JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MAKTABGACHA TA’LIM SIRTQI BO’LIMI 3-BOSQICH
S-1808-20-GURUH TALABASI
MАKTАBGАCHА TАRBIYA YOSHIDАGI BOLАLАR RIVOJLАNISHINING OʼZIGА XOS XUSUSIYATLАRI VА
JISMONIY TАRBIYA VАZIFАLАRI
SHARIPOVA ZILOLA SHERMUHAMMAD QIZI
DARS MAQSADI:
Talabalarni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy
rivojlanishining oʼziga xos xususiyatlari va jismoniy tarbiya vazifalari
bilan tanishtirish.
Sharq mutafakkirlarini yosh avlodni jismoniy kamolotiga ularni
tarbiyalashga qoʼshgan xissalarini koʼrsatish.
Talabalarni metodik adabiyotlar bilan ishlashga oʼrgatish.
REJA:
1. «Maktabgacha tarbiya kontsepsiyasi», Maktabgacha taʼlim Nizomida
jismoniy tarbiya masalasining yoritilishi.
2. Bolalar jismoniy rivojlanishining oʼziga xos yosh xususiyatlari.
3. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasining
vazifalari.
4. Sharq mutafakkirlari jismoniy tarbiya toʼgʼrisida.
MAKTABGACHA TARBIYA KONTSEPSIYASI:
1991 yilda «Oʼzbekiston maktabgacha tarbiya kontseptsiyasi» qabul qilindi.
Maktabgacha tarbiyaning tarkibi va mazmunini qayta kontseptsiyasi yangicha
fikrlash, oʼzbek xalqining milliy anʼanalari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining oʼziga
xosligi, tilda oʼz aksini topuvchi tafakkur xususiyatlari, xalq pedagogikasining
ulkan tajribasi, milliy oʼz-oʼzini anglash masalasi alohida oʼrin egallaydi.
«Maktabgacha tarbiya kontseptsiyasida» jismoniy tarbiya, gigiena va
salomatlikka alohida eʼtibor berilgan.
Mehnat va ijodiy faoliyatga qodir, ijtimoiy vazifalarni toʼlaqonli bajaruvchi ham
jismonan, ham maʼnan yetuk kishinigina sog’lom deyish mumkin.
Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar jamoasida boʼlib, taʼlim va tarbiya
dasturini egallaydi, xilma-xil oʼyin, oʼquv va mehnat faoliyatini amalga oshiradi.
«Salomatlik» tushunchasining tarkibiy qismi boʼlgan jismoniy va ruhiy
beshikastlik bolaning oʼsish va rivojlanishining normal kechishini nazarda tutadi.
Bolalarning gigienik va jismoniy sog’lomliklari koʼp jihatdan sog’liqni saqlash va
xalq taʼlimi tizimlarining xamkorlikdagi intilishlariga bog’liq boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |