Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat univeersiteti tarix fakulteti


Birinchi jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta’siri


Download 1.15 Mb.
bet31/44
Sana17.11.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1782559
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44
Bog'liq
Ўзб тарихи мажмуа 3 курс 2022-2023

Birinchi jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta’siri.
Urushning aks sadosi Turkiston o‘lkasini ham qamrab, og‘ir siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi. Chor hukumati urush bahonasida mustamlakachilik siyosati va milliy zulmga zo‘r berdi. Xususan, o‘lkadan frontga yordam tariqasida 41 million pud paxta, 3 million pud paxta yog‘i, 200 million pud sovun, 70 ming bosh ot, 1279 bosh tuya, 300 ming pud go‘sht, 474 ming pud baliq, 270 arava, 1344 o‘tov, ko‘p miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari, quruq mevalar Rossiyaga olib ketildi. Birgina 1915 yilda faqat Sirdaryo va Yettisuv viloyatlaridan bir million bosh qo‘y jo‘natildi. Oqibatda o‘lkaning o‘zida oziq-ovqat, kiyim-kechak, gazlama va qurilish uskunalarining narxi juda oshib ketdi. Masalan, gazlamalar narxi 300-400, kiyim-kechaklar 200-300 foizga ko‘tarildi. Farg‘ona vodiysida ilgari 15 so‘m turadigan otning narxi 100-200, 5 so‘mdan oshmaydigan qo‘yning narxi 30-35 so‘mga chiqdi. Turli soliq va yig‘inlarning hajmi ham ko‘tarilib, mehnatkash ommaning ahvoli nihoyatda og‘irlashdi. Bir pud paxta tolasiga 2 so‘m 50 tiyin qo‘shimcha soliq olish joriy qilindi. 1915 yil yanvaridan boshlab aholiga (harbiy xizmatni o‘tamaganliklari evaziga) daromadlardan qo‘shimcha 21 foiz soliq solindi. Chor hukumati asirga tushgan 150 ming kishini Turkistonga ko‘chirishi ham iqtisodiy hayotning og‘irlashishiga olib keldi. Oqibatda oziq-ovqat yetishmovchiligi orqasida o‘zbeklarning tortayotgan azobiga azob qo‘shildi. Boltiqbo‘yi, Polsha va boshqa joylardan ko‘chirilgan 70.000 kishi ham Turkistonga joylashtirildi. Ko‘chirib keltirilganlar olmonlar, avstriyaliklar, vengerlar, polyaklar, chexlar, latishlar, slovaklar va boshqa millatlardan tashkil topgan edi. Har tomonlama talangan tub aholi qulog‘igacha qarzga botib, xonavayron bo‘ldi. 1916 yilgi ma’lumotga ko‘ra, dehqonlarning bo‘ynidagi qarzi o‘z zamonasi uchun juda katta mablag‘ – 156,7 million so‘mni tashkil etgan.


3. Turkiston o‘lkasida 1916 yilda yuz bergan milliy ozodlik harakatlari va uning natijalari.
Mana shunday chidab bo‘lmas sharoitda 1916 yil 25 iyunda imperator Nikolay IIning imzosi bilan “Imperiyadagi rus bo‘lmagan erkaklarni harakatdagi qo‘shin hududidagi mudofaa inshootlari va harbiy aloqa yo‘llarini qurish ishlariga, shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo‘lgan har qanday yumushlariga jalb qilish haqidagi” farmoni e’lon qilindi. Unga ko‘ra Turkiston general-gubernatorligidagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo‘lgan erkaklar Rossiyaga jo‘natilishi kerak edi. Bu farmon tub aholi orasida “mardikorlikka olish” iborasi bilan keng tarqaldi. Aslida u “ishchi bataloni” ma’nosini bildirardi. Safarbar etiladigan odamlarning soni esa quyidagicha belgilandi: Farg‘ona viloyatidan – 51.233 kishi; Sirdaryo viloyatidan – 60.000 kishi; Samarqand viloyatidan – 32.407 kishi; Yettisuv viloyatidan – 43.000 kishi; Kaspiy viloyatidan – 13.830 kishi. Hammasi – 200.470 kishi. Minglab ishga yaroqli kishilarning olib ketilishi ko‘p oilalarning boquvchisiz qolishlariga olib keldi. Bir umr chetga chiqmagan odamlarning uzoq va sovuq joylarga yuborilishi mahalliy xalq uchun g‘ayritabiiy bir hol, dahshatli fojea edi. Hatto, hukumat mardikorlik noqobil kishilarni to‘g‘ri jang maydoniga olib ketadi, degan so‘zlar xalqni yanada qattiqroq tashvishga soldi. Bulardan tashqari safarbar etish – hosilni, xususan paxtani terib olish vaqtiga to‘g‘ri keldi. Shu bois uni amalga oshirish dehqonlarni daromaddan tamomila mahrum qildi. Ular esa mana shu paxta hisobiga bank va sudxo‘rlardan olgan qarzlarini uzishga umid bog‘lagan edilar. O‘n minglab kishilarni to‘plash va jo‘natishga mutlaqo tayyorgarlik ko‘rilmay, farmon to‘satdan paydo bo‘ldi. Xalqning uzoq joylarga borishi uchun moddiy imkoniyat mutlaqo yo‘q edi. Buni keyinchalik Rossiya Harbiy vaziri o‘rinbosari A.P.Frolov ham tan olgan edi: “Tub aholi va ma’muriyat begona joylarga mardikorlarni jo‘natishga tayyor emas edi, ammo shunga qaramay bu ishga shoshilinch ravishda kirishilishi katta tartibsizlikni yuzaga keltirib, qon to‘kilishiga va qurol ishlatilishiga sabab bo‘ldi”. Imperator farmoni mustamlakachilik siyosati va milliy zulm girdobida ezilib yotgan xalqning bosh ko‘tarishiga olib keldi. 1916 yil 4 iyulda Samarqand viloyatiga qarashli Xo‘jand shahrida olomon bilan askarlar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib, ulardan bir nechtasi o‘ldirildi. Shundan keyin viloyatning deyarli barcha tumanlarida xalq qo‘zg‘olonlari ko‘tarilib, “mardikorlikka bermaymiz”, “ochmiz” va “urushga bormaymiz”, degan azmu qarorga keldilar. Qo‘zg‘olon, ayniqsa, Jizzax shahri va uezdida qizg‘in tus olgan edi. Abdurahmon Abdujabborov, Nazirxo‘ja, Mulla Mahamat Rayim, Sharifboyvachcha Xudoyberdiev, Bobobek Abdujabborov va boshqalar qo‘zg‘olonga boshchilik qildilar. Qo‘zg‘olon shiddatli o‘tib, to‘qnashuvlarda chor ma’muriyatining vakillari va askarlari o‘ldirildi. Xalq ozodligi uchun kurash Jizzax uezdining 22 tumaniga yoyildi. Bu kurash Sirdaryo viloyatida ham keng quloch otdi. Faol qo‘zg‘olonchilarning mol-mulki musodara qilindi. Masalan, Jizzaxda 2000 gektar unumli yer davlat foydasiga tortib olindi. Qo‘zg‘olonchilardan 3000 dan ortiq kishi tergovga tortilib, shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lindi. Hibsga olinganlar orasida ayollar ham bor edi. Mahbuslarning ayanchli ahvoli haqida rus ayoli Korshunova shunday yozadi: “Toshkent qamoqxonasi hovlisida ochlikdan o‘lgan farg‘onaliklarning murdalarini ko‘plab aravalarga solib qo‘yilganligini ko‘rdim. So‘ngra mahbuslar joylashtirilgan qamoqxona yerto‘lasiga tushdik. Bu yerda odamlar qalashib yotganidan oyoq bosishga ham joy topish qiyin edi. Bizni erkak va ayollarning kir bosgan oriq va za’faron yuzlari, qo‘rquv va shu bilan birga nafrat bilan boquvchi ko‘zlari hayajonga soldi. Yoshi ulg‘aygan bir ayol mening oyog‘imdan tutib, yosh va g‘amga to‘lgan qora ko‘zlari bilan boqqancha, nimalarnidir gapirdi. Biroq men til bilmaganligim bois uning ho‘ngrab yig‘lagan holda aytgan so‘zlarini tushunmadim. Men eski choponidan bir tutam paxtani yulib olib chaynayotgan bir novcha kishini ko‘rdim. Odamlardan ba’zilari esa qo‘llarini kemirayotgan edi. Mahbuslar orasida ko‘pchiligining nafas olishi sezilmas, aftidan ular jon berish arafasida edilar. Mahbuslar orasida es-xushlarini yo‘qotib qo‘yganlar ham bor edi”. Mazkur satrlarni ko‘z yoshlarisiz o‘qib bo‘lmaydi, albatta. Mustamlakachilar shunchalik yovuz bo‘lishganki, hatto erkak va ayollarni bir xonaga qamab qo‘yishgacha borganlar. Bunday fojea hech qaerda hech qachon sodir bo‘lgan emas. Qo‘zg‘olon qatnashchilaridan 347 kishi osib o‘ldirishga, bir necha yuz kishi uzoq muddatli qamoq va surgunga hukm qilindi. Shu tariqa qo‘zg‘olon shafqatsizlarcha bostirildi. Chor ma’muriyati imperatorning mardikorlikka olish haqidagi farmonini bajarishga kirishdi. Endilikda ommaviy ravishda jazolash va o‘ldirishlar, ochlik ta’qiblardan tinkasi qurigan va toliqqan xalqning farmonning amalga oshirilishiga qarshilik ko‘rsatishga holi qolmagandi. Shunga qaramay mardikorlikka olish juda qiyinchilik bilan kechdi. Belgilangan 200.470 kishi o‘rniga 120 mingdan ortiq odam safarbar etildi. Ulardan 101600 kishi Rossiyaning Yevropa qismiga, 4000 kishi Sibirga, 7405 kishi Kavkazga joylashtirildi. 10 mingdan ziyod kishi Turkiston o‘lkasida ishlatildi. Mardikorlarning aniq o‘rnashgan joylari quyidagicha bo‘lgan: Moskva, Peterburg, Ryazan, Tula, Orel, Smolensk, Penza, Bryansk, Dvinok, Nijniy Novgorod, Qozon, Samara, Perm, Yekaterinburg, Orenburg, Kiev, Xarkov, Yekaterinslav, Odessa, Zaparoje, Kerch, Tbilisi, Botumi va boshqalar. Usti yupun mardikorlar harbiy va oddiy sanoat korxonalarida, konlarda, temir yo‘l qurilishlarida, o‘rmonlarda va ayrim nufuzli kishilarning xo‘jaliklarida ishlatildi. Ular ochlik, xo‘rlik va mashaqqatli mehnatdan ko‘p azob-uqubatlarni boshlaridan kechirdilar. Ko‘pchilik sillasi qurib kasallandi va hayot bilan vidolashdi.
1916 yil 11 iyulda Toshkent shahrida birinchi bo‘lib o‘zbek ayollari chorizm siyosatiga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarishdi. Ularga erkaklar ham qo‘shilib, 2000-3000 kishilik olomon temir-tersak, tosh va qo‘lga ilingan narsalar bilan qurollangan holda Eski shahar politsiya boshqarmasiga hujum qildi. Yordamga yetib kelgan askarlar bilan to‘qnashuvda bir ayol o‘ldi, ikkinchisi jarohatlandi. Erkaklarning orasida ham o‘lgan va jarohatlanganlar bor edi. Qo‘zg‘olon viloyatning boshqa joylarida ham ko‘tarildi. G‘alayon Andijon, Marg‘ilon, Namangan, Qo‘qon shaharlari va atrofdagi qishloqlarga keng tarqalib, Marg‘ilon shahrining o‘zida qo‘zg‘olonchilar soni 20-25 mingga yetgan. Bunday shiddatli harakatlar vodiyning deyarli barcha tumanlarida kechib, ularda ayollar ham qatnashdilar. Xullas, ozodlik kurashi o‘n minglarcha kishini jalb etdi. Shuni aytish lozimki, bu kurashlarda tub aholi bilan birga tojik, qozoq, qirg‘iz va turkmanlar qatnashib, birdamlik namunalarini namoyon qildilar. Bu haqda hozirgi Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston hududlarida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari guvohlik beradi. G‘oyat keng yoyilgan 1916 yilgi qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun chor hukumati 14 batalon, 33 kazak harbiy bo‘limi, 42 artelleriya va 69 pulemyot jalb qilgani ma’lum. Zobit va askarlardan 97 kishi o‘ldirilib, 86 kishi yaralandi va 76 kishi esa daraksiz yo‘qoldi. Shahar va qishloqlar vayronaga aylantirildi.
Andijon: Andijon uyezdiga 10 ming mardikor yuborish vazifasi yuklatildi. Bu shum xabar butun Turkiston o‘lkasida bo‘lganidek, Andijon xalqini ham g‘azabga keltirdi. Bu g‘azab-nafrat qo‘zg‘olonga aylandi. Farg‘ona vodiysining 17 joyida aholi harbiy qismlar bilan to‘qnashdi. 9 iyul kuni Andijonda ham odamlar qo‘zg‘aldi. Eski shahardagi Jome’ masjidi maydonida boshlangan g‘alayon Skobelev (hozirda Navoiy prospekti) nomli katta ko‘cha orqali yo‘l oladi. Ular Gultepa maydonida uezd boshlig‘i Yu.A. Brjeziskiy bilan uchrashadi. Bu haqda Yu.A.Brjeziskiy yuqoriga yuborgan axborotida shunday deb yozgan: “Bugun jome’ masjidida imperatorning Oliy farmonini aholiga e’lon qildim va tushuntirdim. Ammo madrasaning yosh o‘quvchilari “Mardikorlikka bormaymiz”, deb baqirishdi. Ular bu harakatlari bilan olomonni qo‘zg‘atib yubordilar. Mening tinchlaninglar, degan so‘rovim ta’sir etmay, olomon baqirishni davom ettirdi. Avval men olomonga tarqalishni buyurib, keyin o‘zim garnizon boshlig‘i huzuriga borib, undan qo‘zg‘olonni bostirish uchun harbiylarni yuborishni so‘radim. Taxminan 500 kishilik olomon Skobelev shoh ko‘chasi bo‘ylab yurdi. Men esa ularni Gultepa maydonida (hozirgi viloyat ma’muriyati, idoralari joylashgan maydon) uchratdim. Xalq esa urush xarajatlarini to‘lashga rozi ekanliklari, lekin mardikorlikka borishga qarshi ekanligini aytdi. Mendan odamlarni frontga olmasliklarini talab qildilar. Aks holda, hozir barcha ellikboshi va mansabdorlarni o‘ldirishini aytdilar”. Uezd boshlig‘ining 1916 yil 27 sentyabrda Turkiston rayoni muhofaza bo‘limi boshlig‘iga yo‘llagan xatida 9-16 iyul kunlaridagi Andijon qo‘zg‘oloni tafsilotlari bayon qilingan. 9 iyulda Gultepada yuz bergan qo‘zg‘olon va uni xarbiylar tomonidan shavqatsizlarcha bostirish chog‘ida Saidazim Maxsudov, Said Ibrohim To‘raev, Abduqodir Hamroqulovlar halok bo‘ldilar, og‘ir yaralangan 8 kishi (Abdullajon Holmatov, Mullamaqsud qori usta Nishonboev, Nosir Abdurahmonov, Mamasodiq Ro‘ziboev, Mullagarum Mirzaazizxo‘jaev, Abdujalil Qodirov, Xojimat Hasanboev, Usmonjon Maraimovlar shaar kasalxonasiga tushdi. Qo‘zg‘olon faollaridan 14 kishi qamoqqa olindi: Abdusattor Hakim Oqsoqol, Mamatali Abdukarimov, Mamajon mulla Otaxonov, Jo‘ra qori Zununboev, Tojiboy Muhammadjonov, Axitam Yangeldiev(tatar), Ashurali Ismoilboev, Akbar Umarboev, Mulla Abdul Xonaliev, Abdujabbor qori Ro‘ziboev, Yusupjon Toshpo‘latov, Ostonaqul Yusufboev, Soli Aliev, Yusupoxun xo‘ja Muhammad Sharifxo‘jaev. Xullas, podsho hukumatining mardikorlikka olish siyosatiga qarshi Andijon xalqi qo‘zg‘olon ko‘tardi. Qo‘zg‘olon shavqatsizlarcha bostirildi. Chor hukumati baribir mardikorlikka olish siyosatini amalga oshirdi. Andijon uezdi bo‘yicha 10600 kishi mardikorlikka olindi. General–adyudant Kuropatkin 1916 yil 28 avgustda tasdiqlagan taqsimot bo‘yicha Andijon uezdining Yorboshi volostidan 871, Xakan volostidan 816, Oltinko‘l volostidan 498, Baliqchi volostidan 908, Jalaquduq volostidan 340, Qo‘rg‘ontepa volostidan 466, Oyim volostidan 656, Qorasuv volostidan 497, Qo‘qonqishloq volostidan 887, Maygir volostidan 427, Izboskan volostidan 284, Andijon shahridan 1082 kishi front ortidagi ishlarga safarbar qilinishi ko‘rsatilgan. Arxiv hujjatlarida Andijon shahridan front ortidagi ishlarga olingan mardikorlarning 1000 kishidan iborat ro‘yxati, ularning ismi va familiyasi, qaysi mahalla, qaysi guzardanligi, yoshi, qanday vazifadaligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, qaysi yuzlikda, nechanchi eshelondaligi, eshelonlarning jo‘natilish kuni, soati ham qayd etilgan. 1000 nafar mardikorni 10 ta yuzlikka bo‘lib, har biriga yuzboshi tayinlangan: 1-Uyluq yuzligiga Mirzarahim Ro‘zimathojiev (31 yosh, Temirchi mahallasidan), 2-Uyluq yuzligiga Ahmadjon Qalandarhodiev (30 yosh, Sarvontepa mahallasidan), 3-Uyluq yuzligiga G‘ofirjon Ma’rufhojiev (35 yosh, Durgun mahallasidan), 4-Olayliq dahasi yuzligiga Ahmadmuhammad To‘xtaev (31 yosh, Ahmadbekhoji mahallasidan), 5-Olayliq yuzligiga Tohirjon Imonqulihojiev (34 yosh, To‘paboy mahallasidan), 6-Olayliq yuzligiga Mulla Ahmadali Mullamuhammad Yunusov (32 yosh, Eski ot bozori mahallasidan), 7-Soy yuzligiga Raimboqi To‘lakboev (40 yosh, Idrisqulbek mahallasidan), 8-Qirliq yuzligiga Mulla Mirzohid Haydarhojiev (35 yosh, To‘qmoq mahallasidan), 9-Soy-Qirliq yuzligiga Mulla Muhammadjon Oxunboboev (41 yosh, Haydarali mahallasidan) va 10-Qirliq yuzligiga Turg‘unxo‘ja Valixo‘jaev (27 yosh, Burgi mahallasidan) yuzboshi tayinlanganlar. Mazkur o‘nta yuzboshiga Ahmadbekhoji maxallasidan 35 yoshli Masodiq mulla Oripov rahbar qilib belgilangan. O‘z navbatida yuzliklarning har biri o‘nliklarga bo‘linib, ularga o‘nboshilar tayinlangan. Masalan, yuzboshi Mirzarahim Ro‘zimathojievga quyidagi o‘nboshilar qaragan: Abdurahim Madkarimov (30 yosh), Saidumar Qurbonhojiev (24 yosh, nonvoy), Xo‘jamberdi Ismoilboev (25 yosh, Madaliqozi mahallasidan), Qurbon Abdullaev (24 yosh, Qoramulla mahallasidan), Qalandar Qilichboev (28 yosh, tilmoch), Hojimat Abdurahmonov (30 yosh, Madrabboy mahallasidan), Olimjon Yoqubboev (28 yosh, Eski G‘o‘za bozori mahallasidan), Meliboy Abdukarimov (29 yosh, Jurgun ko‘cha mahallasidan), Xudoyberdi Egamberdiev (29 yosh, qassob), Kamol Razzoqberdiev (29 yosh, Qo‘y bozori mahallasidan), Nazarali Abduxoliqov (29 yosh, Madqosim mahallasidan), Jumaboy Yo‘ldoshboev (30 yosh, Yoqubali hoji mahallasidan), Yo‘ldosh Diyorboev (Eski kappon mahallasidan), Aliboy Nabirajonov (21 yosh, Ark ichi mahallasidan), Axronqul hoji (imom), Mullaboy Aliqulboev (35 yosh, Ark ichi mahallasidan). Mardikorlar 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha Andijondagi yig‘uv punktiga (hozirgi Soydagi paxta zavodida) to‘plab, soqchilik nazorati qo‘yilgan. Har bir eshelonda 40 ta vagon bo‘lib, har bir vagonga 30 ga yetib kishi joylashtirilgan. Eshelonda ishchilar joylashgan 33 ta vagondan tashqari, 1 ta sanitar, 1 ta izolyatsiya va 1 ta soqchilar vagoni, shuningdek, oshxona uchun 2 ta va oziq-ovqat mahsulotlari uchun 2 ta vagon ajratilgan. Har bir eshelonga 990—1000 ishchi joylashtirilgan. Andijon shahridan olingan ishchilar 1000 kishi bo‘lib, ularning 2-eshelon bilan Andijondan jo‘natilishi rejalashtirilgan. 18 sentyabrdan 18 oktyabrgacha Turkistondan 30 eshelonda ishchilar olib ketiladi. Eshelonlarning yo‘l marshrutlari aniq belgilab berilgan. Xususan, 107a– sonli poezdning Andijon stansiyasidan 18 sentyabr soat 817 da jilishi, Toshkentga 19 sentyabr 1400 da kelishi, Toshkentdan o‘sha kuni 109-sonli poezdda jo‘nashi, 24 sentyabrda 1439 da Samara guberniyasidagi Kinel stansiyasiga yetib kelishi va joylarga taqsimlanishi belgilangan. Mardikorlardan 101600 kishi Rossiyaning Ovro‘po qismiga, 4000 kishi Sibirga, 7405 kishi Kavkazga joylashtiriladi; 10 mingdan ortiq kishi Turkiston o‘lkasida ishlatiladi[7;290]. Mardikorlar xarbiy va sanoat korxonalarida, konlarda, temir yo‘l qurilishida, o‘rmon va yirik kapitalistlarning xo‘jaliklarida, qattiq nazorat ostida ishlatildi. Ular ochlikdan, xo‘rlikdan, mashaqqatli mehnatdan mislsiz aziat chekdilar. Ko‘plari qattiq sovuqdan, turli kasalliklardan o‘lib ketdilar, yoki bir umrga nogiron bo‘lib qoldilar. Mardikorlarga arzimagan ish xaqi to‘langan, turar joylari juda ham xorob bo‘lgan, yemishlari ham juda nochor bo‘lgan. 400 kilometrlik Batumi–Suxumi temir yo‘li qurilishida 2000 dan ziyod mardikorlar ishlaganlar. Bu inshootning Gudaunti (Myuseri) rayonida 200, Suxumi rayonida esa 100 nafar andijonlik bo‘lib, ular mislsiz og‘ir sharoitlarda mehnat qilganlar. Birinchi bo‘lib Gudauntidagi andijonlik mardikorlar ish tashlashni boshlab berganlar. General Yanushkevich xabarida bu ishchilar ishga chiqmaslikka qat’iyan qaror qilganliklari, “bizlarga shaharda yashab, zavod va fabrikalarda ishlashni va uch oydan keyin vatanimizga qaytib ketishni va’da qilganlar”, deb aytganlari qayd etilgan. Ular ish tashlab, ish joyidan o‘z xohishlari bilan ketib qolganlar. Ish tashlash keng tus oladi. Ish beruvchilardan biri o‘zbek ishchilari 30 oktyabrdan 17 noyabrgacha ishga chiqmaganlari oqibatida 2000 so‘m zarar ko‘rganidan nolib shikoyat qilgan. Bunday shikoyatlar ko‘plab bo‘lgan. Kavkaz armiyasi polkovnigi Davidov ish beruvchilar va ma’muriyatni yoqlab, mardikorlar ishdan qochib shaharlarga borishmoqda, bozor va masjidlarda yurib, narkotik va fahsh ishlar bilan shug‘ullanishni xohlayaptilar, degan tuhmat xabarni yuqori tashkilotlarga yo‘llagan. Bunday tuhmatlar ko‘p bor uyushtirilgan, oqibatda mardikorlar tazyiq-ta’qibga uchrab turganlar. Sabr-kosalari to‘lgan mardikorlar kurashni davom ettiraverganlar.
Ma’muriyat bergan xabarda ishchilarning jipslashib, har qanday qiynoqlar, turmaga tiqish va hatto otib yuborganlarida ham baribir ishga chiqmasliklarini aytganlari qayd etilgan. Ishchilar o‘zlarini Suxumiga, Batumiga, hatto Rossiyaning ichki qismiga yuborishlarini talab qilganlar. Ish tashlash yo‘l qurilishining janubiy va shimoliy qismini ham qamrab oladi: norozilik namoyishlari o‘tkaziladi, ochliklar e’lon qilinadi. Oqibatda Tiflis hukumati Toshkentga, Turkiston general-gubernatoriga telegramma yo‘llab, ish tashlovchilarni tinchlantirishni talab qilishga majbur bo‘ladi. Shu maqsadda Turkiston general-gubernatori buyrug‘i bilan Andijon Eski shahari oqsoqoli Rustam Toshmatov 1916 yil 29 dekabrda Batumiga keladi. O‘n to‘rt kun davomida, 1917 yil 1 yanvardan 13 yanvargacha, oqsoqol izvoshda ish joylarini aylanib chiqib, namoyishchilarni, ish tashlaganlarni xiyla-nayrang, “Agar Sizlar ishni davom ettirmasalaring, u holda sizlarning Andijonda qolgan ota-onangiz, qavm-qarindoshingiz hibsga olinadi, mol-mulki musodara qilinadi” qabilidagi do‘q-po‘pisalar bilan aldashga muvaffaq bo‘lgan. Rustam Toshmatov 1917 yil 21 yanvarda Andijonga qaytib keladi. Bu xizmati uchun u general-gubernator tomonidan taqdirlangan [2;127-128]. Andijonda chop etilgan “Turkestanskiy golos” gazetasi “Andijon shahar ariq oqsoqoli Rustam Toshmatovning front ortidagi andijonliklardan hol-ahvol so‘rab kelganligi haqidagi hisoboti” nomli materialda bu safarni yoritgan. Umuman, 1916 yil 1 iyuldan boshlab gazetada mardikor mavzusiga katta o‘rin ajratilgan. Jumladan, “Mardikorlar talabi” , “Ishchi tuzemeslar yo‘lda”, “Ishchilarni jo‘natishga doir”, “Tuzem ishchilar maktublari”, “O‘sh eshelonini jo‘natish”, “Joylardan salomlar”, “Yo‘ldan. Bizning muxbirimiz Abdulla Yo‘ldoshqorievdan”, “O‘zbek xarbiy ishchilarining yo‘ldan yuborilgan maktublari”, “Palovni sog‘inmoqdalar”, “Ishchilar uchun ketmonlar”, “Orenburgdan xatlar”, “Harbiy sud”, “Ajralib qolganlar”, “Sud xabarlari”, “Sud zalida”, “Ro‘zi Oxun Muhammad Nazarboevning ishi bo‘yicha”, “Dalvarzin ishi” kabi nomlar bilan chop etilgan qator xabar va maqolalar mardikor olish, mardikorlik hayoti bilan bog‘liq ko‘plab muhim ma’lumotlar beradi. 1917 yil fevral inqilobi monarxik tuzumni ag‘dargach, mamlakatda demokratik o‘zgarishlar amalga oshirila boshladi. Muvaqqat hukumat raisi A.F.Kerenskiy tashabbusi bilan front orqasidagi mardikorlarni o‘z yurtlariga qaytarish haqidagi hukumat qarori e’lon qilindi. Bu qarorni Turkiston musulmonlari, ayniqsa, mardikorlar zo‘r shod- xurramlik bilan kutib oldilar. Og‘ir mehnatdan tinka-madori qurib, ocharchilik, milliy va diniy kamsitilish azob-uqubatlarini tortgan mardikorlar katta va mashaqqatli hayot, kurash yo‘lini bosib o‘tdilar. Ularning bir qismi begona yurtlarda og‘ir mehnatdan, izg‘irin sovuqdan, ochlikdan, kasallikdan o‘lib ketdi, ayrimlari qamoqqa olindi, ba’zilari qochib sarson-sargandorlikda umr kechirdi, bir umrga nogiron bo‘lib qoldi. Bu kabi sho‘rishlarning tugashi chinakam bayram qilishga arzigulik edi. Mardikorlarning qanday kayfiyatda Andijonga kelganlari “Najot” gazetasining 21 may sonida shunday ta’riflangan: “Andijon. 11 may kuni bu joydan jo‘natilgan mardikorlar eson-omon o‘z vatanlariga qaytib keldilar. So‘ngra quvonchli kayfiyat bilan ular qo‘llarida bayroqlar ushlab shaharni aylanib chiqdilar. Savdogarlar bu haqda xech narsani bilmasdan juda ham xayron bo‘lib qolishdi”. Albatta, yurtdoshlarimizning mardikorlik davri beiz ketmadi: ularning dunyoqarashi, ijtimoiy ongida katta o‘zgarishlar yuz berdi, ular endi milliy o‘zlikni anglashga kirishgan, millat taqdiri, fojeasi, istiqboli haqida fikrlay boshlagan edilar. Ya’ni, ular endi o‘zgargan kishilar bo‘lib, bu ularning keyingi faoliyatiga ta’sir qilmay qolishi mumkin emas edi. Bir tomondan, 17-yilning umumiy inqilobiy ruhi, ikkinchi tomondan, o‘zga yurtlarda o‘z haq-huquqlari himoyasi yo‘lidagi kurashlar, ish tashlash va namoyishlar davomida shakllangan birlik mardikorlarni ijtimoiy kuchga aylantirgan edi. Sho‘ro davri tarixshunosligida yurtdoshlarimizning mardikorlikdan o‘zlariga inqilobiy ruhni yuqtirib, “siyosiy ongi o‘sib” qaytganlariga ko‘proq urg‘u berildi. Lekin mardikorlik azoblarini boshlaridan kechirgan minglab kishilarning bari pirovardida birgina yo‘lni – sotsialistik inqilob, sinfiy kurash yo‘lini tanlaganiga ishonish qiyin. Va shu o‘rinda Andijondan mardikorlikka olinganlarning keyingi taqdiri qanday kechgan, degan savol tug‘ilishi tabiiydir. Shu jihatdan ushbu masalaning maxsus o‘rganilishi tariximizdagi “oq dog‘”lardan birini bartaraf etishga imkon beradi. Hozircha Andijon shahridan mardikorlikka olingan 1000 nafar yurtdoshlardan faqat ayrimlarininggina keyingi taqdiri haqida ma’lumotga egamiz. Biroq shuning o‘zi ham ularning keyingi taqdiri turlicha bo‘lgani, ularning turlicha yo‘llarni tanlaganini ko‘rsatadi.
Samarqand: bu quzgolon ilk bor Xujand shahrida yuzaga kelgan edi. 4 iyul kuni xalq ommasi politsiya idorasiga tuplanib mardikorlikka olishni darhol to‘xtatishni qat’iy ravishda talab qildi. Ma’muriyat vakillarining olomonni tinchitishga qaratilgan harakatlari natija bermay baqiriq-chaqiriqlar davom etabergan. Politsiya xizmatchilari olomonni tarqatishga harakat qilganda qarshilik ko‘rsatildi va toshlar otildi. Sungra olomon bir guruh askarlarni qurshab miltiqni tortib olishga harakat qildilar. Hatto, olomon tomonidan uq otilgan. Bunga javoban soldatlar ularni o‘qqa tutdilar, natijada qo‘zg‘olonchilardan ikki kishi o‘ldirib, bir kishi jarohatlandi.2 Shundan keyin olomon darhol tarqaldi. Ammo soldatlarning qurolsiz aholiga hujumi va kishilarning o‘ldirilishi sabr kosasi to‘lib-toshgan xalqni qo‘rqita olmadi. 1916 yil 5 iyudsa olomon Sieb, Mahallin, Ahrorxo‘ja va Angor volostlarida «biz mardikorlikka bormaymiz», «biz ochmiz» va shunga uxshash so‘zlar bilan quzg‘olon ko‘tardilar. Ular uchta qishloq oqsoqollarini uldirmoqchi ekanliklarini shovqinsuron bilan izhor etdilar. Uezd boshlig‘i o‘sha oqsoqollarni ishdan bo‘shatganidan keyin olomon tinchidi.3 5 iyulda Urgutda ikki ming kishilik olo mon ma’muriyat idorasiga bostirib kirib, mardikorlik ruyxatini yuq qilib tashladilar. Shuningdek, ayrim ellikboshilar, kotiblar va oqsoqollar kaltaklandi. Olomonni talabi ostida volost oqsoqoli Mulla Azim Qobilboev ishdan olindi.1 Quzg‘olon birin-ketin bir-birlariga ulanib ketaberdi. 7 iyulda Dahbit qishlog‘ida juda katta xalq olomoni Mulla Usmon Abdurasulov boshchiligidagi volost oqsoqoli Haydar Qosimjonov va kotibi Saidmurod Mirza Qobilovlardan mardikorlik ruyxatini talab qildilar. Ruyxat berilmagandan keyin kotib dupposlandi va uldirildi. Haydar Qosimjonov esa olomondan otilgan uq orqasida oegidan jarohatlanadi va qochishga ulgurdi. Quzg‘olonni tashkil qilishda Gaday Abduqodirov, Xolmumin Xolmurodov, Azizqul Murodov va Muxtor Hafizov singari ellikboshilar ham faol qatnashdilar.2 Viloyatda xalq harakatlari tobora qizib bordi. Shuning uchun Samarqand viloyatining harbiy gubernatori S. Lnkoshin uz boshlig‘iga yuborgan axborotida «Aholini kup joylarda ixtieriy ravishda mardikorlikka borishlariga umid oz, safarbarlikni harbiy kuch bilan amalga oshirishga tug‘ri keladi» — deb yezgan edi.3 Shuningdek u ayrim joylarda bozorlarda volost boshliqlari qishloq oqsoqollari va kotiblarini olomon tomonidan kaltaklash hollari yuz berganligini ta’kiddab utdi. Olomon mahalliy «ma’muriyat vakillarini haddan tashqari rus hokimiyatiga berilishlaridan» norozi bulgan. Quzg‘olon ayniqsa Jizzax shahrida va uezdda qizg‘in tus oldi. Abdurahmon Abdujabborov, Nazirxuja, Mulla Mahamat Raim, Sharifboyvachcha Xudoyberdiev, Bobobek Abdujabborov va boshqalar qo‘zg‘olonga boshchilik qildilar. Ular mardikorlikka Toshkentda va Samarqandda qanday munosabatda bulinaetganligini bilish uchun u yerlarga o‘z odamlarini jo‘natganlar. Masalan Nazirxo‘ja Toshkentga, Qosimxo‘ja Asatullaev esa Samarqandga yuborildi.2 12 iyulda Nazirxo‘ja Toshkentdan qaytib u yerda xalq mardikorlikka qarshi qo‘zg‘olon ko‘targanligi haqidagi xabarni tarqatdi. Bu xalqni ruhlantirib vaziyatni yanada keskinlaiggirdi. Natijada 13 iyulda Jizzax shahrida Nazirxo‘ja boshliq xalq olomoni oqsoqol Mirzaer Xudoerovni do‘pposlab o‘ldirdi. Bundan xabar topgan uezd boshlig‘i Rukin katta oqsoqol Xidir Yo‘ldoshev va mirshab Komil Soyibboev bilan birgalikda rus shaharchasidan eski shaharga zudlik bilan yo‘lga chiqdi. Ularni orqasidan soldatlar komandasi ham otlandi. Rukin o‘z xayrixohlari bilan eski shaharga yaqinlashganda qo‘zg‘olonchilarga duch keldi. Olomondagilar qahrg‘azab bilan Rukinga, politsiya pristavi Zotoglovga, tarjimon Zokirjonovga va mirshab Komiljonga hujum qildilar va hammasini o‘ldirdilar. Manbalarda yezilishicha «olomon taeqlar, ba’zilari esa qilichlar bilan qurollangan bo‘lib miltiqlari bo‘lmagan. 40— 50 metrli masofada olomon bilan harbiy komanda yuzma-yuz turgan. Ularga tarqalish haqida gapirilganda ko‘nmay soldatlar tomon bosib kelaberganlar va taeqlari bilan urmoqchi bo‘lganlar. Shu onda soldatlar olomonga qarata o‘q uzdilar. Ammo, bunga yul berilmagandan keyin ular qochdilar. Soldatlar quzg‘olonchilarni rus shaharchasiga quymaslik uchun orqaga yurib yo‘lni tusib turdi. Hamda u yerdagi ruslarga cherkovga kirib mudofaada turishlari haqida xabar yuborildi. Ayniqsa rus shaharidagi miltiq va patronlarni saqlash buyurildi. U yerda Avstriya asirlari ham yashardi. Baribir olomon soldatlar bilan to‘qnashdi. Natijada tub aholidan 2 kishi o‘ldirildi» .1 Shu kuni Kavkazga poezdda ketaetgan 100 soldatlardan iborat komanda Jizzahda qoldirilganligi va qurollantirilganligi ma’lum bo‘ldi. Ular praporvdik Grigorev boshchiligida eski shaharga yaqinlashganda yulda uezd boshlig‘i Rukinni, tarjimonni, mirshabni, politsiya pristavini, murdalarni ko‘rganlar. Ular shu darajada kaltaklanib jarohatlanganlarki, tanishni iloji bo‘lmagan. Faqat kiyimlaridan kimligi aniqlangan. Usha 13 iyulda qo‘zg‘olonchilar Jizzax-Milyutin, Jizzax-Lomakin temir yullarini, telegraf aloqalarni buzib tashladilar. Ko‘prik va Jizzax stansiyasidagi neft ombori yendirildi.2 Qo‘zg‘olonchilar Jizzax va Obruchev stansiya oralig‘idagi ko‘priklarni yendirib telefon simlarini uzganlar.3 Jizzax shahrida qo‘zg‘olon bostirilgandan keyin xalq g‘alaenlari butun uezdni qoplab oldi. Ayniqsa Bogdan, Sanzar va Zomin volostlari qo‘zg‘olonning markaziga aylandilar. Jizzaxdagi mag‘lubiyatidan keyin qo‘zg‘olonchilarni talay qismi Bogdan volostidagi Kursk qishlog‘iga borib o‘rnashdilar. Bu yerda ular Abdurahmon Jevachi boshchiligidagi qo‘zgolonchilarga qo‘shildilar. Bu vaqtda quzg‘olon shu darajada keng quloch yeygan ediki, u Forish, Fistalitau, Ko‘ktepa va Ota-Qo‘ryun volostlarini ham qamrab olgan edi. Abdurahmon Jevachini harakati bilan qirg‘izlar ham qo‘zgolonga qo‘shildilar/ 18 iyulga kelib Sintob volostiga qarashli Majrum, Forish volostining Sarimsoq va Saforota singari qishloqlaridagi tojiklar, Sauryuk aholisi Narvandagi urug‘lari Abdurahmon Jevachini atrofiga jipslashdilar, hamda shu zahotibq Jizzax shahriga yurish masalasi muhokama qilindi».' Bu vaqtda turli volostlarning bir guruh nufuzli kishilari Abdurahmon Jevachiga qo‘shilgan edi. Masalan, Zulfuqor Yuldashev, Janqobil Rahmonqulov, Sattorxo‘ja, Qalandarxo‘ja, Navtaxo‘ja, Ismoyil Allaev, Ibrohim Allaev, Mulla Olloberdiev, Daurinbay Mirzaboev, Umar Imomov, Umar Abdusayidov, Qobil Kattabeklev, Sattor Ishmatov, Musa Tog‘aev va boshqalarni kursatish mumkin. Abdurahmon Jevachi Jizzax shahridagi nufuzli odamlarni ham uz atrofiga jipslashtirdi. U o‘zining ukasi Bobobek Abdujabborovni Jizzax shahriga yuborgan. Bu kishi bilan shahar vakillari sifatida Eshon Nazir xo‘ja, Imom Mulla, Mahamad Rahim, Sharifboyvachcha Xudoyberdiev va boshqa kishilar kelib Abdurahmon Jevachiga qo‘shildilar. Mazkur shaxslar qatnashuvida Abdurahmon Jevachini xonadonida o‘tkazilgan kengashda Jizzax shahriga hujum qilish uzil-kesil hal etildi.2 Samarqand viloyatining harbiy gubernatorining ta’rificha «tus-tupolonlar kuchayib bordi. Goh u goh bu yerda to‘qnashuvlar va uldirishlar sodir bo‘laberdi. Mahalliy hokimiyatning tushuntirish va tinchlantirishga qaratilgan harakatlari foyda bermadi. Pirovardida, ular chor hukumatiga qarshi qo‘zgolonlarga aylandi.3 Abdurahmon Jevachi Bogdan volostining hokimi Mavlon Mahmudrizaevni o‘limga hukm qildi, lekin u qochishga ulgurdi. Uni tomoniga oqsoqollardan (starshinalardan) Kursk jamoasining oqsoqoli Zulfiqor Yo‘ldoshev, Asmonsoy qishlogining oqsoqoli Janqobil Rahmonqulov, Sarimsoq Sattor Xo‘ja, Qalandarxo‘ja va Katgaxo‘jalar o‘tgan. Bundan tashqari Bogdan volostidan: Ismoil Allaev, Ibrohim Allaev, Mulla Alloberdiboev, Aurunboy Mirzaboev, Sindar Davronboev, Umar Imomov, Umar Abdusayidov, Qobil Kattabekov, Qunoqboy Kaymurodov, Yamg‘irchi Qodirov, Saggor Eshmatov, Musa Tog‘aev, Saunboy Eshmatov, Davron Fozilov, Ergash Abdusattorov, Umar Rizaqulov, Jo‘ra Sulaymonov, Baxtiboy Sulaymonov, Mulla Shaymon, Hamroqul Murod Sufiev; Ilon chomdan: Jura Abdug‘afurov, Jaynoq Abdurasulov; Safar Otadan: Mulla Vaks Iskandarov; Mullachinni Yuldashev, Janadil Jabborov, Kattabek Turov, ellikboshi Ishman, Haydar Nazarov; Sintab volostidan: Xujaniez Shirbaev, Mulla Kamolitdin, Mahamat Yusupov, Egambaev, Hikmatilla Sunnatilabaev, Rajabboki Abdunabiev, Nurtay Yorboev va Turush Umarov singari kishilar qo‘zgolon targ‘ibotchilari hisoblangan» .1 Viloyatning Zomin volosti qo‘zgolonining yirik uchoqlarining biri sifatida namoen bo‘ldi. Karimqul Arziqulov boshchiligida Yam volostiga qarashli Qirq qishloq aholisi Kunbek va Narcha ismli ikki ellikboshini uldirdilar. Bu vaqtda usha volostdagi Oqtoshda oqsoqol jarohatlantirildi. Turdibek Xudoynazarov rahbarligidagi qo‘zg‘olonchilar oqsoqol Mulla Mahkam Mulla Roziqulovni o‘ldirdilar. O‘sha kuni Zomin bo‘lim pristavi Sobolev soqchilar Protsenko va Sarevich bilan usha joylarga voqeani tekshirish uchun bordilar. Bu yerda 7 kishini hibsga olib Zomin volost boshlig‘i Mulla Fozilov bilan Zominga ketaetganda orqasidan xalq olomoni quvlab kelaberdi. Zomin qishlog‘iga yaqinlashganda Qosimxuja qo‘l ostidagi olomon ularga qo‘shilishib pristav Sobolevga hujum qildilar. Natijada volost oqsoqoli Mulla Fozilov o‘ldirildi, Sobolev va soqchilar qochishga ulgurdilar. Bu kishilar Zomin qishlogini bozorida joylashgan bolxonaga o‘rnashib oldilar. Eshon Qosimxujani buyrug‘i bilan ularga qarshi uq otildi va Sobolev uldirildi. Ikki soqchi esa qochdilar. Shundan keyin ertasiga 14 iyulda Zominni bosh maschitida bir kunlik ro‘zani bekor qilishib katta ziefat berdi va uzini «Zominbek» deb quzgolonchilarga e’lon qildi. 16 iyulda olomon Abdurahmon Jevachi boshchiligida Bogdan bulim pristavi Barilloni uyini va idorasini ostin-ustun qilib mol-mulkini taladilar. Eshik va oynalarini sindirdilar, hujjatlarni yendirdilar. Bu ishlarni amalga oshirishda uni uzi bilan birga ug‘illari Norbek va Doston, Matlab Kunyakboev, Saurin Hasanbaev, Tuli Musabaev, Mullabobo Murod, Chalabaev Mulla, Qubay Turanboev, Tursunboy Suyundikov va Ergash Rizaqulov degan kimsalar faol qatnashdilar. Olomonda Yamchin, Oqbuloq, Uchming va boshqa joylardan kelgan kishilar bor edi. 1 Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 16 iyulga kelib buzilgan temiryullar va telegraf aloqalari tuzatilgan. Ammo bu vaqtda Bogdan va boshqa volostlarning xalq olomoni Jizzaxning eski shaharini egallab tuzatilgan temiryullarini va kupriklarini yana buza boshlaganlar.2 Biroq 19 iyulda polkovnik Ivanov boshchiligidagi harbiy qism qo‘zgolonchilarga hujum qilib shaharni egalladilar. Qo‘zg‘olonchilar shahar atrofidagi qishloqlarga chekindilar. Shundan keyin rus harbiy qismi Zomin tomon yurib Zomin-Ravot-Jizzax yo‘lini egalladi.3 Shundan keyin soldatlar bilan qo‘zg‘olonchilar o‘rtasida bir necha bor to‘qnashuvlar bo‘ldi. Bu vaqtlarda Sanzar volostida ham qo‘zg‘olon keng quloch yeydi. Bu yerda Sanzar qozisi To‘raqul Turadbekov va uning ukasi Ishonqul qo‘zg‘olonni uyushtirishda jonbozlik ko‘rsatdilar. Xonlik davrida ularni tog‘asi Sanzar beki lavozimida ishlagan edi. Otasi esa Qoraulbek mansabini o‘tagan. Shu bois To‘raqul Turadbekovlar oilasi jamoa orasida «katta obro‘ga va hurmatga sazovor bo‘lgan» kishilar hisoblangan.4 13 iyul kuni kechqurun Jizzax shahridagi qo‘zg‘olon ta’sirida Sanzardagi bir guruh nufuzli kishilar To‘raqul Turadbekov boshchiligida maslahatlashib xalqni bosh ko‘tarishga da’vat etishdi. Shu ravishda quzg‘olon yuzaga kelib Turaqul Turadbekov, Ishonqul Juraboev, Muhammad Uratov, aka-ukalar Husainovlar va boshqalarning rahbarligida 14 kishidan iborat statistika bo‘yicha ishlovchi kishilar uldirildi. Bu vaqtda Sanzar volostining boshlig‘i qochib ketgan, lekin Kaltay qishlog‘ida ushlandi va o‘ldirildi. Qo‘zg‘olonchilar Ku-jar, Terakli degan joylarda ham dushmanlardan o‘ch oldilar. 18—19 iyulda Vodopyanov boshchiligidagi harbiy qism Rabot qishlog‘i tomon yurdi. Bundan xabar topgan qo‘zgolonchilar usha tomonga yo‘l oldilar va Zomin olomoni bilan birlashdilar. Ular 12 kishilik rus razvedkachilariga hujum qildilar. Natijada dushman Lomakin stansiyasigacha chekinishga majbur bo‘ldi. Bu yerdan ular o‘z harbiy qismlariga borib qo‘shildilar. Shundan keyin qo‘zg‘olonchilarga qarshi 20 tadan iborat soldatlar kelib jang qildilar. Bunda qo‘zg‘olonchilar mardonavor kurashib dushmanni xavf ostida qoldirdilar. Shuning uchun Rabotga yetib kelgan podpolkovnik Vodopyanov qo‘zg‘olonchilarga qarata to‘plardan o‘q otdirdi. Qo‘zg‘olonchilar to‘p o‘qlaridan qo‘rqmasdan, 21 iyul kuni ertalab soldatlarga qarshi yana hujum qildilar. Faqatgina to‘plardan surunkasiga o‘klarni yegdirilishi orqasida bardosh bera olmagan qo‘zg‘olonchilar tarqalishga majbur bo‘ldilar. 1 Xullas, 25 iyulda Bogdan, Sanzar va Zomindagi qo‘zgolon shafqatsizlarcha bostirildi. 18 iyulda Kattaqo‘rgon uezdiga qarashli «Mingariq volostida 2000 kishilik olomon volost boshlig‘iga hujum qilib uni jarohatlantirdi. Kechqurun u yerga podpolkovnik Shirakov soldatlar bilan keldi. Qo‘zgolonchilar ularga o‘q otganlar. Kattaqo‘rgon garnizoni to‘rt pulemet va ikki to‘p bilan kuchaytirish lozimligini boshliqlardan so‘ralgan» .2 19 iyulda Mingtepa volostini chegarasidagi Akchurachasi va Gadoytopmas qishloqlarida to‘plangan 1500 kishilik olomon praporshik Vladimirov boshliq harbiy qismga hujum qildi va o‘qlar otdi. Ammo soldatlar qo‘zg‘olonchilarga qarshi javob hujumini uyushtirib, ularni Juma va Oqtepa qishloqlarigacha quvib bordi. Olomondan bir kishi halok buldi va uning qatnashchilari tarqatib yuborildi.1 20 iyulda Kattaqo‘rg‘on shahar aholisi mardikorlikka qarshi chiqib tus-tupolon ko‘tardi. Bunday ogir vaziyatdan qurqqan ellikboshilar va oqsoqollar mardikorlikka safar etiladigan kishilarning ro‘yxatini tuzishdan bosh tortdilar. Shuning uchun ular (9 kishi) rus harbiy ma’muriyati tomonidan hibsga olindi. Bu holat shahar aholisining qahr-gazabini quzg‘atib, ochiqdanyuchiq qo‘zgolon ko‘tarilishiga olib keldi. Ko‘p sonli olomon eski shahar ko‘chasi buylab rus shaharchasi tomon yurdilar. Praporshik Steblyuk soldatlarni jangovar holatga keltirib qo‘zg‘olonchilarning yo‘lini to‘sdi. Biroq olomon bostirib kelaberdi. Taxminan, 30—40 masofa qolganda soldatlar ularga qarata uqlarni yeg‘dirdilar. Shunga qaramay, boshqa tarafdan ham ikkinchi olomon tudasi bosib kelaberdi. Ammo qo‘zg‘olonchilar dushmanning o‘q yemg‘irlariga bardosh berolmay qochdilar. Quzg‘olonchilardan 5 kishi o‘ldirildi va bir necha odamlar jarohatlandi. Quzg‘olonlarning birin-ketin mag‘lubiyatga uchrashiga qaramay xalq ommasi bosh ko‘tarishdan qaytmadi. Chunonchi, 19 iyulda Mingariq volostining Jumabozor qishloq aholisi maschitda nomoz paytida qo‘zg‘olon ko‘tarib volost boshlig‘i Usmon Qoraboevni o‘ldirish payiga tushdilar. U kishi qochib ketgandan keyin olomon uning Oqchurachasi qishlog‘idagi uyini va idorasini buzib tashladilar.2 Bu voqeada Botir, Abduraimmergan, Abduqodir Xo‘ja, Safar xuja, Usta Muhammadali va Ikrom Mulla Donaliev va boshqa kishilar jonbozlik ko‘rsatganlar. Qo‘zg‘olonchilar taeqlar, qilichlar, ov miltig‘i va tupponcha bilan Qurollangan edilar.3 Bu qo‘zg‘olon ham tarqab ketgan edi. Mahalla volostidagi Oqmasjidsa qo‘zgolon ko‘tarilib volost boshlig‘i va qozisini o‘ldirishga harakat qildilar. Samarqand viloyatdagi qo‘zg‘olon alangasi Fargona viloyatiga ham katta xavf tug‘dirdi. Chunki mag‘lubiyatga uchratilgan quzg‘olonchilarni talay qismi Fargona vodiysiga o‘tish uchun yo‘lga chiqqanlar. Bu xususda Fargona viloyatining harbiy gubernatori A. I. Gippusning harbiy vazirlikka yuborgan axborotida shunday deyilgan: «Qo‘qonga kelganimda qo‘shni Samarqand viloyatining Jizzax, Zomin va Shahristondan odamlarni Fargona viloyatining tog‘lik joylariga kelganliklari haqidagi xabarni oldim. Ular bu joylardagi aholini qarshilik ko‘rsatishlariga chaqirmoqda. Bu bosqinchilar yaxshi kayfiyatdagi Fargona viloyatining aholisini talashi va bularni ham qochishga olib kelishi mumkin... Qurolsiz bo‘lsalarda aellarni va bolalarni ham qamaymiz va Qo‘qonga jo‘natamiz, qarshilik qilganlarga nisbatan qurol ishlatamiz. Ayni bir vaqtda soldatlarni eng katga yo‘llarga joylapggirib bosqinchilarni katta Samarqand viloyatiga jo‘natishni rejalashtirdik».' Xullas, Samarqand viloyatidagi 1916 yilgi qo‘zgolon shu darajada keng quloch yezib qizg‘in tus oldiki u deyarli barcha volostlarni qamrab oldi. Chunonchi, Turkiston general-gubernatori tomonidan Jizzax uezdida sodir bo‘lgan qo‘zgolonlarni o‘rganish hamda aybdorlarni mol-mulkini musodara qilish bo‘yicha tuzilgan maxsus komissiyaning ma’lumotiga ko‘ra quyidagi shahar va volostlarni qo‘zgolon qamrab olgan edi: 1. Jizzax shahri 12. 2. Uzbek volosti 13. 3. Rabat volosti 14. 4. Zomin volosti 15. 5. Qoratosh volosti 16. 6 . Sanzar volosti 17. 7. Sauryuk volosti 18. 8 . Bogdan volosti 19. 9. Forish volosti 20. 10. Yangiqo‘rg‘on volosti 21. 1 1 . Ko‘ktepa volosti 2 2 . 1 Qo‘rgontepa volosti Sintab volosti Yam volosti Fistalitauek volosti Usmat-qatortol volosti Chashmab volosti Xo‘ja Muqur volosti Ota Qo‘rg‘on volosti Qizilqum volosti Chordora volosti Norut volosti.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling