Shajarayi turk
Download 64.79 Kb.
|
SHAJARAYI TURK
Ona Yer iltijosi
Tarixiy voqeliklar zanjiri bo‘ylab qadim o‘tmishga safar qilish oxir-oqibatida tafsilotlar dostonu afsonalarga, inson tafakkurining behudud doiralariga ham sig‘maydigan kechinma va holatlarga borib taqaladi. Buning boisi juda qadim voqea va hodisalar haqidagi ma’lumotlar, yozma manbalar deyarli saqlanib qolmaganligida, mavjudlari esa asosan inson ruhiyati, aqlu idroki ilohiyot bilan uyg‘unlashib, unga bir irmoq singari qo‘shilib ketishidadir. Eng muhimi, bu afsonalarni kim qanday tushunishida emas, balki ular ilm koni, hikmat xazinasi ekanligidadir. Shu jihatdan “Shajarai turk”dagi xalqona tilda, oddiy uslubda bayon qilingan afsonalar ham behad mazmun va betakrorlik kasb etadi. “Shajarai turk”ning birinchi bobida shunday afsona keltiriladi. Xudoyi taolo Odam alayhissalomni yaratish uchun avval Jabroil alayhissalomni, keyin Mekoyil va Isrofil alayhissalomlarni Yerdan tuproq olib kelish uchun yuboradi. Ular beqiyos qudrat egalari bo‘lishlariga qaramasdan, Yerdan tuproq keltira olishmaydi. Buning boisi esa Yerning iltijolaridir. Er farishtalarga shunday nido qiladi: “ …Mendin olmag‘il. Aning uchun tongla odam farzandlari ko‘p bo‘lg‘andin so‘ng biri kofir, biri osiy, biri zolim va biri gunohkor bo‘lurlar. Onlarni Xudoi taolo azob qilur. Men Tangri taoloning g‘azabi va azobiga tobim yo‘qdir… ” Bir qarashda “Shajarai turk”da Yer tilidan qilingan bu nido juda g‘ayritabiiy va oddiy tuyulishi mumkin. Lekin uning zamirida naqadar katta mohiyat va mazmun, muarrixning e’tiqod va ixlosi, avlodlarga ajdodlarning, ilohiy ruhiyatning nidolari, ogohlantirishlari ham yotibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, Abulg‘oziy oliy hukmdor va iste’dodli ijodkor sifatida, avvalambor, dinu diyonatni, e’tiqodni hamma narsadan ham ustuvor biladi. Shu sababli ham butun umrini bag‘ishlagan asar muqaddimasida insoniyatni yaratgan Xudoi taologa hamdu sano aytgan holda, Yerdan, ona zamindan hikoyat boshlaydi. Ona zamin iltijolari haqdagi bob bugungi kun uchun ham zamonaviy tuyuladi. Zero, bugun ham Yer kurrasining notinch olovli nuqtalari talaygina. Qayerdadir insonning hudbinlarcha, yovuzlarcha harakatlari bois urush tahdidlari orta bormoqda, terrorchilik degan ofat-balo qora qo‘lankadek har yer, har yerda izg‘ib yuribdi. Undan Yerni, o‘z yurtingni omon saqlash bugun chinakam vatanparvarlik namunasi deb baholanadi, insoniyat farzandi, qolaversa, bir ulug‘ yurt farzandi sifatidagi insonning burch va majburiyatlarini eslatib turadi. Bu ham “Shajarai turk” saboqlaridir. Garchi yer poyingda hoziru, bedor, Bilgilkim, bo‘lolmas loqayd, beparvo. Axir oyoqlar bor, tekkan joy gulzor, Axir qadamlar bor, tig‘ kabi go‘yo. Download 64.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling