Shamol, oqar suvlarning geologik ishi
Download 98.5 Kb.
|
SHAMOL VA UNING
Deflyatsiya. Shamol faqat tekis yerlardagi jinslarni uchiribgina qolmasdan, barcha o`nqir-cho`nqirlarga, qoya toshlarning xamma kamarlariga kirib borib, yemirilgan mayda jinslarni xam uchirib ketadi. Bu xodisa deflyatsiya deyiladi. Deflyatsiya xarakati tog` jinslari qatlamlarining (ayniqsa gorizontal xolda yotganini) yon tomonlarini silliqlaydi, yemirib donalarga ajratib uchiradi, natijada xar xil shakllar: minorasimon, stol, ustun, qurbaqa sallasiga uxshash shakllar hosil bo`ladi. Deflyatsiya jarayoni natijasida yuqorida aytib o`tilgan jinslar yemiriladi, mayda donachalarni shamol uchirib ketadi va u joylarda xar xil shakllar hosil bo`ladi. Yer yuzasiga yaqin joylardagi bo`sh jinslarni shamol uchirib ketadi, uning o`rnida xovuzsimon relyef hosil bo`ladi. Bunday joylar eol qozoni deb ataladi. Bunday chuqurliklarda yog`inlarning to`planishidan vaqtli ko`lchalar yoki botqoqliklar hosil bo`lishi mumkin. Ko`pincha cho`llarda bunday joylarda loyqa to`planib, yozda qurib qolib yorilib-yorilib ketadi va bu yerlar taqir deb ataladi.
Korroziya. Korroziya so`zi lotincha bo`lib silliqlash, o`yish, tekislash demakdir. Shamol qum donachalarini uchirsa, qattiq tog` jinslariga uriladi va ularni shamolga qarshi tomonini qiradi, o`yadi, silliqlaydi. Shamoning ana shu bajargan geologik ishiga karroziya deyiladi. Shamol olib borayotgan qum odatda yer yuzasidan 2-3m balandda uchadi; shuning uchun korroziya qoya toshlarini tagini eng ko`p o`yadi; Shamol qum donachalarini tuxtovsiz qattiq kuch bilan tog` jinslariga urishi natijasida ularda 1,5-2m keladigan chuqurchalar hosil bo`ladi. Shamol yumshoq jinslar orasidagi toshlarni ochib, tozalab ketadi. Karroziya qattiq cho`kindi jinslarni uyib, kichik-kichik chuqurlar hosil qiladi; ba`zan bunday jinslar juda jimjimador bo`lib qoladi. Cho`llarda shamolning ta`siri natijasida qumtepaliklar ya`ni barxanlar hosil bo`ladi. Barxnlarning balandligi 2m dan 30m gacha, ba`zan 50-100m gacha yetishi mumkin. Barxanlar siljib turadi, masalan 1 yilda o`rta xisobda 2-10m gacha, ba`zi xollarda 100- 150 m gacha siljiydi. Dengiz, ko`l va daryo soxillariga to`lqin chiqarib tashlagan qumlarni shamol uchirib, quriqlik ichkarisiga olib ketishi va soxil buylab yotqizishi mumkin. Dengiz yoki daryo buyidagi qumtepaliklar dyunalar deyiladi. Dyunalarning balandligi 20-25m gacha , ba`zan katta dengiz soxilida 20m gacha yetishi mumkin. Ular ham siljib, bir yil ichida 100m dan 200m gacha yo`l bosishi mumkin. Shamol keltirgan yotqiziqlar eol yotqiziqlar deyiladi. Eol yotkiziklari o`z xususiyati va shakli bilan boshqa yotqiziqlardan farq qiladi. Eol yotqiziqlariga qumdan tashqari, tabiatda keng tarqalgan lyoss (soz tuproq) xam kiradi. Atmosferadagi havo massalarining Yer yuzasiga nisbatan harakati shamol deb ataladi. Shamol havo bosimining notekis tarqalishi, markazdan qochma kuch, Kariolis kuchi, ishqalanish kuchi (havo massalari bilan Yer yuzasi, jumladan suv, quruqlik, tekislik, tog‘, o‘rmon, sahro va boshqalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’siri) natijasida yuzaga keladi. Shamollaming atmosfera va gidrosferadagi faoliyatini atmosfera fizikasi va gidrosfera fizikasi o‘rganadi. Quyida shamollaming Yer yuzasidagi geologik ishini ko‘rib o‘tamiz. Shamol faoliyati bilan bog‘liq boigan barcha jarayonlarni va hosil boigan relyef shakllarini eol (yunoncha Aiolos - shamollar xudosi) atamasi bilan nomlanadi. Shamollar bir-biri bilan uzviy bogiangan va yagona jarayon hisoblangan uch xil ishni bajaradi. Shamolning emirish ishi tog‘ jinslaridan changsimon zarrachalar va kumlami ajratib olishi bilan ifodalanadi. Emirilish ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: a) puflab o‘yib olish - shamol eroziyasi yoki deflyasiya deb ataladi; b) tog* jinslariga qumlar bilan mexanik ishlov berish yoki silliqlash (tarashlash) -korraziya deb nomlanadi. Deflyasiya va korraziya ko‘pincha bir paytda sodir boiadi. Deflyasiya quruq dasht, cho‘1 va sahrolarda, togiarda kuzatiladi. Tekisliklarda eol vodiylar (Afrikadagi “vadi” lar), botiqlar, puflash “qozon”lari (chuqur cho‘kmalar), togiarda yoki platolarda qoldiq “ustun’iar, botiqlar va boshqalar tarkib topadi. Ayniqsa bo‘ronlar paytida shamol hosildor tuproqlarni o‘simliklari bilan uchirib ketadi. Agar qora tuproqli oikalarda (dashtlarda) kuzatilsa “qoro bo‘ron”, chang va qumlami olib ketsa “qizil bo‘ron”, gipsli va sho‘rhok yerlarda kuzatilsa “oq bo‘ron” deb yuritiladi. Korraziya asosan tog‘ va choilarning chetida sodir boiadi. Shamol o‘zi bilan 2-3 metr balandlikda uchirib ketayotgan qumlar bilan qoya toshlarga urilib emiradi, silliqlaydi, yumshoq joylarini o‘yib yuboradi. Eol g‘orlar puflash inlari va boshqa ajoyib relyef shakllarini (masalan, Qirqqiz, devonasoy, Qo‘ytosh kabi joy nomlari bor) barpo etadi. Sgjlhxfjck, [17.05.2023 16:46] Shamolning tog‘ jinslarini tashishi zarrachaiarning kattaligiga, relyefga, shamolning tezligi va masafasiga bog‘liq. U nurash, deflyasiya va korraziya mahsulotlarini turlicha masofalarga tashiydi. Masalan, shamolning tezligi 4,5-6,7 rn/s bo'Isa, diametri 0,25 mm dan katta ’oo‘lmagan zanachalarni, tezligi 11 m/s bo‘lsa 1mm gacha, dovul (20 m/s), shtorm va bo‘ron (30 m/s) vaqtidagi shamollar 3-4 hatto 8 sm kattalikdagi toshlarni bir necha o‘n metrdan, yuzlab metr, hatto yuzlab kilometr masofaga tashishi mumkin. Masalan, Sahroi Kabirda samurn shamollari changlami 2000-2500 km masofaga (Atlantika okeani, Rossiya tekisligi, Polsha, Daniya, Uels) tashiydi. Qoraqum choMining janubi-sharqiy qismiga yiliga 40-50 marotaba “afg‘on” shamoli juda ko‘plab chang-to‘zonlami uchirganda Quyosh ko‘rinmay qoladi Shamol to‘plagan jinslar eol yotqiziqlar deb, relyef shakllari esa eol relyef deb ataladi. Asosiy relyef shakllari barxan, barxan zanjirlari, gryadali va do‘ng qumlar, dyunalar, nam iqlimli o‘lkalarda (daryo, ko‘l, dengiz sohillari, terrasalardagi) eol relyef shakllari dyuna va dyuna zanjirlari nomi bilan ataladi. Barxanlaming shamol kelayotgan yonbag‘ri 5-12° qiyalikka ega bo‘lsa, teskari yonbag‘ri 30-35° dan oshadi. Barxan dyunalaming balandligi 15-20, ba’zan 30 m, barxon zanjirlari 60-90 m, ba’zan 300-500 m, dyuna toMqinlari 200 m balandiikka ega bo‘ladi. Yonma-yon joylashgan barxan zanj irlarining orolig‘idagi masofa 1000 - 1600 m, uzunligi yuz metrdan 20 km gacha boradi. Qumli relyef shakllari shamolning kuch-kudratiga bog‘liq holda bir yilda o'nlab metr masofaga siljishi mumkin. Dyunalar esa asosan sohildan materik ichkarisi tomon siljiydi. Shamol — atmosferada havoning yer sirtiga nisbatan gorizontal harakati. Harakatning gorizontal tashkil etuvchisi shamol sifatida tasavvur qilinadi. Baʼzan, gorizontal shahriga nisbatan ancha kuchsiz vertikal shamol kam boʻladi. Kuchli vertikal shamol ayrim hollardagina, masalan, konveksiya kuchli taraqqiy etgan bulutlarda yoki togʻlarda — havo togʻ yon bagri boʻylab pastga harakat qilgandagina vujudga keladi. Shamol bosim gorizontal yoʻnalishda notekis tarqalgan paytda atmosferalagi traning har xil boʻlishi oqibatida paydo boʻladi. Shamol tezligi va yoʻnalishi bilan ifodalanadi. Yer yuzasidagi shamol tezligi maxsus asboblar (masalan, anemometr), erkin atmosferada esa ucharshar (radiozond) yordamida aniklanadi. Shamol tezligi m/sek, m/soat, yoʻnalishi esa flyuger, vimpel, shamol konusi va boshqa yordamida aniklanadi. shahrining qaysi tomondan esgani azimut bilan koʻrsatiladi. Shamol yoʻnalishi gradus yoki rumbalar bilan ifodalanadi. 5–8 m/sek tezlikdagi shamol oʻrtacha, 14 m/sek tezlikdagi shamol esa kuchli hisoblanadi; 20–25 m/sek tezlikdagi shamol dovul (shtorm), 30 m/sek tezlikdagi shamol boʻron (uragan), uning birdaniga 20 m/sek gacha keskin kuchayishi qasirgʻa (shkal) deyiladi. Tropik siklonlarda ayrim qattiq shamollarning tezligi 100 m/sek gacha yetishi mumkin. Troposferadai yuqori koʻtarilgan sari shamol tezligi kuchayadi, 8–10 km balandlikda 60–70 m/sek dan xam ortib ketadi. Havo oqimi turbulentligi tufayli har doim shamol tezligi va yoʻnalishi oʻzgarib turadi. Yer yuzasida baʼzan butunlay shamol boʻlmay sukunat (shtil) yuz beradi. Shamol tezligi va yoʻnalishi kecha va kunduzga ham boklik. Kechasi shamol tezligi yer sirtida eng kichik boʻlishi, kunduzi peshindan keyingi paytlarda esa eng yuqori qiymatga erishishi mumkin. shahrining yil mobaynidagi tabiati atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga va maqalliy sharoitiga bogʻliq boʻladi. Mahalliy shamol oʻsha joyning mahalliy atmosfera sirkulyatsiyasiga, joyning relyefiga va boshqa omillarga bogʻliq[1]. Meteorologiyada shamollar ularning qattiqligi va yoʻnalishiga (qayerdan esayotganligiga) koʻra ajratiladi. Yengil shamol shaboda, deyilsa, qattiqlari boʻron, toʻfon kabi nomlanadi. Shamollar miqyosi turlicha: kichik miqyosli shamollardan (momaqaldiroq, yer qizishi tufayli) tortib global darajagacha (quyosh energiyasining turli iqlim hududlarida turlicha yutilishi sababli). Katta miqyosli atmosfera aylanishining asosiy sabablari ekvator va qutblar orasidagi harorat farqi va sayyora aylanishi (Coriolis samarasi) dir. Qirgʻoq hududlarda dengiz yoki okean shamolga sabab boʻlsa, quruqlik ichkarisida togʻ, dara va choʻl tarafdagi havolar aylanishidan shamol esishi mumkin. Odam tamaddunida shamol mifologiyani ilhomlantirgan, tarixiy voqealarga taʼsir etgan, transport va qurol diapazonini kengaytirgan hamda energiya manbai boʻlib xizmat qilgan va qilmoqda. Shamol kemalar yelkaniga va havo sharlariga puflab, ularni harakatga keltiradi. Lekin kuchli shamol tabiat va xoʻjalikni vayron qiluvchi xavf tugʻdiradi. Shamol eroziya sabablaridan biri hamdir, u togʻ-tosh manzaralarini shakllantiradi. Shamol qum va tuproqni koʻchiradi, yongʻinlar maydonini kengaytiradi. Shamol oʻsimliklar urugʻlarini tarqatadi. Sovuq havoda shamol organizmlarni halok qilishi ham mumkin. Shamol tabiiy kuchlardan biridir va tabiat hodisalarida katta ahamiyati bor. Havoning tinch turgan vaqti juda kam bo‘ladi. Yozda kunduz kuni ko‘l, daryo bo‘yida, daraxtzor yoki dala chekkasida o‘tirsangiz, shamol esayotganini, albatta, sezasiz. Bu paytda havo bosim yuqori bo‘lgan joydan past bosimli joyga tomon yer yuzasi bo‘ylab harakatlanadi. Havoning mana shunday gorizontal harakatiga shamol deyiladi. Shamol vujudga kelishining asosiy sababi Yer yuzasining turli joylaridagi havo bosimida farq bo‘lishidir. Havo bosimidagi farqqa nima sabab bo‘ladi? Quyosh nuri quruqlik va suv yuzasini bir xil isitmaydi. Suv sekin isiydi va asta soviydi. Quruqlik esa tez isib, tez soviydi. Kunduz kuni quruqlik ustidagi havo isib, kengayadi va bosim kamayadi, past bo‘ladi. Ko‘l va dengiz ustidagi havo esa salqin turadi. Havo bosimi katta, yuqori bo‘ladi. Natijada ko‘l va dengiz ustidagi havo quruqlikka tomon harakatlanadi, ya’ni shamol bo‘ladi. Kechasi-chi? Kechasi quruqlik tez soviganidan havo bosimi ortib, shamol quruqlikdan dengiz tomonga esadi. Shunday bir kecha-kunduzda o‘z yo‘nalishini ikki marta o‘zgartirib turadigan shamolga briz shamoli deyiladi. Briz fransuzcha «brise» – shabada degani (55-rasm). Yer yuzida esadigan asosiy shamollar. Mussonlar. Katta quruqliklar – materiklar yozda atrofidagi dengizlarga qaraganda ko‘proq isib ketadi, havo bosimi pasayadi. Dengizlarda esa havo bosimi yuqori bo‘ladi. Natijada butun yoz bo‘yi dengizlardan quruqlikka tomon shamol esadi. Qishda esa quruqlik sovib ketadi, bosim ortadi. Dengiz iliq bo‘ladi. Dengiz ustida bosim pasayadi. Butun qish davomida shamol quruqlikdan dengizga esadi. Mana shunday bir yilda o‘z yo‘nalishini ikki marta o‘zgartiradigan shamollarga musson shamollari deyiladi (musson arabcha mavsum so‘zidan olingan). Musson shamollari Sharqiy va Janubiy Osiyoda kuchli bo‘ladi. Yozda musson shamollari dengiz ustidan sernam havo keltirgani uchun ham yog‘in ko‘p yog‘adi. Qish vaqtida shamollar Osiyoning quruq o‘rta qismidan dengizlarga tomon esganligi uchun Sharqiy va Janubiy Osiyoda qishda yog‘in juda kam yog‘adi. Havo quruq bo‘ladi. Passat shamollari. Yerning shakli sharsimon bo‘lganligi va uning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida Yer yuzida yuqori va past bosimli mintaqalar hosil bo‘ladi (56-rasm). Yer sharining ekvator atroflari Quyoshdan eng ko‘p issiqlik oladi. Shuning uchun bu hududlarda yil bo‘yi havo bosimi past bo‘ladi. Natijada 30° shimoliy va janubiy kengliklardan ekvatorga qarab doimiy shamollar esib turadi. Yer aylangani sababli bu shamollar ekvator yaqinida g‘arb tomonga burilib ketadi. Bu shamollar passat shamollari deyiladi.O‘rta kengliklarda Shimoliy yarimsharda ham, Janubiy yarimsharda ham doim g‘arb tomondan shamollar esib turadi. Bular G‘arbiy shamollar deyiladi. Bizning mamlakatimiz – O‘zbekistonga yog‘inlarni shu shamollar olib keladi. Passat, musson va g‘arbiy shamollarni sayyoraviy shamollar deyiladi. Tog‘li va tog‘ oldi o‘lkalarda dengiz va ko‘llar bo‘yida briz shamoliga o‘xshagan tog‘-vodiy shamoli esadi. Bu shamol kunduzi tog‘ etagidan tog‘ga, vodiy bo‘ylab pastdan yuqoriga tomon esadi. Kechasi esa yuqoridagi havo tez sovib, bosim oshadi va sovigan havo vodiylar bo‘ylab pastga tomon harakat qiladi (shamol esadi). Shamolning yo‘nalishi va kuchini aniqlash. Shamol yo‘nalishini oddiy bayroqcha yordamida yoki mo‘rilardan chiqayotgan tutun yo‘nalishiga qarab ham aniqlasa bo‘ladi. Shamol qayoqdan kelayotgan bo‘lsa, ufqning o‘sha tomoni nomi bilan ataladi. Masalan, shamol g‘arbdan esayotgan bo‘lsa, g‘arbiy shamol, shimoli-sharqdan kelayotgan bo‘lsa, shimoli-sharqiy shamol deyiladi va hokazo. Esayotgan shamol yo‘nalishi fluger deb ataladigan asbob bilan to‘g‘ri aniqlanadi (81-betdagi 57-rasm). Fluger strelkasi doim shamol kelayotgan tomonga qarab turadi. Strelkadan pastroqqa ufqning 8 tomoni (4 ta asosiy tomon va 4 ta oraliq tomon) ko‘rsatkichi qo‘yiladi. Strelka va ko‘rsatkichlarga qarab, shamol kelayotgan tomon aniqlanadi. Shamolning kuchi fluger strelkasidan yuqoriroqqa o‘rnatilgan metall plastinka yordamida aniqlanadi (81-betdagi 56-rasmga qarang). Shamol qancha kuchli bo‘lsa, plastinka shuncha baland ko‘tariladi. Shamolning tezligi anemometr yordamida o‘lchanadi va 1 sekundda necha metr esishi bilan belgilanadi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, men yuqorida aytib o'tilganlarning barchasini umumlashtirmoqchiman. Ko'p asrlar davomida odamlar turli xil tabiiy jarayonlarni kuzatdilar, ularning xususiyatlari, sabablari va oqibatlarini payqadilar; e'tibor bering, ba'zi jarayonlar tez-tez va katta kuch bilan sodir bo'ladi va bir joyda ular juda kamdan-kam kuzatilishi mumkin. Tabiiy jarayonlar bir-biri bilan bog'liqligini, ular sayyoramizni doimiy va doimiy ravishda o'zgartirishini va boshqalarga e'tibor bermasdan turib, hech narsani o'rganish mumkin emasligini sezmaslik qiyin. Tabiiy resurslar va hodisalar. Ushbu jarayonlar atrofimizdagi muhitga ijobiy ta'sir qiladimi yoki yo'qligini aniqlab bo'lmaydi. Va eng quruq yozda yomg'irmi yoki suv toshqinimi, issiq tushdan keyin salqin shabadami yoki yo'lidagi hamma narsani supurib tashlaydigan kuchli bo'ron bo'ladimi, biz bu jarayonlarsiz qilolmaymiz, chunki. har qanday tabiiy hodisa zarur. Butun dunyo olimlari halokat va o‘limga olib keladigan ofatlarning oldini olish, insoniyat uchun qulayroq bo‘lgan jarayonlarni targ‘ib qilish maqsadida tabiat qonuniyatlarini, undagi jarayonlar, hodisalar, ular o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganmoqda. Tabiat yashaydigan qonunlarni o'rganish, inson u bilan muloqot qilishni o'rganadi. Eol jarayonlari juda xilma-xil oqibatlarga olib keladi, lekin ularning barchasi sayyoramiz hayotiga kerakli o'zgarishlarni olib keladi va biz bu murakkab, ammo hayratlanarli jarayonlarni o'rganar ekanmiz, tabiatning ulkan kuchiga qoyil qolishimiz mumkin!!! Download 98.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling