Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana19.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1363776
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari (1)



Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 3-son 

UDK: 339.5
 
TASHQI SAVDONI STATISTIK TADQIQ ETISHNING 
 NAZARIY ASOSLARI 
 
Norkulov Shavkat Shakarbayevich 
Kadrlar malakasini oshirish statistik tadqiqotlar 
instituti 1-kurs mustaqil izlanuvchisi 
E-mail: snorkulov@gmail.com
ANNOTATSIYA. Bugungi kunda tashqi iqtisodiy faoliyat mamlakatlar 
rivojlanishining muhim shartlaridan biri sifatida o‘rin tutmoqda. Jamiyatning 
evolyutsion taraqqiyoti davomida eng sodda ko‘rinishdan boshlab shakllangan 
mazkur soha iqtisodiyot tarmoqlarining eng muhim bo‘g‘ini sifatida ishlab 
chiqaruvchi kuchlar va xalqaro munosabatlarni mustahkamlashda dolzarb ahamiyat 
kasb etadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha korxonalar faoliyatini rivojlantirishning 
marketing strategiyasining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish ilmiy-
amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, zamonaviy shart-
sharoitlardan kelib chiqqan holda tashqi savdo faoliyatini tartibga solishning 
iqtisodiy tabiatini ochib berish, tegishli xulosalarni asoslash, rivojlanish 
tendensiyalarini baholash, ilmiyuslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish, tashqi savdoning 
bugungi ushbu sohalar rivojlanish darajasini baholash, iqtisodiy xavfsizlikka 
yondashuv negizida uyg‘un boshqaruvning uslubiy asoslarini takomillashtirish 
kabilar dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Globallashuv jarayonida milliy 
iqtisodiyotning taraqqiyoti tashqi iqtisodiy aloqalarga yanada ko‘proq bog‘liq bo‘lib 
bormoqda. Unga sherik mamlakatlarning ishlab chiqarish salohiyati va iste’mol 
bozorlarining muntazam ravishda yuksalib borayotganligi ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot milliy xo‘jaliklarning global tizimdan 
manfaatdor bo‘lish va uning salbiy ta’sirlaridan muhofazalanish uchun jahondagi 
o‘zgarishlarning muammolaridan himoyalanish tizimiga ega bo‘lishni talab 
etmoqda. Shu bois mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot davrida bozor iqtisodiyotini 
rivojlantirish va milliy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishni ustuvor vazifa 
sifatida qabul qilib, uzoq muddatli strategik maqsadlarga erishish va xalqaro 
iqtisodiy tizimda mustahkam mavqega ega bo‘lish uchun tashqi iqtisodiy aloqalar va 
jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvni muttasil ravishda chuqurlashtirib 
kelinmoqda. Maqolada O‘zbekistonda tashqi savdo va uning iqtisodiyotni 
rivojlantirishdagi ahamiyati o‘rganilgan bo‘lib, unda tashqi savdoning nazariy 
asoslari, globallashuv jarayonida milliy iqtisodiyotning taraqqiyoti tashqi iqtisodiy 
aloqalarga yanada ko‘proq bog‘liq bo‘lib borishiga doir jihatlari keng tadqiq 
qilingan. Shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida ishlab chiqarish 
munosabatlarining keskin o‘zgarishi asosida tashqi savdo jarayonlariga oid tadqiqot 


Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 3-son 

yo‘nalishlarini takomillashtirishga doir muammolarning o‘ziga xos jihatlari tahlil 
qilingan.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling