• Markaziy nerv sistemasi, 1-galda miya yarim sharlarining kulrang moddasi-oliy nerv faoliyatining markazi yuksak darajada takomillashgan. Shuning uchun sut emizuvchilarning tashqi muhit ta’siriga javob reaksiyalari juda murakkab.
• Tirik tug’adi va bolasini sut bilan boqadi. Shuning uchun sut emizuvchilar juda turli tuman sharoitda ko’payish imkoniga ega.
• Termoregulyatsiyaning juda takomillashganitana temperaturasining doimiyligini ta’minlaydi. Bu bir tomondan issiqlik hosil bo’lishini tartibga solish yo’li bilan ikkinchi tomondan fizikaviy termoregulyatsiya deb ataluvchi issiqlik chiqarilishini nafas olish va terlash jarayonida teri qon aylanishini idora qiladi. Issiqlik chiqarishni regulyatsiya qilishda jun qoplami, ayrimlarida esa teri osti yog’ qatlamining ahamiyati juda katta.
Sut emizuvchilarning morfologiyasi va anatomiyasi
Teri qoplami. Boshqa umurtqalilarnikidan murakkab tuzilgan. Bu ayni damda termoregulyatsiyada juda katta ahamiyatga ega. Jun qoplami suvda yashovchilarda (kitlarda, tyulenlarda) esa yog’ qavati issiqlik ko’p sarf bo’lishining oldini oladi.teri qon tomirlari kengaygan vaqtda keskin kamayadi. Tananing sovushida ter bezlari yordamida chiqadigan suvning teri orqali bug’lanishning ahamiyati ham kata. Sut emizuvchilarning terigi 2 qavat: tashqi-epidermis va ichki- kutisdan iborat. Malpigiy yoki o’sish qismi deb ataladigan tirik silindrsimon yoki kubsimon hujayralardan tashkil topgan qismi bor. Epidermis teridan hosil bo’luvchi soch, tirnoq, tuyoq, shox, tangacha turli bezlar singati muhim hosilalar hosil bo’ladi. Haqiqiy chin teri, yani kutis sut emizuvchilardajuda yaxshi rivojlangan tolali biriktiruvchi to’qimadan iborat. Kutisning ostki qismi g’ovak tolali to’qimadan iborat bo’lib bu yerda yog’ to’planadi. Bu qavat teri osti yog’ klechatkasi deyiladi. U kitlar va tyulenlarda yaxshi rivojlangan. Teri ichida joylashgan jun ildizi devorlari tashqi qavat yani jun xaltachasidan va ichki qavat yani jun qinidan iborat bo’lgan xaltacgada joylashgan. Jun xaltachasining voronkasiga yog’ bezlari ochiladi. Ularning sekr eti junni moylaydi, uni mustahkamlaydi va namlanishdan ximoya qiladi. Jun qoplamining alohida kategoriyasini vibrissalar tashkil qiladi. Bu juda uzun qattiq, jun sezish vazifasini bajarib, ko’pincha boshda, bo’yin pstida, ko’krakda qorin tomonida joylashadi. Qil va ninalar shakli o’zgargan jundir. Terining boshqa shox hosilalari tangacha, tuyoq, shox, ichi kovak shox tumshuqdan iborat. Hayvonlarning tangachasi hosil bo’lishi va tuzilishiga ko’ra reptiliyalarnikiga o’xshaydi. Haltalilar, kemiruvchilar va hasharotxo’rlarda tangachalar dumida joylashgan. Ho’kiz, antilopa, echki, qo’ylar shoxi ham shox moddadan iborat hosiladir. Ular epidermisdan hosil bo’lib, mustaqil suyak o’qda joylashadi. Bug’ularning shoxi kutisdan tuzoilgan bo’lib, suyakdan iborat bo’ladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |