Shakllanishi
Rizayev S. Kibernetika va tilshunoslik. – Toshkent: O‘zbekiston. 1976; Rizayev S
Download 0.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdurahmonova Sayyora
Rizayev S. Kibernetika va tilshunoslik. – Toshkent: O‘zbekiston. 1976; Rizayev S. O‘zbek tilshunosligida
lingvostatistika muammolari. - Toshkent: Fan, 2006 va boshqalar.
11 kompyuterga va uning intellekt darajasini oshirib boruvchi insonga nisbatan “Inson-kompyuter”, “kompyuter-Inson” birikmalari paydo bo‘ldi. Kompyuter lingvistikasi bo‘yicha yirik mutaxassis Abdumajid Po‘latov lingvistika+matematika+kompyuter birligida ishlash lozimligini aytar ekan, quyidagi ishlarni amalga oshirish zarurligini ta’kidlab o‘tadi: Tilni (o‘zbek tilini) sistemalash, to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish va uni dunyo tili (ingliz tili) bilan qiyoslash. Fanning boshqa sohalariga ham xizmat qiladigan o‘zbek tilining aniq, qisqa va xalqaro me’yorlarga asoslangan axborot uslubini yaratish. O‘zbek tili grammatikasining formal va aksiomatik modellarini yaratish. O‘zbek tilida bajariladigan kompyuter dasturlarini yaratish Xorijda va Rossiyada kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlarning ko‘lami keng. O‘zbekistonda esa bu soha rivojlanish bosqichida turibdi. Shunday ekan, o‘zbekkompyuter lingvistikasi o‘z shakllanish tarixiga ega, uning kelajagi bor. Barcha davrlar ilm-fan oldiga o‘z talabini qo‘yadi. Fanning asosiy vazifasi mavjud holatni tanqid qilish, yangi bosqichga ko‘tarish, yangi yo‘nalishlar ochish, ertangi kun imkoniyatlari va talablariga mos ravishda rivojlantirishdir 1 . Kompyuter lingvistikasi ham yangi paydo bo‘lgan fan tarmog‘i sifatida o‘zbek tilshunosligi oldiga qator muhim vazifalarni qo‘yadi: o‘zbekcha imlo, tezaurus, omonimlar lug‘atining kompyuter dasturlarini yaratish; o‘zbek tilini chet tili sifatida o‘rganuvchilar uchun mukammal dasturlar yaratish; turli tillardagi matnlarni o‘zbek tiliga imkon boricha sifatli tarjima qiluvchi kompyuter dasturlarini yaratish; turli tillardagi matnlarni o‘zbek tiliga imkon boricha sifatli tarjima qiluvchi kompyuter dasturlarini yaratish;
1 Пўлатов А.Қ.Компьютер лингвистикаси.T., “Akamednashr”. 2011, B-6.
12 matn tahririda orfografik, punktuatsion xatolarni aniqlovchi kompyuter dasturining o‘zbek tilidagi variantini yaratish; matn mazmunini yaxshi o‘zlashtirish uchun savol-javob tizimiga asoslangan dasturlar yaratish; o‘zbek tilida qolipi nisbatan qat’iy bo‘lgan rasmiy uslub uchun ma’lumotlar bazasini yaratish; bilimlarni baholash bilan bog‘liq dasturlar yaratish va boshqalar. O‘zbek kompyuter lingvistikasida amalga oshirilgan ilk tadqiqot ishlari, asosan, statistik tahlil yo‘nalishidadir. Bu borada izlanish olib borgan olimlar sifatida S.Rizayev va S.Muhamedovlarni alohida ko‘rsatish mumkin. S.Muhamedov o‘zining R.R.Piotrovskiy bilan hamkorlikda yozgan “Инженерная лингвистика и опыт системно-статического исследования узбекскихт екстов» nomli kitobida lingvistik modellar, modellashtirish va ularning umumiy tamoyillari haqida fikr yuritib, o‘zbekcha matnlarning kvantitativ modellarini keltirgan 6 .Mazkur asarda sun’iy intellekt yaratish va injener lingvistikasi metodlari bilan o‘zbekcha nutqni avtomatik qayta ishlash jarayonida foydalanish uchun zarur bo‘lgan o‘zbekcha matnlarning leksik- morfologik tuzilishi statistik tahlili natijalari keltirilgan. S.Rizayev “Kibernetika va tilshunoslik” asarida tilshunoslikda aniq metodlarning qo‘llanilishi va bunda kompyuterdan foydalanish, til va nutq hodisalariga statistik yondashishning sabablari hamda matnlarni avtomatik qayta ishlash, mashina tarjimasi muammolari, shuningdek, harflarning qo‘llanish chastotasini aniqlashda kompyuterning o‘rni borasidagi ma’lumotlar keltirilgan 7 . O‘zbek tili materiallari bo‘yicha kompyuter tilshunosligiga oid dastlabki tadqiqotlarni
olib
borgan
olimlar
H.Arziqulov, S.Rizayev va
S.Muhamedovlardir. Ular, asosan, kompyuter lingvistikasining stastistik tahlil, avtomatik tahrir yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy ishlarni amalga
6 Мухаммедов С., Пиотровский Р.Р. Инженерная лингвистика и опқт системно-статического исследования узбекских текстов. Т., “Fan”, 1986. 7 Ризаев С. Кибернетика ва тилшунослик. Т., 1976, 16-б.
13 oshirishgan. H.Arziqulovo‘zining«Информатикаипереработкатекстасредствамивычислител ьнойтехники»nomli monografiyasida kompyuter yordamida katta hajmdagi matnlarga ishlov berishning avtomatik tizimi asoslarini chuqur tahlil qilgan. Muhimi, professor H.Arziqulov rahbarligida Samarqand davlat chet tillari institutida injener tilshunosligi markazi tashkil etilgan. Bu markazda davlat tilidagi matnlarga kompyuter yordamida qayta ishlov berish masalalari ustida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Bunda matnlarga qayta ishlov beradigan kompyuter dasturlarini yaratish, o‘zbek tilining barcha sathlariga oid matnlarni yig‘ish, ularni muayyan bir tizimga keltirish, algoritmlarni tuzish, ularga statistik jihatdan ishlov berish, inglizcha-o‘zbekcha mashina tarjimasi dasturini yaratish kabi sohalarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. O‘zbekcha matnlarga qayta ishlov beruvchi avtomatik tizim “Uzlington”, lotin alifbosidagi matnlarni krill alifbosiga va krill alifbosidan lotin alifbosiga o‘tkazuvchi “Spellchecker”, kompyuter ko‘magida korrektura qiladigan, imloviy xatolarni tuzatadigan kompyuter dasturlarini yaratishga birinchilardan bo‘lib qo‘l urgan 8 .
So‘nggi yillardao‘zbek kompyuter lingvistikasi asta-sekinlik bilan shakllanmoqda. Ayniqsa, bu sohada A.Po‘latov, N.Jo‘rayevlarning «Разработкаформальноймоделиграмматикиузбекскогоязыка», A.Po‘latov, B.Alixo‘jayev,N.Jo‘rayevlarning “Разработкапрограммыкомпьютерногоанализаисинтезаглаголовузбекскогояз ыка”, Muhamedova S “Harakat fe’llari asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik ta’min yaratish” (2006), A.Po‘latov, S.Muhamedovalarning “Kompyuter lingvistikasida avtomatik tahrir qiluvchi dasturning lingvistik ta’minotini yaratish” nomli maqolasi, A.Po‘latov, S.Muhamedovalarning “Kompyuter lingvistika” nomli o‘quv qo‘llanmasi (2007), A.Rahimovning “Kompyuter lingvistikasi asoslari” o‘quv qo‘llanmasi (2011) muhim ahamiyatga molik.
8 Rahimov A. Kompyuter lingvistikasi asoslari. –T., 2011, 65-bet
14 Bugungi kungacha o‘zbek kompyuter lingvistikasi sohasi doirasida qilingan ishlarda ko‘proq fanning predmet va vazifalarini aniqlash, kelgusida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalarga nazariy yondashilgan, o‘zbek tilidagi affikslarning qo‘llanilish ko‘lami (ot turkumidagi affikslar kombinatsiyasi) statistik tadqiq etilgan, fe’l turkumidagi so‘zlarning (“ishlamoq” fe’li misolida) maksimal qo‘llanilish hisobi (103 mingta) o‘zbek–ingliz–rus tillarida berilgan. Endilikda ushbu nazariy ilmiy ishlardan foydalangan holda quyidagilarni amaliyotga tatbiq qilish kerak: 1. O‘zbek adabiy tilining kompyuterga kiritishga moslashtirilgan standart grammatikasini yaratish. 2. Me’yoriy masalalarni chuqur tadqiq etish; so‘z qo‘llash me’yori, kalkalash, uslubiy me’yorlarni va yozma nutq me’yorlarini qat’iy belgilab, dastur qilib kompyuterga kiritish. 3. Affikslar aranjirovkasi (ketma-ketligini) qat’iylashtirish. 4. Juft, takror, qo‘shma so‘z, iboralarning chet tillarga tarjimasi bilan birgalikdagi elektron lug‘atini yaratish. 5. Gap bo‘laklarining joylashish tartibining barcha holatlarini, flektiv tillardagi barcha holatlarini, flektiv tillardagi farqli jihatlari bilan, dasturga joylashtirishga zamin yaratuvchi ma’lumotlar bazasini berish.
6. So‘z birikmalarining belgili va belgisiz qo‘llanilish qonuniyatlarini berish.
7. Gapning barcha xususiy va umumiy me’yorlarini belgilash kabilar kiradi
9 .
Ushbu dolzarb masalalar ustida kompyuter mutaxassislari bilan hamkorlikda ilmiy va amaliy izlanishlar olib borilmoqda. So‘nggi paytlarda insoniyat hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadigan jarayonlardan asosiylari – bu globalizatsiya, integratsiya, standartizatsiya va
9 Абжалова М.А. Ўзбек тилидаги матнларни компьютер воситасида таҳрир қилиш дастурининг лингвистик таъмини// Магистр илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация// Тошкент-2011, 12-бет.
15 optimizatsiya jarayonlaridir 10 .Tezkor sur’atda rivojlanib borayotgan fan va texnika davrida inson juda hajmdagi axborot ustida tezkorlik bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bu jarayonni boshqarishda insonning imkoniyatlari (xotira tezligi) chegaralangan. Axborotni qabul qilish va uning ustida ishlash samaradorligini oshirishning yagona yo‘li sun’iy intellekt – kompyuterdan foydalanishdir. Bu o‘z navbatida hamma sohaning kompyuter uslubini yaratishni talab qiladi. Til –ijtimoiy hodisa. Tilning ijtimoiyligidan kelib chiqib, fan-texnika jadal rivojlanayotgan bir paytda rivojlangan davlatlarda milliy tilni rivojlantirish, optimal ko‘rinishga keltirish, formallashtirish borasida samarali ishlar qilinmoqda. Jumlada, Socrat, “AABBYY Lingvo” kabi elektron lug‘atlarning yaratilganini ko‘rsatishimiz mumkin. Bugungi kunda o‘zbek tilining dunyo miqiyosidagi ahamiyatini oshirish va boshqa dunyo tillari qatoriga qo‘shish uchun qator lingvistik masalalarni hal etish tilshunoslar oldidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shunday vazifalardan biri o‘zbekcha matnlarni kompyuter vositasida tahrir qiluvchi dasturning lingvistik mezonlarini ishlab chiqishdir. Ishni amalga oshirishda tilshunoslar malakali dasturchilar bilan hamkorlikda ish olib borishlari kerak. Tilshunos – ma’lumotlar bazasini yig‘ib beruvchi, lingvistik ta’minotchi, dasturchi esa ma’lumotlarning qulay ishlash dasturini yaratuvchidir. Shuning uchun tilni kompyuter yordamida modellashtirish (qoliplash) bir tomondan, informatika va dasturlash nazariyasi fanlarining o‘rganish sohasi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tilshunoslik fanining tekshirish obyekti sanaladi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling