Shajarai turk va mug′ul
Download 292.72 Kb. Pdf ko'rish
|
(t)Shajarai turk va mug′ul
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. «Shajarai turk» asarining yaratilishi va unda aks ettirilgan Xiva xonligigadi tarixiy voqealar
- Xulosa
1 2 MAVZU: Abulg′ozixonning “Shajarai turk va mug′ul” asari Xiva xonligi tarixini yorituvchi manba MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………….…….. 3 Asosiy qism I BOB. Xiva xonligi madaniyati tarixida Abulg′ozixonning «Shajarai turk» asarini tutgan o′rni. 1.1. Abulg′ozixonning hayoti va ilmiy faoliyati………………………………….. 5 1.2. «Shajarai turk» asari yaratilishi arafasidagi tarixiy sharoit………………….. 10 II BOB. «Shajarai turk» asarining yaratilishi va unda aks ettirilgan Xiva xonligigadi tarixiy voqealar 2.1. «Shajarai turk» asarining yozilishi va o′rganilish tarixi…………………….. 13 2.2. «Shajarai turk» asarida itimoiy-siyosiy va madaniy hayot………………….. 22 Xulosa……………………………………...………………………….…………. 31 Foydalanilgan adabiyotlar……………..…………………………………......... 32 3 Kirish Mavzuning dolzarbligi. XX asr o′zbek xalqi tarixida ro′y bergan eng muhim voqelik, shubhasiz, davlat mustaqilligiga erishish bo′ldi. Istiqlol sharofati bilan xalqning asriy orzusi ushalib, mustaqillik tufayli o′z e′tiqodi, urf-odatlari, qadriyatlari o′z o′rniga qaytdi. Respublika taraqqiyotining o′zbek xalqiga xos bo′lgan xususiyat va an′analarini hisobga olgan holda o′z rivojlanish yo′lini tanlashi, boy madaniyati va ma′naviyatini e′zozlash, xalq istiqboliga qaratilgan milliy istiqlol mafkurasini targ′ib etish, Vatan tarixini xolisona o′rganish va tadqiq etishni hayotiy zaruriyat darajasiga ko′tardi. O′z oldiga huquqiy demokratik davlat qurishni maqsad qilib olgan O′zbekistonning XXI asrdagi istiqbol siyosati – bu jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizasiya va isloh etishdir. Zero mazkur jamiyatni barpo etishda, davlat boshqaruvini to′g′ri, izchil yo′lga qo′yishda Vatanimizdagi tarixiy davlatlarning boshqaruvini o′rganish va uni amaliyotga tadbiq etish lozim. Uch ming yillik davlatchilik an′analariga ega bo′lgan o′zbek xalqi tarixida Xorazm davlatchiligi, uning boshqaruv tizimi alohida o′rin tutadi. Yurtboshimiz I.A.Karimov Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag′ishlangan tantanali marosimda so′zlagan nutqida «tarixi qariyb uch ming yilga boradigan, buyuk fan va madaniyat o′lkasi bo′lgan, jahon sivilazasiyasiga bebaho hissa qo′shgan ulug′ zotlar Vatani, «Avesto»dek o′lmas asar yaratilgan tabarruk tuproq – Xorazm zamini butun dunyoga ma′lum va mashhur. Bu yurt tengsiz allomalar, aziz avliyolar, podshoh-u sarkardalar, botir va pahlovonlarni ko′p ko′rgan», 2 deb Xorazm tarixiga bo′lgan bugungi kundagi munosabatni yaqqol ko′rsatib bergan. O′tmishda ajdodlarimiz qoldirib ketgan tarixiy manbalarni bilish, ularning ilmiy merosini o′rganish bizning bugungi kundagi eng muhim vazifalarimizdan hisoblanadi. Zero, har bir xalqning tarixiy, madaniy-milliy qiyofasini aniq belgilovchi ulug′ shohlari, buyuk olimlari, yirik adib va shoirlari bo′ladi.Shunga asosan, vatanparvar va xalqparvar ajdodlarimizning ibratli hayoti, o′tmish tarixiy voqeligi to′la bayon qilingan asarlarni milliy istiqlol talablari asosida o′rganish muhim ahamiyatga ega. XVII asrda yashagan ana shunday bobokalonlarimizdan biri Abulg′ozi Bahodirxonning «Shajarai turk» asari haqida mulohaza yuritar ekanmiz, albatta o′rta asrlar davri davlatchiligi, ulardagi ijtimoiy, iqtisodiy, hamda madaniy hayot, shuningdek davlat boshqaruvi siyosati kabilar haqida tasavvurga ega bo′lamiz . Download 292.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling