Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti pulatova muhabbat egamberdievna


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 0.98 Mb.
bet8/12
Sana22.01.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1110237
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Автореферат М.Пулатова

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Tadqiqot natijalari 4 ta xalqaro va 2 ta respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 14 ilmiy metodik ish, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta maqola, shundan 3 tasi respublika hamda 1 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat bo‘lib, hajmi 122 sahifani tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Dissertatsiyaning “Kirish” qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon qilingan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, ob’ekti, predmeti belgilangan, ilmiy yangiligi aniqlangan, amaliy natijalari, ilmiy va amaliy ahamiyati, joriy etilishi tegishli hujjatlar bilan dalillangan, shuningdek, nashr ishlari hamda dissertatsiya tuzilishiga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertatsiyaning birinchi bobi “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida innovasion kompetensiyani rivojlantirishning nazariy asoslari”, deb nomlangan va unda o‘qituvchilarda innovasion kompetensiyani rivojlantirish pedagogik muammo sifatida tahlilga tortilgan, shu bilan birga, uning pedagogik-psixologik xususiyatlari sharhlangan hamda konseptual yondashuvlar o‘qituvchilarning innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish omili ekanligi ta’kidlangan.
“Innovatsiya” atamasini sharhlashga doir harakatlar tadrijiy rivojlanib borgan bo‘lib, turlicha izohlarni kuzatish mumkin. Jumladan, uni bir madaniyatning ba’zi elementlarini boshqasiga kiritish yoki ularning birlashishi natijasida yangisining shakllanishi, kabi qarashlar ham mavjud. Yana bir e’tiborga molik tushuncha “innovatsion ta’lim” atamasi bo‘lib, u yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga asoslangan, yuqori samaradorlikka erishishga imkon beradigan, o‘zgaruvchan jamiyatga muvaffaqiyatli moslasha oladigan shaxsni shakllantirishni bildiradi. Shuningdek, innovasion ta’lim nafaqat alohida shaxsni shakllantirishga, balki butun jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ta’limiy tadbirlardir. bunday ta’limda kechuvchi innovatsion jarayonlar ham muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan tamoyillarga tayanadi (1-rasm):


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling