Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat univeersiteti tarix fakulteti
M2. Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi. Qo‘qon xonligining tugatilishi
Download 1.15 Mb.
|
Ўзб тарихи мажмуа 3 курс 2022-2023
M2. Buxoro amirligi va Xiva xonligining Rossiya protektoratiga aylantirilishi. Qo‘qon xonligining tugatilishi
Reja 1. XIX asr 60 yillarida Buxoro amirligida xarbiy siyosiy vaziyat.Amir qo’shinlarining mag’lubiyati, Buxoroning Rossiya vallaliga aylantirilishi. 2. Xiva xonligi xududlarining bosib olinishi,xonlikning Rossiya vassaliga aylantirilishi.Xiva xonligi turkmanlarining mustamlakachilarga qarshi kurashi. 3. Po’latxon qo’zg’aloni.Qo’qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan butunlay bosib olinishi. Podsho Rossiyasining oldiniga Xiva xonligi, keyin Qo’qon xonligi xududlariga qilgan xarbiy yurishlari O’rta Osiyoni Rossiyaning tarkibiy qismiga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotganligi xech kimga sir emas edi. Istilodan Buxoro amirligi xam chetda qolmasligi xammaga ayon edi. Shunday bo’lsada Qo’qon xonligi xududlari birin ketin bosib olinayotgan bir paytda birlashish, bir yoqadan bosh chiqarib xarakat qilish o’rniga , Xiva xoni xech narsadan xabari yo’qdek bir burchakda boshini ko’rpaga burkab turgan bo’lsa, Buxoro amiri Muzaffar faoliyati Qo’qon xonligining bosqinchilarga qarshi olib borayotgan xarakatiga katta ziyon keltirdi. Vaholanki o’sha davrda Turkiston ahlining umidi va ishonchi aynan Buxoroga bog’langan edi. Lekin amir Muzaffar o’zini bu vaqtda nihoyatda ojiz, kaltabin xukmdor sifatida ko’rsatdi va tuzatib bo’lmaydigan xatoliklarga yo’l qo’ydi. Avaz Muxammad Attor Xo’qandiyning «Tarixi Jaxonnomoiy » kitobida yozilishicha u “o’zbilarmonlik ila kecha kunduz aysh ishratga berilib, xotinbozlik qilib, olamdan g’ofil va xatto o’zidan ketib qolib o’zini firavnu Namrud deb bilardi. Do’stni dushmandan farq etmasdi”. Bular xam kamdek, amir qo’shin qudratini oshirish o’rniga zaiflashtiradigan choralarni ko’rdi. Ahmad Donishning so’ziga ko’ra amir askarlarga berilayotgan maoshni 60 tiyindan 20 tiyinga tushirdi. U xarbiy boshliqlar maoshini xam kamaytirdi. Amir “urushda miltiq va zambarak tovushini eshitmagan kishilarni xarbiy lavozimlarga tayinlagan” . Amir Muzaffar shu darajada qobiliyatsiz va ojiz bo’lganki raqobatdan qo’rqib o’z atrofiga bilimdon va kuchli kishilarni emas, aksincha nopok odamlarni to’plagan . U bunday kishilarga tayanib, “ zulm jabrini zo’raytirib, xazinani to’ldirish payiga tushdi. Ishbilarmon va tajribali xukumat kishilarini, jumladan xokimlarni ishdan olib, uy joylari va mulklarini musodara qilib, o’zlarini badarg’aga jo’natdi . Shu tarzda 200 dan ortiq uy joylar davlat ixtiyoriga olindi. Xotinbozlik, bolabozlik va aysh ishratga berilib, mamlakat ishlariga aralashmay, xukumat boshqaruvini savodsiz, johil va zolim beklar, sipohlar va xushomadgo’y mullolarga topshirdi. Buxoro mamlakati tanazzuliga sabab bo’ldi. Fuqoroning ixlosi amirdan qaytdi” – deb yozgan edi Ahmad Donish. Amirning kaltafahmligi shu darajaga bordiki, Rossiya Qo’qon xonligiga qanchalik qattiq zarba bersa, shunchalik ko’p mamnun bo’ldi. U dushman qo’li bilan Qo’qonni parchalab, mintaqada o’z mavqeini mustahkamlashni o’yladi xalos. Vaholanki Rossiya Qo’qondan keyin Buxoroni bo’ysundirishni rejalashtirganligi xech kimga sir emas edi. Kaltafxm amirgina buning fahmiga etmay Qo’qonning asosiy kuchlari dushman bilan kurashayotganda xonlik xududlariga bostirib kirdi va Qo’qonni ikki frontda jang qilishga majbur qildi. Xalq amirning ishlaridan shu qadar norozi Ediki Buxorodagi amir saroyi olomon tomonidan qurshab olinib toshbo’ron qilingan edi. Bu vaqtda Buxoroga qarab yo’lga chiqqan amir shaxarga kirishdan cho’chib Fijduvonda to’xtashga majbur bo’lgan edi. Gen. Chernyaev Toshkent ostonalarida jang qilayotganida amirga maktub yo’llab, xonlikning yarmi Rossiya tomonidan egallanganligini, uning janubiy qismiga amir Xudoyorxonni taxtga o’tqazib u orqali boshqarishiga Rossiya qarshi emasligini bildirib xat yozadi. Maqsad amirni chalg’itish, uning etiborini Toshkentdan Qo’qonga qaratish bo’lgan. Maktub amirga etib kelmagan bo’lsada uning xatti xarakatlari xuddi maktubda yozilganiday bo’ldi. Amir Xo’jandni egalladi va Qo’qon taxtiga Xudoyorxonni o’tqazdi. Shunday qilib gen. Chernyaev amir Muzaffarni chalg’itishga, Qo’qon xonligini ittifoqchilaridan maxrum qilibgina qolmay uni ikki frontda jang qilishga majbur qilishga muvoffaq bo’ldi. Amirning bu xarakatlari xalq g’azabini qo’zg’adi va Buxorodagi ichki vaziyatni keskinlashtirdi. Vatanparvar kuchlardan iborat muxolifotning shakllanish jarayoni aynan shu vaqtdan boshlanadi. O’rta Osiyodagi asosiy raqibi bo’lgan Qo’qon xonligining kuchsizlanganligi natijasida xududning eng qudratli mamlakatiga aylanganligiga ishongan amir Rossiya bilan yaxshi qo’shnichilik aloqalari o’rnatishga ishonar edi. U 1865 yilda Najmiddinxo’ja boshliq elchilarni Sankt Petrburgga jo’natib vujudga kelgan ayrim kelishmovchiliklarni bartaraf qilmoqchi bo’ladi. Ilgari Buxoro elchilari Sankt Petrburgda eng aziz mehmonlar sifatida qabul qilinar edi. Ruslar Buxoroning bu xududdagi roli va mavqeini yaxshi tushunar va shunga yarasha muomala qilar edi. Endilikda esa Rossiya o’z mavqeini O’rta Osiyoda juda kuchaytirishga muvoffaq bo’lgan edi. Endilikda Buxoro bilan XIsoblashmasa xam bo’lar edi . Buning ustiga Rossiya davlti Buxoroga xujum qilishni allaqachon rejalashtirib qo’ygan edi. Shu sababli Buxoro elchilari Sankt Petrburgga qo’yilmay Orenburgda ushlab qolinadi. Bunga javoban amir Muzffar Chernyaev elchilarini qamoqqa oladi va Chernyaevning ularni ozod qilish haqidagi talabiga, rus elchilarining faqat Buxoro elchilari imperator bilan uchrashtirilsagina ozod qilishini bildiradi. Elchilarning qamoqqa olinishi gen. Chernyaevning amirlikka qarshi xarbiy xarakatlar boshlashiga baxona bo’ldi. Elon qilinmagan bu urush 1866 yil yanvar oyida boshlandi. Chernyaev qo’shinlari Jizzax tomon yurish qildilar. Bu xabarni eshitgan Muzaffar o’zi taxtga o’tqazgan Xudoyorxonga ruslar yo’lini to’sishni buyuradi. Xudoyorxon esa ruslardan qo’rqib bu farmonni bajarmadi. Amir qo’shinlarining qurollanishi Qo’qon qo’shinlarinikiday bo’lgan. Ruslarning zamonaviy qurollarga ega bo’lgani ko’p jixatdan urush taqdirini xal qildi. Rus zobiti M. Zinovevning guvohlik berishicha «Ularning (yani amir sarbozlarining ) o’qi , ayrim istisnoli xollarda bo’lmasa, deyarli qo’rg’oshin yalatilgan toshchalarga o’xshaydi. Qo’rg’oshinning qimmatliligi yaxlit o’qlardan foydalanishga imkon bermadi». O’zbek xonlari bugun bo’lmasa ertaga ruslar bilan to’qnashishlarini yaxshi bilganlar. Lekin o’zaro urushlar bilan band bo’lganlari sababli qo’shinni yangi qurollar bilan qurollantirishga mablag’ topa olmaganlar. Amirlik qo’shinining asosini hasabdorlar (og’ir qurolli otliq askarlar) va galabotirlar (piyoda sarbozlar) tashkil qilgan. Piyoda sarbozlar odatda tinch sharoitda uylarda yashar, xaftada 4 kun (chorshanba va jumadan tashqari) erta tongda eshak bilan Buxoroga kelar va uch to’rt soatlik mashqlarda qatnashib , yana qaytib ketardi. To’pchiboshi lashkar qo’shinning bosh qo’mondoni hisoblangan. Gen. Chernyaev Jizzaxni osonlik bilan zabt etishiga ishongan edi.Lekin Jizzax XImoyachilari 8-9 ming kishidan oshiq bo’lmasa xam ruslarga qaqshatgich zarba beradilar va mag’lubiyatga uchratadilar . Gen. Chernyaev bu yurishni Sankt Petrburgdan ruxsat olmasdan boshlagan edi. Uning bu o’zboshimchaligi ruslar obro’sini tushiradigan mag’lubiyatga olib kelganligi sababli egallab turgan vazifasidan ozod etiladi. Uning o’rniga gen. Romanovskiy tayinlanadi. Lekin ruslarning hududdagi bosqinchilik siyosatida o’zgarish bo’lmadi. Muzaffar yordam so’rab o’z elchilarini Hindistonga inglizlarning vakili Jon Lourens xuzuriga va Istanbulga yuboradi.1842 yilda o’z elchilarining qatl etilganligini unutmagan inglizlar masofa uzoqligini bahona qilib rad javobini beradilar va turk sultoniga xam shunday javob berishini maslahat beradilar. Buxoro madrasalari talabalari junbushga kelib g’azot elon qilishni amirdan talab qiladilar. Maishatga, aysh ishratga berilgan amir o’z turmush tarzini ana shunday og’ir kunlarda ham o’zgartirmadi. Ruslarning Sirdaryo dashtlariga chiqqanini eshitgan amir 30000 kishilik qo’shinni Olloyor devonbegi qo’mondonligida jangovor marrani egallash uchun dushman qarshisiga yuboradi. O’zi esa Olloyorning 10 yashar qizini xaramiga keltirishni buyuradi. Ertasiga bu qizning so’yilgan murdasi topiladi. Bu mudXIsh xabarni eshitgan Ollyor jang maydonini qarshiliksiz ruslarga bo’shatib chekinadi. U o’zicha amirdan o’ch oldim deb o’ylaydi. Lekin afsuski uning bu ishi yurt taqdirida salbiy rol o’ynadi. Chekinayotgan qo’shinga ruslar kutilmaganda xujum qilib uni to’zg’itib yuboradilar. O’ratepa bilan Jizzax o’rtasida qarorgoh qurgan amir qo’shinni tashlab qochadi. Erjarda qozonilgan bu qalaba ruslarga Xo’jandni qamal qilish imkonini beradi. Shaxar aholisi dushmanga qarshi qaxramonlarcha kurashadi. Lekin bir gurux xoinlar shaxar darvozalarini ochib berganlari sababli ruslar shaxarni egallashga muvoffaq bo’ladilar. Shaxar aholisi ruslar shaxarni bosib olganlariga qaramay qarshilik ko’rsatishni davom ettiradilar. Ruslar 1200 kishi shaxarliklar 2600 kishi talofat ko’radilar. Xo’jand 1866 yil 17 mayda egallangan edi. Navbatdagi jang O’ratepada bo’ladi. 1866 yil 2 oktyabrda boshlangan jangda 30000 amir qo’shinidan yarmi xalok bo’ladi. Lekin dushman to’xtatilib mag’lubiyatga uchratiladi. Ertasi kuni yangidan etib kelgan kuchlarni jangga tashlagan ruslar shaxarni egallashga muvoffaq bo’ladilar. Shundan keyin navbat Jizzaxga keladi. Ruslar uni 11 oktyabrdan etiboran qurshovga oladilar. Jang 5 kun davom etadi. Ruslar xech erda bunchalik qattiq mudofaaga duch kelmagan edilar. XImoyachilardan bir guruXI dushman ustunlikka erishgach taslim bo’lishdan ko’ra o’zlarini portlatishni afzal ko’rganlarini rus tarixchilaridan biri yozgan edi. Ana shunday bir vaziyatda Qo’qon xoni Xudoyorxon xoinona xarakatlar qiladi. U xatto general Romanovskiyga Xo’jand va Jizzaxni egallagani munosabati bilan tabrik telegrammasi jo’natgan edi. Unda u 35000 qo’shini bo’lsada turli bahonalar qilib Buxoroliklarga yordam bermaganini yozadi. Gen. Romanovskiy etiroficha Jizzax mudofaasi vaqtida 2000 kishi o’ldirilgan, 2000 kishi asirga olingan. Yangi istilochilik yurishlari general Fon Kaufman nomi bilan bog’liq. Rus qo’shinlari 1868 yil aprelida Samarqand tomon yo’lga chiqadilar. Shu vaqtda Samarqand xokimi bo’lgan Sherali inoq o’zining zolimligi bilan aholining joniga tekkan edi. Shaxarliklar amirga murojaat qilib xokimni almashtirishni so’raydilar. Amir xokimga ishonch bildirib bu iltimosni inobatga olmaydi. Bundan yanada kiborlangan Sherali jabr zulmni yanada avj oldiradi. U xatto Samarqandda turgan shaxzoda Abdumalik to’ra nazoratidan qutilish uchun amirni go’yo taxtga davogarlik qilayapti deb ishontirishga xarakat qiladi. Shaxar oqsoqollari zulmning kuchayganligidan achchiqlanib ruslarga murojaat qilib o’z panohlariga olishni so’raydilar. Bu Kaufmanga qo’l keladi va Samarqand yurishi uchun baxona bo’ladi. O’sha vaqtda amirning 16500 sarbozi bor edi. Ular Cho’ponota tepaligida mudofaada turgan edilar . Tepalikda 40 ta to’p o’rnatilgan edi. 1868 yil 1 maydagi jang tafsilotlari manbalarda yaxshi aks ettirilmagan .Xarbiy axborotlarda Cho’ponotadagi jangdan so’ng 2 mayda Samarqand jangsiz egallanganligi aytiladi. 1868 yil 2 mayda Samarqand sotqinlaridan bir guruXI Kaufman xuzuriga kelib shaxarni topshiradilar va ruslarni non - tuz bilan shaxar darvozasi oldida kutib oladilar. Aytishlaricha Samarqandning qo’ldan ketganligini eshitgan amir yig’lab yuborib «Xudo meni Samarqanddan maxrum qilganidan ko’ra jonimni olgani yaxshi edi» deb aytgan ekan. Samarqand egallangach Kaufman sulh tuzishni taklif qiladi. Unga ko’ra Samarqand Rossiya tarkibiga kirishi kerak edi. Mamlakat aholisining dushmanga qarshi kurashish kayfiyatini hisobga olgan amir yangidan kuch to’playdi. 21000 kishidan iborat bo’lgan qo’shin Zirabuloq tepaligida o’rnashadi. Amir qo’shinlari jangda dastlab ustun kela boshlaydilar. Lekin jang avjga chiqqan bir vaqtda asli rus bo’lib musulmonlikni qabul qilgan va oliy martabali lashkarboshilik lavozimini olgan Usmon to’qsabo chekinish karnayini chalib o’z lashkarini orqaga qaytaradi. Urush taqdirini ana shu xoinlik va ruslarning zamonaviy quroli hal qiladi. Ularning soni 2000dan oshmagan bo’lsada texnik ustunlik xal qiluvchi omil bo’ldi. Zirabuloqdagi mag’lubiyat, amirning Qizilqumga qochgani Samarqandda kuchli aks sado berdi. Qarshi va Fuzor xam junbushga keldi. Bu xududdagi vatanparvarlar Abdumalik to’ra atrofida to’planadi. Tez orada amir qo’ygan xokimlar XIsor,Sherobod, Denov, Ko’lob tumanlarida ag’darilib Abdumalik to’ra tarafdorlari tayinlandilar. Shaxrisabz xokimi Xakimbiy, Kitob xokimi Jo’rabeklar xam g’azotga davat qildilar va Abdumalik to’ra tarafiga o’tdilar. Abdumalik to’ra atrofida to’plangan kuch Zirabuloq jangi vaqtida Samarqandni qamal qiladi. Kaufman malumotiga ko’ra qamal qilganlarning miqdori 50000 kishi bo’lgan . Bu xabar ruslardan ko’ra amirni ko’proq tashvishga soldi. U Kaufmanga sulh tuzishni taklif qiladi. Tuzilgan sulh qamal ishtiokchilarining ruhini tushiradi. Ayrim beklar xatto o’z qo’shinlari bilan Samarqandni tark etadilar. Bundan bir oycha oldin 1-8 iyun kunlari Samarqand mudofaasi nomi bilan mashhur qo’zg’olon bo’lgan edi. Shaxrizabzlikoar Saarqandni qamal qilib xujum qilganlarida ularga Samarqandliklar xayrixoxlik qilib yordam berganlar. Qashqadaryo vohasidan kelganlar qamalni to’xtatib chekinganlaridan so’ng Kaufman buyrug’i bilan shaxar to’pga tutiladi va axoli qirg’in qilinadi. Ayollar, go’daklar, qariyalarni xam ayamasdan maxalliy millatga mansub bo’lganlari uchungina qirib tashlaganlar. Ruslarga berilgan 400 kishilik talofat uchun 49000 ming Samarqandlik o’ldiriladi. Uylar , machitlar, madrasalar kuydiriladi, vayronaga aylantiriladi. Qo’shin aholini talashga xam ruxsat oladi. Jazava otiga mingan Kaufman faqat bir gapni , yani, “otib tashlansin” degan gapni kun bo’yi takror va takror aytib yurganligini Verashagin takidlagan edi. «Ruslarni engsam oq otda Petrburgga kirib boraman» deb maqtangan amir Muzaffar 1868 yil 23 iyunda gen. Kaufman bilan sulh tuzib Rossiyaning vassaliga aylanadi. Sulhga ko’ra Buxoro o’z mustaqilligini yo’qotadi. Samarqand, Kattaqo’rg’on va Zarafshonning yuqori qismidagi erlardan ajraladi. 500000 rubl tovon puli to’laydi. Xorijiy davlatlar bilan mustaqil aloqa o’rnatmaslik majburiyatini oladi. Ruslarning amirlikda erkin savdo qilishlariga do’kon va karvonsaroylar qurishlariga rozi bo’ladi. Sulxdan norozi bo’lganlar Abdumalik to’ra atrofida to’planib, qo’zg’olon ko’taradilar. Amir qo’zg’olonni faqat ruslar yordamidagina bostirishga muvoffaq bo’ladi. Abdumalik to’ra oldin Xiva, keyin Afg’oniston amiri Sherali, Qo’qon xoni Xudoyor, Qashqar xukmdori Yoqubbek xuzurlariga borib yordam so’raydi .Lekin ulardan birortasi xam yordam berish imkoniyatiga ega emas edi. Abdumalik to’ra panoh izlab Angliyaga tegishli Hindistonga boradi va Peshovar shaxrida qo’nim topadi va shu erda 1909 yilda olamdan o’tadi. Buxoro bo’ysuntirilgach mustamlakachilarga havf solishi mumkin bo’lgan yagona Xiva xonligini bosib olishga tayyorgarlik ko’rila boshlanadi. Ruslar Xiva xoni qozoqlarning milliy ozodlik xarakati rahbari Kenesari Qosimovga , Abdumalik to’raga madad berayotganligini yaxshi bilganlar. Bundan tashqari Turkiston ududlarini Rossiyaning Kavkaz, Quyi Volga bo’yi xududlari bilan bog’lovchi eng yaqin yo’llar Xiva xonligi orqali o’tganligi xam etiborga olinadi. 1871 yilning oXIrida Sankt Peterburgda bo’lgan kengashda Xiva xonligini bosib olish xaqida qaror qabul qilinadi. Rejaga ko’ra Xiva xonligiga Orenburg va Kavkaz gubernatorligi ixtiyoridagi qo’shinlar Shimoliy g’arb va g’arbdan, Turkiston general gubernatorligi qo’shinlari Sharqdan bostirib kirishlari lozim edi .Xon Rossiyaning bu tajavuzkorona niyatidan yaxshi xabardor edi. Shuning uchun u Angliyaning Hindistondagi vise qiroli huzuriga elchi yuborib , undan yordam so’ragan edi. Lekin Angliya Rossiya bilan ochiq to’qnashuvdan manfaatdor emas edi va shu sababli yordam bera olmaganligini bildirdi. Xiva endilikda faqat o’zigagina ishonishi mumkin edi. O’sha vaqtda xon ihtiyorida 2000 otliq, 4000 ta piyoda askar va 27 ta eski zambarak bor edi. Uch yo’nalishdan bostirib kirgan rus qo’shini tarkibida 49 rota , 3200 kazak, 34ta to’p bor edi. Rus qo’shini son jixatidan xam, texnik jixatidan xam katta ustunlikka ega edi. Bundan tashqari Orol flotiliyasi xam ular ixtiyorida edi. Buyuk knyazlardan Nikolay , Konstantin va Evgeniylarning xarbiy qismlarga qo’mondon qilib tayinlanganligi xam Rossiyaning Xiva istilosiga katta etibor berganligini ko’rsatadi. Gen. Fon Kaufman yurish oldidan Xivani yakkalab qo’yish choralarini ko’rdi. U Buxoro amiri va Qo’qon xoniga tahdidli maktublar yo’llab, ularni Xivaga yordam bermaslikka chaqirdi. Shunday bo’lsada ular Rossiyani ikki marta mag’lubiyatga uchratgan Xivadan juda hayiqishgan. Asosan o’zbek va turkmanlardan iborat Xiva qo’shini jasorat bilan jang qiladi . Dushmanga qarshi pistirmalar uyushtirib to’satdan qilingan xujumlardan ruslar katta talafotlar ko’radilar. Ruslar yo’lda uchragan xar bir shaxar va qishloqni talab uylarga o’t qo’yadilar . Ularning ketidan kultepalar va jasadlar qoldi. 1873 yil 29 mayda ruslarning asosiy kuchlari Xiva ostonalarida paydo bo’ldilar . Xiva xoni ortiqcha qon to’kilishini istamay muzokaralar boshlashni taklif qildi. Ammo fon Kaufman bu taklifni etiborsiz qoldirib xujumga o’tdi. Shaxar aholi va askarlar tomonidan mardonavor XImoya qilinsada uni saqlab qolishning iloji yo’qligini yaxshi tushungan Muxammad RaXImxon II shaxardan chiqib turkman o’tovlari sari yo’l oldi .Ana shunday qaltis bir vaziyatda bir yoqadan bosh chiqarib xarakat qilish o’rniga xonning inisi ruslar bilan kelishish uchun o’z tashabbusi bilan muzokaralar boshlaydi. Gen. Kaufman ularga faqat xon bilan sulh tuzishini aytadi. Shaxardagi xon qarindoshlari , amaldorlar shaxarni ruslarga topshirishga qaror qiladilar va 1873 yil 29 mayda ruslar Xivani egallaydi. Kaufman taklifi bilan Muxammad Rahimxon II 2 iyunda Xivaga qaytadi va Gandimakondagi Kaufman qarorgohida u bilan uchrashadi. Xivaga kirgan ruslar aholini, xon saroyini talab behisob boyliklarni Rossiyaga olib ketdilar . Faqat Qadimiy qo’lyozmalarning o’zigina 300dan ortiq bo’lgan . Tuzilgan shartnomaga ko’ra xon o’zini imperatorning itoatli XIzmatkori deb tan oladi Xiva xonligi rus mamuriyatining ruxsatisiz shartnomalar tuzmaslik , Amudaryoning o’ng qirg’og’i Rossiya ixtiyoriga o’tishi, rus kemalarining Amudaryoda bemalol suzishi , xonlikning barcha shaxarlari rus savdogarlari uchun ochiq bo’lishi , ularning barcha bojlardan ozod etilishi , rus fuqorolariga xonlikda ko’chmas mulk sotib olishga ruxsat berilganligi, Rossiyadan o’zboshimchalik bilan kelganlarni qabul qilmaslik, rus jinoyatchilarini Rossiya mamuriyatiga topshirish, 20 yil davomida 2 mln so’m tovon to’lash majburiyatlarini o’z bo’yniga oladi . Bunday og’ir majburiyatlar qashshoq xalqning ahvolini yanada yomonlashtiradi Mislsiz talagan, o’g’irlik va qotillik avjiga chiqqan davr xoni sifatida tarixdan o’rin oldi. Ahmad Zakiy Validiy uzining “Xudoyorxonning so’nggi kunlari” asarida xonni “mislsiz ochko’z, dunyoparast, o’ta zulmkor, shavqatsiz, ma’naviy qashshoq shaxs sifatida ta’riflaydi”. “Xudoyorxon, - deb yozadi u, ko’p badavlat bo’lib, xotinlarni ko’paytirishga hirs qo’ygan , kayfu-safoni, rohatni va tinchlikni yaxshi ko’rgan, xalq foydasiga ish yuritmagan … bog’lardagi gullar orasida kayfu-safo qilib yutgan: bedana, kaklik va xo’roz uritirish bilan shug’ullangan”. Xudoyorxoning bu ishlari xalq noroziligini keltirib chiqarmasdan qolmas edi. Soliqlar miqdori shunchalik ko’p bo’lganki, xatto kambag’allar bozorga keltirib sotadigan qamish, shox-shabba , yantoq va shunga o’xshash narsalardan ham soliq undirilgan. Keyingi vaqtlarda ariqlardan ochib kelgan suvga ham soliq solingan. Shu sababli norozilik kuchayganligini mustamlakachilarning o’zlari ham e’tirof etganlar. Uning vijdonsizligi shu darajaga borganki, o’zpiri va eshoni Miyon sohib hazratning Shohoyim ismli xotinini zo’rlik bilan o’z nikohiga olgan . Xudoyorxonning qattiq zulmi va adolatsizligi, og’ir iqtisodiy hayot hamda uning Rossiyaning XIzmatkoriga aylanishi hlq g’azabini qo’zg’atdi. Shuning uchun xonga qarshi xalq bilan birgalikda Saroy xarbiylari va amaldorlari, ruhoniy va savdo vakillari ham bosh ko’tardi. Kurashda barcha mahalliy xalqlar: o’zbek, tojik va qirg’izlar faol qatnashdilar. Bu harakatning yuzaga kelishida Po’latxon nomi bilan shuhrat qozongan qirg’iz mulla Mulla Ishoq Hasan o’g’lining roli katta bo’ldi. Mulla Ishoq tahminan 1844-yilda tug’ilvan. Uning otasi mulla Hasan o’g’li ilmli odam bo’lib Marg’ilondagi Oqmadrasada mudarrislik qilgan. Mulla Ishoq oldin Qo’qonda, keyin otasining qo’lida talim olgan . Keyinchalik u Uxndagi machitda imomlik qilgan. Ko’p o’tmay u Andijondagi machitlarning birida imom bo’ladi. U tamaki savdosi bilan shug’ullanib Toshkentga qatnab turgan. Bu erda u ko’pnt ko’rgan Abdumo’min otaliq degan inson bilan tanishadi. Abdummo’min Mulla Ishoqning siyosiy ongini uyg’otadi. Qo’qondagi tanglik vaziyatini bartaraf qilish maqsadida bir guruh qirg’izlar Sherdodxoh boshchiligida Samarqandga kelib Olimxonning nevarasi Po’latxonga murojaat qiladilar va uni taxtga o’tqazish niyatida ekanliklarini aytadilar. Ammo taxt uchun kurashlarda bobosi Olimxon va otasi Ibrohimbeklarning o’ldirilganligi xotirasidan ko’tarilmagan Po’latbek bu taklifni qa’bul qilmaydi. Shundan keyin Sherdodxoh Toshkentga kelib Abdumo’min otaliqnikida mehmon bo’ladi va Po’latbekning rozi bo’lmaganligini aytadi. Shunda Mulla Ishoq Po’latbek nomi bilan kurashga kirishga rozi bo’ladi. U o’z harakatini Namangan uezdining shimoliy qismidan boshlaydi va atrofiga 500 kishini to’playdi Shu ravishda qo’zg’olon boshlanib ketadi. Qo’zg’olonchidar dastlab Xudoyorxon yuborgan Abdurahmon oftobachi qo’shinlaridan mag’lubiyatga uchraydilar. Po’latbek bir guruh tarafdorlari bilan Chotqol tog’lariga qochishga ulguradi. U 1875-yilning boshlarida Qo’qon atrofidagi Laylakga kelib o’rnashadi va 200 kishini to’playdi. O’sha yilning iyulida u O’zganda ko’tarilgan qo’zg’olonga rahbarlik qiladi va xonlikka katta xavf tug’diradi. Unga qarshi xon Isa Avliyo, Abdurahmon oftobachi va Sarimsoq eshikog’asi boshchiligida 4000 kishilik Askar yuboradi. Biroq 1875-yil 28-iyulda bu yirik amaldorlar qo’shini bilan birga qo’zg’olonchilar tomonga o’tib ketadi. Xudoyorxonning o’g’li Nasriddinbek ham 5000 kishilik qo’shin bilan Po’latbek tomonga o’tadi. Xonlikning asosiy qo’shinlarining qo’zg’olonchilar tomoniga o’tishi Xudoyorxonning taqdirini hal qildi. Xudoyorxon Kaufmanning vakili Vaenbergga “qo’zg’olonchilar ruslarga qarshi kurashishni maqsad qilib qo’yganlarini” aytgan. Koufman ham Rossiya harbiy vaziriga. “Butun Qo’qon aholisi bizga qarshi ochiqdan- ochiq bosh ko’tardi” deb yozgan edi. Xudoyorxon o’z umidini Rossiya madadiga tikdi va bu haqda Kaufmanga murojaat qildi. Xon o’midini butunlay uzib, 6000 askar 68 to’p bilan birga xazinasi va xaramini olib xonlikdan qochadi. Lekin u Qo’qondan 10 chaqirim uzoqlashgach faqat o’ziga yaqin bo’lgan 500 navkardan boshqa barcha askarlar xonni tashlab ketgan. Xudoyorxonni taqib qilgan qo’shin unga bir necha bor hujum qilib talofat etkazadi. 1875 yil 7 avgustda Xudoyorxon Qo’qonga etib keladi. Bir necha kun o’tgach xonni Kaufman qabul qiladi. Xon Kaufmandan uni imperator xuzuriga yuborishini so’raydi. Bu uning xatosi edi . Chunki u ruslarga faqat yurtni tinchlantirish uchungina kerak edi. Butun xonlik qo’zg’olon ko’tarib turgan bir paytda Peterburga yuborishni so’rash xonning siyosiy faoliyatiga chek qo’yilishining sababi bo’ldi. U agar menga yurtni tinchlantirishga madad bering deganida balkim ruslar undan foydalanishda davom etgan bo’lar edilar. Uchrashuvning ertasigayoq general Kaufman xonni Orenburgga jo’natish haqidagi buyruqqa qo’l qo’ydi. Xon olib kelgan xazina tortib olinadi va o’zi Orenburgga surgun qilinadi. Xon Qo’qondan chiqishi oldidan Abdurahmon oftobachi va boshqa zodagonlar xonlik taxtiga Nasriddinbekni o’tqazadilar. Nasriddinbek Koufmanga xat yozib Rossiya bilan do’stona aloqa o’rnatish niyatida ekanligini bildirgan bo’lsada, aslida rus tajovuziga qarshi kuchlarni to’plashga urindi. Buxoro amiriga yozgan xatida “hozirda kofirlar o’tadigan har bir yo’lga harbiy qismlar yubordik” deb ruslarga qarshi kurashish niyatilan uni xabardor qiladi. U amirdan o’zining harakatlariga xayrihoh bo’lishni so’raydi. Nasriddinxon va uning atrofidagilar Saidazimboyga yozgan xatlarida “mana 12 yildirki la’nati ruslar Xo’jand, Toshkent, O’ratepa va Samarqandni bosib olishib din shu’lasini o’chirdilar va islomga ziyon keltirdilar” deb yozib ruslar bilan jang qilish niyatida ekanliklarini aytadilar. Amir va Saidazimboy yordam berish o’rniga bu xatlarni general Kaufmanga topshiradilar va qo’zg’olnchilar niyatlarini oshkor qiladilar. Qo’qon xonligidagi xalq harakatlari va Xudoyorxonning qochishi natijasida vujudga kelgan og’ir vaziyat rus hukumatiga qo’l keldi. General Kaufman endi bevosita xonlik ichki ishlariga aralashish imkoniyatiga ega bo’ldi. Bu orada ya’ni 1875-yil 6-avgustda Qo’qonliklar Toshkent tomonga yurish boshlab pochta bekatlarini egalladilar va 16 ta rusni asir oldilar. Generallar Skobelev va Golovachevlar boshchiligidagi qo’shinlar qo’zg’olonchilarga qarshi yuboriladi. Golovachev askarlari Ohangaron va Xo’jand atrofidagi qo’zg’olonchilarga qarshi harbiy harakatlar boshlaganlar. Ruslarning asosiy kuchlari Xo’jandda to’planadi va general Kaufman qo’mondonligi ostida avgustning oXIrida Qo’qonga qarab yurish boshlaydi. Qo’zg’olonchilar son jihatidan katta ustunlikka ega bo’lganlar. Maslan Qo’qon yaqinidagi Mahram istehkomi yonidagi jangda 30000 ming vatan himoyachisiga dushmanning 2000 ga yaqin askari turgan. Lekin harbiy-tehnik ustunlik ruslarga g’alaba qozonish imkoniyatini bergan. Ruslarning ma’lumotiga ko’ra vatan himoyachilarining miqdori 50000 ta bo’lgan. Ularga Abdurahmon oftobachi rahbarlik qilgan. Bunchalik katta kuchning mag’lubiyati Qo’qonliklarni sarosimaga soladi. Nasriddinxon rus asirlarini elchiga qo’shib u orqali Koufmanga murojaat qiladi va sulh tuzishni taklif qiladi hamda generalning barcha shartlariga rozi ekanligini bildiradi. Mahramdagi g’alaba xonlikni tomomila tor-mor keltirishga olib kelishini bilgan Kaufmanga Nasriddinxonning endi keragi yo’q edi. Katta qo’shin bilan Qo’qonga yaqinlashganda Nasriddinxon boshliq nufuzli rahbarlar uni non va tuz bilan kutib oladilar shaharni jangsiz topshiradilar. Kaufman o’shanda Namangan bekligini xonlikdan tortib olib Nasriddinxon bilan sulh tuzish niyatida bo’lgan. Kaufman Marg’ilon, Andijon, Shahrihon O’sh va Namanganning nufuzli kishilarini Qo’qonga kelishlari va taslim bo’lishlarini so’ragan. Ushbu shaharlardan Rossiyaga bo’ysunganlik to’g’risida xatlar olingan bo’lsada biror kishi Qo’qonga kelmagan. Kaufman ularga ikkinchi marta murojaat qilib Qo’qonga kelishlarini so’raganda ham ular bu so’rovni inobatsiz qoldirganlar. Demak xonlik asosiy hududlarining rahbarlari ham, aholisi ham bosqinchilarga dildan qarshi bo’lgan. Xalqda bosqinchilarga qarshi kurashish niyati bo’lganu, lekin tayanadigan kuch va rahbar bo’lmagan. Kaufman ana shu niyatning mavjudligining o’ziyoq katta xavf deb bildi va Marg’ilonga karab yurdi. Bu vaqtda Marg’ilonda Abdurahmon oftobachi boshchiligidagi qo’shin bor edi. U dushmanga qarshi tura olmasligini bilib shaharni tashlab ketadi. Shaharni egallagan Kaufman polkovnik Skobelevni 2 rota, 600 kazak, 2ta to’p va 1raketa stanogi bilan Abdurahmon oftobachi orqasidan jo’natadi. Abdurahmon askarlarining aksariyati tog’larga qochib ketadi, qolgan-qutgani esa ruslardan mag’lubiyatga uchraydi. Nasriddinxonga taqdim qilingan sulh shartnomasiga ko’ra Sirdaryoning o’ng qirg’og’idagi erlar Rusiya tarkibiga kirishi va 600 ming tanga tovon to’lanishi lozim edi. Xazinani Xudoyorxon olib ketgan, xalq g’oyat qashshoqlashgan, atrofida ishonchli odamlari qolmagan Nasriddinxon aholidan tovon uchun pul to’play olmasligini bilgan va bu vazifani uddalay olmasligini, shu sababli xonlik ixtiyorini Rusiyaga topshirishdan boshqa iloji yo’qligini Koufmanga bildiradi. U o’z xatida ruslarga tegishli hududlarga qo’shin tortish g’oyasi Abdurahmon oftobachiga tegishli ekanligini bildirib, o’rtadagi urush vaziyatini vujudga kelishida aynan Abdurahmon aybdor deb ko’rsatadi. General Kaufman xalqdan tovon yig’ib bo’lmasligini yaxshi tushungan va imzolangan sulh shartnomasida Sirdaryoning o’ng qirg’og’idagi erlarni qo’shib olinganligini qayt qilish bilan cheklangan. Sulh shartnomasi imzolangandan keyin ham kurash to’xtamagan. Abdurahmon oftobachi va Po’latbek Andijonda katta kuch to’playdilar. Abdurahmon oftobachi 60-70 ming kishidan iborat qo’shinni Andijonda joylashtiradi. Po’latbek esa 15000 qirg’izlar bilan shahar atrofini egallaydi. Po’latbek atrofida qirg’izlardan tashqari ruslardan engilgan xonlik qo’shini safidagi askarlar ham to’plana boshlaydilar. Nasriddinxon ochiqdan-ochiq ruslar tomoniga o’tgach qabilalar boshliqlari, xonlikning atoqli kishilari Po’latbekni Andijonning Bo’ta Qora qishlog’ida xon deb e’lon qiladilar. Ana shundan e’tiboran xonlikdagi qarshilik ko’rsatish harakatiga Po’latxon rahbarlik qila boshlaydi. Andijondagi voqealar Kaufmanni g’oyatda tashvishga soladi va u general Troskiy boshchiligidagi 1400 soldatni 8 ta to’p bilan Andijonga jo’natadi. Ular shaharga yaqinlashganda Po’latxon qo’shinlari ruslarga qarshi hujumga o’tadi Lekin vatan himoyachilari o’q yomg’iri ostida chekinishga majbur bo’ladilar. Zambaraklardan o’qqa tutilgan Andijon shahri himoyachilarining qarshiligini enggan ruslar shaharni egallashga muvaffaq bo’ldilar va general Troskiy buyrug’i bilan shaharni yondirib xarobaga aylantiradilar. Shunday bo’lsada yonayotgan uylarda, kultepalarda joylashgan himoyachilar qarshilik ko’rsatishni to’xtatmaydilar. Ruslar kunduz kunlari shaharni o’qqa tutib, uylarga o’t qo’yib, kechqurunlari shahardan chiqib ketganlar va vaqtinchalik qarorgohlarida dam olganlar. Ertasiga ular yana Andijonga kelib shaharni o’qqa tutishni, kuydirish va yondirishni davom ettirganlar. Ruslar Andijon himoyachilaridan 20000 ming kishini o’ldirganlar. O’zlarining yo’qotishi bo’lsa 12 kishini tashkil qilgan xolos. Yaradorlar miqdori esa 59 ta bo’lgan. Bosqinchilar 150 ta miltiq, 144 ta to’p, 32200 ta to’p o’qi, 1092ta granata o’lja olganlar. Bu himoyachilar uchun juda katta talofat edi. Bu orada Asaka atrofida o’rnashgan Po’latxon 12000 kishidan iborat qo’shin to’playdi. U hujumga o’tib bosqinchilarni mag’lubiyatga uchratadi va Andijon, O’sh, Marg’ilon shaharlarini egallaydi. Voqealarning bunday tus olishi nafaqat ruslarni, balki Nasriddinxonni ham qoniqtirmas edi. U Po’latxonga qarshi Marg’ilonning sobiq begi sulton Murodbek boshchiligidagi qo’shinni yuboradi. Po’latxon bu qo’shinni mag’lubiyatga uchratadi. Nasriddinxonning ruslar tomoniga o’tishi Qo’qonliklarni ham qoniqtirmas edi. Ular Nasriddinxonga qarshi qo’zg’olon ko’taradilar. Natijada Nasriddinxon Xo’jandga qochadi. Shaharda esa zo’ravonlik va tartibsizlik boshlanadi. 1875-yil 16-avgustda Namangan bekligi Rossiya tarkibiga kirgani e’lon qilinadi va general Skobelev Namangan bo’limining boshlig’i etib tayinlanadi. Kaufmanning o’zi Xo’jandga jo’nab ketadi. Namanganning Rossiya tarkibiga kiritilishi milliy ozodlik xarakatining yanada kuchayishiga olib keladi. Po’latxonning yaqin odamlaridan biri bo’lgan Valixon katta kuch to’plab Namanganni ozod qilishni rejalashtiradi. Nasriddinxonning kelishuvchilik siyosatidan norozi bo’lgan vodiy aholisi Qo’qonga bostirib kiradi va xon nomidan Qo’qonga rahbarlik qilayotgan sulton Murodning kallasini tanasidan judo qiladi. Xon saroyi talanadi. Namanganga hujum boshlagan Valixon qo’shini general Skobelev tomonidan mag’lubiyatga uchratiladi. Namangan aholisining katta qismi ham bosqinchilarga qarshi ko’tariladi. Ular rus obozlariga, otryadlariga hujumlarni kuchaytiradilar. Ularning kurashiga Namanganning sobiq hokimi Botir To’rabek rahbarlik qiladi. Ular Namanganda qoldirilgan rus harbiy qismiga hujum qiladilar va shaharni egallaydilar. Bu xabarni eshitgan general Skobelev orqaga qaytadi va vatan himoyachilariga qarshi hujumga o’tadi. Shahar shu darajada qattiq o’qqa tutiladiki, himoyachilardan 8800 kishi halok bo’ladi. Yaradarlar esa son-sanoqsiz edi. Har galgiday bu safar ham bosqinchilar aholiga vahshiyona munosabatda bo’ldilar. Lekin ular aholini ozodlik kurashidan qaytara olmadilar. Ayrim ruhoniylar, hususan qozikalon ko’rilayotgan talofat, qurol aslahaning kamligi va eskiligidan kelib chiqib axolini qarshilik ko’rsatishdan qaytarmoqchi bo’ladi. Lekin xalqning bosqinchilarga nisbatan nafrati shunchalik kuchli ediki, u qurolsiz bo’lsada kurashishni va jang maydonida qurbon bo’lishni afzal bildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xalqni kurashga otlantirgan, qarshilik harakatining g’oyaviy kuchi bu ruhoniylar edi. Shuning uchun Kaufman ruhoniylarning katta qismini XIbsga olish haqida farmon beradi. Lekin bu farmoyish ham ozodlik harakatini to’xtatmadi. 1875yil noyabrining oXIrida Po’latxon Asakadan chiqib, Marg’ilonga o’rnashadi. Biroq bu erda u ko’p kishini o’ldiradi. Tadqiqotchilarning fikricha bu vaqtga kelib uning soxta Po’latxon ekanligi haqida xabarlar tarqala boshlagan. U shu xabarlarni tarqatgan va uning xonligidan norozi bo’lganlarni jazolaganligi ehtimoldan holi emas. Po’latxon bu davrda xonlikning sharqiy qismini o’z nazorati ostiga olib, jangga tayyorgarlik ko’rdi. Po’latxon qo’zg’oloni boshqa hududlarda ham milliy ozodlik harakatini kuchaytirdi. Xususan bunday harakat Panjikentda ham boshlandi. Ruslar Panjikent qo’zg’olonini bostirishda 4 kishi yo’qotganlar va 25 kishi yaryador bo’lgan. 1875-yil 25-dekabrda general Skobelov 2800 askar, 12ta to’p olib Andijonga yo’l oladi. U o’z yo’lida uchragan shaharu qishloqlarni yondiradi. Skobelev Andijonga kelganda shaharda Abdurahmon oftobachi rahbarligida 20000 ta qurollangan xalq lashkari, 5000 sarboz, 10000 otliq askar to’plangan edi. General Skobelev qo’shini 8-yanvarda hujumga o’tib shahar markazi va Gultepani egallaydi va zudlik bilan bu erga to’plar o’rnatadi. O’q va snaryadlarning yog’dirilishi natijasida minglab vatandoshlarimiz nobud bo’ladilar. Abdurahmon oftobachi o’z qo’shinining katta qismi bilan Asakaga ketgan bo’lsada shaharning tinch aholisi to’pga tutilishi davom etadi. Faqat 11-yanvar kuni shahar vakillari kelib taslim bo’lganlaridan keyingina o’t ochish to’xtatiladi. General Skobelev 18-yanvarda Asaka shahrini to’pga tutib, himoyachilar qarshiligini engadi va uni egallaydi.Tushkunlikka tushgan Abdurahmon oftobachi 12 ta safdoshi hamda 700 ta askari bilan 20-yanvarda taslim bo’ladi. Abdurahmon oftobachiga ixtiyoriy taslim bo’lganligi, ruslarga nisbatan vaxshiylik qilmaganligi uchun keyinchalik polkovnik unvoni beriladi. U taslim bo’lgan kuniyoq Po’latxon o’ta shafqatsizligi tufayli obro’sizlanganini va uni tutishga yordam berishini aytadi. Ruslar homiylik qilgan xon tarafdorlari Qo’qonni Po’latxon tarafdorlaridan tortib oladilar va Nasriddinxonni qaytadan taxtga o’tqazadilar. Bu orada Po’latxon Andijondagi mag’lubiyat va Abdurahmon oftobachining taslim bo’lganini eshitadi va uning aka-ukalari, kelinini o’ldiradi. Ayni vaqtda 8 rus asiri ham o’limga hukm etiladi. Po’latxon minglab odamlarni o’z atrofiga to’plagan bo’lsada, na harbiy, na davlatni boshqarish ishlaridan tamomila bexabar oddiy bir kishi edi. U ko’proq zo’rovonlik va kamsitish vositasi bilan ish yuritganligi sababli mavqei borgan sari pasayib bordi. Uning qarorgohi Marg’ilonda joylashgan edi. Ruslar Marg’ilonga yaqinlashganlarida jang qilish imkoniyati bo’lsada Po’latxon 5000 kishilik qo’shini bilan Uchqo’rg’onga chekinadi . 1876-yil 28-yanvarda ruslar Uchqo’rg’onni qurshab oladilar. Jang natijasida Po’latxon qo’shini to’zitiladi , uning mol-mulki, xazinasi o’lja olinadi. O’zi esa Oloy vodiysiga qochadi. Bu erda Qorategin hokimi unga hujum qiladi va oXIrgi kuchlarini engadi. Po’latxon Chavay degan qishloqda qo’lga olinib ruslarga topshiriladi. Ana shu tariqa Po’latxon qo’zg’oloni bostiriladi. Qo’qon xonligida ruslar eng qattiq qarshilikka duch kelgan edilar. Shahar va qishloqlarning yondirilishi, vayron qilinishi, o’n minglab qurbonlar berilishi ham kurashni to’xtatmagan. Chunki istilochilarga bu safar mamlakat qonini so’rib, uning nafratini qozongan zodagonlar va ularning qo’shini emas balki ruslarga qaram bo’lishni, milliy mustaqillikni yo’qotishni istamagan xalq turar edi. Xalqning qarshiligini engish esa ming chandon qiyin bo’ldi. Ruslarga tilyog’lamalik qilib, ular tomonga o’tgan va shu sababli xalq orasida obro’sizlangan Nasriddinxon endi xonlikni boshqara olmas edi. Buni tushungan ruslar Qo’qonni egallaydilar va xonlikni tugatib, uning hududida Farg’ona viloyatini tashkil qiladilar. Hamda uni bevosita Rossiya tarkibiga kirgizadilar. Nasriddinxonga nafaqa tayinlanib, Vladimir guberniyasiga surgun qilinadi. Abdurahmon oftobachiga ham nafaqa berilib Rossiyaga surgun qilinadi. Po’latxon esa 1876-yil 1-martda Marg’ilonda dorga osiladi. Xonlik tugatilib, qo’zg’olon bostirilgan bo’lsada, qirg’izlar ozodlik kurashini davom ettiradilar. Faqat 1876-yilning oXIriga kelibgina qirg’izlarning qarshiligi sindiriladi va g’alayonlar bostiriladi. Qo’qon xonligi tugatilib, davlat viloyatga aylantirilgach rus generallarining nigohi Kaspiy ortiga qaratildi. 1877-yili Axaltaka voxasidagi yirik manzilgoh Qizil Arvat ruslar tomonidan egallanadi. 1879 yil general Lazarev qismlari Ko’ktepaga hujum qiladilar. Lekin turkmanlar ularning hujumini qaytaradilar. Katta talofat ko’rgan ruslar chekinadilar. Mag’lubiyat sababi qo’shin ta’minoti deb bilgan ruslar aynan shu safar temiryo’l qurilishini boshlaydilar. Ruslarning navbatdagi hujumiga general Skobelev rahbarlik qiladi. Uning qo’shinlari bilan turkmanlar o’rtasidagi jang 1881-yil yanvar oyida bo’ladi. Turkman vatanparvarlariga Tiqma sardor rahbarlik qilgan. Ruslar Ko’ktepa ostonalaridagiday qarshilikka hech qaerda uchramagan edilar. Ko’ktepa qamali vaqtida ruslarning bayrog’i va zambaragi vatanparvarlar tomonidan o’ljaga olinadi. Ruslar 8000 odamini, yaradorlar bilan birga 10000 odamini yo’qotdi. Ular hech qaerda bunchalik talofat ko’rmagan edilar. Skobelov shaharni 4 kun talash uchun o’z qo’shiniga berdi. Talash qirg’inga aylanib ketdi. General Skobelevning o’zi Marvin degan shaxs bilan suxbati chog’ida 20000 turkman o’ldirilganini aytadi. Ayollarni, yoshu-qarilarni - hech kimni ayab o’tirmasdan qilichdan o’tkazganlar, otib tashlaganlar. General Grodekov qal’a ichidagi ba’zi uylarda 15 tagacha o’lik yotar edi deb ma’lumot bergan. 1884-yilda rus qo’shinlari Marv vohasida o’z hukmronligini o’rnatdilar va shu bilan amalda Turkiston hududining Rossiya tomonidan bosib olinishi oXIriga etkazildi. Shunday bo’lsada ruslar Afg’oniston tomon yurishlarini 1895 yilga qadar davom ettirdilar. Bir necha bor chegara janglari bo’lgan. 1895 yilda tuzilgan bitim Rossiyaning janubiy chegaralarini Kushka daryosigacha deb aniqladi. Bosqinchilik yurishlari Rossiyaga 1.583.255 kv.km.hududni egallash imkonini berdi. O’lkada chorizmning mustamlakachilik davri boshlandi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling