Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari
-jadval Jahon mamlakatlarining tashqi savdo balansidagi ko‘rsatkichi bo‘yicha
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari (1)
1-jadval
Jahon mamlakatlarining tashqi savdo balansidagi ko‘rsatkichi bo‘yicha eksport kvotasi baholashning chegaraviy qiymati Indikatorlar O’lchov A’lo darajada Yaxshi darajada Me’yor Inqiroz oldi holati Inqiroz oldi holati Eksportnig YaImdagi ulushi (EKkv) EK kv >60 35≤EK kv ≤60 5 10 <35 EK kv <10 Jah on d agi m avjud h ola t Indikatorlar bo‘yicha davlatlar soni ona 12 37 110 46 Indikator bo‘yicha salbiy saldo holati kuzatilgan mamlakatlar soni ona 1 16 81 46 Salbiy saldo kuzatilgan davlatlar sonining indikator bo‘yicha mamlakatlar sonidagi ulushi 8,3 43,2 73,6 100,0 Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali. 2022-yil, 3-son 10 Ushbu uslub milliy iqtisodiyotning jahon bozoriga qay darajada bog‘liqligini ko‘rsatuvchi indikator hisoblanadi. Yopiq iqtisodiyot bilan bog‘liq tashqi iqtisodiy faoliyatda, eksportning YaIMdagi ulushi 10 %dan kam bo‘ladi. Ochiq iqtisodiyotda esa eksportning YaIMdagi ulushi 35 %dan ortiq bo‘ladi [14]. Ushbu mezonga ko‘ra, 2017-2019 yillarda ochiq iqtisodiyot bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga – Gonkong (157%), Singapur (96,3%), Vetnam (90,5%), Slovakiya (84,2%), BAA kabi davlatlar kirsa, yopiq iqtisodiyot bo‘yicha esa eng past ko‘rsatkich – Yaman (1,3 %), Nepal (3,37 %), Sudan (3,37 %) kabi davlatlarida kuzatilganligini ko‘rishimiz mumkin [20]. Yuqoridagi natijalardan kelib chiqqan holda, tashqi savdo balansidagi salbiy saldo holatini baholashda quyidagicha chegaraviy qiymat belgilash mumkin. Eksport kvotasining ko‘rsatkichlari yaqin 20 yil davomida O‘zbekistonda asosan kombinatsiyalashgan ochiq va yopiq iqtisodiyot bilan bog‘liq tashqi savdo siyosati olib borilganligi, bundan tashqari eksport kvotasini tashqi savdo balansiga bog‘lagan holda baholangan chegaraviy qiymati bo‘yicha inqiroz oldi holatda ekanligi aniqlanligini kuzatilgan (1-jadval) [14]. Bundan tashqari, jahon davlatlarining ochiq iqtisodiyot asosida tashqi savdo siyosatini olib borishini mamlakat savdo balansiga bog‘lagan holda tahlil etildi. Unga ko‘ra, 49 mamlakat tashqi savdosida ochiq iqtisodiyot olib borishi va ulardan 17 tasi (36,9 %)da salbiy saldo holati kuzatilgan. Shuningdek, YaIMda eksport ulushi 10 va 35 foiz oralig‘ida bo‘lgan, kombinatsiyalashgan ochiq va yopiq iqtisodiyot bilan bog‘liq tashqi savdo siyosati 110 ta davlatda kuzatilgan bo‘lib ularning 81 tasi (73,6 %)da salbiy saldo holati qayd etilgan. Shu bilan birga, eksportning YaIMdagi ulushi 10 %dan kam bo‘lgan mamlakatlar soni 46 ta ekanligi va ularning hech birida ijobiy saldo holati kuzatilmaganligi aniqlandi [14]. 2021-yil yakunlariga ko‘ra O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2020 yilga nisbatan 5,8 mln.dollarga yoki 16%ga ko‘paydi va 42,1 mln.dollarni tashkil etdi (2-jadval) [22]. Shu bilan birga, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida MDH davlatlarining umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2021-yilning mos davriga nisbatan 0,2%ga kamaydi, boshqa xorijiy davlatlar ulushi esa mos ravishda 0,2%ga oshib, 62,1%ni tashkil etdi. O’zbekiston Respublikasining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2022 yil yanvar-avgust holatiga ko‘ra 27,1%ga o‘sib, 12,2 mln. dollarni tashkil etdi. Shundan eksport – 45,1%ga o‘sib, 4,8 mlrd. dollar, import esa – 17,6%ga o‘sib, 7,4 mln.dollar qiymatida qayd etildi. MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasining eng yuqori hajmlari Rossiya Federatsiyasi (46,6%), Qozog‘iston (23,6%) hamda Qirg‘iz Respublikasi (6,2%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining “O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali. 2022-yil, 3-son 11 Yuqorida keltirilgan tahlil natijalari mamlakatimiz tashqi savdo sohasida eksport faoliyatini rivojlantirishga doir quyidagi muammolar yuzaga kelayotganligini ko‘rsatadi: 10>35> Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling