Davlat byudjeti va uning milliy daromadini taqsimlash va qayta taqsimlashdagi o’rni


Download 181.18 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi181.18 Kb.
#1513075
  1   2   3   4   5
Bog'liq
50 — копия (2)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT” KAFEDRASI


IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: Davlat byudjeti va uning milliy daromadini taqsimlash va qayta taqsimlashdagi o’rni

Bajardi:______________________________
(talabaning ismi-sharifi, otasining ismi)
_______________________________
(fakultet, bakalavriat yo’nalishi, kursi, guruhi)

Ilmiy rahbar: _________________________


(ismi-sharifi, ilmiy darajasi, lavozimi
Toshkent-202
Davlat byudjeti va uning milliy daromadini taqsimlash va qayta taqsimlashdagi o’rni.
Kirish

  1. Davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va zarurligi.

  2. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda davlat byudjetining o’rni.

  3. O’zbekistonda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarning amaldagi holati.

  4. O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda byudjet munosabatlarini tartibga solishdagi o’rni.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hammamizga ma’lumki,har bir mustaqil mamlakat o’zining suverenitetini,milliy mudofasini, fuqarolarning xavfsizligini,ijtimoiy himoyaga muhtoj aholisini moddiy ta’minotini,iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashni o’z zimmasiga oladi.Mazkur vazifalarni ta’minlash uchun davlat moliyaviy mablag’larga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham ,davlat soliqlar,majburiy to’lovlar va boshqalar orqali davlat byudjetini shakllantiradi va kerakli sohalarga sarflaydi.Davlat byudjeti davlatning funksiya va vazifalarni ta’minlashda davlat byudjeti juda muhim kasb etadi, shuningdek 2023-yilda mamlakat YaIM 23,8% davlat byudjeti daromadlari sifatida foydalanilishi va kerakli maqsadlarga sarflanishi ko’zda tutilgan1. Yuqorida ta’kidlanganidek davlat byudjeti mamlakat taraqqiyotida aholi farovonligini ta’minlashda muhim o’rin tutadi.Zeroki, O’zbekistonda bepul umumiy ta’lim, tibbiy xizmatlarning salmog’li qismi davlat byudjetidan moliyalashtiradi. Shuningdek, Iqtisodiyot sohalarining ko’plab yo’nalishlariga davlat byudjetidan subsidiya va transferlar ajratiladi. Biroq,davlat byudjetining mablag’larini sarflashda qat’iy qonunchilik va nazoratni yo’lga qo’yish muhimdir,chunki “Davlat byudjeti mablag’lari o’lchovsiz emas”2.Aslini olib qaraydigan bo’lsak,davlat byudjeti tarkiban umumdavlat byudjeti va mahalliy byudjetga bo’linadi.Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bog’liq bo’lib qoladi.
Davlat jamiyatga milliy xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash,kam taminlanganlarga yordam ko’rsatish,atrof-muhitni muhofaza qilish va aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar ko’rsatadi va barchasi o’z ichiga xarajatni talab etadi.Byudjet daromadlarini hisoblash aholiga muntazam bog’liqdir.Ya’ni,u aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakning byudjet salohiyati deb hisoblanadi va yuqorida keltirib o’tilgandek,bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bog’liq.Zeroki,byudjet xarajatlari uning olayotgan daromadlaridan ortib ketsa,byudjet taqchilligi,ya’ni kamomadi yuzaga keladi.Sanoati keskin rivojlanaga davlatning iqtisodiyot,ishlab chiqaruvchi,milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol aralashuvi davlat byudjetining mavqeining oshishiga ta’sir ko’rsatadi va milliy daromad qayta yig’iladi va u byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi ortadi.Biroq,hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda davlatning byudjeti asosan aholisidan olayotgan soliqlar orqali to’ldirilayapti.O’zbekiston Respublikasiningdavlat byudjeti Respublika davlat byudjeti,Qoraqalpog’iston Respublikasi,viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini birlashtiradi.O’zbekistonning birinchi davlat byudjeti 1924-25-yillarda tuzilgan bo’lib,uning hajmi 3,64 mln. So’mni tashkil etgan edi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng davlat byudjetining xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o’tish davridagi o’zgarishlar bilan bog’liq holda bordi va davlat byudjeti daromadlarining mutlaq ko’pchilik qismi soliqlar hisobiga olinmoqda.Byudjet tizimida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar natijasidaDavlat byudjeti ijrosini amalga oshirishning mukammal me’yoriy huquqiy hamda tashkiliy asosi yaratildi.Jumladan,O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Byudjet muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori, “Byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag‘ oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom,“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo‘yicha qoidalar” va boshqa shu kabi me’yoriy hujjatlar qabul qilindi3.“Samarali mehnat uchun zarur sharoitlar,munosib ish haqi,zamonaviy uyjoylar,sifatli ta’lim va tibbiy yordam,dam olish va hordiq chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish – bularning barchasi iqtisodiy sohadagi islohotlarimiz mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir.Shu borada nafaqat eng kam oylik ish haqini, balki byudjet tashkilotlarida ham, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ham o‘rtacha ish haqi miqdorini,pensiya,stipendiya va ijtimoiy nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi”4- deydilar.Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida. Byudjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanish, byudjet taqchilligini oldini olish dolzarb masalalardan biri sanaladi. “Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan haqiqat” – deydi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘z nutqlarida . Byudjet tashkilotlari byudjet mablag‘larining asosiy iste’molchisi hisoblanib, Davlat byudjeti xarajatlarini tashkil etadi va xarajatlar smetasi asosida byudjetdan moliyalashtiriladi. Shuningdek,byudjet tashkiloti qonunchilikka muvofiq byudjetdan tashqari mablag‘lar yuzasidan tashkil bo‘lish manbalari va foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar doirasida xarajatlarni amalga oshiradi.Oxirgi yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi natijaga yo‘naltirilgan byudjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli byudjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat byudjetining g‘azna ijrosiga o‘tilishi hamda byudjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning amalga oshirilishi byudjet tashkilotlarida o‘z xarajatlarini aniqlash va smetalarni ishlab chiqish, byudjetdan tashqari mablag‘larni safarbar qilish tartiblarini takomillashtirishni talab etmoqda.

Download 181.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling