Sharipova g., Xodjayeva z
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Musiqa o\'qitish metodikasi. Sharipova G. Xodjayeva Z.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqa savodi
Xor bolib kuylash
Bolalami musiqiy uquvini ijodiy rivoj lantirishda ayniqsa, vocal-xor ishlarining ahamiyati katta. Bunda o'quvchilami kuylashga qiziqtira olish ko'p jihatdan o'rganadigan har bir mashq yoki qo'shiq o'qituvchi tomonidan asami chiroyli qilib kuylab berish o'qituvchining mahoratiga bog'liq. Chunki yosh bolalar bilan olib boriladigan vokal — xor ishi ko'pincha o'qituvchi ovoziga taqlid qilib kuylashga asoslanadi. Shuning uchun o'qituvchi o'zining yoqimli ovozi ustida muntazam ish olib borishi kerak. Vokal — xor ishlarini amalga oshirishda o'qituvchi ovoz sozlash, qo'shiq o'rgatish jarayoni boshlangich sinf o'quvchilarining ovoz diapazoni (do, — do2), ishchr: diapazoni(mi, — fa, — sol,) primar tovushlarida kuylash uchun qulay bo'lgan (sol, — lya,) tovushlarini aniq bilishi lozim. Musiqa madaniyati darslarida qo'shiq o'rgatish bir necha bosqich jarayonida amalga oshiriladi: 1. Bolalar diqqatini qo'shiqqa jalb qilish. 2. Qo'shiq haqida o'qituvchining kirish so'zi (qo'shiq muallif, asarining mazmuni, tarixiy xususiyatlari haqida qisqacha hikoya qilish). 3. Qo'shiqni 29 tahlil qilinishi (musiqa ifoda vositalari, ladi, tempi, o'lchovi, ritmi, dinamik belgilari). 4. Qo'shiqni musiqiy jumlalarga bo'lib o'rgatish (chuqur nafas olib, jumlani oxirigacha tejab yetkazish, ijrochilik sifatlari ustida ishlash). 5. Qo'shiqni badiiy ijrosiga erishish (qo'shiq haqidagi bolalar taassurotlari yuzasidan qisqa suhbat o'tkazish, yani umumlashti). Musiqa savodi Musiqa madaniyati darslari jarayonida, musiqa savodi mustaqil dars faoliyati jarayonida musiqa asarlarini badiiy o'rganish va ijro etish ishlarini savodxonlik asosida bajarish uchun qo'llaniladi. Musiqa savodi mazmuni o'quvchilami tobora shakllantiradi va ulami bilish doirasini tobora kengaytirib, chuqurlashtirib boradi. Shunday qilib musiqa savodi darsining talimiy vazifasini bajaradi. Musiqa savodi (faoiiyatining) asosiy negizi va pedagogik maqsadi, yangi dastur boyicha berilgan chorak mavzulari kuylash va tinglashga doir asarlarini savodli tahlil qilish orqali amaiga oshiriladi. Ular o'quvchilami kundalik hayotidan olinayotgan taassurotlari va musiqiy tajribalari asosida o'rgatiladi. Musiqa savodi quyidagi bosqichlar bo'yicha o'rgatiladi: 1. Bolalar diqqatini musiqa ifoda vositalari ohang, registr, temp, ritm, dinamik belgilarga o'rgatish. 2. Ovoz sozlash va qo'shiq ijro etish qoidalariga doir bilim, chapak va cholg'u asboblar chalish qoidalariga amal qilishga o'rgatish. 3. Musiqa ijodkorlari: “kompozitor”, “ijrochi”, “tinglovchi» mavzuning mazmuni va o'rganiladigan asaming mualliflari haqidagi ma’lumotlar, musiqa savodi orqali amalga oshiriladi. 30 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling