Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/43
Sana31.01.2024
Hajmi0.61 Mb.
#1818563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
Kose Rulen BMI

 
 
 
 
 
 



 
KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 
fevraldagi PF-4947 sonli “2017 – 2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakat strategiyasi” haqidagi farmoni, 
shuningdek 2017-yil 9 martdagi “O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio 
(Yaponiya) shahrida o‘tkaziladigan XXXII Olimpiya o‘yinlari va Paralimpiya 
o‘yinlariga tayyorlash haqida”gi PF-2821 – sonli Farmoni, 2017 yil 3 iyundagi 
“Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivjlantirish to‘g‘risidagi”, PQ-3031-sonli 
Qarori hamda 2019-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va 
ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasi ushbu sohani rivojiga katta hissa 
qo‘shayotgan me’yoriy huquqiy xujjatlar sifatida xizmat qilmoqda. Xalqaro sport 
maydonlarida o‘z o‘rnini saqlab qolish va yanada yaxshilash uchun murabbiy va 
sportchi amaliyotda sportchilar tayyorlash tizimiga taalluqli bo‘lgan biomexanika, 
fiziologiya va boshqa fanlarda erishilgan so‘nggi ilmiy ishlanmalar natijalaridan 
foydalanishlari, dunyoning eng kuchli yuguruvchilari tajribasini umumlashtirish 
asosida mashg‘ulotning taraqqiy etgan uslublari tizimini muntazam ravishda 
o‘zlarida takomillashtirib borishlari zarur. 
Mavzunung dolzarbligi. O’rta masofalarga yuguruvchi sportchilarni 
tayyorlovchi murabbiylarining mashg’ulot jarayonlarini to’g’ri taqsimlashdagi 
kamchiliklar va yuklamalarni qo’llashdagi xatoliklar sport natijalarni o’sishiga 
salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. Yugurish texnikasiga o’rgatishning dastlabki kundan 
boshlab shug’ullanuvchilar to’g’ri yugurish texnikasiga o’rgatmaslik keyinchalik 
sport natijalariga bevosita ta’sir o’tkazishni ko’rishimiz mumkin. Hozirgi kunda 
jahon arenalarida sport natijalari kun sayin o’sib kelmoqda. Shu bois o’rgatish 
jarayoniga yangicha innovatsion texnologiyalarni qo’llash ayni paytda dolzarb 
muammolardan sanaladi.
Biz, sportchilarni tayyorlashda yosh murabbiylar uchun mazkur o’quv 
qo’llanmaning zarurligi ularni mashg’ulot jarayonini to’g’ri tashkil etishi, 
yuklamalarini to’g’ri taqsimlanishida hamda vosita usullarni samarali 
variantlarini qo’llashida amaliy yordam beradi. 



Jismoniy tarbiya va sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida 
o’tkaziladigan yengil atletika darslarida talabalarni tezkorlik, kuch, chidamlilik 
sifatlarini rivojlanganlik darajasini oshirish darslardan olayotgan yuklamalarni 
organizmga bo’lgan tahsirini o’rganish, yengil atletika darslarini samaradorligini 
tahminlash tahlil jarayoniga yangi pedogogik texnologiyalarni ishlab chiqish 
vazifalari bugungi kunning dolzarb muommolaridan bo’lib oliy ta’limning o’quv 
dasturidagi yengil atletika darslarini o’tkazilish tartibi va darslarni tashkil etish 
samaradorligini o’rganish zaruratiga etibor qaratadi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling