Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari (1)
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz tashqi savdosining hajmini oshirish va tarkibini diversifikatsiya qilish bilan bir qatorda geografik jihatdan ham diversifikatsiya qilish talab etiladi. Yuqorida keltirilgan vaziyatning yuzaga chiqishida eksport salohiyati darajasida rivojlanmaganligi va diplomatik aloqalar o‘rnatilgan 170 dan ortiq mamlakatlarning faqat ayrimlari bilan savdo munosabatlari kuchaytirilganligi, qolganlari bilan zarur darajada hamkorlik yo‘lga qo‘yilmaganligi, shuningdek, eksport tarkibi imkoniyat darajasida diversifikatsiya bo‘lmaganligi sababdir. Shu bois eksport tarkibini, hajmini va geografiyasini milliy iqtisodiyotimiz salohiyati va qudratini kuchaytiradigan yo‘nalishda uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish orqali rivojlantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Demak, ayrim mamlakatlarning tashqi savdodagi yetakchilik ta’sirini so‘ndirish va kutilmagan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni oldini olish uchun u davlat bilan savdo aloqalarini qisqartirish kerak emas, balki, umumiy tashqi savdoning hajmini yanada kengaytirish va boshqa davlatlar bilan savdo sheriklikni salohiyat darajasida rivojlantirish ratsional yondashuv tarzi hisoblanadi. Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali. 2022-yil, 3-son 13 Shuningdek, mazkur yo‘nalishda faoliyat olib borilayotganda milliy ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonlari bilan chambarchas bog‘liqlikda olib borish hamda importni muvofiqlashtirish talab etiladi. Zero milliy iqtisodiyotning taraqqiyoti uning barcha tarmoq va sohalari hamda hududlari yaxlit tarzda va yakdil maqsad uchun uyg‘unlikda faoliyat olib borishini taqozo qiladi. Shuning uchun modernizatsiya qilinayotgan sohalar va tarmoqlar ayni paytda eksport tarkibini diversifikatsiyalashga,hajmini oshirishga va geografiyasini kengaytirishga xizmat qilishi lozim. Qolaversa, import tarkibida texnologik xarakterdagi tovarlar salmog‘ini imkon qadar oshirish va undan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash orqali eksport tarkibini diversifikatsiya qilish, hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish maqsadida foydalanish samarali natijalarga asos bo‘ladi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling