Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari (1)
Key words: foreign trade, export, import, foreign economic activity,
competition, national economy, development, globalization, foreign economic relations, production potential, consumer market, economic liberalization, foreign trade partner, diversification, foreign trade geography, market economy, export structure, support for export activities, simplified permit system, electronic declaration, tax and customs benefits. KIRISH Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot milliy xo‘jaliklarning global tizimdan manfaatdor bo‘lish va uning salbiy ta’sirlaridan muhofazalanish uchun jahondagi o‘zgarishlarning muammolaridan himoyalanish tizimiga ega bo‘lishni talab etmoqda. Shu bois mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot davrida bozor iqtisodiyotini rivojlantirish va milliy ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishni ustuvor vazifa sifatida qabul qilib, uzoq muddatli strategik maqsadlarga erishish va xalqaro iqtisodiy tizimda mustahkam mavqega ega bo‘lish uchun tashqi iqtisodiy aloqalar va jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvni muttasil ravishda chuqurlashtirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston birinchi galda, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki singari xalqaro tuzilmalarga a’zo bo‘lib, o‘zining jahondagi munosib o‘rnini egallagan bo‘lsa, ayni paytda hududiy tuzilmalardan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti kabilarning tashkil etilishi va faoliyatida faol ishtirok etib, jahon hamjamiyatiga iqtisodiy tomondan chuqur kirib borishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimizning savdo masalasida global miqyosda faoliyat olib borayotgan Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgani ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha liberalizmni kuchaytirish, proteksionizmni cheklashni taqozo qiladi. Umuman, tashqi savdo aylanmasi va unda eksport bilan importdagi vaziyatlar umumlashgan tarzda tahlil qilinishi bilan bir qatorda milliy tashqi savdo aylanmasi va uning taqsimlanishini geografik jihatdan ham tadqiq qilish talab etiladi. Chunki har qanday davlatning tashqi savdo sherigi bo‘lgan mamlakatlarning rivojlanganlik darajasi va geografik joylashgan mintaqasi iqtisodiy aloqalarni shakllantirish va kuchaytirishga zamin hozirlaydi. Bugungi kunda O‘zbekiston jahon hamjamiyatida o‘zining mustaqil ovoziga ega bo‘lgan davlat darajasiga ko‘tarildi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘ldi. Dunyodagi sanoati rivojlangan yetakchi mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatib, ikki va ko‘p tomonlama manfaatli aloqalarni tobora rivojlantirib bormoqda. Shunday sharoitda mamlakatning tashqi iqtisodiy salohiyati tabiiy resurslarning mavjudligi, ishlab chiqarish va ilmiytexnik potensialning barpo etilishi, infratuzilma, ijtimoiy soha, mahsulot va xizmatlarning mamlakat tashqarisiga eksport qilinishi yoki chet el fuqarolariga, firma va tashkilotlarga, shu jumladan, mamlakat ichidagi xorijiy korxonalar va qo‘shma korxonalarga sotilishi bilan aniqlanadi. Mamlakat tashqi iqtisodiy salohiyatini aniqlovchi eng muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlar YaIM ishlab chiqarish hajmi, shu Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali. 2022-yil, 3-son 5 jumladan, aholi jon boshiga, YaIMda tovar va xizmatlar eksportining ulushi hamda tovarlar umumiy eksporti hajmida sanoat tovarlari ulushi kabilar hisoblanadi. Ma’lumki, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning an’anaviy va eng rivojlangan ko‘rinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida ro‘y berayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80% tashqi savdoning ulushiga to‘g‘ri keladi. Dunyoda mavjud bo‘lgan har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli kattadir. Bu borada “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonda keltirilganidek, «prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiyalar turlarini chiqarishni o‘zlashtirish, bunga asosan ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash [1]” muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘pgina rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlar tashqi savdo aloqalarini yanada kengaytirishga alohida ahamiyat beradilar. Chunki, har qanday ayirboshlashning ahamiyati, uning samaradorligi bilan, shu jumladan, xalqaro miqyosda ham kelishilgan bitimlardan tomonlarning oladigan samarasi bilan belgilanadi. Ya’ni, xoh tovar va xoh xizmatlar savdosi bo‘lsin, ayirboshlashdan olinadigan afzallikka har bir qatnashuvchi mamlakat ega bo‘ladi va natijada butun jahon xo‘jaligi tizimi o‘zaro manfaatdor bo‘ladi. Mamlakatlar o‘rtasidagi xalqaro ayirboshlash va xalqaro savdoning rivojlanishida globallashuvning ahamiyati to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, mamlakatlar qadim zamonlardan buyon moddiy noz- ne’matlarni tayyor mahsulotlar va turli xil resurslar ko‘rinishida o‘zaro ayirboshlab kelishgan, ya’ni bir-birlari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kirishishgan. O‘z navbatida, ayirboshlashning hajmi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga va tovar ishlab chiqarish hajmining oshishiga bog‘liq bo‘lgan. Chunki, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi, bir tomondan, mamlakatlar o‘rtasida xo‘jalik aloqalarining kengayishiga imkon yaratsa, ikkkinchi tomondan, turli xil xomashyolar, materiallar va boshqa resurslarga bo‘lgan talabning oshib borishi ayirboshlash zaruratini keltirib chiqaradi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling