4
xonligi tarixini o′sha davrga oid manbalar («Shajarai turk») asosida o′rganish ham
maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. «Shajarai turk» asarini o′rganish
natijasida Xiva xonligining XVI-XVII asrlar davridagi muhitni, jumladan:
- Xiva xonligi tarixi, uning tashkil topish va rivojlanish davrini manbalar («Shajarai
turk») asosida o′rganish;
- Xonlikning inqirozga yuz tutishi sabablari va bu davrda ijtimoiyiqtisodiy hayot
masalalarining yoritilishi;
- Xonlikning ijtimoiy-madaniy hayoti, Amudaryo o′zanining o′zgarishi va buning
xalq hayotiga ta′sirining aks ettirilishi;
- Xonlarning
ichki va tashqi siyosati, hamda qo′shni davlatlar bilan
munosabatlarning yoritilishi masalalarini o′rganish;
- Bu davr tarixiy jarayonlarini ilmiy tadqiq etilishining bugungi kunda O′zbekiston
tarixi fanining rivojlanishi va tarixiy bosqichlardagi o′rni va ahamiyati.
Tadqiqotning obyekti va predmeti. Abulg′ozixonning «Shajarai turk» asari
ishning obyekti qilib olindi. Shuningdek, uning faoliyatini o′rganishga oid bo′lgan
ishlar, asarlar hamda Zahiriddin Muhammad Boburning «Boburnoma»,
Hofiz
Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarlari qiyoslash uchun BMIga jalb etildi
Kurs ishining tuzilishi. Mundarija, kirish, asosiy qism, 2 ta bob 5 ta paragraf,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro′yxatidan iborat.