Sharil perro ijodi u yaratgan ertaklar
Download 114 Kb.
|
1 2
Bog'liqSHARIL PERRO IJODI U YARATGAN ERTAKLAR
SHARIL PERRO IJODI U YARATGAN ERTAKLAR 107-guruh talabasi Toxirjonova Muhlisa. . Sharl Pero. (1628–1703) Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak asoschisi sifatida maʼlum va mashhurdir. U oʻzining “Qizil qalpoqcha”, “Zolushka” va “Etik kiygan mushuk” asarlari bilan jahonga tanildi. Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq ogʻzaki ijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur oʻrgandi. Shuning uchun ham u oʻz ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi. Perro qahramonlari oʻz mehnatsevarliklari hamda saxiyliklari bilan ajralib turadilar. Gʻarazgoʻylik, maqtanchoqlik, qizgʻanchiqlik oʻrnini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamon kitobxonni shod etib kelmoqda. Sharl Perrodan bor-yoʻgʻi oʻn ikki ertak saqlanib qolgan. Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning “Etik kiygan mushuk” ertagini oʻqimagan yoki shu ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak. Ertakda aqllilik, bilimdonlik, topagʻonlik bosh masala qilib qoʻyiladi. Boshqa asarlarida boʻlgani kabi Sh. Perro bu ertakda ham folklor anʼanalariga yana bir bor sodiq qoladi. Ertak qahramoni – tegirmonchining kenja oʻgʻli Karabs fahm-farosat, aql bilan ish koʻrib, oʻz murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor boʻladi. Sharl Perroning barcha personajlari pishiq-puxtaligi bilan ajralib turadi. Ularning koʻpchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalarni sevib, erkalab, eʼzozlaydigan boʻladilar. Zolushkani (“Zolushka”) olaylik. Uni oʻgay ona-yu qizlar xush koʻrmaydilar, xolos. Qolgan barcha jonzot Zolushkani yaxshi koʻradi. Uning oʻz baxtini topib, osoyishta turmush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinsoʻz, kamtarin, odamlarga, jonivor-u parrandalarga nisbatan mehribon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda oʻz oʻrnini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli boʻlishi ertak tinglovchida yaxshi taassurot qoldiradi. Sh. Perro ijodida “Qizil Qalpoqcha” alohida oʻrinda turadi. Ertakning taʼsirli va jozibali chiqishi uchun Qizil Qalpoqchaning tabiiy holda ijobiy tomoniga koʻp sayqal beradi, bolalar koʻz oʻngida u dunyodagi tengi yoʻq, juda yoqimtoy qizcha sifatida gavdalanadi. Boʻrining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofasiga kirib olishi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qoʻzgʻatadi. Boshqa ertaklarda boʻlgani kabi “Qizil Qalpoqcha”da ham voqea yaxshilik bilan tugashi bolalarning quvonchiga quvonch qoʻshadi. Sharl Perroning “Havorang soqol”, “Eshak terisi”, “Uyqudagi malika” kabi ertaklari xuddi “Qizil Qalpoqcha” kabi bolalarbopdir. Mana toʻrt yuz yildirki, shoirning “Qizil Qalpoqcha” asari jahon kezib yuribdi. Ertakning oʻziga xos xususiyatlaridan biri quvnoqlikdir. Ha, qizchani hamma yaxshi koʻradi, hamma sevadi. Bundan u mutlaqo taltayib ketmaydi. U juda yoqimtoy, oddiy va sodda. Shu oddiy va soddaligi, pismiq va mugʻambir emasligi unga pand beradi, boʻriga yem boʻlishiga oz qoladi. Sharl Perroning bu ertak orqali kichkintoylarga aytadigan gaplari koʻp. Eng avvalo, u barcha bolalarni xuddi Qizil Qalpoqcha kabi oddiy va quvnoq boʻlishga chaqiradi va kattalarning har bir topshirigʻini soʻzsiz bajarishga daʼvat etadi. Ikkinchidan, oʻrtadagi sirni oshkor qilmaslikka, oʻziga pishiq-puxta boʻlishga chorlaydi. Boʻri ochkoʻz, pismiq va mugʻambir. Shu sababli qizchaning soddaligidan foydalanadi. U bir oʻq bilan ikki quyonni urish qabilida ish tutadi. Boʻri Qizil Qalpoqchadan osongina safari haqidagi maʼlumotni bilib olgach, endilikda qizchaning oʻziga qoʻshib uning buvisini ham yeyish payiga tushadi. Ammo Qizil Qalpoqchaning baxtiga oʻtinchilar kelib qolishadi. Ertak tinglovchi har bir bola voqeani mana shunday ijobiy tugashini xush koʻradi, quvnoq Qizil Qalpoqchaning boʻriga yem boʻlishini aslo xohlamaydi. Ertakning umrboqiyligi va jahongashtaligi ham ana shunda! Buyuk fransuz shoiri va tanqidchisi Sharl Perro badiiy ertak asoschisi sifatida ma’lum va mashhurdir. U o'zining „Qizil shapkacha“, „Zolushka“ va „Etik kiygan mushuk“ asarlari bilan bilan jahonga tanildi.Sh. Perro badiiy ertaklar ijod etishdan oldin xalq og‘zakiijodini mehr va ishtiyoq bilan chuqur o‘rgandi. Shuning uchun ham u o ‘z ertaklarida xalq udumlarini dadil ilgari surdi.Perro qahramonlari o ‘z mehnatsevarliklari hamda saxiyliklaribilan ajralib turadilar.G ‘arazgo‘ylik, maqtanchoqlik, qizg'anchiqlik o'mini yaxshilik, mehribonlik bosib ketishi hamonkitobxonni shod etib kelmoqda.Sharl Perrodan bor-yo‘g'i 11 ertak saqlanib qolgan.Qaysi ertagiga nazar tashlamang, barchasida bolalar zavq oladigan qirralar bor ekanligini darrov payqaysiz. Dunyoda uning „Etik kiygan mushuk“ ertagini o'qimagan yoki ertak asosida yaratilgan multfilmni miriqib tomosha qilmagan bola topilmasa kerak. Ertakda aqllilik, bilimdonlik. topag‘onlik kabi fazilatlar ulug'lanadi. Boshqa asarlari kabi Sh. Perro bu ertakda ham folklor an'analariga sodiq qoladi. Ertak qahramoni tegirmonchining kenja o ‘g‘li Karabas fahm-farosat, aql bilan ish ko‘rib, o’z murod-maqsadiga yetadi, baxtiyor baxtiyor bo’ladi. Sharl Perroning barcha personajlari yorqin, pishiq-puxtatasvirlangani bilan ajralib turadi. Ularning ko'pchiligi odamlarni, hayvon-u parrandalarni sevib, erkalab, e ’zozlaydiganoliyjanob bolalardir. Zolushkani („Zolushka“ ) olib ko‘raylik.Uni o'gay ona-yu qizlar hush ko'rmaydilar, xolos. Qolganbarcha jonzot Zolushkani juda sevadi. Uning o ‘z baxtini topib, osoyishta turniush kechirishini istaydi. Zolushka juda chiroyli, odobli, shirinso'z, kamtarin, odamlarga, jonivorlar-u parran-dalarga nisbatan mehnbon. Uning bunday fazilatlari, mehnat, halollik va poklik bilan hayotda o‘z o'rnini topishi, sevganiga turmushga chiqib baxtli bo'lishi ertak tinglovchisida yaxshi taassurot qoldiradi. Sh. Perro ijodida „Qizil Shapkacha“ alohida o‘rinda turadi. Ertak nihoyatda ta’sirli va jozibalidir. Muallif Qizil Shapkachani tabiiy va jonli holda tasvirlashga katta e’tibor beradi. Ertak qahramoni bolalar ko'z o'ngida dunyoda tengi yo'q, juda yoqimtoy qizcha qiyofasida gavdalanadi.Bo'rining yovuzligi, surbetligi, uning kampir qiyofasiga kirib olishi ertak tinglovchi har bir bolada chuqur nafrat hislarini qo'zg'aydi.Boshqa ertaklarda bo'lgani kabi „Qizil Shapkacha“da ham voqea yaxshilik bilan tugashi bolalaming quvonchiga quvonch qo'shadi.Sharl Perroning „Havorang soqol“, „Bob“,„Eshak terisi", “Uyqudagi malika“ kabi ertaklari xuddi „Qizil Shapkacha“ kabi bolalarning sevimli asarlariga aylangan. Uyqudagi Malika. Qadimda bir podsholik bo’lgan ekan, unga birgina malika yetishmas ekan. Ajoyib kunlarning birida podsho va qirilochi oyilasida bir qiz dunyoga kelibdi. Bunday xursandchilikni nishonlash uchun o’z qasrlariga barcha saroy ahlini taklif qilishibdi. Ularning har biri qizchaga turli xil sovg’alar berishibdi va tilaklar aytishibdi: kimdir unga sariq mayin sochlar, kimdir yaltiroq liboscha, kimdir go’zallik va kimdir esa iltifot. Biroq, podishox qurillokning 13 parilaridan birini taklif etish yodidan ko’tarilgan ekan, bundan parining jaxli chiqibdi. Barcha mehmonlar ovqat tanovul qilish va bayram qilish bilan chalg’ib turganlarida yashilroq bir bulut paydo bo’libdi va o’z qarg’ishini shunday deya qoldiribdi: “Bu qizcha 15 yoshga to’lmasdan qo’liga bir urchuqni (ip igiradigan yo’g’ochdan yasalgan qurilma) sanchib oladi va 100 yillik uyquga mahkum bo’ladi”. Qizil shapkacha Download 114 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling