Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti intelektual tizimlar va kompyuter


Download 28.67 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi28.67 Kb.
#1506678
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ Microsoft Word (1)

Arifmetik tekshirish - bu o‘zaro bog‘langan ma’lumotlarni miqdoran nazorat qilish.
Dastlab ma’lumotlarni arifmetik jihatdan to‘g‘riligi tekshiriladi. Bunda murakkab jamlama ko‘rsatkichlar tuzilish, o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar esa bog‘lanish jihatidan arifmetik amallar yordamida (qo‘shish, bo‘lish va h.k.) tekshiriladi. Shu bilan birga istiqbolda ko‘zlangan daraja va oldingi davrda erishilgan natijalar bilan taqqoslab ham tekshirish amalga oshiriladi.
Mantiqiy nazorat - bu kuzatish materiallarini hodisaning mohiyatiga qanchalik mosligini belgilashdir.Ma’lumotlarni to‘g‘ri yoki to‘g‘rimasligini aniqlashda mantiqiy nazorat alohida ahamiyatga ega. Mantiqiy nazorat deganda kuzatish materiallarini mazmunan tekshirish tushuniladi. Ular qanchalik xodisa mohiyatiga mos kelishi belgilanadi. Bunda ma’lumotlarda qarama-qarshilik bor-yo‘qligi aniqlanadi.Xalqaro andozalar deganda o‘rganilayotgan hodisalarni tasniflashda, statistik ko‘rsatkichlarni tuzish va hisoblashda, ma’lumotlarni qayd qilish va hisobga olish jarayonida butun dunyo miqyosida yoki ma’lum mamlakatlar birlashmasi chegarasida qo‘llash uchun tavsiya etiladigan umumiy tartib qoidalar, talablar konsepsiyalar majmuasi tushuniladi. Milliy standartlarga rioya qilish majburiydir. Xalqaro andozalar esa odatda tavsiyaviy xarakterga ega, ammo ularni hisobga olinishi ustidan xalqaro tashkilotlar nazorat olib boradi.
2.3. Statistik kuzatishni tayyorlash uslubiyati
Turmushimizda, kundalik hayotimizda u yoki bu masalani yechishni ko‘zlab qiladigan har bir xatti-harakatimizdan oldin nima uchun?, nima?, kim?,qanday qilib?, qancha? va qaerda? degan savollarga duch kelamiz va ularga javob axtaramiz. Bunday savol statistik kuzatishlarni tashkil etishda ham tug‘iladi va o‘z yechimini kutadi.
Statistik kuzatishda nima uchun? degan savolga kuzatish maqsadi va vazifalari, nima? degan savolga esa kuzatish obyekti, uning birligi va dasturi, statistik formulyarlar va ularni tuzish uchun yo‘riqnomalar javob beradi. Kim? kuzatish subyekti, qachon? deganda kuzatish vaqti, qaerda? deganda kuzatish joyi, qanday qilib? deganda kuzatish usullari va turlari, qancha? deganda kuzatish belgilarining miqdoriy ifodalanishi nazarda tutiladi. Bular statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy va tashkiliy unsurlarini tashkil etadi (2.3-tarh).

Download 28.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling