Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana19.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1363776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tashqi savdoni statistik tadqiq etishning nazariy asoslari (1)

Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 3-son 

Tadqiqotlarimiz nazariy va amaliy jihatlari tegishli ilmiy yondashuvlar, 
yaratilgan statistik ko‘rsatkichlar tizimlarini kengaytirishi mumkin. Shu bilan birga, 
ularning eng muhim va eng kam ishlangan yo‘nalishlaridan biri tashqi iqtisodiy 
faoliyatda samaradorligini tahlil qilish uchun zamonaviy konseptual tamoyillarni va 
yetarli statistik usullarni birlashtirgan yondashuvlarni amalga oshirish bilan bog‘liq. 
Shu sababli mazkur maqola mavzusi tanladim. 
Tashqi savdo balansida ijobiy savdoga erishish muammolari ko‘p yillar 
davomida olim va siyosatchilarni qiziqtirib keladigan masalalardan biri hisoblanadi. 
Sababi, ijobiy saldo mamlakat to‘lov balansining asosiy tarkibiy qismi bo‘lishi bilan 
bir qatorda, YaIMda ham hisobga olinadigan ko‘rsatkichlardan biridir. Shunga ko‘ra, 
tashqi savdo balansidagi saldo ko‘rsatkichi mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga 
ta’siridan kelib chiqib baholanadi. Iqtisodiy nazariyaga ko‘ra tashqi savdo balansida 
ijobiy saldo bo‘lishi mamlakatning har jihatdan barqarorligini ta’minlaydi. Biroq, 
AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi kapital sig‘imi yuqori bo‘lgan rivojlangan 
mamlakatlarda muntazam salbiy savdo holati kuzatiladi.
Shunga ko‘ra ayrim iqtisodchilar tomonidan salbiy savdo mamlakat 
iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi degan nazariya ilgari suriladi va bunga asos 
sifatida quyidagilar keltiriladi:
- ichki ishlab chiqarilgan va import tovarlari o‘rtasida erkin raqobat muhiti 
shakllanadi. Bu esa, ishlab chiqarishni yanada rivojlanishiga, yangi innovatsiyalarni 
joriy etilishiga xizmat qiladi;
- bozor xilma-xil tovarlarga to‘yinadi va inflyatsiya darajasi o‘sishining oldi 
olinadi;
- qancha import ko‘p bo‘lsa bu milliy valyuta qadrining tushishiga olib keladi
natijada eksport hajmi oshadi;
- mamlakat o‘zining valyuta rezervlari orqali xorijiy mamlakatlarga investitsiya 
kiritgan holda, arzon ishchi kuchi va xom ashyo orqali nisbatan qimmat bo‘lmagan 
tovarlarni juda ko‘p miqdorda import qiladi. Bu holatda, yuqoridagi davlatlarning 
tashqi savdo balansida salbiy saldo holati kuzatilishi mumkin, biroq nisbatan arzon 
qiymatga ega bo‘lgan ko‘proq tovarlar bilan o‘zining zarur ehtiyojini ta’minlashga 
erishadi. 
Yuqorida eksport raqobatbardoshligini ilmiy-nazariy asoslarini o‘zida aks etgan 
ilmiy tadqiqot izlanishlari doirasida quyidagi fikr va mulohazalarni umumlashtirish 
mumkin. Merkantilizm tarafdorlari tashqi savdo balansidagi ijobiy savdo [12] 
mamlakat iqtisodiy rivojlanishining muhim ko‘rsatkichi sifatida e’tirof etadi va aktiv 
savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar [14]:
– tashqi bozorni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‘li bilan egallash hamda bir 
mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish;
– mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda, tovarlar 
importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari);
– qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin va kumushni chetga 
chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini ko‘paytirish.


Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining 
“O’zbekiston statistika axborotnomasi” ilmiy elektron jurnali.
 2022-yil, 3-son 

Shuni alohida aytib o‘tish kerakki, merkantilistlarni tanqid qilgan asosiy 
iqtisodchilardan biri Adam Smitdir (1723-1790). U mamlakatning tashqi savdoda 
ijobiy saldoga erishishi, u ega bo‘lgan oltin miqdori bilan emas, balki ishlab chiqarish 
imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan belgilanadi. A.Smit nuqtai nazariga 
muvofiq [13]:
– davlat tashqi savdoga aralashishi kerak emas va mamlakat erkin savdo 
rejimiga rioya qilishi lozim;
– mamlakatlar ishlab chiqarishda afzallikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab 
chiqarishga ixtisoslashishlari kerak va bu tovarlarni, ishlab chiqarishda afzallikka ega 
bo‘lgan boshqa mamlakatlar bilan ayirboshlashi kerak;
– tashqi savdo milliy bozorlarni boshqa mamlakatlar hisobiga kengaytirish 
orqali mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlaydi;
– eksport, mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil hisoblanadi, chunki u ichki 
bozorda sotilmagan ortiqcha mahsulotlarni xorijga sotish imkonini beradi; 
O‘zbekiston eksport salohiyatini tizimli tartibda o‘rganish va mazkur 
yo‘nalishda strategik vazifalarni amalga oshirishga doir tadqiqot izlanishlari B.K. 
G‘oyibnazarov, Yo.R. Abduvaliyeva, Sh.E. Umidov, S.B. Karimovlar tomonidan 
milliy hisoblar tizimi xalqaro andozalari asosida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni 
xalqaro taqqoslash bo‘yicha ilmiy xulosalar berishgan [15].
Shuningdek, A.V. Vaxobov, D.A. Tadjibayeva, Sh.X. Xajibakiyevlar tomonidan 
amalga oshirilgan bo‘lib, tadqiqotchilar eksport faoliyatini rag‘batlantirishda 
shartnomaviy munosabatlarning rolini oshirishga ustuvorlik berish zarurligini 
ta’kidlaydilar [16]. Sh.D. Ergashxodjayeva tomonidan olib borilgan tadqiqot 
natijalari eksport faoliyatini rag‘batlantirish jahon bozorining tarkibi va rivojlanish 
xususiyatlariga bog‘liqligini ko‘rsatadi [17]. B.O. Tursunov korxona eksport 
raqobatbardoshligi muhim xarakterga kasb etishini ta’kidlaydilar [18]. I.S. Xotamov, 
real sektor korxonalari eksport salohiyatini yuksaltirish strategiyasini amalga 
oshirishda moliyaviy, tashkiliy va struktarviy o‘zgarishlarni amalga oshirish 
maqsadga muvofiqligini qayd etadi [19].

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling