Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti kadrlarni innovatsion boshqarish


Nazorat savollari va topshiriqlar


Download 1.37 Mb.
bet29/78
Sana09.03.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1254833
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
Bog'liq
darslik KIB (2)

Nazorat savollari va topshiriqlar:



  1. Tashkilotdagi o‘zgarishlarning turlarini, darajalarini, bosqichlarini ayting. O‘zgarish va yangilikni joriy qilish tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi.

  2. Personalni boshqarish tizimidagi o‘zgarishlar. Umumiy xususiyatlari.

  3. O‘zgarishlarga qarshilikni bartaraf etish metodlari.

  4. Tashkilotlarga yangiliklarni joriy qilishdagi o‘zgarishlarni amalga oshirishning asosiy tamoyil va qoidalari nimalardan iborat?

  5. Kadrlar faoliyatidagi innovatsiyalar.

  6. Personal bo‘yicha menejerning kadrlar bilan ishlashdagi va yangiliklarni joriy qilishdagi roli.

  7. “Innovatsion menejer” tushunchasini ta’riflang.

  8. Tashkilot personaliga innovatsion yondashuv. Kompaniyada iinovatsion muhitni yaratish.

  9. Innovatsion madaniyat. Umumiy xususiyatlari.

  10. Innovatsion madaniyatning asosiy tamoyillarini aytib bering.

VI BOB. INNOVATSION FAOLIYATNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH





    1. Intellektual mulk tushunchasi.

    2. Patentlar va ularning asosiy xususiyatlari.

    3. Texnologiyalarni uzatish uchun litsenziyalash.



6.1. Intellektual mulk tushunchasi

Innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, Qonunlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq qabul qilingan hamda O‘zbekiston Respublikasi subyektlari, O‘zbekiston Respublikasining innovatsiyalar bilan bog‘liq xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Ushbu tartibga solish asosida innovatsion faoliyat jarayonida olingan natijalarni huquqiy himoyalashga asoslangan. Ushbu natijalar intellektual mulk obyekti sifatida intellektual mahsulotlar yangi texnologiyalarni namoyish etganligi sababli paydo bo‘ladi.


Intellektual mulk – intellektual faoliyat natijalariga, mualliflik huquqi va ixtiro huquqlari obyektlarining umumiy qismiga kiritilgan intellektual mahsulotga egalik qilish.
1967-yilda tashkil etilgan Butun jahon intellektual mulk tashkilotini konvensiyasi asosida xalqaro darajada intellektual mulkning huquqiy tushunchasi asoslangan86. Butun jahon intellektual mulk tashkilotining asosiy vazifasi uning himoyasini ta’minlashdan iborat.
Innovatsiya – qabul qiladigan va ishlatadigan tashkiliy tizim uchun dinamik bog‘liq bo‘lgan progressiv yangilik hisoblanadi. Bu yangilik nisbatan barqaror moddiy va ijtimoiy elementlarni ishlab chiqarishga olib keladigan maqsadga muvofiq o‘zgarish.
Innovatsiya – innovatsion mahsulot sanoat mulk obyekti va (yoki) unga bog‘liq tegishli intellektual faoliyat mahsuli, yakunlangan tadqiqotlar va ishlanmalar iqtisodiy savdo aylanmasi qo‘shilish uchun yangilik va talabga ega bo‘lgan intellektual faoliyat natijasi.
Huquqiy normativga ko‘ra shaxsiy mulk obyektlarining uchta guruhi mavjud.
Birinchi guruhga shunday obyektlar kiradiki, ular qonunchilikda mavjud.maxsus qonunlar yoki qoidalar bilan tartibga solinadi.
Hozirgi vaqtda jismoniy va yuridik shaxslarga mualliflik huquqi, ixtiro va patent qonunchiligi, sanoat namunalariga bo‘lgan huquqlar, foydali modellar va boshqa shakllarda berilishi mumkin bo‘lgan intellektual mulk obyektlari huquqiy normalar asosida himoya qilinadi87.
Huquqiy muhofaza qilinadigan intellektual mulk yaratuvchisi mualliflik huquqiga ega. Ma’lum vaqt davomida ijodkorning ixtiyoriga ko‘ra, intellektual mulk obyektidan foydalanish patent bilan himoyalangan mualliflik huquqi beriladi. Egasining ushbu huquqi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va qonuniy ravishda amalga oshiriladi.
Patent berish. Bu yangi ilmiy-texnik bilimlar kabi jamoat molini olish uchun xususiy tashkilotlar va ayrim mutaxassislarning mablag‘lari, vaqti va inson kapitali xarajatlarini qoplashning keng usuli. Patentning amal qilish muddati davomida patent egasi intellektual mulk obyektining iqtisodiy ekspluatatsiyasini va boshqa iqtisodiy agentlarning unga kirishini ta’minlaydi.
Ikkinchi guruhga ishlab chiqilgan tushunchalar yoki belgilangan ma’lumotlar ro‘yxati (savdo ma’lumotlari, sanoat sirlari, "nou-xau") doirasida huquqlar bilan ta'minlangan sanoat va intellektual mulk obyektlarini o‘z ichiga oladi.
Uchinchi guruhga tartibga solish shartnomaviy shaklda yoki mahalliy aktlar darajasida amalga oshiriladigan huquqlar bilan belgilanmagan obyektlarni o‘z ichiga oladi.
Manfaatdor shaxslar duch keladigan intellektual mulk sohasidagi asosiy muammolarga quyidagilar kiradi88:

  1. mualliflik to‘g‘risidagi nizolar;

  2. intellektual mulk obyektlaridan foydalanish;

  3. mualliflarning huquqlarini himoya qilish.




Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling