Sharof rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti biologiya fakulteti biotexnologiya yo’nalishi


Sut emizuvchilar terisidagi bezlar


Download 426.99 Kb.
bet3/4
Sana29.03.2023
Hajmi426.99 Kb.
#1306330
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU

Sut emizuvchilar terisidagi bezlar


Tuzlishi va funksiyasiga ko’ra ter, yog’, hid va sut bezlaridir.
Ter bezlari bevosita teri yuzasiga yoki jun xaltachasiga ochiladi. Bu bezlarning asosiy maxsuloti mochevina va suvda erigan tuzdan iborat. Ter bezlarining vazifasi suv va parchalanish maxsulotlarini tashqariga chiqarish bilan tanani sovutishdir.
Yog’ bezlari deyarli har doim jun xaltachasining voronkasiga ochiladi. Yog’ sekreti terini va junni moylab, ularni qurib qolishdan va ho’l bo’lishdan saqlaydi.
• Hid bezlari ikkala bez kombinatsiyasidan hosil bo’ladi. Hayvonlar xatti-harakatining shakllanishida hid signalizatsiyasi katta ahamiyatga ega. Yana ular ba’zi hayvonlarda jinsiy organlar stimulyatotlari deb hisoblanadi.
• Sut bezlari shakli o’zgargan oddiy naysimon ter bezlaridir. Yexidnada bez maydonchalari urchish davrida paydo bo’ladigan va bolani ko’tarib yurishga mo’ljallangan maxsus xalta ichida joylashgan. Bolalari sutni xaltalari atrofidagi jundan yalab oladi. 

Muskul va skelet sistemasi

  • Muskullari diferensiyalashgan va juda turli tuman muskullardan iborat. Ko’krak qismini qorin qismidan ajratib turuvchi diafragmaning bo’lishi xarakterlidir. Uning asosiy vazifasi nafas olish bilan bog’liq bo’lgan ko’krak qafasi hajmini o’zgartirishi. Terining ma’lum joylarini harakatlantiruvchi teri osti muskulaturasi ham ancha rivojlangan. Yuzda ular mimika muskullaridan iborat. Bu muskullar primatlarda yaxshi rivojlangan.
  • Skeleti. Umurtqa pog’onasi bo’yin,ko’krak, bel, chanoq, dum qismlariga bo’linadi. Bo’yin qismida o’zgarmas umurtqalar- atlant va epistrofeyning bo’lishi xarakterlidir. Bo’yin umurtqalari- 7 ta. Sut emizuvchilarda bo’yinning uzunligi umurtqalar soniga emas, ularning uzunligiga bog’liq. Ko’krak qismi 12-15 ta umurtqadan tashkil topgan. Kengatgan oldingi segment to’shning dastasi deyiladi. Bel qismida umurtqalar soni 2-9 tadan bo’ladi. Chanoq qismi o’zaro qo’shilib ketgan 4 ta umurtqadan iborat. Dum umurtqalarining soni hayvon turiga bog’liq.

Download 426.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling