Sharipova g., Xodjayeva z
Musiqaga xos harakatlarni bajarish
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Musiqa o\'qitish metodikasi. Sharipova G. Xodjayeva Z.
Musiqaga xos harakatlarni bajarish
Boshlang'ich sinflarda ritmik harakatlarni bajarish o'quvchilami jisrivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ovoz apparatlari nozik, diqqat- etibori tarqoq, serhara, o'yinqaroq, xotirasi, nutqi to'liq rivojlanmagan bo'lganligi sababli musiqa darsida faoliyat turlari tez-tez almashib turishi lozim. Musiqaga mos raqs, o'yin harakatlarini bajarish, o'quvchilami diqqatini jamlash, xotirasini mustahkamlashda va jismonan o'sishga yordam beradi. Dars davomida quyidagi harakat turlaridan foydalanish tavsiya etiladi: marsh musiqalariga qadam tashlash, yugurish, raqs elementlarini bajarish, mustaqil o'yinlar o'tkazish, musiqaning xarakteriga mos 32 turli qo'l va tana harakatlari bilan ifodalanadi. Ma’lumki, milliy musiqamiz madaniyatida raqs muhim o'rin tutadi va unga har bir bola qiziqadi. Har bir harakat turini o'qituvchi oldindan belgilaydi va o'zi uni aniq go'zal va ifodali qilib ko'rsatib beradi. Har bir harakatni bajarishdan oldin unga doir musiqani mazmunini avval ongli ravishda tinglab yoki kuylab, so'ngra harakatlar bajarish yaxshi natija beradi. Bolalar musiqali o'yinlarga ham juda qiziqadilar. Ko'p musiqiy asarlar mazmunida o'yin metodlaridan foydalanish mumkin. Dars jarayoni bajarilgan har bir musiqiy harakat turi, musiqali o'yinlar o'quvchilami xotirasini mustahkamlaydi, nutqini o'stiradi, jismoniy sog'lom bo'Iishiga ko'maklashadi va ulami ruhlantirib, musiqa darsiga qiziqishini oshiradi. Bunda darsning tuzilishi pedagogik maqsadlarga qarab darsni xohlagan dars faoliyatidan boshlashi mumkin. Bundan maqsad, o'quvchilami musiqaga qiziqtira olish, musiqiy qobiliyatlarini o'stirish, dars faoliyatlarini birbilan chambarchas bog'lab, mazmun jihatdan mantiqiy bir butunlikka erishishdir. Demak, yangi dastur mazmunida dars o'tish uchun musiqa o'qituvchisi ijodkor bo'lishi, musiqadan zarur bilimlarga hamda ashulachilik malakalariga ega bo'lishi lozim. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling