Shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari


Kirish.  Mavzuning dolzarbligi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana28.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1023247
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi Feruza

Kirish. 
Mavzuning dolzarbligi.
Maktabgacha ta‘lim sohasi uzluksiz ta‘lim 
tizimining dastlabki bo‗g‗ini bo‗lishi bilan birga keyingi ta‘lim tizimida, bolani 
maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu ta‘lim 
sohasi davlat siyosati darajasiga ko‗tarilishi bejiz emas. Bu borada davlatimiz 
tomonidan qabul qilingan qator farmon, qaror va farmoyishlar maktabgacha ta‘lim 
tizimini tubdan isloh qilishga yo‗naltirilganligi barchaning e‘tiboridadir. 
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, 
yuksak ma‘naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh 
iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va 
yangi, zamonaviy bosqichga ko‗tarish maqsadida muhtaram prezidentimiz 
tomonidan 
―2017-2021-yillarda 
maktabgacha 
ta‘lim 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2707-sonli Qaror, O‗zbekiston 
Respublikasi ―Maktabgacha ta‘lim va tarbiya to‗g‗risida‖gi qonuni, Maktabgacha 
ta‘lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori, 
O‗zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga 
qo‗yiladigan Davlat talablari, ―Ilk qadam‖ Davlat o‗quv dasturi, ―O‗zbekiston 
Respublikasi maktabgacha ta‘lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish 
Kontseptsiyasi‖ kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha 
ta‘lim tizimida ta‘lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb 
etmoqda. Matematik bilimlar bolalarga ma`lum sistema va izchillikda berilishi, 
bunda yangi bilim kamroq miqdorda, ya`ni bolalar o‗zlashtirib oladigan darajada 
bo‗lishi kerak. Shuning uchun ham bir vazifa bir qancha mayda qismlarga bo‗linib, 
ular birin ketin o‗rganib boriladi.Shunday qilib, so‗nggi yillar davomida matematik 
tasavvurlarni 
shakllantirish 
nazariyasi 
va 
metodikasi 
turli 
muayyan 
yo‗nalishlardagi nazariy tadqiqotlar bilan boyib bordi, bu esa maktabgacha 
yoshdagilarni o‗qitish sohasidagi umumrivojlantiruvchi ishlar samaradorligini 
oshirdi. Biroq maktabgacha ta‘lim nazariyasi va amaliyotida boshqa yana qator hal 
etilmagan muammolar mavjud. Matematikada son va sanoq, kattalik, geometrik 
figuralar, tevarak atrofni bilishni, vaqtni chamalash malakalarini puxta 



egallashining ham ahamiyati juda katta. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarning fazoviy va geometrik figuralar haqidagi tasavvurlari faoliyatning 
hamma jarayonlarida kengayadi va mustahkamlanadi. Mashg‗ulotlar tarkibiga 
fazoda mo‗ljal olishga doir maxsus mashqlarning kiritilishi va geometrik 
figuralarni o‗rgatishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ham bunga 
imkoniyat beradi. 
Bolada matematik tushunchalarni shakllantirish masalasiga Yu.M.Kolyagin, 
Yu. I. Kulyutkin, L.M.Fridman, psixologlar, pedagoglar va u slubchilar K. Dunker, 
J.Piaje, J.Poyalarning mashhur tadqiqotlari katta ahamiyatga ega. Bolalarning 
matematik tushunchalarini rivojlantirishda qo‗llaniladigan ko‗rgazmali materiallar 
ularning o‗zlashtirishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolalarni tevarak atrofni tasavvur qilishda ega bo‗lgan barcha 
bilimlarini puxtalash, uni kuzatish, orientirovka qila olish malakalari hamda uni 
belgilay olishlari kabi ko‗nikmalarini mustahkamlash va tevarak atrof haqida o‗z 
fikrlarini to‗la bildira oladigan terminlarning bolada yaxshi o‗zlashtirilishini o‗z 
vaqtida ta‘minlab borish zarur. 
Fazoni idrok qilish deganda narsalarning fazodagi shakllarini, ularning 
fazodagi 
katta-kichikligini 
va 
fazodagi 
o‗zaro munosabatlarini ko‗zda 
tutiladiInsonning fazoda mo‗ljal olish muammosi keng va ko‗p qirrali. Fazoda 
farqlash va fazoni idrok qilish, fazoviy tasavvurlar va har xil fazoviy 
munosabatlarni, masalan, ob‘ektlarning shakli, o‗lchami, fazoviy yo‗nalishlari, 
fazoda joylashgan o‗rni, hajmi, bo‗yicha, eni, balandliklari kabi masofalarining 
hammasi har xil fazoviy kategoriyalardir. Ularni idrok qilish va ular haqidagi 
tasavvurlar, fazoviy idrok, tasavvur qilishdir.
Fazoda mo‗ljal olish fazoni bevosita idrok qilish va aytib o‗tilgan 
kategoriyalarni bilish asosida amalga oshadi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling