Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
KURS ishi.Abdumuminov H.Ustoz-shogird
3 KIRISH. Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson sifatida tarbiyalash uchun imkon beruvchi, mukammal ta’lim tizimini yaratish, uning samaradorligini oshirish bugungi kunning muhim masalalasi hisoblanadi. Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablari va san’at maktablarida tasviriy va amaliy san’at fani ta’lim jarayoniga qo’yilgan talablar asosida o’qitilib kelinmoqda. Amaliy san’atda ustoz va shogird an'analari o’rganish esa amaliy san’at darslarini o’tishda muhim ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. O’quvchilarning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini shakillantirishda ushbu dars mashg’ulotlarining o’rni nihoyatda ahamiyatlidir. O‘zbek rassomlari va amaliy san’at ustalaridan Chingiz. Axmarov, Mahmud Usmonov, Usta Shirin Murodov, Olimjon Qosimjonov, Jalij Hakimov, Anvar Ilhomov, Toshpo’lat Arslonqulov, Saidaxbor Bulatovlarning asarlarini ijobiy jihatlarini tahlil qilib, ibrat olishimiz, ularning hayoti va ihjodini o’rganishimiz mumkin. Amaliy san’at va naqqoshlikni o‘qitish umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar va san’at maktablarida tasviriy va amaliy san’at san`at fanlari shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim, kasb-hunar va san’at maktablarida amaliy san’at fani mashg`ulotlarini to’g`ri tashkil qilish, o’quvchilarda shu fan bo’yicha puxta bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni asosiy maqsad qilib belgilaydi. Tasviriy va amaliy san’at jumladan naqqoshlikni o’qitishda o’quvchilarni borliqdagi va san’at asarlaridagi nafosatni ko’rishga, idrok etishga undan zavqlanishga hamda qadirlashga o’rgatish o’qituvchining etibor berishi lozim bo’lgan asosiy jihatlar hisoblanadi. Mustaqil O‘zbekistonimizning turli sohalaridagi o‘zgarishlar jamiyatimiz oldiga o‘sib kelayotgan yosh avlod bilimi, ma’naviyati, ilmiy dunyoqarashini boyitishning samarali vositalarini izlash, zaruriyatini qo‘ymoqda. Yoshlarimizdan ular egallagan bilimlarini jamiyatimiz ravnaqi yo‘lida qo‘llay bilish talab etilmoqda. Yosh avlodning istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalanib, ulug‘ 4 ajdodlarimizga munosib bo‘lib voyaga etishishlari, eng avvalo ularning bugungi olayotgan saboqlari va bilimiga bog‘liqdir. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling