Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish
Download 1.37 Mb.
|
darslik KIB (2)
5.3. Innovatsion madaniyat
So‘nggi o‘n yillikda rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishning ilmiy-texnikaviy va innovatsion deb nomlangan sifat jihatidan yangi turiga o‘tish kuzatildi. Bu quyidagilar bilan tavsiflanadi: Ommaviy ijodiy faoliyat, shaxsning o‘zini namoyon qilishi, tavakkalchilik, tashabbuskorlik, izlanish shakllariga munosabatning o‘zgarishi. Yuqori texnologiyalarni o‘zlashtirishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyati. Yirik korporatsiya (ichki venchur)larda mulkiy munosabatlarning takomillashuvi. Boshqaruvning transformatsion tabiati. Tashkiliy madaniyatning o‘zi ham mohiyatan o‘zgarib bormoqda. An’anaviy texnokratik madaniyat turi quyidagilar bilan tavsiflanadi: a) boshqaruv tizimidagi qat’iy subordinatsiya, ierarxiya; b) qat’iy tartibga solingan ijrochilik muhiti; d) ratsional-iqtisodiy motivatsiya; e) boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning tashkiliy, xo‘jalik, ijodiy funksiyalarni bajarishga ixtisoslashishi. Madaniyatning innovatsion turi quyidagilar bilan tavsiflanadi: Personalning yuqori saviyali savodxonlik darajasi. Ijodiy muhit, novatorlik. Doimiy takomillashuv, tajribaga tayanganlik. Tavakkalga tayyorlik. Dinamizm. Innovatsion madaniyat insonning motivlari, bilimlari, qobiliyati va ko‘nikmalarida, shuningdek, obrazlari va xulq-atvor me’yorlarida mustahkamlangan yaxlit yo‘nalishini aks ettiradi. Bu tegishli ijtimoiy institutlarning faoliyat darajasini ham, odamlarning ulardagi ishtirokidan va uning natijalaridan qoniqish darajasini ham ko‘rsatadi82. Moddiy madaniyatning (yangiliklar va fanda, texnikada joriy etilgan yangiliklar) o‘zgarishi natijasida moddiy doiradan tashqaridagi (tashkilotda, boshqaruvda, huquqda yangiliklar va ularning joriy etilishi) o‘zgarishlarning kechikishi tufayli qarama-qarshilik paydo bo‘lganida, “madaniy kechikish” hodisasi rag‘batlantiruvchi rol o‘ynaydi. Innovatsion madaniyatni shakllantirish, avvalo, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish va uning subyekti – shaxsning o‘zining kreativ salohiyatni ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq. Shaxsning innovatsion madaniyati ko‘p hollarda uning ijodiy qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasi bilan bog‘liq83. Shu bilan birga, boshqa ko‘plab omillar va shartlar mavjud bo‘lib, ularni hisobga olish va ulardan faol foydalanish innovatsiyalar samaradorligiga sezilarli hissa qo‘shishi mumkin. Innovatsion madaniyat kishilarning yangi g‘oyalarni qabul qilishiga moslashuvchanligini, hayotning barcha sohalarida yangiliklarga tayyorligi va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirish qobiliyatlarini ta’minlaydi. U tashkilotda xodimlarni yangi narsalarga undaydigan ijodiy muhit yaratishga asoslangan; bundagi eng asosiy qimmatlilik – bu ijodiy ishlash imkoniyati. Muammoni ijodiy hal qilish qobiliyati – zamonaviy menejerning eng muhim sifatidir. Innovatsion madaniyat namoyon bo‘lishining cheksiz diapazoni mavjud – innovatsion salohiyatdan (shaxslar, korxonalar, tashkilotlar) jamiyat taraqqiyoti manfaatlari yo‘lida samarali foydalanish uchun sharoit yaratishdan tortib, to uni isloh etish jarayonida maksimal muvozanatni ta’minlashgacha84. Innovatsion madaniyat vositasida muhim yutuqlarga erishish mumkin: iqtisodiyotning aniq sohasida – yangi texnologiyalar va ixtirolarni joriy etish samaradorligini oshirish va tezlashtirish, boshqaruv sohasida – byurokratik tendensiyalarga qarshi turish, ta’lim sohasida – shaxsning innovatsion salohiyatini ochib berish va uni amalga oshirishga ko‘maklashish, madaniyat sohasida – an’analar va yangilanishlar, madaniyatlarning turlari va ko‘rinishlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni optimallashtirish85. Innovatsion madaniyatni shakllantirish uchun, avvalo, moslashuvchan javob berish tamoyili hamda yangilikni qabul qila olish qobiliyatiga asoslangan boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi zarur. Shu nuqtayi nazardan loyihaviy yoki dasturiy-maqsadli tuzilmalar va ularning an’anaviy funksional ko‘rinishlari bilan birikmasi qo‘llaniladi. Innovatsion firmalarning boshqaruv tizimlarida quyidagi xususiyatlar ochib berilgan: 1. Aniq va ravshan strategiyaning mavjudligi va shu bilan birga uning doirasidagi erkin izlanish imkoniyati. Bunday strategiya firmalarining real imkoniyatlari va ehtiyojlari bo‘yicha g‘oyalarni izlash hamda taklif qilish doirasini cheklashga imkon beradi. Miqdoriy maqsadlar rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. 2. Maxsus ma’lumotlarni yig‘ish, laboratoriyalarning tashqi aloqalari, kadrlar almashinuvi, yangi g‘oyalarni faol qidirish va baholash uchun muayyan tizimni (rasmiy va norasmiy) yaratish. Shuning uchun nafaqat ilmiy tadqiqot, balki dizayn, rejalashtirish, marketing, ishlab chiqarish bo‘linmalari, ya’ni deyarli butun tashkilot qidiruv markaziga aylanmoqda. 3. Jamoani “vazifa uchun” vaqtinchalik (qoida tariqasida 2-3 yil davomida) guruh sifatida shakllantirish keng qo‘llaniladi. Unda ilmiy tadqiqot natijasi muhandis va texnologlarning eng yaxshi ishlanmalari bilan umumlashtiriladi. 4. Motivatsiya tizimi ishdan qoniqish, uning shaxsiy manfaatlarga bog‘liqligi, obro‘si, moddiy rag‘batlantirishga asoslanadi va bu ko‘p hollarda yakuniy natijalarga bog‘liq bo‘ladi. Xizmat pillapoyalari bo‘ylab ko‘tarilish va ish haqi ishchilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijodiy salohiyatiga bog‘liq, vaholanki bu bog‘liqlik darajasi turli mamlakatlarda farqlanadi. Masalan, yapon firmalarida ijodkor xodimlarning ish haqlaridagi differensiatsiya AQSHga qaraganda ancha kam uchraydi. 5. Firma ichidagi innovatsion faoliyatini tashkil etishning muhim sharti – bu tadbirkorlik avtonomiyasi, ya’ni korxonaning alohida tarkibiy bo‘linmalariga innovatsiyalarni joriy qilishdagi tavakkalchilik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida muayyan erkinlikni berish hisoblanadi (“intraprenerstvo” interpreneurship). Texnologik jihatdan rivojlangan mamlakatlarda asosiy ishlab chiqarish jarayonidan uzilgan va to‘laligicha ijodiy faoliyat bilan band bo‘lgan ixtisoslashgan bo‘linmalarga sotishdan tushgan mablag‘larning 3-10% miqdoridagi katta summalar ajratiladi (masalan, “Xitachi”da – 8,3%, “Kanon” – 9, “Xonda” – 5,4%). Yapon firmalarida, odatda, bunday bo‘linmalar markazlashgan bo‘ladi. Bu muammoni tadqiq qilish istiqbolini, qisqa muddatli rentabellik nuqtayi nazaridan mustaqillikni, butunlay yangicha mahsulotni ishlab chiqish muvaffaqiyatini, turli vaqt oralig‘ida loyiha guruhlarini tuzish imkoniyatini beradi. Shuningdek, guruhning turli moslashuvchan shakllari keng qo‘llaniladi. Masalan, “Kanon”da bu kabi guruhlar 10-15 kishidan tashkil topgan bo‘lib, yangi faoliyat yo‘nalishlari, korporatsiyaning uzoq muddatli strategiyasi, kelgusidagi ishlab chiqarish bo‘limlari uchun loyihalar tuzish bilan shug‘ullanadi. 5-jadval Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling