Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari


Download 0.57 Mb.
bet1/78
Sana07.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1245791
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
5-bob (Восстановлен)




5.1. RAHBAR- MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RAHBARI


Mamlakatimizda bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbarlik direktor tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini ishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri bilan mehnat shartnomasi bir yil muddatda tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining 9-bobi “Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi” deb nomlanib, ana shu bobning 48-moddasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish pedagogik kengash, kuzatuv kengashi va davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan amalga oshirilishi, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish tartibi esa uning mua’sisi hujjatlari asosida belgilanishi ko‘rsatib berililgan1.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga kelishib olishga kiritish uchun tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini belgilaydi, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish yuzasidan takliflar kiritadi.
Ushbu Qonunning 51 - moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari - direktor hisoblanib, u tashkilotning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshirishi va Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining huquq va majburiyatlari normativ-huquqiy hujjatlar, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi, shuningdek mehnat shartnomasi bilan amalga oshirilishi belgilangan2.


5.1.2. SHARQ MURAFAKKIRLARINING RAHBARLIK FAOLIYATI HAQIDAGI JIKRLARI
Mamlakatimizda erkin va mustaqil fikrlovchi, jamiyat hayotida ongli ravishda faol ishtirok etadigan barkamol shaxsni shakllantirish zamon bilan hamnafas kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish bilan bog‘liqdir. Hozirgi kunda rahbarlar salohiyatini oshirish, ularda boshqaruvchanlik, tashkilotchilik kabi zarur sifatlarni tarkib toptirish, ularni zamon talablariga mos ravishda shakllantirish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda milliy merosimiz bo‘lgan mutafakkirlarmiz asarlaridan foydalanish samarali natija beradi.
Bu xususida Prezidentimiz ham “...zamon talabini his etmasdan, eskicha ishlashga hech birimizning haqqimiz yo‘q. Buning uchun bizda kuch va imkoniyat, bilim va salohiyat ham, qa’tiy iroda, intilish va azmu – shijoaat ham etarli”3.
Darhaqiqat, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratilgan bebaho ma’naviy va madaniy merosimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Biz o‘zligimizni anglamog‘imiz uchun tariximiz, ajdodlarimiz, tarixiy obidalarimiz va mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho asarlarni puxta o‘rganmog‘imiz hamda avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, umuminsoniy qadriyatlar, urf - odatlar, an’analar yetakchi o‘rin tutmog‘iga erishishimiz lozim.
Biz mutafakkirlarimiz asarlarida rahbarlik faoliyatida boshqaruvchilik va tashkilotchilik qobiliyatlarini bayon etilgan fikrlarni ko‘rib chiqamiz. Bu xususiyatlar shaxsning individual qobiliyatlari hisoblanib, mutafakkirlarimiz, psixolog olimlarimiz asarlarida keng yoritilgan bo‘lib, ba`zi manbaalarda “tashkilotchilik”, “boshqaruvchilik” atamasi bilan izohlangan.
Mutafakkirlarimizdan Abu Nasr Farobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida aholining ma’naviy va psixologik jihatdan boshqarishda shahar aholisining stratometrik (aholi qatlamlarni jinsi, yoshi, siyosiy imtiyozlari, ma’lumot, daromad darajasi va boshqalar) xususiyatlariga ko‘ra tabaqalanish va jamiyat a’zolari o‘zlarini boshqarishlari jamiyat boshqsruvining umumiy talablariga mos kelishi lozim deydi. Shu o‘rinda rahbar shaxsi haqida ham to‘xtalib, jamiyatni boshqaruvchi rahbar esa doimo odil, oqil bo‘lishi lozimligini va insonlarning yaxshi hayot kechirishi rahbar shaxsi boshqaruviga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydi4.
Olimning fikricha, rahbar boshqalarni baxt - saodatga erishtirishlari uchun zarur bo‘lgan ish-harakatga boshlab, ruhlantira olmasa va bu ish uning qo‘lidan kelmasa, buni bajara olishga kuch-quvvati yetmasa, bunday odam sira ham boshqaruvchi bo‘la olmaydi. Rahbar boshqaruv faoliyatini yo‘l - yo‘riqlarini o‘zidan ilgari yashab o‘tgan boshliqlardan o‘rganadi, lekin o‘tmishdagi rasm -rusumlarni isloh qilmoqchi bo‘lsa, turmush taqozosiga qarab o‘zgartirsin, chunki boshqaruvda o‘tmish talablari saqlanib qolsa, turmushda hech qanday yengillik, yangilik, o‘zgarish va o‘sish ham bo‘lmaydi. Farobiyning bu fikrlaridan ko‘rinib turibdiki, rahbar shaxsi o‘zini yomon odatlardan xalos qilgan holda yaxshi va adolatli tashkilotchi, boshqaruvchi bo‘lmog‘i kerak deydi. Boshqaruvchi, yetakchi u qaysi zamonda, qaysi tashkilotni boshqarishidan qa`tiy nazar o‘z ortidan boshqalarni ergashtirib, jipslashtirmog‘i va ijobiy faoliyatga boshlamog‘i, ruhlantirmog‘i muhim ahamiyatga egadir.
O‘rta Osiyoning yan bir donishmandi Abu Rayhon Beruniy ham o‘zining “Hindiston” asarida boshqaruv haqida fikr bildirib, boshqaruvchi tabiati ( bu erda xarakter xislati nazarda tutilgan) boshqarish va siyosat ishlariga qiziquvchi, haqiqatgo‘y, fikr va maqsadda qa`tiy, mamlakatni boshqarish uchun qanday qabul qilib olgan bo‘lsa, davlatni keyingi avlodlarga bekamu - ko‘st qoldirib, ota -bobolari tomonidan qabul qilingan har bir qarorga qarshi bo‘lmasdan uni rivojlantirgan holda shunday qarorlar qabul qilishi kerakki, bu buyruqlarga uzoq zamonlar o‘tsada, keyingi avlod vakillari ham bo‘ysunishlari lozim5. Uning fikricha tabiatan boshqaruvga moyil bo‘lgan boshqaruvchi o‘z fikri va qarashlarida qat’iy bo‘lishi, o‘z ishlarini amalga oshirishda donishmandlar tomonidan bildirilgan fikr - mulohazalarga tayanmog‘i maqsadga muvofiq bo‘ladi. Boshqaruvda rahbarning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik va adolat o‘rnatishdan iboratdir. Ushbu asarda olimimiz boshqaruvchining shaxsiy xislatlariga ham to‘xtalib, ziyrak, o‘z xatolarini anlay olishi, boshqaruv jarayonida tirishqoq bo‘lishi, mehnatidan zerikmasligi, o‘z - o‘zini nazorat qilib, qilgan ishlarini tahlil qilib borishi kerak deydi6.
Bu fikrlar bugungi kunda ham boshqaruv faoliyatida o‘z ahamiyatini yo‘tmay boshqaruv va rahbrlik psixologiyasida asosiy manba sifatida qo‘llaniladi.
Atoqli shoir va davlat arbobi Jaloliddin Davoniyning “Ahloqi Jaloliy” asarining 3 - qismida “Shahar”, “Davlatni boshqarish”, “Podshohlar siyosati” haqida so‘z yuritiladi7. Davoniy boshqaruvchilik xususiyatlarini tahlil qilar ekan, boshqaruvchi shaxsni yoshlikdan boshlab tarbiyalash kerakligi va ularda quyidagi xislatlar bo‘lishi kerakligini ta`kidlaydi:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling