Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari (1)
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Jahon xo‘jaligi aloqalarida mamlakat eksport imkoniyatlaridan samarali foydalanish doirasidagi dastlabki tadqiqotlar XVI-XVII asrlarda G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida amalga oshirila boshlandi. Ushbu davrdagi amaliy harakatlar, yopiq iqtisodiyotni shakllantirishga asoslangan “proteksionizm” siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlari va mexanizmlarining ustuvorligi bilan alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Bu boradagi amaliy harakatlarni davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi merkantilizm g‘oyasining keng targ‘ib etilishiga asos yaratdi. Merkantilizm g‘oyasining tizimli tartibdagi yo‘nalishga ega emasligi, tashqi savdoda nomutanosibliklarni yuzaga keltirishga asoslangan savdo siyosatining ustuvorligi, eksport imkoniyatlarini kengaytirishda kaloniya tipidagi shaharlarga iqtisodiy va noiqtisodiy bosimning ortishi kabi holatlar iqtisodiy maktab g‘oyalarining ahamiyati va o‘rnini yo‘qotishiga sabab bo‘ldi. XVII asr oxiri va XVIII asrning boshlariga kelib Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali. 2022-yil, 3-son 6 G’arbiy Yevropada shakllangan klassik iqtisodiy maktab g‘oyalarida, merkanatilizm ta’limotiga nisbatan eksport imkoniyatlaridan samarali foydalanishning ilmiy prinsipial shakllarga asoslangan iqtisodiy ta’limotlar kengroq o‘rin egallaydi. Xususan, tashqi savdoga kirish mutloq va nisbiy ustunlik xarakteriga ega ekanligini ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, mamlakat doirasidagi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishning tashqi bozor kengayishi hisobiga o‘sib borishi, eksport subsidiyalarini ichki narxlarning o‘sishiga olib kelishi, eksport salohitidan samarali foydalanishning bevosita mehnat unumdorligiga bog‘liqligi kabi holatlar tadqiqot yo‘nalishlarida alohida o‘rin egallaydi. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida ishlab chiqarish munosabatlarining keskin o‘zgarishi klassik iqtisodiy maktabning tashqi savdo jarayonlariga oid tadqiqot yo‘nalishlarini takomillashtirishga cabab bo‘ldi. E.Xeksher va B.Olinning “ishlab chiqarish omillari” nazariyasida ushbu ustuvorlik to‘liq aks etadi [3], [4]. Ushbu nazariya mamlakatda mehnat va kapitalning to‘la bandligi sharoitida o‘zining amaliy jihatlarini ifoda etadi. Mazkur nazariyaning xalqaro savdo jarayonlarini izohlashga xizmat qilishdagi o‘rnini hisobga olish bilan birga, asosiy kamchiligi sifatida texnologik taraqqiyot ta’sirini hisobga olinmaganligi va ishlab chiqarish omillarining o‘rniga boshqasini qo‘llash imkoniyatining mavjudligini e’tirof etilmaganligi orqali izohlash mumkin. Qolaversa, ushbu nazariy qarashlar ta’sirida V.Leontev paradoksining yuzaga kelishi, zamonaviy savdo jarayonlarini tadqiq etishga doir munozarali holatlarga sabab bo‘ldi. XX asr iqtisodiyoti eksport raqobatbardoshligini oshirishda klassik iqtisodiy maktab nazariyalarini inkor qiluvchi va kengaytiruvchi xususiyatlariga ko‘ra muhim ahamiyat kasb etadi. M.Poznerning “texnologik uzilish” savdo nazariyasi nisbiy jihatdan “ishlab chiqarish omillari” nazariyasiga asoslangan holda uni to‘ldiruvchi hisoblanadi [5]. R.Vernonning “mahsulotning hayotiylik sikli” [6] va M.Porterning “raqobatbardoshlik rombi” nazariyalari “ishlab chiqarish omillari” nazariyasi teskari xususiyat kasb etadi [7]. Ushbu nazariyalarning muhim xususiyatlari jahon savdosiga texnik taraqqiyotning ta’sirini oshirish va korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlashning ichki raqobat muhitiga bog‘liqligi kabi holatlar orqali ifodalanadi. XXI asrda mamlakat eksport raqobatbardoshligiga oid ilmiy-nazariy qarashlar xorijlik iqtisodchi olimlardan V.L.Kvint tadqiqotlarida alohida o‘rin egallaydi, uning fikricha eksportni rag‘batlantirishning ma’muriy usullaridan ko‘ra, ochiq bozor usullari keng miqyosidagi samaradorlikka ega hisoblanadi [8]. P.Xausman, J.Xvang, D.Rodriklar tadqiqotlariga ko‘ra, eksporni rag‘batlantirish mexanizmi tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining faoliyat samaradorligini pasaytiradi, bu holatning ustuvor jihatlari jahon bozoridagi kon’yunkturaviy o‘zgarishlar o‘z aksini topadi [9]. E.Jonatxan, S.Kortum, F.Kramarzlarning tadqiqot yo‘nalishida eksport siyosatini rag‘batlantirishning nota’rif usullari keng o‘rin egallaydi [10], N.F. Gofman, G.A.Maxovikova tomonidan olib borilgan tadqiqotlar eksport faoliyatini rag‘batlantirishning klassik va hozirgi zamon uyg‘unligini ta’minlashga asoslanadi [11]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling