Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti sport faoliyati va san


  2.2. Qadimgi yog‘och o‘ymakorligida ishlangan yodgorliklar


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana15.06.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1482365
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
KURS ishi.Abdumuminov H.Ustoz-shogird

 



16 
2.2. Qadimgi yog‘och o‘ymakorligida ishlangan yodgorliklar.
Yog‘och o‘ymakorligi. IX—X asrlarda O‘rta Osiyoda madaniyat o‘sa 
boshlaydi. Shu asrlarda buyuk olimlar, faylasuflar, yozuvchilar etishib 
chiqdilar. Ular Abu Ali ibn Sino, Ro‘dakiy, Firdovsiy, Beruniy va 
boshqalardir. Ajoyib arxitektura yodgorliklari yaratildi. Masalan, jahonga 
mashhur Ismoil Somoniy maqbarasidir. Madaniyatning rivojlanishi yog‘och 
o‘ymakorligining yanada rivojlanishiga olib keldi. Y
OG

OCH 
o‘ymakorligi bilan 
eshiklar, binolar, ustun, ravoq har xil xontax-talar bezatildi. O‘ymakor ustalar 
o‘zi yaratgan san’at asarlarida timsol va duo-afsunlar, tasbih va tanosiblarning 
naqadar ko‘pligini , ko‘rish mumkin. Har bir o‘yma naqsh zaminida
qandaydir ramziy ma’no yashiringan bo‘ladi. Ular bu murakkab naqshlar 
orqali voqe’likdagi eng go‘zal tilaklarni aks ettirib kelganlar. XI—XII asrlarda 
xalq amaliy san’ati yanada gurkirab rivojlandi. Murakkab naqsh turi bo‘lgan 
geometrik naqsh, ya’ni girih naqshi bezakda etakchi o‘rinni egalladi. Arxitektura 
uy ro‘zg‘or buyumlari yanada badiiy, nafis qilib bezatildi. Girih naqshi yanada 
rivojlandi. Masalan, X I I
asrga oid yog‘och o‘ymakorligi namunasi 
Samarqanddagi SHohi-Zinda devorining orasidan topilgan bo‘lib, u o‘zining 
badiiy nafis va tabiiy ishlanganligi bilan kishini lol qoldiradi. XIV asr 
o‘rtalarida Shayx Sayfuddin Boxarziyning dahmasiga ishlangan yog‘och 
o‘ymakor-ligi naqshi topildi. San’atning ustki qismida o‘rnatilgan yog‘och 
taxtasidagi o‘ymalar shunday o‘yilganki, o‘yma naqshning nafisligi, uning 
murakkabligi, tabiiyligi, dinamikligi, juda sifatli o‘yilganligi kishini hayratga 
soladi. O‘ymani bajargai ustaning naqadar nozik didli kuchli nazariyotchi 
hamda amaliyotchi eto‘q usta ekanligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Undagi 
naqshlarning erkin, nozik harakati inson ruhini ko‘taradi. 
XIV —XV asrlarda yog‘och o‘ymakorligi tez ko‘lamda rivojlandi.
Hattoki tirik mavjudotlar o‘yib tasvirlangan ishlarni ham ko‘rish 
mumkin edi. Samarqanddagi Ruxobod maqbarasining eshigida o‘yma naqsh
bajarilgan bo‘lib, baliqning stillashtirgan tasvirini ko‘rish mumkin. 
XIX 


17 
va XX asrlarda yog‘och o‘ymakorligi, misgarlik, naqqoshlik va san’atning 
boshqa turlari rivojlanib har bir shaharning o‘ziga xos yog‘och o‘ymakorligi 
paydo bo‘ldi. Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyi, Quvadagi Zayniddinboyning uyi, 
Marg‘ilondagi Saidahmadxo‘ja madrasasi, Buxorodagi Sitorai Mohi-Xosa va 
boshqalarda ajoyib yog‘och o‘ymakorligi namunalari yaratildi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling