
hukmronlarining bosqinchiligi, ikkinchi tomondan, o’zaro taqsimlab olingan qavm-
qarindosh bekliklar o’rtasidagi tinimsiz fojiali kurashlar uzluksiz davom etdi. 
Bu davr muhitini xonlikda mana shunday keskin siyosiy vaziyat hukm 
surgan vaqtda yashagan, hamda bolalik va o’smirlik yillaridan uzoq va yaqin 
qarindoshlari o’rtasidagi kurashlarning guvohi, hamda ishtirokchisi bo’lgan 
Abulg’ozi Bahodirxon boshqa zamondoshlaridan ko’ra yaxshiroq tushunardi. 
Hukmdor va olim sifatida u mamlakatdagi murakkab vaziyatdan chiqishning yagona 
yo’li o’tgan tarixiy jarayonlarni chuqur o’rganish va tahlil qilish asosida islohotlar 
ishlab chiqish va amalga oshirish ekanini yaxshi tushunar edi. Bu holat uni mamlakat 
tarixini o’rganish va tarixiy asar yozishga da’vat qildi. Zero, u ajdodlarining 
beparvoliklari tufayli yozilmay qolgan tarixning yozilishi zarurligini birinchilardan 
bo’lib angladi. Uning «Shajarai tarokima» va «Shajarai turk» asarlari Xorazm va 
umuman O’rta Osiyo xalqlari tarixini o’rganishda bugungi kunda ham katta 
ahamiyatga ega bo’lgan asarlar hisoblanadi.


33 

Download 292.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling