Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Pedagogika ta`limi fakulteti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 410-guruh talabasi Radjabova Muazzamning Boshlang`ich
Download 7.64 Kb.
|
Radjabova Muazzam
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuhmat tosh yoradi
- “Tuhmat tosh yoradi” qismidan 15 ta test
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Pedagogika ta`limi fakulteti Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi 410-guruh talabasi Radjabova Muazzamning Boshlang`ich ta`limda didaktik asarlar orqali kitobxonlikni shakllantirish usullari fanidan tayyorlagan mustaqil ta`limiReja: 1. Tohir Malikning “Saodat saroyining kaliti” asarining “Tuhmat tosh yoradi” qismining tahlili 2. “Tuhmat tosh yoradi” qismi asosida 15 ta test 3. “Tuhmat tosh yoradi” qismi asosida referatTuhmat tosh yoradiDonishmanddan suraldi: - Osmonlardan kattaroq va og`irroq narsa bormi, bulsa nima u? Javob berildi: - Or-nomusli kishiga tuxmat qilmoq osmondan ham katta va og`irroq Asar quyidagi ibratli hikoyat bilan boshlanib, tuxmatning bir ma`nosi ochib berilgan, ya`ni tuxmat osmondandan katta va og`irroq narsa demakdir. ≪Yolg`on≫ deb ataluvchi illatning farzandlari orasida ≪tuxmat≫ deb nomlangani mavjudki, ≪yolg`on≫ shaytonning ardoqli o`g`li bulsa, ≪tuxmat≫ suyukli nabirasi xisoblanadi. Bobosi bulmish ≪yolg`on≫ siz yashay olmaydi. Tug`ilishi ham, quvvatga kirishi ham, g`alabalarga erishishi ham aynan yolg`on tufaylidir. Bir so`z bilan buzilar shox galasi, Ingranib chiqadi go`dak nolasi. O`t balosi, suv balosi yomondir, Undan yomon, bilgin, tuxmat balosi.Xikmat. «Kim insonlar orasida o`z do`stiga qarshi gap tarqatsa bilingki, uning ichida ilonlari va chayonlari bor. U tarqatgan gaplar kechasi bosgan sel kabi, qayerdan kelib, qayerga ketganini bilib bulmaydi. U so`zida ham turmaydi. Axdini ham qayta-qayta buzaveradi. Do`stligiga ham ishonib bo`lmaydi. Uni istagan chori buzadi». Hazrat Navoiydan hikmat: Ko`rmayin ulkim ishi bo`xton erur, Bilki bu xislat bila shayton erur.Donishmanddan suradilar: - Yetimdan ham xorroq zot bormi, bo`lsa kim u? Javob berdilar: - Tuxmatchi, chaqimchilar fosh bo`lganda yetimdan ham xorroq bo`ladilar.Bo`xton - hasadchilarning o`ziga xos ichki qonunidir. Bu dunyodagi taniqli zotlar orasida yolg`on va bo`xton balchig`i chaplanmagan bironta odam topilarmikin? Odatda mevaning sarasini qurt yeganidek, bo`xton ham yaxshilarga yopishadi. Tirnoq ostidan kir qidirish azaldan o`rtamiyona yo salgina oshgan yoki oshmagan odamlarning xususiyatidir. Iqtidorli aql egalari esa yaxlit va jiddiy hodisalarga qarshi e’tiroz bildiradilar yoki indamay qo`ya qoladilar. Buyuk allomalar esa xech kimni ayblamay, o`zlari kashfiyot bilan mashg`ul bo`ladilar. Kaltafaxmlar esa aqllariga sig`magan narsalarning xammasini qoralayveradilar.Kimdir «Illatlar orasida gumonning birovga zarari yo`q», deb qoldi. Zoxiran shunday. Ammo botinan qaralsa, ko`p yomonliklar gumon bulog`idan suv ichib, quvvatlanadi. Kishi gumonga borib, birovni g`iybat qiladi. Shubxaga borib, yuk, ofatning oldini olish uchun fitna yasaydi. Allox Taoloning rasuli (s.a.v.) dedilar: «Gumon sirashdan o`zingizni saqlang. Chunki gumon bilan aytilgan gap eng yolg`on gap bo`ladi.». «Ey iymon keltirganlar, ko`p gumonlardan chetlaninglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar...» («Xujurot» surasidan). Gunohga olib boruvchi illatlar dan biri - badgumonlikdir. Badgumonlik(yomon gumon) kishilar haqida shubxa qilish, ulardan xadik qilish ma’nosidadir. Odatda bunday gumonlarning ko`pi asossiz, behuda bo`ladi. Shu boisdan ham «ko`p gumonlardan» chetda bo`lish buyurilyapti.Xikoyat. Bir bo`ri suruvga ortidan ergashib kelardi. Go`yo qo`ylarga zarar yetkazishni uylamasdi ham. Cho`pon avvaliga sergaklanib, uni kuzatdi. Bo`rining harakatida yovuzlik sezilmagach, xotirjam buldi. Hatto bo`riga nisbatan unda ishonch uygondi-da, qo`ylarni qoldirib, qishlog`iga qarab ketdi. Cho`pon ketishi bilan bo`ridagi muloyimlik libosi yirtilib, asliga vaxshiyligiga qaytdi. Suruvni qonga beladi...Qissadan hissa shuki, dunyoda beozor ko`ringan, fursat kelishi bilan bo`riga aylanadigan bo`ri siyratli kimsalar ham bor. Ularga biron narsani ishonib, omonat topshirsang, bo`rining suruvga qilgan ishini qiladilar. Ishonuvchan odam esa chunon holiga tushadi. Shuning uchun ham donolar sinalmagan otga yaqinlashmaslikni tavsiya etadilar. Albatta, kishilarga ishonch bildirish kerak, ammo bu borada sezgirlikni unutmaslik ham zarurligini ta’kid etgan holda «tuxmat»ning akasi «g`iybat» bilan ham tanishishamiz.“Tuhmat tosh yoradi” qismidan 15 ta test1.Osmonlardanda kattaroq va og`irroq narsa bu nima? A)gumon B)tuxmat C)yolg`on 2.Shaytonning ardoqli o`g`li- bu? A)gumon B)tuxmat C)yolg`on 3.”Tuxmat tosh yoradi, tosh yormasa bosh yoradi”. Ushbu qaysi janrda yozilgan? A)maqol B)hikmatli so`z D)matal 4. Yetimdan ham xorroq zot kim? A)tuxmatchi B)yolg`onchi D)ichuvchilar 5.Gunohlarning eng kattasi-bu? A)Alloh Taologa shirk keltirish B)Ota-onaga oq bo`lish D)A,B 6. Hazrati shayx Sammuni Ohiq (q.s.) qayerda shuhratlari baland edi? A)Hirotda B)Bag`dodda D)Makkada 7.Oy yuzli, gul yanoqli, nomuli va iffatli obraz kim? A)Bahoriya B)Bahor D)Bahoroy 8.Xokim qaysi tilni tushunmas edi?
9.Xokimga yana kim guvohlik berdi? A)Xizmatkor B)qushchi D)qorovul 10. Bo`xtonga eng yaxshi javob nima bilan unga jirkanib qarashdir? A)Sukut B)nizo D)yaxshilik 11.Nima hasadchilarning o`ziga xos ichki qonunidir? A)g`iybat B)bo`xton D)yolg`on 12.Bo`xton kimga yopishadi A)gunohsizlarga B)yaxshilarga D)yomonlarga 13.Har qanday jinoyat nechta yo`l bilan hal qilinadi? A)2 B)3 D)4 14.Badgumonlik bu-? A)yomon gumon B)yolg`on D)g`iybat 15……, ikkilanish insonni chekintiradi, g`amga botiradi? A)gumon B)yolg`on D)g`iybatDownload 7.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling