Shajarayi turk
Download 64.79 Kb.
|
SHAJARAYI TURK
Azaldan mo‘tabar
Tarixiy asarlarda ayollar siymosi ko‘p ham aks etmaganday tuyuladi. Ammo bir qarashdagina shunday. Aslini olganda barcha voqea-hodisalar, evrilishlar, xonlaru beklarning, sarkardalarning hayotlari zamirida mo‘tabar ayollar qiyofalari ham bevosita, ham bilvosita aks etib turadi. “Shajarai turk”da ham bunga misollar oz emas. “O‘g‘uzxonning dunyoga kelganligining zikri”da muallif bag‘oyat mehru ixlos bilan ta’rif etgan, turkiy ko‘plab elu elatlarning bobokaloni deya e’tirof etilgan milliy qahramonning kelgusidagi butun shon-shavkati, yuksak martabalarga erishuvi O‘zxonning qizi bilan bog‘liqdir. Bu bokira qiz o‘z umrini musulmonchilikka, eriga mehru sadoqatga bag‘ishlaydi. O‘g‘uzxonga qarata “Sen ne yo‘lda bo‘lsang, men shu yo‘lda bo‘layin” deydi. “O‘g‘uzxon ani ko‘p sevar erdi” deya ta’kidlanadi asarda. Hatto o‘z otasi, musulmonchilikni tan olmagan Qoroxon O‘g‘uzxonni ovda yurganida tutib o‘ldirishga qaror qilganida O‘zxonning qizi uning jonini saqlab qoladi. Ya’ni, dushmanlar fitnasidan uni xabardor qiladi. Qissadan hissa shuki, agar oqila va tadbirkor rafiqasi g‘animlar tug‘dirgan kulfatlarga qalqon bo‘lmaganida O‘g‘uzxon halok bo‘lishi mumkin edi. Ya’ni ulkan tarix uzilib qolishi xavfi tug‘ilardi. O‘zxonning qizi mardlik va jasorat, sadoqat ko‘rsatib, bunga yo‘l qo‘ymadi. “Shajarai turk”da so‘z yuritilgan tarixiy shaxslar haqida ma’lumotlarda ularning xotinlari zikri alohida o‘rin egallaydi. Masalan, “O‘gadoy Qoonning to‘rt mo‘tabar xotuni… bor erdi. Ulug‘ xotunining oti Buraqchin, ikkinchi xotuni Turakina Markit xalqidin erdi”. Bu ta’kidlarga ayollarga nisbatan qo‘llanilgan “mo‘tabar”, “ulug‘” so‘zlarining o‘zida ularning nufuzi va e’tibori mujassamlashgan. Abulg‘oziy Bahodirxon o‘z onasi haqida alohida to‘xtalgan. “Emdi onamiz tarafin aytalig. Onamizning oti Mehribonu xonim…” “Yodgorxonda otamiz bilan onamizning otasi qo‘shuldur. Olti yoshqa yetkanda onamiz haq rahmatiga ketdi”. Ko‘plab tarixiy yozma manbalar singari “Shajarayi turk” ham ayollarimizning azal-azaldan ulug‘u mo‘tabarligidan takror dalolat beradi. Kimki ishq yo‘linda bir bor bo‘zlagan, U ushbu dunyoni, hayotni ko‘zlagan. So‘ngra butun umr iftixor bilan, Onadan gap boshlab, ayoldan so‘zlagan. «Sharq yulduzi», 2017 yil, 7-son ABULG‘OZIYNING “SHAJARAYI TURK” ASARIDAGI ETNONIMLAR Bunda tarixiy voqyealarning afsonalar bilan qorishibketganligini kuzatish mumkin. Chingizxonning tug’ilganidanvafot etganligiga qadar bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 4-bobda O’dagay qoonva uning avlodining hukmronligi haqida so’z yuritiladi. 5-bob Chig’atoyxonavlodining Movarounnahr va Koshg’arda podsholik qilganligi, keyingi bobTuluxon avlodining Eronda hukmronlik qilganligi, 7-bob esa Jo’chixonavlodining Dashti Qipchoqda podsholik qilgani haqidadir. 8-bobJo’chixonning o’g’li Shaybonxon avlodining Movarounnahr, Qrim, Qozoq vaTuronda xon bo’lganligi haqida bayon etilgan. 9-bob Shaybonxon avlodiningXorazmda podsholik qilganligining zikridir. Bu bob asarning engqimmatliqismi bo’lib, aynan mana shu bobda muallif Xiva xonligidaXVI-XVIIasrning ikkinchi yarmidagi siyosiy, ijtimoiy tarixi bayonqilindi. Muallif uni yozar ekan, o’sha davrdagi ijtimoiy muhitni, otasihamda akalari o’rtasidagi toj-taxt uchun olib borilgan kurashni, shuningdeko’zining qochoqlikda yurgan kezlari, urush va mag’lubiyatlarini to’liqyoritishga harakat qiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, asarning birinchn bobida Odam atodanto mo’g’ul xonigacha bo’lgan tarixiy voqyealar tasviri berilgan.Muallifning bayonida aniq tarixiy voqyealar bayonidan ko’ra afsonalarhikoya qilish ustunlik qiladi. Masalan, «Xudoyi taolo Odamalayhissalomni yaratqaniningzikri» qismi «Qur’on» va boshqa diniy-didaktik kitoblar bayoniga asoslangan. Chunonchi, «Yofasni ba’zilar payg’ambar erdi, teb tururlar va ba’zilar payg’ambar ermas, tebtururlar. Yofas otasining hukmi birlan Judi tog’idai ketib Atil(Itil) va Yoyiq suvinnng yoqosig’a bordi, ikki yuz ellik yil ayda turdi.Taqi vafot tobdi. Sakkiz o’g’li bor erdi. Avlodi bisyor ko’b bo’lib erdi...Yefas o’larinda ulug’ o’g’li Turkni o’rnida o’lturtub, o’zga o’g’lonlarig’aayttikim, Turkni o’zlaringizga podshoh bilib, aning so’zidin chiqmang.Turkka Yofas o’g’loni teb laqab qo’ydilar. Bisyor adablik va oqil kishierdi, otasidin so’ng kup yerlarni yurub ko’rdi. Taqi bir yerni xushlab,anda o’lturdi. Bu kun ul yerlarni Issiqko’l derlar... Kunlardan bir kunovg’a chiqib kiyik o’lturub, kabob qildi. Yeb o’lturub erdi, ilgidin birturg’am et yerga tushdi. Ani olib yedi ersa, og’zig’a bisyor xushmaza keldi,aning uchun ul yer tuzloq erdi. Oshg’a tuz solmoqni ul chiqardi». Agar bunga o’xshash va undan oldingi «Xudoyi taoloning odam vapayg’ambarlarni yaratgani» haqidagi afsonalar bilan qiyoslab ko’rsak,unda qandaydir haqiqat mavjudligini sezamiz. Bu insonning tuzdanfoydalanishiga doir bir tarixiy haqiqatdir. «Shajarayi turk»daafsonaviy, yarim tarixiy, sof tarixiy voqyealar o’ziga xos tasvirga ega.Birinchi turdagi voqyealar tasvirida jangovar kayfiyat birinchio’ringa ko’tariladi. Sof tarixiy voqyealar tasvirida esa, realistikbayon ustun bo’lib qoladi. Asarda muallif ko’p urug’larni el deb ataydi. Ayniqsa bir-birlaribilan orasi buzilib ketgan qarindoshlardan uyg’ur elining yuzagakelishi haqidagi afsona diqqatga molikdir.Ana shu uslub, ya’nitarixiy voqyealar bayonida afsona va rivoyatlarnnng qorishiq holdaberilishi to XVIIasr tarixiy voqyealarining bayoniga qadar davometadi. XVIIasr voqyealari bayoniga kelib uslub o’zgaradi, ya’ni tarixiyvoqyealar bayonida afsona va rivoyatlar o’rnini bevosita bo’lib o’tgantarixiy voqyea-hodisalar tasviri egallaydi. Asarning sakkizinchi-to’qqizinchi boblari aniq voqyea vamateriallarga asoslangan. Endi muallif folklor va tarixiymanbalardan foydalanishdan voz kechib, o’z ko’zi bilan ko’rgan, o’ziishtirok etgan yoxud ota-onalari, aka-ukalari, qarindosh-urug’lari bilanbog’liq sarguzashtlarni bayon qilishga kirishadi. Bunday tarixiyvoqyealardai birn sifatida «Hojimxonshshgzikri» voqyeasini ko’rsatibo’tish mumkin. «Shajarayi turk»da tarixiy voqyealar bayonida ikki xil yo’nalishniko’rnsh mumkin: birinchisi—urug’ va qabilalar, elu elatlar hayotito’g’risidagi ma’lumotlar, ikkinchisi—tarixiy shaxslarning hayoti vafaoliyatlari bilan bog’liq bo’lgan tarixiy voqyealardir. Elu-elatlargategishli bo’lgan badiiy lavhalarda o’sha elatlarning kundalik yumushlari,turmushi haqida ma’lumotlar berilgan. Masalan, «Qorluq elining zikri»da: «Qorluq eli Mo’g’ulistonda Berk tog’larining ichinda yurt qilibo’lturdilar. Ekin ekarlar erdi va mollari ham bo’lur erdi. Bir yaxshisinipodshoh ko’tarib, ul o’lsa yana birisini, va ko’p ermaslar erdi». Yana shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, «Shajaran turk» asariningdastlabki sahifalaridagi elatlarning turmushi haqidagi har bir tarixiyvoqyea tasviri o’sha elatlarning turmushini ko’rsatuvchi hikoyalar darajasigako’tarilganligidir. Bunga misol qilib, «Uyg’ur elining zikri», «Naymanelining zikri» «Jaloir elining zikri» va boshqa juda ko’pgina shutaxlitdagi zikrlarni ko’rsatib o’tish mumkin.«Urmanqit» elining zikri»da «Bu elning yurtlari qalin yog’ochningichinda turur. Urmanqnt ot qo’ydilar. Bularning yurtlari qirg’iz viloyatina yaqin bo’lur...Bulardanboshqa taqi bir Urmanqit otli el bo’lur. Ikkisining bir-birinaxech qarindoshliki bo’lmas. Bu ayta turganimiz o’z oldina bir boshqa elturur. Taqi biri mo’g’ul, nukuz o’g’lonlarindin turur. Urman ichinda ko’po’lturgan uchun onlarg’a ham Urmanqit ot qolib turur»91,-deyilgan bo’lsa,«Tatar elining zikri»da quyidagi tasvirga duch kelamiz: «Aning oti qadimda va bu vaqtda ham mashhur turur. Qadim yetmish mingevlik erdilar. Ko’p uruq erdilar. Har qaysisi falon elmiz teb ayturlarerdi. Har uruqlari boshqa-boshqa har yerda o’lgururlar.Ammo yaxshilari vako’praki Xitoyga yaqin. Buyurnavur tegin yerda o’ltururlar erdi. Xitoypodshohlarina itoat qilib xizmat qilurlar erdi. Goh-goh Xitoy bilan yovbo’lurlar erdi. Anda Xitoy podshohi lashkarlar yuborib, o’lturtib vachapturtub, taqi o’zig’a boqiturur erdi.Bir necha ko’p ellari Ayqiramurantegan suvningyoqasinda o’ltururlar erdi. Ayqiramuran qirg’iz viloyatiningtushindin o’tkandin so’ng ko’p suvlar anga qo’shulur, taqi ulug’ suv bo’lur.Taqi borib Achi (Amu) tengiziga quyar. Quygan yerinda, tengsiz yoqasinda birulug’ shaharbo’lur.
Maqolada etnonimlar, ya’ni xalq nomlarining nomlanish sabablariva ahamiyati xususida so’z boradi. Bildirilgan fikrlarAbulg’oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asari asosidadalillanadi. Har bir el, xalq nomining o‘ziga xos ma’nosi, nomlanish sababi bo‘ladi. Etnonimlar tarix taqozosi bilan vujudga kelgan bo‘lib, axborot tashiydi. Ular qadimiy so‘zlar bo‘lgani uchun xalqlarning etnogenezini, turmushtarzi, tili va diniga oid ko‘pgina ma’lumotlarni aniqlash mumkin, shuning uchun ham ularni o‘rganish muhim ilmiy ahamiyatga ega. O‘zbek xalqi elat bo‘lib, ma’lum tarixiy davrda, ma’lum hududda, mahalliy etnoslar asosida, turli davrlarda kelib qo‘shilgan etnik komponentlarning aralashib borishi natijasida yanada shakllanib, rivojlanib borgan. O‘zbek xalqining ajdodlari ham elat bo‘lib, Movarounnahr, Xorazm hamda ularga tutash hududlarda shakllanib borgan. O‘zbek urug‘larining o‘ziga xos etimologiyasi mavjud. Ular har bir millat milliy tilining o‘ziga xos xususuiyatlarini ochib beradigan muhim manba hisoblanadi. Quyida ularning ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz (shuni aytish kerakki, etnonimlar etimologiyasi haqida keltirilgan fikrlar turli manbalarga tayanib yozilgan, har qanday etimologiya ham nisbiydir). Arlot eli (hozirda Olot) – arlot so‘zi “otaning sevar o‘g‘li” ma’nosida talqin etilgan. Arlat bir kishining oti turur. Ani otasi ko‘p sevar edi. Aning uchun Arlat tedilar. Barcha Arlat eli aning nasli turur [1; 40]. Avshar eli – qadimiy urug‘lardan biri bo‘lib, arab geograflari Buxoro yaqinida Avshar degan qishloqni tilga oladilar. Abulg‘oziy Bahodirxon avshar so‘zini “ishini ildam ishlamoqchi” deb izohlaydi. Baday eli (hozirda Badoy) – Kilgit urug‘iga mansub shaxs naslidan tarqalgan urug‘ nomi. Bayot eli – “davlatli” degan ma’noni anglatgan. Do‘rman eli – (hozirda Do‘rmon) mo‘g‘ulchada “to‘rt” degan ma’noni anglatadi. Kilgit eli – “tilida, nutqida kamchiligi bor kishi” ma’nosini anglatadi. Bu haqda Abulg‘oziy Bahodirxon shunday yozadi: “Kishining tilida kamligi bo‘lsa, turk xalqi bo‘ltak der. Mo‘g‘ul kilgi der. Bu kishining tilining kamligi bor erdi. Aning uchun Kilgit tedilar. Barcha Kilgit eli u kishining nasli turur”[1; 40]. Nayman eli – Naymanlar mo‘g‘ul urug‘i deb hisoblanar edi; olimlar naim so‘zi mo‘g‘ulchada “sakkiz” ma’nosini anglatadi deb aytadilar. “Bu qadim el turur, boshlari va mollari ko‘p bo‘lur erdi. Yurtlari mo‘g‘ul yurtinda bo‘lur. Qoraqurim tegan yerda va ekinlari bo‘lmas” [1; 36]. Toponimist olim S.Qorayev etnograf N.A.Aristovning nayman so‘zi Sibirdagi Nayma daryosi nomidan olingan degan fikrni bildirgani haqida ma’lumot beradi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra naymanlar asli turkiy qabila bo‘lib, sakkizo‘g‘uzlarni mo‘g‘ullar o‘z tiliga moslab nayman deb ataganlar. Qalmoq eli – qalmoq so‘zining ma’nosi “chetda qolgan”(islom diniga kirmay qolgan) degan ma’noni biildirgan. Qaniq eli – bir kishi qaniq-qaniq qilib yuruvchi arava yasadi u va undan tarqalgan elni Qaniqli dedilar. Qipchoq eli – qadim turk elida“ichi qo‘sh yog‘och”ni qipchoq deb atashgan. (O‘g‘uzxon daraxt ichida tug‘ilgan bolani asrab olib, unga shunday nom berdi. Qipchoq eli shuning naslidan tarqaldi).Keyinchalik bu xalq nomiga ko‘chgan. Qarluq eli – turkiyda “qorlik, qorliq joy”(tarixiy voqea asosida kelib chiqqan) degan ma’noni anglatadi.“Qorluq eli Mo‘g‘uliston tog‘larining ichinda yurt qilib o‘lturdilar. Qorluqning podshohi Arslonxon tegen erdi”. Qayin eli – qayi so’zi “mahkam” ma’nosida ishlatilgan. Qayin etnonimi ham shu so’zdan kelib chiqqan. Qayon eli – bu so‘z “kuchli, tez” degan ma’noni anglatgan va shuning uchun xalq nomi shunday atalgan. Qirg‘iz eli – O‘g‘uzxonning Qirg‘iz otli bir nabirasi bo‘lgan. Qirg‘iz eli shuning naslidan tarqalgan. Qirayt eli – qiraytning ma’nosi qoraburan bo‘lib, bir kishining yetti o‘g‘li bor edi. Yettisi ham qora. Ularni xalq kiroytlar deb atashgan, shundan keyin ularning naslini shu nom bilan tarqalgan. Qiyot eli – “Shajarayi turk” asarida yozilishicha, bu so‘z mo‘g‘ulcha “tog‘dan oqqan sel”ma’nosida bo‘lib, qiyon so‘zining ko‘pligidir. Bu fikr V.V.Radlov asarlarida ham uchraydi. Qo‘nqirat eli – (hozirda Qo‘ng‘irot) “Shajarayi turk” asarida yozilishicha, qayon naslidan bo‘lgan Cho‘rliq mergan degan kishining Qo‘nqirat degan o‘g‘li bo‘lgan va barcha Qo‘nqirat eli uning naslidan tarqalgan. Qo‘niqqimar eli –“O‘rmavit uruqindin bir kishi bor erdi. Aning uch o‘g‘li bor erdi. Ulug‘iga xalq Qo‘niqqimar ot qo‘ydi. Qo‘niqning ma’nosi ulug‘ temak bo‘lur. Bu vaqtda ham ulug‘ qarg‘ani qo‘niq qarg‘a derlar. Qimarning ma’nosi burun, ul kishining burni bisyor ulug‘ erdi. Aning uchun Qo‘niqqimar laqab qoldi. Barcha qo‘niqqimar uruqib kishining nasli turur” [1; 38]. Turqaq eli – So‘ngaki ma’lum ermas, qaysi turkdin erkani. Ma’nosi saqchi temak turur. Podshohlari o‘zlarini saqlamoq uchun bir necha kishilarni eshiklari oldida navbatchilikka qo‘yishgan. Podshohni qo‘riqlaganlarni turqaqlar deb, keyinchalik xalq nomiga ko‘chgan. Uyg‘ur eli – ma’nosi “yopishg‘ur”. Qoraxonning o‘g‘li O‘g‘uzxon bir elni birlashtirib, shunday atagan. Xalaj eli – bu so‘z aslida “Qol, och” (tarixiy voqea asosida) shaklida bo‘lib, talaffuzda Qoloch, Xalaj tarzida o‘zgarishlarga uchrab kelgan. O‘rmanqit eli – “bu elning yurtlari qalin yag‘ochning ichinda turur. Aning uchun O‘rmanqit ot qo‘ydilar” [1; 38]. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak,turkiy xalq uzoq shakllanish va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Bu taraqqiyot davomida turk ulusi turli xalqlar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatib, nafaqat o‘zining, balki o‘sha xalqlarning ham rivojlanishiga katta ta‘sir ko‘rsatgan. Etnonimlarning etimologiyasi masalasi tilshunos, tarixchi hamda etnograflarning hamkorlikdagi tadqiq obyekti bo‘lgandagina bu borada siljishga erishish mumkin.
Abulg’oziy. Shajarayi turk. T.: Cho’lpon. 1992, 187 – B. Begmatov E. Mustaqillik va toponimiya. O’zbek tili va adabiyoti // 2009, 5-son. 9-12-b. Qorayev S. Toponimika. Toshkent, 2006. Download 23.44 Kb. Abulg’oziyxon “Shajarayi turk” asarida o’zining Eronda kechgan o’n yillik hayoti haqida juda kam ma’lumot beradi. Akasi Asfandiyor buxorolik o’zbeklarni Orol bo’yiga ko’chirib olib borib, turkmanlarni yersiz qoldirgani aybi bilan uni ushlatib, eronliklarga topshirish uchun avval Obivardga, keyin Hamadonga shoh Safiy (1629 yil, mart — 1643 yil, fevral) oldiga eltgani va Isfahon shahrida o’n yil tutqunlikda turib, so’ng zo’r hiyla va tadbirlar bilan Erondan qochgani haqida qisqagina hikoya qiladi, xolos. Hatto bu voqealar sanasi ham qayd etilmagan. Keyingi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, Abulg’oziyxon davrida yozilgan boshqa bir yozma manbada Abulg’oziyxonning safaviylar qo’liga garov sifatida topshirilishining boshqa bir sababi ham borligi aytilgan: uning Hamadonda shoh Safiy bilan uchrashishi tasvirlangan va Isfahondagi hayotiga doir kichik bir lavha havola qilingan ekan. Aniqrog’i, bu ma’lumotlar bizgacha 1629 yil mart oyida o’sha yili vafot etgan bobosi Shoh Abbos Birinchi (Moziy) o’rniga taxtga o’tirgan asli nomi Som Mirzo, lekin marhum otasi Safi Mirzo hurmati uchun o’zini “Shoh Safiy” deb atagan safaviy hukmdor hayotiga bag’ishlab bitilgan Muhammad Ma’sum bin Xojagiy Isfahoniyning “Xulosat us-siyyar” kitobida yetib kelgan. Asarning “1038 yil (1629 yil)” bobidagi “Marv, Niso, Obivard va Xuroson mulklarida ro’y bergan voqealar va Urganj hokimi Asfandiyorning Marv ustiga bostirib kelgani va uning ukasi Abulg’oziyning Niso va Obivardda mag’lub bo’lgani zikri” maqolasida Abulg’oziyning akasi Asfandiyor tomonidan ushlab, safaviylar qo’liga topshirilganining boshqacha talqini, aniqrog’i, Abulg’oziyxon biografiyasi to’g’risidagi tasavvurimizni boyitadigan qo’shimcha faktlar havola etilgan. “Shajarayi turk” va boshqa tarixga oid manbalar orqali bilamizki, Abdullaxon Ikkinchining 1593-, 1594- va 1596-yillari Xorazmga bosqini payti Abulg’oziyxonning bobosi Hojimxon o’g’illari hamda bir necha nevarasi bilan Shoh Abbos yoniga qochib boradilar. Abdullaxon va o’g’li Abdulmo’minxon o’lgach (1598 yil), Shoh Abbos yordamida yana Xorazmni egallaydilar. Mazkur kitobda keltirilishicha, safaviylarning shuncha yaxshiligiga qaramay, Asfandiyor bin Arabmuhammad bin Hojimxon 1629 yil iyun — iyulida safaviylarga qarashli Marv viloyati va qal’asini qo’lga kiritish uchun yurish qiladi. Ammo yengilib, zo’rg’a qochib qutuladi. O’sha chog’da ukasi Abulg’ozi sulton ham Niso, Obivard va Durun viloyatlarining sunniy mazhabidagi aholisi iltimosiga ko’ra, Niso va Durun qal’asini o’z tasarrufiga kiritadi. Lekin Mashhad hokimi Manuchehrxon zudlik bilan unga qarshi jangga otlanib, Abulg’oziyxon ustiga bostirib keladi va ular o’rtasida Niso yonida katta urush bo’ladi. Safaviylar qo’shiniga tob berolmagan Abulg’oziyxon yarim tunda jang maydonini tashlab, orqaga chekinadi. Muallif so’ziga qaraganda, shu urushda mag’rur va o’z kuchiga ishongan Abulg’oziy sulton o’zining 3-4 ming askaridan judo bo’ladi: ularning bir qismi asir olinadi, bir qismi jangda o’ldiriladi va yarador qilinadi. G’olib chiqqan Mashhad hokimi asirlarni va o’ljani shoh oldiga olib ketadi. Sal o’tmay o’z ishidan pushaymon bo’lgan Asfandiyorxon “Bu ishlarni ukam Abulg’oziy sulton gapiga uchib qildim, aqlsiz va nodon bu ukamni uning aybi uchun jazolashingiz va mening uzrimni qabul etib, bundan keyin bizga ibrat darsi bo’lishi uchun bandi qilib oldingizga yubordim” deya, shoh oldiga qimmatbaho sovg’alar bilan Abulg’oziy sultonni jo’natadi. Abulg’ozi sulton 1629 yil mart oyining boshida Hamadon shahrida Shoh Safiy qarorgohiga keladi. Shoh uni juda mehribonlik va siylovlar bilan qarshi oladi, ayblarini kechirib, bir necha kundan so’ng mehmondorlik tugagach, Abulg’oziy sultonga hech narsadan kamchilik sezdirmay xizmatida turishi uchun maxsus odam tayinlab, hurmat bilan Isfahonga kuzatadi. O’zi ko’ngilochar ov sari otlanadi. Abulg’oziy sulton haqidagi yana bir kichik xabar esa kitobning 1637 yil 21 martidagi voqelar bayonidagi qismda keladi: ”Hijriy 1046 yil 23 shavvolida poytaxt Isfahonda Navro’z bayramini nishonlash uchun bu baxt tantanasi chog’i bazmni bezasinlar, deya muhtasham saroyga Hindistondan kelgan elchi Safdarxon, Odilshoh elchisi va Urganj hokimi Abulg’oziy sultonni chorladilar. Navro’z bayrami juda chiroyli bir tarzda o’tdi”. Undan tashqari, yana ikkita xabar Asfandiyorxon tomonidan Shoh Safiy huzuriga kelgan elchilar haqida. Ulardan birinchisi hijriy 1040 yil 25 muharrami(1631 yil 18 oktyabri)da sodir bo’lgani to’g’risidadir. O’sha kuni shoh oldiga Rusdan va Xorazmdan Asfandiyorxon elchilari keladi. Ular Isfahonda shohga 17 dona shunqor (lochin), olmaxon terisidan bir necha po’stin va o’ymakorlik bilan ishlangan oltin piyolalar, baliq tishlari hamda o’z viloyatlarida ishlangan boshqa turdagi amaliy san’at namunalari, tabiat ne’matlarini tortiq qiladilar. Asfandiyor (1643 yil) elchisining kelgani ikkinchi marta hijriy 1050 (1640 — 41) yil voqealari ichida tilga olinadi. Aytilishicha, Urganj voliysi Asfandiyorxonning elchisi xonning nomasi va sovg’alarini olib kelgan. Bu paytda ham Abulg’oziyxon Isfahonda surgunda edi. Ko’rganimizdek, Abulg’oziyning safaviylar qo’liga tushib qolishining sabablari ikki xil bo’lgan. Ammo, ma’lumki, maqsad bitta — Asfandiyor ukasini ko’zdan yiroqqa uzoq muddatga badarg’a qilib, tojutaxt uchun bo’lajak xavf ehtimolidan qutulish. Shoh ham Abulg’oziyni “Sulton suyagini xo’rlamas” deganlaridek, yaxshi qabul qilgan va uning ayblarini kechirgan. Ammo Asfandiyor nega safaviylar oldida bunchalik “xijolat”ga tushdi, odatda yer-mulk maqsadidagi kurashda hukmdorlar bir-biriga yon bosmaydilar-ku. Asfandiyor o’lguniga qadar safaviylarga qarshi chiqmaydi, yuqoridagi elchi jo’natishlardan ham shu fakt ayon bo’lmoqda. Bu masalada Asfandiyorning, baribir, safaviylarga nisbatan qilgan “ko’rnamakligi” uchun chin ko’ngildan o’zr so’rab, pushaymon bo’lgani bizga noma’lum bo’lib qolaveradi. Biroq shu o’rinda, tarixda kechgan ayrim voqealarni eslab o’tish joiz ko’rinadi. Asfandiyor ota bir, ona boshqa ukalari Habash va Elbars sultonlardan yengilib, 1622 yili Eronga qochib, safaviylardan boshpana topadi; Abulg’oziy sulton Buxoroga Imomqulixon huzuriga boradi. Zero, Habash va Elbars o’z otasi Arabmuhammad bin Hojimxonning ko’zini o’ydirib, taxtni egallash uchun boshqa aka-ukalariga qarshi kurash olib bormoqda edilar. 1624 yili Asfandiyor qaytib kelib, jangda Elbars va Habash sultonlarni yengadi. Elbars halok bo’ladi, Habash qochadi; Buxoroga ketib qolgan Abulg’oziy va Sharif Muhammad sultonlar ham Xorazmga qaytib keladilar. So’ng esa, Xorazmdagi ko’chmanchi o’zbeklar sultonlar va turkmanlar o’rtasidagi tinimsiz nizolardan bezib, parokandalikka yuz tutadilar va Buxoro, Turkiston tomonlarga ketadilar. Shunda Sharif Muhammad Buxoroga Imomqulixon yoniga ketadi. Abulg’oziy esa, dastlab Turkistonda, keyin Toshkent va Buxoroda yashaydi. Biroq u yerlarda tura olmay, yurtiga qaytadi. Ukasi ham kelib, keyin bu og’a-inilar o’rtasida kurash boshlanadi (bu voqealarning bir qismini yuqorida hikoya qildik). Asfandiyorning safaviylardan katta minnatdorligi esa, 1593-, 1594-, 1596 yil hodisalari bilan bog’liq. Abulg’oziyxon xabariga qaraganda, xorazmlik ayrim sultonlar o’zboshimchalik bilan bir gal Abdullaxon oldiga elchi bo’lib kelib, Xorazm orqali o’z yurtiga qaytib ketayotgan Turkiya sultoni elchisini, yana bir gal buxorolik savdogarlarni talaydilar. Savdogarlar qasos olishni so’raganlarida, avvaliga Abdullaxon: “Hojimxon men kabi mustaqil bir podshoh, bunga haqqim yo’q, qolaversa, qarindoshlik hurmati bor, darrov urushaversak bo’lmas”, deya ig’voga uchmaydi. Lekin Marvni qo’lga kiritishdek jiddiy masalada 1593 yili Xorazm ustiga yurish qilishga qaror qiladi. Bu yurishda Abdullaxonga Xojamquli qushbegi, Hasanxoja naqib xo’rd, Sarxunbiy va Muhammad Boqiybiy devonbegi, Samarqand hokimi Hojibiy Otoliq Do’rmon, Do’stimbiy Arg’un, Sog’arj hokimi Eshimbiy kabi taniqli sarkardalar hamrohlik qilib kelgan edilar. Hojimxon Nisoni buxoroliklardan qaytarib olish uchun Durunga ketgani sababli xorazmlik o’zbek sultonlari “Abdullaxon o’z qarindoshimiz, gunohkorlar ham Hojimxon oldiga qochib ketishdi, xon yurtning bir-ikki tumanida o’z odamini qo’ygani bilan o’zi qaytib ketadi”, degan fikrda urushishni lozim topmaydilar. Abdullaxon esa, butun o’zbek eliga og’ir jarima solig’ini soldiradi, to’ra va sultonlardan anchasini, jumladan, Arab Muhammad va uning o’g’li Asfandiyor sultonni o’zi bilan Buxoroga olib ketadi. Hojimxon inisi va bir necha o’g’li, nabiralari bilan Shoh Abbos huzuriga ketib u bilan Qazvinda uchrashadi. Shoh Hojimxonni zo’r hurmat bilan kutib oladi. Ulardan ayrimlari Turkiyadan boshpana topadilar. Abdulloxon esa o’zi bilan olib kelgan Hojimxon avlodidan 30 nafarini bir kunda Sog’arjda qatl ettiradi. Mutribiy Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” va “Nusxayi zeboiy Jahongir” tazkiralarida ma’lumot berishicha, ular ichida Hojimxonning Rahimiy taxallusi bilan she’rlar yozgan o’g’li Muhammad Rahim sulton ham bo’lgan. Badriddin Kashmiriyning jo’ybor shayxlari hayotiga doir “Ravzat ur-rizvon” manoqibida Rahimiyning 1582 yili Sa’d Akbar Jo’yboriyga bag’ishlab yozib yuborgan g’azali va unga ergashib tatabbu’ yozgan 500 nafar shoir, jumladan, Hasanxoja Nisoriy she’rlaridan namunalar berilgan. (1990 yili “O’zAS”da bu haqda ushbu satrlar muallifining maqolasi e’lon qilingan edi.) Mutribiy “Tazkirat ushshuaro”da shunday yozadi: “Shahidlik baxtini topgan shahzoda — xudo uni rahmat qilsin — Muhammad Rahim sulton bin Hojimxon Xorazmiyning chiroyli vasfi va go’zal zikri. Latiftab’, pokizamizoj podshohzoda edi. Barakatli vaqtini hamisha ilmu fazilatlar kasb etishga sarflardi. Nasta’liq…, tazhib va tasvir…, naqqoshlik sohasini egallagan edi. She’r fanida ham mahoratini namoyish etib, hazrat maxdumiy Hasanxoja Nisoriyga mehr-muhabbatini g’oyibona tarzda pok dili dalasiga ekkan va doimo xat, sovg’a-salomlar almashib turish eshigini ochib qo’yib, o’zining yaxshi she’rlari va dilkash nazmlarini xat yo’llash yo’sini bilan ustozga yuborib turardi. 998 (1590) yili kamina Buxoroda paytim “Layli va Majnun” otlig’ bir kitobni turkiy tilda tasnif etib hamda uni sharif qo’li bilan chiroyli yozuvda bitib, tazhib va tasvirini undan ortig’ini tasavvur qilib bo’lmaydigan san’at darajasiga yetkazib maxdumiy Nisoriyning muborak majlisiga yuborgan va bu kitobni o’z ko’zim bilan ko’rgan edim…”. “Nusxayi zeboiy Jahongir”dan: “…Abdullaxon Hazorasp qal’asini qamal qilganda, bu podshohzodani loyiq in’omlar bilan aldab, qal’adan tashqari chiqarib olibdi va ko’p navozishlar qilib, yana qal’a ichiga yuboribdi, u esa boshqa o’n uch nafar shohzodani ham Abdullaxonning ko’runishiga olib chiqibdi. Abdullaxon hammasini kishanlab, qal’ani olibdi. Fathdan so’ng barchasini Samarqandga olib keldi va ul mazlum bechora podshohzodalarni Sog’arj qasabasining tashqarisida qatlg’a yetkardi. Hozirgi kunlarimizda ham Sog’arjning tashqarisida o’n to’rtta qabr nishonasi bor, xalq ularni ziyorat etgach, fotiha o’qiydilar. Bu dahshatli voqeani eshitib, maxdumiy Hasanxoja Nisoriy hazinlik izhor qilib, yuzlariga yosh tomchilarini oqizib,fotiha o’qib shunday degandilar: Har neku bady ki dar shumor ast, Chun dar nigary, salohi kor ast. (Mazmuni: Qazovu qadardan yetsa gar yaxshi, gar yomon, Har qayg’adir bir hikmat, bilgil, begumon.)”. “Shajarayi turk”da yozilishicha, bu voqealardan so’ng Hojimxon shoh yordamida 1594 yili yana bir marta yurtini qaytarib olishga urinadi, ammo Xorazmga yetib kelgan Abdullaxonga qarshi turolmay, yana Shoh Abbos huzuriga boradi va faqat, yuqorida aytganimizdek, 1598 yili Xorazmga ega chiqadilar. Demak, o’zi va otasi o’sha qonli voqeada tirik qolgan Asfandiyor culton bobosi va yaqin qarindoshlarining safaviylar yoniga qochib borib, buning natijasida Hojimxon sulolasining omon qolganini katta ne’mat deb bilgan va uni unutmaslikni qiyomat qarz o’rnida tushunishga majbur bo’lgan. Xullas, ko’rganimizdek, “Xulosat us-siyyar” asari bizga yurtimiz o’tmishi va xalqimizning Abulg’oziyxondek mashhur siymolari taqdiri haqida noyob ma’lumotlar beruvchi manbalardandir. Undagi Turon hukmdori Imomqulixon davrida O’rta Osiyoda ro’y bergan voqealar, Imomqulixonning taxtdan voz kechib, yonida tog’asi Nadr devonbegi va oilasi bilan hajga ketish payti Shoh Safiy vafot etib, endigina uning o’rniga chiqqan Shoh Abbos Ikkinchi tomonidan juda tantanali ravishda kutib olinishi to’g’risidagi materiallar ham mutaxassislar e’tiborini jalb etishi aniq. Manba: «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2007 yil 32-soni Download 64.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling