Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat univeersiteti tarix fakulteti


Download 1.15 Mb.
bet8/44
Sana17.11.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1782559
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
Ўзб тарихи мажмуа 3 курс 2022-2023

Axborot manbalari (saytlar):

  1. www.gov.uz – Oʻzbekiston Respublikasi hukumat portali.

  2. http://tdpu.uz

  3. http://pedagog.uz

  4. www.ziyonet.uz

  5. www.edu.uz.

  6. www.google.uz

Mazkur fan sillabusi “O‘zbekiston tarixi” kafedrasining 2022-yil _-______ dagi __ - son majlisida tasdqilangan.



Kafedra mudiri: dots. G.B.Normuradova
Mazkur modul tarix fakulteti kengashining 2022-yil dagi -sonli yigilishida korib chiqilgan va tasdiqlangan.

Kengash raisi: prof. Djurakulova D.M


Kelishilgan
SamDU oʻquv uslubiy boshqarma boshligʻi:
______________ Sh.Muranov
“__”_______2022 yil





O‘RTA OSIYONI BOSIB OLISHNING BOSHLANISHI. TOSHKENT MUDOFAASI
REJA
1.RossiyaningXIX asrning birinchi yarmida o’zbek xonliklariga tajovuzi.
2.Sirdaryo va Sibir liniyalarining shakllantirilishi.
3.O’rta Osiyoni egallash uchun Rossiya va Angliyaning kurashi.
O’rta Osiyo xonliklarining Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlaka aylantirilishi hamda podsho Rossiyasining Turkistonda olib borgan mustamlaka siyosatiga doir manbalar boy va salohiyatlidir. Bu manbalarni bir necha Xilga bo’lib o’rganishimiz mumkin. Manbalar orasida eng ishonarli va nufuzli hisoblanganlari mahalliy tarixchilarimiz tomonidan XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida yaratilgan. Ular orasidan Muhammad Solix Toshkandiyning «Tarixi jadidi Toshkand», Avaz Muhammad Attor Xo’qandiyning «Tarixi Jahonnamoyi», Muhammad Yunus Toibning «Tarixi Aliquli Amirlashkar», Mullo Holiboy Mametovning «Urus lashkarlarining Turkistonda tarixi 1269-1281 sanalarda qilgan futuxotlari», Mullo Olim Maxmudxojaning «Tarixi Turkiston», Niyoz Muhammad Xuqandiyning «Tarixi shohruXIy», Ibratning «Tarixi Farg’ona», Muhammad Yunus Bayoniyning «Shajarai Xorazmshohiy» va boshqa bir qator asarlarini alohida ko’rsatib o’tishimiz mumkin.
Bu manbalar bilan bir qatorda O’zbekiston respublikasi Markaziy Davlat arXIVida saqlanayotgan ko’plab hujjatlar, rus harbiylari va tarixchilari tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va hujjatlar ham mavzuni o’rganishda muhim manbalar bo’lib hizmat qiladi. Biroq bu asarlar va hujjatlarni o’rganishda ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashib, haqqoniy va holis xulosalar chiqarish maqsadga muvofiqdir.
2-masala: XIX asr o’rtalariga kelib Chor Rossiyasi va Angliya davlatlarning mustamlakachilik siyosatidagi manfaatlari O’rta Osiyoda to’qnashdi. Har ikki davlatning Turkistonga bo’lgan qiziqishlari bundan ancha avvalroq boshlangan bo’lib, har ikki davlat ham Turkistonni o’z manfaatlari doirasiga kiritishga harakat qilardilar.
XIX asr boshlaridanoq Angliya o’zining Hindiston va Afg’onistondagi mulklaridan turib o’zbek xonliklari bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalarini boshlab yubordi. Angliya siyosatchilari Rossiyaning o’zbek xonliklari bilan tobora iqtisodiy jihatdan yaqinlashib borayotganidan tashvishga tushib, xonliklarning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishidan xavsirardi. O’z navbatida Rossiya ham Buyuk Britaniyaning Turkiston va Kaspiy dengizi sharqidagi erlarni bosib olishdan tashvishga tushgan edi.
Bu siyosiy o’yinda Angliyaning asosiy maqsadi o’zbek xonliklarini birlashtirib, Rossiya impreriyasi tomonidan bosib olinishiga yol qo’ymaslik va shu bilan birga O’rta Osiyo bozorlarini egallashdan iborat edi.
Angliya o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun XIX asr 30 - yillaridan boshlab O’rta Osiyo xonliklariga o’z elchilari va missionlarini yubora boshladi. A. Byorns, Stoddart, Konnoli, Abbot, Shekspir kabi bir qancha ingliz missionerlari XIX asrning 30-50 yillari davomida bir necha bor o’z maqsadlarini amalga oshirish uchun kelgan bo’lsalarda, ularning hammasi o’z maqsadlariga eta olmadilar.
XIX asr o’rtalariga kelib, Rossiya va Angliya o’rtasidagi raqobat va keskinlik chuqurlashdi. 1856 yil 19 martda har ikki davlat o’zaro keskinlikni yumshatish maqsadida bitim imzolaydi. Biroq bu bitim ham vaziyatning yumshashiga ta`sir ko’rsata olmadi. 1858 yil mart oyida Angliya parlamenti Hindistonda mustamlaka siyosatini amalga oshirish va Turkiston xonliklari bilan savdo aloqalarini kengaytirish ko’zda tutuvchi qarori va mahsus qo’mita tashkil etdi. Bu esa rus hukumatining qattiq tashvishga soldi va o’zbek xonliklarini bosib olish masalasini kun tartibidagi birinchi o’ringa olib chiqdi. Dastlabki harbiy harakatlar Qo’qon xonligiga qarshi qaratildi. Rossiya imperiyasining keyingi yillaridagi olib borgan tashqi siyosati Angliya bilan keskin vaziyatning yuzaga kelishiga olib keldi. Har ikki davlat ham yuz berishi muqarrar bo’lgan harbiy to’qnashuvning oldini olib, 1869 yilda muzokaralar o’tkazdi. Bu muzokaralar ikki davlat o’rtasidagi betaraf hududni aniqlab berishi lozim edi. Biroq Rossiya hukumati Angliyaning betaraf hudud Afg’oniston va O’rta Osiyo bo’lishi kerak degan talabiga qarshi chiqib, betaraf hudud Afg’oniston bo’lishi, O’rta Osiyo esa Rossiya imperiyasi tasir doirasida bo’lishi kerak degan siyosatni ilgari surdi. Oqibatda bu masala ochiq qoldi. Keyinchalik Rossiyaning O’rta Osiyodagi bosqinchilik siyosatini kuzatib turgan Angliya hukumati vakili, Hindiston vitse-qiroli Forsayt 1873 yildi yashirincha Toshkentga keldi va Kaufman bilan uchrashib, Rossiyaning O’rta Osiyoni butunlay bosib olishga roziligini va Afg’oniston betaraf hudud bo’lib qolishni bildirdi. shu tariqa Angliya va Rossiya o’rtasidagi O’rta Osiyo masalasida yuzaga kelgan raqobatchilik rus diplomatiyasining ustunligi bilan tugadi. Biroq Angliyaning aralashuvi bilan Buxoro amirligi o’z mustaqilligini qisman saqlab qolishga erishdi.
3-masala: Rossiya imperiyasi XIX asr boshlaridanoq Turkistonni hududiy – geografik, harbiy-siyosiy, ilmiy o’rganishga jiddiy kirishdi.
1803 yilda Ivanov boshchiligidagi dastlabki missiya xonliklar orasida harbiy, siyosiy, iqtisodiy jihatdan katta kuchga ega bo’lgan Buxoroga etib keldi va amirlik haqida bir qancha malumotlarni qo’lga kiritdi.
1920 yilda A.F.Negri boshchiligida o’z tarkibida olimlardan G.Meendorf, E.Eversman, Budrinlarga ega bo’lgan ikkinchi missiya amirlik haqida ko’proq malumot yig’ish uchun keldi. G.Meendorf kelajakda rus qo’shinlarining Buxoroga harbiy bosqinchilik bilan kelganlarida foydalanishlari uchun butun tafsilotlarni o’zida mujasam etgan xaritalar tuzish bilan shug’ullandi.
1834 yilda Buxoroga yangi missiya yuborildi. Bu missiya mutlaqo josuslik maqsadidagi topshiriqlarni bajardi. Bu missiyaga turkiy tillarni va bu xalqlarning tarixini yaxshi bilgan Qozon universitetining sharqshunoslik fakul`teti talabasi P.Ch.Demizon rahbarlik qildi. Unga tatar mullasi Mirza Jafar nomi bilan soxta pasport va diplomatligini tasdiqlovchi hujjat berildi. Unga yuklatilgan vazifa o’ta muhim bo’lib, rossiya bilan Xiva o’rtasida urush kelib chiqsa Buxoro bunga qanday munosabatda bo’lishini aniqlashdan iborat edi.
1835 yilda praporshik Vitkevich maxfiy ko’rsatmalar bilan Buxoroga jo’natildi. 1839 yil aprelda Buxoroga muhandis – geolog, kapitan Kovalevskiy boshchiligidagi ekspeditsiya yuborildji va unga Turkistondagi mavjud oltin va boshqa madan konlarini xaritalashtirish topshirildi. Shuningdek Buxoro amirligining geologik tuzilishi, Buxoroda oltin buyumlar bilan savdo qilishning ahvoli va amirlikning tashqi savdo munosabatlari haqida statistik malumotlar to’plash vazifasi yuklatilgan edi.
1841 yil Buxoroga N.Xanikov boshchiligidagi missiya o’z tarkibida N.Zalesov, Leman kabi olimlar bilan birgalikda keldi va O’rta Osiyo flora va faunasini o’rganishga kirishdi. 1843 yilda N.Xanikov o’z safar natijalari haqida hisobot to’plab tashqi ishlar vazirligiga topshirdi va shu yiliyoq hisobt tegishli idoralar uchun yollanma sifatida «Opisanie Buxarskogo xanstva» nomi bilan kitob holida nashr etildi. Bu kitob O’rta Osiyoga yurish qiladigan qo’shinning zobit va askarlariga tarqatish uchun Orenburg general – gubernatorligiga jo’natildi. Kitobda Buxoro xaritasi, Samarqand shahri plani ilk marta elon qilindi.
1842 yilda Buxoro amirligiga yuborilgan K.Butenevga yanada maxfiy topshiriq berildi. U bu topshiriqlarni qoyil qilib bajardi. rus hukumatiga «Buxoroga qo’shin tortib borish imkoniyatlari» deb atalgan maxfiy ish topshirdi. Unda amirlikni bosib olish mumkinligi aniq tavsiflab berilgan. Hukmuatni va rus generallarini amirlikni tezroq bosib olishga undadi.
Xuddi shunday missiyalar Xiva va Qo’qon xonliklariga nisbatan ham amalga oshirilgan.
1820 yilda kapitan Muravyov boshchiligidagi missiya Xiva xonligini bosib olish rossiya uchun Buxoro va Hindistonga yol ochadi va butun O’rta Osiyoni rossiya tasirida ushlab turish imkoniyatini beradi degan xulosaga keladi va bu xulosalarga tayangan hamda Muravyovning maslahatlariga amal qilgan graf Perovskiy rus hukumatining roziligini olib, 1839 yil XIVga yurish qiladi va to’la mag’lubiyatga uchraydi. Yurish ishtirokchisi M.Ivanin «Opisanie zimnego poxoda v XIVu(1839-1840g)» nomli asarida Xiva xonligi ustidan tamomila o’lim hukmini chiqarish va unga xatto kerak bo’lsa eklogik urush elon qilish, yani, Amudaryoni Kaspiy dengiziga burib yuborish takliflarini kiritadi. Bu g’oyalari bilan rus mustamlakachilari shafqatsizlik borasida Chingizxondan ham o’tib ketgan edilar.
1858 yil O’rta Osiyoga yuborilgan polkovnik Ignatev boshchiligidagi missiya o’z ishini tugatar ekan, «O’rta Osiyo xonliklari bilan teng asosdagi savdo va boshqa aloqalar foyda bermaydi. Elchilarni kutish va jo’natishga ketadigan barcha harajatlarni harbiy yurishglarga sarflab, bu hududlarni bosib olish kerak» – mazmunidagi o’ta shovinistik va bosqinchilik ruhi yaqqol namoyon bo’lib turgan xulosalarni chiqaradi.
Yuqoridagi kabi missiyalar va ekspeditsiyalar, elchiliklar yordamida rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklari to’g’risida ko’plab qimmatli malumotlarga ega bo’ldi. Xonliklar orasida birlikning yoqligi, ular o’rtasida davom etib turgan qonli nizolardan foydalanib tezroq xonlikularni bosib olish rejasini ishlab chiqa boshladi va ularni amalga oshirishni eng tajribali rus generallariga topshirdi.

  1. O’rta Osiyo va Rossiya munosabatlari qadim zamonlardan boshlangan. Buni XIII-XV asrlarda O’rta Osiyoda zarb etilgan tanga pulning rossiyada topilishi bilan isbotlash mumkin. Volga bo’yida Bulg’or va Xazor davlatlari mavjud bo’lgandayoq savdo aloqalari rivojlanishi uchun imkoniyat yaratilgan.

Dastlab Astraxon, Qozon keyinroq Sibir xonliklari rossiya tomonidan zabt etilgan. XVI asr o’rtalarida munosabatlar yanada rivojlandi, yani bir-birlari bilan bevosita qo’shni bo’lib qoldi. Ayniqsa o’sha davrda diplomatik munosabatlar o’rnatilishi iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlarni tartibga keltirdi. Masalan, Buxoro va Xiva xonliklari elchilari 1557 yilda Astraxonga borgan edi. 1558 yilda esa Chor hukumati Jenkinsonni O’rta Osiyo xonliklariga elchi qilib yuborgan edi.
XVIII asr oXIriga kelib savdo yollari yanada kengaydi. Agar avvallari Volga daryosi, Kaspiy dengizi va Mang’ishloq orqali Xivaga, u orqali Buxoroga doimiy, Qoqonga esa onda-sondagina savdo karvonlari borsa, endilikda ikkinchi savdo yoli Orenburg orqali Toshkent, Qoqon va Buxoroga boriladi. Uchinchi savdo yoli ham Semipalatinsk va Petropavlovsk orqali qozoq cho’llari va Sarisuv bo’ylab Sibir savdo yoli yuzaga keldi.
XIX asr birinchi yarimiga kelib Orta Osiyo va rossiya savdo munosabatlari yanada kengaydi. Bunga asosan Rossiya sanoatining va uning yangidan-yangi bozorlarga ehtiyoji kuchayishi sabab bo’ldi. rus sanoati mahsulotini sotish uchun yangi bozor qidirish zaruriyati va uning uchun xom ashyo negiziga ega bo’lishlik ehtiyoji tufayli O’rta Osiyoga qiziqish yanada kuchaydi. Agar XIX asr birinchi choragida ikkala tomonlar o’rtasida asosan tayyor mahsulotlar ayirboshlangan bo’lsa, shu asr ikkinchi choragida paxta alohida ahamiyat kasb eta boshladi.
XIX asr boshlarigacha Orta Osiyoga metall buyumlar chiqarish taqiqlangan edi. Endi savdoni rivojlantirish maqsadida temir, po’lat, mis, cho’yan kabi metallardan yasalgan buyumlar ham O’rta Osiyoga chiqariladigan bo’ldi. Keltirilgan misdan har Xil idishlar va chaqa pul yasalardi. Temir va cho’oyndan qishloq xo’jalik asboblari tayyorlandi. Qisqasi, ishlab chirarishni rivojlanishida muhim rol o’ynaydi.
1826 yil fevralida general – mayor Verigin imperator Nikolay I ga alohida xat bilan murojat qilib, unda rossiya engil sanoat va savdosi rivojlanishi hamda inglizlarning Tatariston chegaralariga yaqinlashuvi O’ra Osiyoni tezlik bilan bosib olishni taqozo lmoqa, deb ko’ratgan edi. Lekin u vaqtda chor hukumatining asosiy etibori O’rta Osiyoga emas “sharq masalasi” deb nomlangan Evropa voqealari bilan band edi.
XIX asr ikkinchi choragida rossiyada kapitalistik munosabatlar yanada tezroq rivojlandi. Lekin rus tovarlariga poshlinalarining yuqori bo’lishligi, ularning erkin emas, balki tatar boshqird va O’rta Osiyolik savdogarlar orqaligina kirib kelishi ikkala tomon orasidagi savdo rivojlanishini qiyinlashtirardi.
Undan tashqari XIX asr 30-40 yillaridan O’rta Osiyoga Angliya kapitali ham kirib kela boshladi va ular rus tovarlari bilan raqobatda g’olib chiqishi mumkin bo’ldi. Angliyaning Afg’onistonga bostirib kirib, O’rta Osiyo chegaralariga yaqinlashuvi ham jiddiy xavf edi. Ana shunday sharoitda O’rta Osiyoda Rossiya o’zining, iqtisodiy pozitsiyasini mustaxkamlash zarur deb hisobladi.
Ana shu maqsadda “Rossiya-Osiyo savdo kompaniyasi” tashkil qilinib, uning asosiy vazifasi O’rta Osiyoda rossiyaning iqtisodiy va siyosiy ekspantsiyasini va inglizlar tasirini siqib chiqarishini taminlashdan iborat bo’lgan. XIX asr 40-yillarida Chor hukumati O’rta Osiyo xonliklari bilan savdoni engillashtiruvchi qator tadbirlarni amalga oshirdi. Masalan, O’rta Osiyo xonliklaridan rossiyaga keltiriladigan tovarlarga bir foizgina poshlina belgilandi. 1848 yil Chor hukumati Mang’ishloqdagi rus tovarlariga bo’lgan poshlinani ham bekor qildi.
Shuni qayd etish lozimki, XIX asr 50-60 yillarida chorizm O’rta Osiyo xonliklarini bosib olish rejasini amalga oshirishga kirishmagan edi. Chunki bu ish juda katta tayyorgarlikni talab etar edi. Buni 1839 yilda general-Perovskiyning Xivaga muvaffaqiyatsiz qilgan harbiy yurishi ham taqoza qilardi. Kechiktirilishiga yana bosh sabablardan biri Chor hukumatining butun etibori va mamlakat resurslari Kavkazni bosib olishni oXIriga etkazishga qaratilgan edi. Undan tashqari 1848 yil Evropadagi inqilobiy voqealar va 1853-1856 yillardagi Qrim urushining muvaffaqiyatsiz tugallanishi ham O’rta Osiyoni bosib olishni kechiktirilgan edi (1854-1864).
Lekin shunga qaramasdan XIX asr 40-50 yillarida rossiya O’rta Osiyo xonliklarida iqtisodiy siyosiy va diplomatik munosabatlarni o’rnatishni tezlashtirdi. Masalan, 1848 yilda Nikiforov boshliq rus missiyasi Xivada, Butenov boshliq missiya esa Buxoroda bo’ldilar.
Nikiforov talabiga ko’ra Sirdaryoning shimolidagi barcha xududlar va Kaspiy dengizi sharqiy qismi Rossiyaga o’tishi Xiva xonligida qulchilik tartiblari tugatilishi va barcha rus muhojirlari qaytarib berilishi kerak edi. Lekin Xiva xonligi bunga rozilik bermadi.
shu sababli 1842 yil Xivaga Danilevskiy boshliq yangi missiya kelib, unda rus savdo karvonlarini turkman va Xivaliklar xujumidan mudofaa qilishga kelishiladi.
Butenov missiyasidan ham deyarli ijobiy natija chiqmadi. Lekin A.V. Xonikovning “Buxoro xonligi yozilishi” nomli kitobida amirlikni harbiy jihatdan o’rganishi kelajakda muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
XIX asr 40-yillari oXIridan Chor hukumati O’rta Osiyoga kirishni boshladi. Dastlab 1848 yilda Sirdaryo quyilishi joylari egalanib, u erda “raim” deb nomlangan qala qurilishi butun Orol dengizi atrofi mustaxkamlanib olinishi taminladi va keyinchalik O’rta Osiyo ichiga kirib borishga imkoniyat yaratdi.
1851 yilda Orenburg va Samara harbiy general – gubernatori qilib general Perovskiy tayinlandi. U aslida O’rta Osiyo xonliklarini tezlikda harbiy yol bilan qo’lga kiritish tarafdori edi. Endi Orol dengizidan Sirdaryo yuqorisi bo’ylab harakat qilib, 1853 yilda hozirgi “Kazalinskiy I- son fort” nomi bilan yangi qala qurdi. 1853 yilda Perovskiy yuborgan harbiy otryadlar Qo’qon xonligiga qarashli Oqmachit (Qizil O’rda ) qalasini qo’lga kiritda va u erda “Perovskiy forti” nomi bilan yangi qala barpo etildi. Tarixda buni “Turkiston fojeasi” deb ham ataladi. “Turkiston fojeasi” Oqmachit fojeasidan boshlanadi. O’tgan asrda rus bosqini arafasida Markaziy Turkistonda uchta davlat – Buxoro amriligi, Xiva va Qo’qon xonliklari mavjud edi. Tarix darslarida bular umumiy qilib “O’zbek xonliklari” deyilsa-da, Qo’qon xonligiga doir tarixiy manbalarda bu davlat “Turkiston mamlakati” deb tilga olingan, uning hukmdori esa “Xoqon ibn xoqon sulton.” deb yuritilgan. shunday xoqon ibn hokonlardan biri 1822-1842 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Alixon ibn Umarxon edi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, Amir Temur zamonlaridan beri sharqiy Turkiston G’arbiy Turkistonga birlashmagan edi. Bu tarixiy voqea xuddi shu Muhammad Alixon zamonida yuz berdi. Uning bu muvaffaqiyatidan cho’chigan atrofidagi davlatlar sarosimaga tushdilar va o’zlari chora ko’rishga kirishdilar. Josuslar yuborib, uchta qo’shni va qardosh davlat o’rtasida nizo chiqarishga urindilar. Muhammad Alixonni badnom qilib qatl etilishiga erishdilar. Bu ishni Buxoro amiri Nasurullo amalga oshirdi. Uzoqni ko’zlagan bosqinchilar Turkistoni zabt etishga ana shunday hozirlik ko’rdilar, bu erdagi davlatlar birlashmasi deya, ularni bir - birlariga yov qilib qo’ydilar.
Muhammad Alixon hayotligida Qo’qon xonligining xududi Sirdaryoning quyi oqimlaridan to sharqiy Turkistongacha edi, janubiy chegara Pomir tog’larigacha borsa shimoli Olma – Ota , Pishpak, Issiqko’l bo’ylarigacha boradi. Bu davrda qurilgan yangi shaharlardan biri Sirdaryo bo’yidagi Oqmachit edi. Bu erda qurilgan machit olis-olislardan oppoq bo’lib ko’ringani uchun xalq shaharni Oqmachit deb atagan.
Rus bosqiniga birinchi bo’lib ana shu Oqmachit (hozirgi Qizil O’rda) duchor bo’ldi.
Oqmachit shahri istilo qilingach, Chor hukumati bosqinchi general nomini abadiylashtirish maqsadida uni Petrovsk deb atadi. 70 yildan ortiq vaqt mobaynida shahar shu nom bilan yuritildi. 1920 yillarda o’sha paytdagi Qozog’iston muxtor hukumati Orenburgdan ko’chirib yuborilgach, bu shahar shu hukumatning qarorgohi bo’ldi va Qizil O’rda deb atala boshladi.
Shunday qilib, rossiyaning Sirdaryo harbiy chizig’i yuzaga keltirilib, u kelajakda O’rta Osiyoni bosib olishda juda katta imkoniyatlar yaratdi. Bu bilan yana G’arbiy Sibir va Semipalatinsk tomonidan ham O’rta Osiyoga kirish imkoniyati harbiy chizig’i yaratildi. Endi G’arbiy Sibir harbiy general-gubernatoriga Zailiy o’lkasini qo’lga kiritish vazifasini yuklandi. shu maqsadda 1847 yilda Ettisuvdagi Ulutovda Kopal qalsi barpo qilindi. 1850-1854 yillarda chor harbiy qo’shinlari Zaili o’lkasini to’la qo’lga kiritdi. 1854 yilda Olma-Ota qishlog’ida Verniy nomli qala yuzaga keltirildi. shunday qilib, shimol tomonda Semipalatinsk Verniy o’rtasida Sibir harbiy chizig’i (liniyasi) yuzaga keltirildi.
Sirdaryo va Sibir harbiy chiziqlarining yuzaga keltirilishi bilan O’rta Osiyoni bosib olishning barcha imkoniyatlari yaratildi. Endi buning amalga oshirilishi halqaro vaziyatga bog’liq edi. shu orada Qrim urushining (1853-1856 y.) boshlanishi Chorizmning O’rta Osiyoni bosib olish rejasining amalga oshirilishini orqaga surdi. Bundan O’rta Osiyo xonliklari ham foydalanishga harakat qilishib Rossiya qo’shinlarini shimolga surishga intildilar. XIX asr o’rtasida Qo’qon xonligi Qozog’istonning qator tumanlarini Turkiston va boshqalarni bosib olishga kirishdi. Undan tashqari O’rta Osiyo xonliklari qozoq feodallarining “Kenisarlar harakati” deb nomlangan feodal-monarXIyasi mazmuniga ega bo’lgan harakatini ham zo’r berib quvvatladilar. 1853 yil oXIrida Yoqubbek boshchiligidagi Qo’qon harbiy kuchlari Oqmachit qalasiga hujum qilib, uni qo’lga kirita oldilar.
Qrim urushidagi rossiya mag’lubiyatidan keyin Turkiya hukumatining O’rta Osiyo xonliklarini birlashtirib rossiyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlashga intilishi sezildi. Hindistonda mo’stahkamlanib olgan Angliya esa Afg’oniston chegaralariga yaqinlashadi. 1856 yilda ingliz agentlari Qo’qon va Xiva xonligida paydo bo’lishdi. Inglizlar yordamiga tayanib Afg’oniston hukmdori Do’st Muhammad Balxni egallab, Amudaryo janubidagi barcha tumanlarni qo’lga kiritish uchun harakat qila boshladi.
Bu davrda Angliyaning rossiya bilan yaqin siyosat olib borayotgan Eronga ham tazyiqi kuchayib bordi. Ana shunday sharoitda rossiya hukumatidan O’rta Osiyoga tasir doirasini kengaytirishning yangi va favquloddagi chora-tadbirlarini amalga oshirishni talab etardi.
Shu maqsadni amalga oshirish uchun 1858 yilda Xiva va Buxoroga polkovnik Ignatev boshliq missiya yuborildi. Ular bilan birgalikda Butakov boshchiligidagi 2 ta paroxod ham yuborilib, uning Orol dengizidan Amudaryoga va u erdan oqim yuqorisiga borishi mo’ljallandi. Lekin ular Qo’ng’radgacha etib bordi, uning narisiga borishga Xiva xoni ijozat bermadi.
Ignatev missiyasining asosiy maqsadi Xiva xonligidan rossiyaga qarshi barcha intilishlardan voz kechishini, Amudaryo bo’ylab rus kemalarining erkin suzishini, Xivada rus savdo agentligini o’rnatishni va rossiya tovarlariga 2,5 % gacha poshlinalar belgilashni taminlashdan iborat bo’lgan. Lekin Xivada bu xohishlarning birontasi amalga oshmadi.
Ignatev missiyasi Buxoroda ayrim muvaffaqiyatlarni qo’lga kiritdi. U rus tovarlariga poshlinani kamaytirishga va Buxoroda vaqtinchalik savdo agentligini ochishga erishdi. Buxoro amirining bu siyosati uning Xiva va Qo’qon xonliklari bilan yomon bo’lganligi natijasi edi.
Muhimi shuki, ana shu missiyalar natijasida Chor Rossiyasi O’rta Osiyoga bo’lgan siyosatini keskin o’zgartirdi. Bunda 1858 yilda Perovskiyning vafoti munosabati bilan Samara va Orenburg general-gubernatori qilib tayinlangan Katenin katta rol o’ynadi. Uning fikricha hozir Xivani chetlab o’tib, Qo’qon xonligiga harbiy yurishni boshlash zarur edi. U Sirdaryo chizig’ini etarli darajada mustahkam deb hisoblab, Turkiston va Toshkent shaharlarini tezlikda qo’lga kiritish, butun O’rta Osiyoni bosib olishdagi muhim rolini qayd etgan. Uning fikricha dastlab Julakni (Janubiy Qozog’istonda ) keyin Toshkentni qo’lga kiritib, Buxoro xonligi asosiy shaharlariga harbiy harakatni boshlash mumkin edi. Bu fikrni Julak shahrini bosib olishni podsho Aleksandr II quvvatladi, lekin Turkiston va Toshkentni bosib olishni diplomatik munosabatlarni qiyinlashtirmasligi maqsadida keyinga qoldirdi.
O’z navbatida G’arbiy Sibir general gubernatori Gosford Chu daryosi bo’yida Qo’qonliklarning faollashganligini sezib, Qo’qon xonligidagi Pishpak qalasini tezlikda egallashni taklif etdi. Kavkazdagi chor harbiy qismlari qo’mondoni knyaz A. I. Baryatinskiy inglizlarning Eron va Turkmanistonning ayrim tumanlarida faollashganini sezib, Kaspiy dengizi sharqiy qirg’oqlarida mustahkalashni taklif etdi.
Chor hukumati yuqoridagi rejalardan Katenin takliflarini amalga oshirishni hali ertaroq deb hisoblasa-da, G’arbiy Sibir general-gubernatori Gosfordga Pishpakni egallash uchun rozilik berildi. Kaspiy dengizi janubiy sharqiy qismiga polkovnik V. D. Dandevil boshliq missiya yuborildi. Chorizmning bu harakati inglizlarning katta noroziligiga sabab bo’ldi. Bu o’z navbatida rossiya Eron munosabatlari yomonlashuviga olib keldi. shu sababli Chor hukumati Kaspiy dengiz sharqida o’z mavqeini mustahkamlash rejasini amalga oshirishni keyinga surishga majbur bo’ldi.
Shunday qilib, chor rossiyasi XIX asr 90-yillarida O’rta Osiyoda o’zining mavqeini mustahkamlash siyosatini amalga oshira olmadi. Buning uchun ham ichki ham tashqi qiyinchiliklar mavjud edi.
4-masala: Rossiya imperiyasi O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishi va uning bitmas tuganmas boyliklariga egalik qilishni bir asrlar avval o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan edi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun amaliy harakatlar Petr I davridayoq boshlangan edi. Bir necha bor amalga oshirilgan elchilik va josuslik malumotlariga tayangan holda Petr I O’rta Osiyoni qo’lga kiritish uchun dastlab qozoq juzlarini bo’ysundirish va ulardan keyinchalik vosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. Degan fikrni ilgari surgan edi. Turli yollar bilan qozoq erlariga kirib kelgan ruslar birin ketin zab etilgan erlarda harbiy qalalar va istehkomlar ko’ra boshladi. 1717 yilda qurilgan Omsk, 1718 yilda qurilgan Semipalatinsk, 1720 yilda qurilgan Ust-Kamenogorsk, 1735 (1742 -?) yil qurilgan Orenburg qal`alari kabi mustahkam harbiy istehkomlar ruslarning bu erdagi harbiy hukmronligi hali uzoq davom etishi va ular faqatgina qo’lga kiritgan erlar bilan qanoatlanib qolmasliklarni bildirardi. 1731-1740 yillar davomida Kichik va Katta qozoq juzlarining rossiya tobeligiga o’tish rossiya imperiyasining O’rta Osiyoning ichki hududlariga bostirib kirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yuzaga keltirdi. Yuqoridagi hududlarni qo’lga kiritganlaridan so’ng, rossiya davlati chegaralari bevosita o’zbek xonliklari chegaralar bilan tutashib qolgan edi. Biroq rossiyaning Evropada yuzaga kelgan siyosiy vaziyat va tashqi davlatlari bilan harbiy harakatlarning olib borilishi O’rta Osiyo xonliklariga qarshi qaratilgan harbiy harakatlarini yana bir asr kechiktirishga majbur qildi. Bu davr mobaynida bosib olingan hududlarda erkparvar qozoq sultonlaridan biri Kenasari Qosimov ruslarga qarshi ozodlik kurashlari olib boradi.
Bu qo’zg’olonlarni bostirish uchun minglab qurolli kuchlarga ega bo’lgan general Obruchev, polkovnik Lebedev, Dushikovskiy, podpolkovnik Gorskiylar hech qanday natijaga erisha olmadilar. Bunda xulosa chiqargan rus hukumati bepayon qozoq dashtlarida ko’plab harbiy qalalar va istehkomlar ko’rishga kirishdi. Natija XIX asr o’rtalariga kelib Qozog’iston hududlarida 60 ga yaqin harbiy va 100 dan ortiq kichikroq istehkomlar barpo etildi. Bu ishlarning hammasi kelgusida o’zbek xonliklariga qarshi kurashga puxta tayyorgarlik ko’rilganligini bildirar edi. Chor rossiyasining xonlikarga qarshi harbiy yurishlardan dastlabkilaridan biri 1839 yilda Xiva xonligiga qarshi Orenburg general gubernatori graf Perovskiy tomonidan amalga oshirildi. 1839 yil 16 fevralda tasdiqlangan rejaga ko’ra Xivagacha bo’lgan 1300 chaqirim masofa uch oy ichida bosib o’tilishi lozim edi. 5333 kishilik armiya mahalliy aholining kuchli qarshiligiga duch keldi va 1045 kishi o’ldirildi, 609 kishi yarador bo’ldi. Harbiy yurish esa to’laligicha mag’lubiyatga uchradi. Keyingi yillarda ruslar xonliklar bilan chegaralarda kichik-kichik harbiy to’qnashuvlar bilan cheklangan bo’lsalarda, bu hududlarda o’z harbiy imkoniyatlarini kengaytirish va endi Qo’qon xonligiga qarshi harbiy harakatlarni boshlashni maqsad qilib qo’ygan edilar.
XIX asrning o’rtalariga kelib sharoit butunlay o’zgardi. Endilikda Rossiya davlati O’rta Osiyo xonliklarini bosib olishni bevosita amalga oshirishga kirishdi.
Bosib olish jarayonini quyidagi omillar tezlashtirdi.

  1. XIX asrning o’rtalariga kelib ingliz tovarlari rus tovarlarini O’rta Osiyo bozoridan siqib chiqara boshladilar. Rus qukmron doiralari buning oldini olishning yagona yo’li O’rta Osiyoni bosib olishdir degan xulosaga kela boshladi.

  2. 1854-1856 yillardagi Qrim urushi Rossiyaning mag’lubiyati bilan yakunlandi. Parijda tuzilgan sulx shartnomasiga ko’ra Rossiyaning Evropa Yaqin Sharqdagi tasir doirasini kengaytirishga qaratildi xarakatlariga bu shartnoma moddalari to’siq qo’ydi. Buyuk davlat qurish niyatidan voz kechmagan Rus xukmron doiralari Rossiyaning tasirini oshirishning yagona yo’li O’rta Osiyoni bosib olish deb hisoblay boshladilar. 1856 yilda Tashqi ishlar vaziri etibtayinlangan A. M. Gorchakov «Rossiyaning kelajagi Osiyodadir» deb aynan shu vaqtda aytgan edi

  3. Rossida 1861 yilda amalga oshirilgan islohatlar mamlakatda tovar pul munosabatlarining tez suratlar bilan rivojlanishiga, yangidan Yangi zavod va fabrikalarning qurilishiga olib keldi. Tez suratlar bilan o’sib kelayotgan rus sanoati , ayniqsa uning o’sha davrda etakchi bo’lgan to’qimachilik sohasi o’z xom Ashe bazasiga ega bo’lishni istar edi. Rossiyada paxta etishtirish tajribasi natija bermadi. Rossiya uchun eng yaqin va qulay xom Ashe manbai O’rta Osiyo edi. Maxalliy savdogarlar uslarning xonliklardan bevosita paxtani xarid qilishlariga yo’l bermas edilar.Qo’lma qo’l etib kelgan xom ashyoni qayta ishlash natijasida yaratilgan tovar mahsulot jaxon bozorida raqobatga chiday olmas edi. AQShda fuqarolar urushining boshlanishi va paxta xom ashyosi narXIning keskin ko’tarilishi rus sanoatchilarini bankrotlik yoqasiga olib keldi. Shu sababli sanoatchilar xam Chor xukumatidan O’rta Osiyoni bosib olishni talab qila boshladilar. Ular O’rta Osiyoni nafaqat xom Ashe bazasiga balki tayyor maxsulotlar sotish bozoriga xam aylantirmoqchi edilar.

  4. O’rta Osiyoni bosib olishni rus xarbiylari xam juda xoxlagan edilar . Ularning fikricha xududning bosib olinishi Angliyaga tegishщli bo’lgan Hindistonning shimoliy xududlariga tahdid havfini vujudga keltirar edi. Bu esa o’z navbatida Angliya xukmron doiralarini Evropa masalalarida Rossiya bilan o’chakishmasdan barcha muammolarni tinchlik yo’li bilan xal qilishga undar edilar.

  5. Xonlikdagi vaziyat ular o’rtasidagi o’zaro kelishmovchilik va urushlar butun O’rta Osiyoni xonavayron qilib Rossiyaning bu xududni osonlik bilan bosib olishga sharoit yaratdi.

  6. O’rta asrlarda iqtisodiyoti o’z davri uchun yuksak darajada rivojlangan mamlakatimiz XIX asrga kelib dunyoning etakchi davlatlaridan juda orqada qolgan edi. Xonliklarda rivojlanishga etibor berilmas edi. Xunarmandchilik xam , qishloq xo’jaligi xam almisoqdan qolgan texnologiya va agrotexnik usullarni bu davrga kelib umuman o’zgartirmadilar. To’plangan mablag’lar va boyliklar oborotga tashlanmadi va boylik manbai sifatida saqlandi. Siyosiy tarqoqlik va iqtisodiy qoloqlik xonliklarni juda xam zaiflashtirdi. Agar xonliklar birlashganlarida, kuchli iqtisodiyotga ega bo’lganlarida vash u asosda qudratli qo’shin tuzganlarida edi Rossiyalik istilochilar xududga bostirib kirishga jurat eta olmas edilar albatta. Buning ustiga dushman birinchi navbatda bevosita xavf solayotgan Qo’qon xonligi beklari joylardagi o’zbek, qipchoq, qozoq, qirg’iz aholisi bilan ittifoq bo’lib, chet El bosqinchilariga qarshi xamjixatlikda xarakat qilishga intilmadilar. Ularning beboshligi va zulmi mamlakat barqarorligiga putur etkazibgina qolmay, dushmanning g’alabasiga imkon yaratib berdi. Ish shu darajaga borib etdiki qozoq biylari Rossiyaga o’z xukmdorlari zulmidan xalos qilishni so’rab murojaat qilishdi.. Ular xatto ruslarni Buxoro va Qo’qon birlashsa istiloga jiddiy havf tug’ilishidan ogohlantirishdi. Qozoq biylarining dushman tomonga o’tishi mamlakatdagi ichki beqarorlikni kuchaytirishi bilan birga jaxon afkor ommasida Rossiya go’yoki maxalliy axolining iltijosi bilan xonliklar xududlariga bostirib borayotganligi xaqida tasavvur uyg’otishi mumkun edi. Shu sababli Sulton Saidxon va Alimqul qozoq va qirg’izlarning sardorlarini yig’ib ularni dushmanga qarshi birgalikda kurashishga davat qildi. 1864 yilda Aleksandr II Sibir va Sirdaryo chiziqlarini Avliyoota, Chimkent va Turkiston orqali birlashtirishi xaqida buyruq berdi. Aslida bu xonlikka qarshi urush boshlash xaqidagi buyruq edi. Polkovnik M Chernyaev shu buyruqni bajarib Avliyootaga o’sha yiliyoq qo’shin tortadi. Shaxar xokimi Niyoz Ali dodhoh shaxarni tashlab qochganiga qaramay xalq o’z tashabbusi bilan shaxarni mudofaa qiladi. O’sha vaqtda shaxarda mavjud bo’lgan 10ta ko’chada 517ta xonadon istiqomat qilar edi. Ularning aksariyati savdo xunarmandchilik ahli bo’lgan. M Chernyaev bilan bira kelgan qozoq marifatparvari Ch Valixonov xalqning qahramanligini ko’radi va bu xaqda o’z tasurotlarini yozib qoldiradi. Bundan tashqari ular ruslarning shaxarni egallash vaqtida yovuzliklaridan larzaga kelib Chernyaev bilan nizolashadi va istefoga chiqadi. M Chernyaev Avliyoota uchun general mayor unvoniga sazovor bo’ladi. Ko’pchilikning fikricha bu unchalik faxrlanadigan mukofot emas edi. Chunki Niyoz Ali dodhoh xonlik qo’shinlarini Avliyootadan olib ketgachasosan shaxar aholisi XImoya qilgan shaxarniegallash profesional xarbiy faxrlanadigan g’alaba emas edi

Ruslar Avliyootani qamal qilganlarida Qo’qonliklar Buxoro amiridan yordam so’radilar. Amir Muzaffar bunga agar Xudoyorxon taxtga o’tirsagina yordam berishga rozi ekanligini bildirib javob berdi. Buning ustiga Qo’qonliklar o’rtasida xam yakdillik bo’lmagan. Turkiston Mirzo Davlat 1864 yil dushman shaxarga xavf solib turgan vaziyatda xam Sulton Saidxonni tan olmagan edi.
Rus askarlari gen.M Chernyaev boshchiligida Avliyootadan Chimkent tomon xarakat qilgan vaqtlarida 1864 yil 29mayda Perovskiy (Oqmasjit) fortini 5ta rota, 200ta kazak, 20ta zambarak bilan Turkiston tomon yo’lga chiqadi va 9 iyunda shaxar atrofida o’rnashadi. Turkiston baland devorlar bilan o’ralgan bo’lib, uni 1500 askar va qurollangan olamon XImoya qilgan. Ruslar bir necha kun davomida zambaraklardan va raketa stanoklaridan shaxarni o’qqa tutadilar. Katta talofat etkazilgan bo’lsada shaxar XImoyachilari bir necha bor qaladan chiqib ruslarga zarbalar berganlar. Natijada 5ta rus o’ldiriladi 33tasi yarador bo’ladilar.
Ammo shaxar kattalari Shayxulislom, nufuzla eshonlar, qozokalon va boshqa obro’li shaxslar o’zlarining mulklari, imtiyozlari va ehtiyojlari qondirilishi evaziga taslim bo’lishlari va rus fuqoroligini qabul qilishlari haqida palkovnik Veryovkinga maktub yozadilar va shaharni ruslarga topshiradila. O’sha vaqtlarda shaxarda 956 xonadon bo’lib 10000 kishi yashagan. Ulardan 68tasi xo’ja avlodlri 22 tasi tatar xonadonlari bo’lgan.Aynan ana shular shaxarnning ruslarga topshirilishiga sabab bo’lganlar.
Turkistonning qo’ldan ketishi oqibatida Iqon(200 xonadon), Chilich(150 xonadon), Boboy(20 xonadon), Karnlq (160 xonadon) Aris, Yangiqo’rg’on kabi yirik qishloqlar vash u muzofotdagi bepayon dashtlarning ruslar ixtiyoriga o’tishiga olib keladilar.
Avliyoota va Turkistonning ruslar tomonidan egallanishi butun xonlik xalqining oyoqqa turg’izdi. Sulton Saidxon davati bilan mamlakatning turli xududlaridan kelgan qo’shin Toshkentning Mingo’rik degan joyiga yig’iladi. Askarlar bu erda xar kuni to’p va miltiqlardan otish bo’yicha mashq o’tkazadilar. Sulton Saidxon va Olimqul raxbarligidagi qo’shin Toshkentdan Chimkent tomonga yo’lga chiqadi va Chimkent tomon yo’lga chiqadi va Chimkent yaqinidai Sharafxona degan joyda o’rnashadi. Hal qiluvchi jang 1864 yil 14 iyulda boshlanadi. Uch kun davom etgan jang natijasida ruslar engiladi va bir qismi Avliyoota ikkinchi qismi esa Turkiston tomon chekinadi. Maxalliy manbalarda ko’rsatilishicha ruslar elchi yudorib sulh tuzishni taklif qilganlar. Musulmonlar ikki lak tillo (225ming bir misqolli Qo’qon ashrafiysi) kontribusiya berilishini talab qilgan ruslar bunga rozi bo’lishgan. Bundan tashqari ular Turkiston viloyatini qaytarib berishga xam vabda berganlar. Lekin afsuski bu masala xarbiy kengashga muxokama qilinayotganda ko’pchilik lashkarboshilar muzokara yuritishga qarshi chiqadilar.Alimqul xam xalq kayfiyatini XIsobga olib o’zi Turkiston va Chimkent xududlarini saqlab qolish sharti bilan sulh tuzish tarafdori bo’lsada ko’pchilikning fikriga qo’shiladi.
General Chernyaev Chimkent ostonasidagi mag’lubiyat og’ibatlaridan cho’chib butun kuchini Oqbuloqda jamlaydi. Alimqul jang taktikasini birmuncha o’zgartiradi. Dushmanga iloji boricha yaqinlashib qilich , nayza va kamonlardan foydalangan xolda kuchli zarba beradi va g’alaba qozonadi. Vatan XImoyachilari ruhlanib Yangi zafarlar qozonishga tayyorlanib turgan bir paytda Buxoro amirining Qo’qon chegaralaridan o’tib xonlik xududlarini birin ketin ishg’ol qilishga kirishganligi xaqida xabar olinadi. Alimqul o’z qo’shinining asosiy qismining asosiy qismi bilan amir Muzaffarga qarshi kurashish uchun jo’nab ketadi. Alimqul Xo’jand va O’ratepada Muzaffar qo’shiniga qarshi jang qilayotgan bir paytda 1864 yil 14 sentyabrda general M Chernyaevning Chimkentga ikkinchi yurishi boshlanadi. Turkiston va Avliyootadan chiqqan rus qo’shinlari Sayram ostonasida birlashadilar va 22 sentyabrda Chimkentni egallydilar. Natijada Arenburg va Sibir qo’shinlari Sirdaryo va Sibir liniyalari birlashadilar. Birlashgan qo’shin boshlig’i etib gen. Chernyaev tayinlanadi.
Amalda Qo’qonning hukmdoriga aylangan Alimqul ichki parokandalikka chek qo’ya olmadi. Ayniqsa uning buyrug’i bilan atoqli qozoq biyi Boyzoqbiyning qatl etilishi xunuk oqibatlarga olib keldi. Uning qarindoshlaridan 400 kishi rus qo’shiniga ko’ngilli bo’lib o’ziladiva Toshkent yurishida ishtirok etadi. Boyzoqbiy 120 ta qozoq biyining sardori edi. Qatldan norozi bo’lgan biylar Qo’qondan butunlay yuz o’giradilar va Rossiyaning ittifoqchisiga aylanadilar. Chimkentning egallanishi Toshkentga yurish boshlash imkoniyatini berdi. Malumotlarga ko’ra Toshkentda bu vaqtda 40 mingdan 100minga qadar aholi istiqomat qilgan(turli manbalarnda malumotlar farq qiladi). Shaxar devorlarining uzunligi 25 chaqirim, balandligi 6-7 m, ostining eni 3 metr, tepasining kengligi 2 metr bo’lgan. Asosiy darvozalar soni 12 ta bo’lgan. Devor atroflari suv solingan chuqur zovurlar bilan o’ralgan. Shaxar markazida 10000 askar sig’adi gan va O’rda deb nomlangan qala qurilgan edi. Uning o’rtasida xokimning saroyi joylashgan. Shaxar 4 dahaga bo’linib, 117 ta maxallasi bo’lgan. Shaxarda 189 ta machit,10ta madrasa faoliyat ko’rsatgan. Shaxarning egallanishi butun O’rta Osiyo ustidan nazorat o’rnatishi imkonini berar edi. Chunki O’rta Osiyoning shimoliy xududlar bilan bog’lab turgan asosiy savdo yo’llari aynan shu shaxar orqali o’tgan edi. Bu malumotni rus zobiti K Abaza o’zining «Turkiston istilosi» nomli kitobida tasdiqlaydi. Lekin gen. Chernyaev talofat miqdorini 18 kishidan iborat bo’ldi deb noto’g’ri malumot berdi. Toshkent XImoyachilarining talofati xaqida xech qanday malumot saqlanmagan.
1865 yilning bahorida gen .Chernyaev Niyozbek qalasini bosib oldi. U yurt xoinlaridan biri Abduraxmonbek Shodmon o’g’lining maslahati bilan Bo’zsuv to’g’onini buzib uni Chirchiq daryosiga burib yuboradi. Ruslarga Yana shaxarning yirik boylari Muxammad Soatboy . Saidazimboylar xam sotiladilar. Toshkentliklar janga yaxshi tayorlanadilar .Xonlikning turli xududlaridan ularga yordam etib keladilar. Ruslarning birinchi xujumi Alimqul rahbarligida qaytariladi. Alimqulning o’zi bevosita janga rahbarlik qildi. Otilayotgan o’qlardan qo’rqmay u doim askarlarni orasida bo’lgan va ularni ruhlantirib turgan. Lekin uning bu xarakatlari Yangi davr xarbiy qoidalariga unchalik to’g’ri kelmas edilar. Ruslar uning bu odatini yaxshi bilganlar va uni o’ldirish choralarini ko’rgan edilar. Ikkinchi jangdayoq bu choralar o’z samarasini bradi. Ular Alimqulning kindigining pastidan yarador qiladilar. Buning ustiga shaxar XImoyasiga kelgan qipchoq, qirg’izlarning bazi boshliqlari janga ishtirok etishdan bosh tortadilar. Ularga qo’qon va andijonliklar xam qo’shilib barchalari Farg’ona tomonga jo’nab ketadilar. Alimqulning o’limi , XImoyachilarning bir qismining shaxarni tark etishi mudofaa ishtirokchilarining ruhini tushiradi.
Farg’ona tomonga ketgan sardorlar Qo’qon taxtiga Yangi xonni o’tkazishni niyat qiladilar. Toshkentliklar bo’lsa Sulton Saidxonga sodiq qoladilar va Toshkentni mustaqilligini namoish qilib uning taxtiga Sulton Saidxonni o’tqazadilar. Qo’qonliklar buni Qo’qonga qarshi qaratilgan xarakat deb baholaydilar va Yana anchalari shaxarni tark etadilar.
Sulton Saidxon Rossiyaga qarshi kurashda yordam so’rab Turkiya, Buxoro va Qo’qonga elchilar yuboradilar. Qo’qonga yuborilgan elchilar Toshkentdan chiqib ketgan qo’shparvonachi qipchoq, Mirzo Ahmad qushbegi boshchiligidagi navkarlarni orqaga qaytishga undab yozilgan xatni topshiradilar. Lekin ular Sulton Said Qo’qonga qaytib taxtni egallashi lozimligini, aks xolda taxtga boshqa kish o’tqazilishini aytib yo’lda davom etadilar.
Buxoro amiri yordam so’rab yozilgan xatga Sulton Saidxon unga bo’ysinsagina madad berishini aytib javob beradi. Sulton Saidxon amirning javob maktubini Toshkentlik zodogonlar muxokamasiga qo’yadi. Ko’pchilik Sulton Saidxonning amir xuzuriga borib muzokara yuritishi lozimligini aytadi. Sulton Saidxon 1865 yil ------------- 500 askar bilan birga Buxoroga qarab yo’lga chiqadi. Buxoroliklar maqsadi Sulton Saidxonni o’z vassallariga aylantirib u orqali Qo’qon xonligiga egalik qilish bo’lgan. General Chernyaev esa shaxarni to’pga tutishni davom ettiradi. Toshkent uchun jang 17 mayda ruslarning Zangiota orqali kelib Chinoz qalasini egallashdan boshlangan edi. Ruslarning bu tadbiri Buxoro amiri tomonidan yuboilishi mumkun bo’lgan askarlarning yo’lini to’sishga qaratilgan edi. Shudan keyin Toshkent qamal qilinib to’xtovsiz to’pga tutib turilgan edi. 14 iyundan 15 iyunga o’tar kechasi Kamolon darvozasi tomon xarakat qilgan rus qo’shini 15 iyun erta tongda to’satdan xujum qiladi va darvozani buzib Toshkentga bostirib kiradi. Shaxarliklar qarshiligini engib ular Qo’qon darvozasini ochishga muvoffaq bo’ladilar. Ko’cha janglari ikki kun davom etadi.
Shaxarning ichki iva tashqi tomonlarida olib borilga janglar orqasida ko’rilgan katta talofatlar xamda xech qaerdan yordam kelmasligi, og’ir iqtisodiy ahvol, suvsizlik vatan XImioyachilarining tinkasini quritdi. Ayniqsa ayrim sardorlarning o’z askarlari bilan ketib qolganlari umidsizlikni kuchaytirdi. Xususan Solih to’ra va Arslon to’ralar Buxoroga ketishga ahd qildilar. Shaxarda shu vaqtgacha qolgan Qo’qonlik sardorlar xam o’z yurtlariga otlandilar. Buning ustiga shaxarning ayrim nufuzli kishilari o’z oilalari bilan Toshkentdan chiqib ketdilar. Qo’qon darvozasidan kirgan ruslar darvoza yaqinidagi machitlari zambaraklar o’rnatib maxallalarni to’pga tutdilar.
Manbalarda shaxar mudofaasiga aniq kimning rahbarlik qilganligi xaqida aniq malumotlar uchramaydi . Muxammad Solix Toshkandiyning so’ziga qaraganda raxbarlar orasida eng nufuzlisi Muxammad Solix dodhoh bo’lgan. Uning raxbarligida ko’chalarning og’zi aravalar, xodalar bilan to’silib barrikadalar qurildi. Masjitlarda o’rnashgan shaxar XImoyachilari ruslarga birdaniga tashlanib qurol aslahalarni o’ljaga oldilar. Katta talofat ko’rgan ruslar xujumni to’xtatib zambarak va miltiqlardan to’xtovsiz o’q ota boshladilar. XImoyachilar bo’sh kelmagandan keyin ruslar Qo’qon darvozasini tashlab Komolon darvozasi tomon chekinadilar. Dushmanni shaxar darvozasidan siqib chiqarish imkoniyati tug’ilgan bir paytda, shaxarning nufuzli odamlari orasida sulh tuzish tarafdorlari ko’paya boshladi. Muxammad Solix dodhoh o’z atrofiga kurashni davom ettirish tarafdorlarini to’playdi va jang Yana shiddatli tus ola boshlaydi. Anna shunday bir vaziyatda vatan xoinlari yordamida ruslar O’rda ichidagi qurol yarog’ va porox saqlanadigan omborni portlatishga muvoffaq bo’ladilar. Natijada qurol yarog’ va o’q dori zaXIrasidan ajralgan shaxar XImoyachilari taslim bo’lishiga majbur bo’ladilar.
Sulh axdnomasi 5 nusxada tuzilib biri gen.Chernyaevga qolganlari Shayxontoxur, Besho’g’och, Ko’kcha va Sebzor dahalari vakillariga topshirilgan. Ahdnomaga gen. Chernyaev va shaxarning atoqli vakillari imzo chekkanlar. 1 iyuldan kuchga kirgan ahdnoma shariyat qoidalariga rioya qilish, xalq turmushi dahlsizligini saqlash maxalliy turmush tarzini muxofaza qilish , aholini 1 yilga soliqdan ozod qilish shartlari qo’yilgan. Shu bilan birga jinoyat qilinsa rus qonunlari asosida jazo berish ko’rsatilgan. Shaxar aholisi ikki kun ichida qurolini topshirishi shart bo’lgan. A Chernyaev Alimqul qabrini ziyorat qiladi. Vayron qilingan machitlarni tiklash uchun pul ajratadi , qullarni ozod qiladi, Yaxudiylarni kamsitadigan talablarni bekor qiladi. U bu ishlarni o’z mavqeini mustahkamlash, aholini chalg’itish maqsadida qiladi. Aslida u o’ta shavqatsiz va millatchi shaxs bo’lgan. U maxalliy xalqni to’n kiyib yurganligi uchun do’pposlash kerakligini o’z xamfikrlarini oldida ochiqchasiga aytgan. Shaxar imperator ruxsatisiz egallangan bo’lsada mamnuniyat bilan qabul qilindi.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling