№
|
Mashg’ulotlar mavzusi
|
Mashg’ulotni o'tkazish bo’yicha tavsiyalar
|
O’tkazish vaqti
|
1
|
«Sog’lom turmush tarzim-meni jismonan va ma’nan komillika eltadi! »
|
Mamlakatimizda Davlatimiz tomonidan Xotin-qizlarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlami 2017-2021-yillarda O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasining yosh oilalar va qizlar bilan ishlash strategiyasi mazmun mohiyatini tushuntirish misolida targ’ib etish maqsad qilinishi lozim. Maqsad: Amalga oshirilayotgan barcha islohotlar maqsadli va har bir qizga daxldor ekanini ularning ongiga singdirish, qizlarning ijtimoy-huquqiy salohiyatini oshirish.
|
Har doim
|
2
|
«Balog’at bekatidan yetuklik sari»
|
Ushbu mashg’ulotning asosiy maqsadi-qizlarning balog’at davrida uchraydigan ruhiy- emotsional, maishiy- ijtimoiy muammolarga qarshi turg’un fikr va o’ziga xos ma’naviy immunitet hosil qilish.Tadbirda o’smirlar shifokori, ginekolog, ruxshunos, huquqshunos va onalar ishtiroki ta’minlanishi maqsadga muvofiq.
|
Har doim
|
3
|
«Oila-muqaddas
dargoh.»
|
Ushbu mashg’ulot Respublika «Oila» amaliy markazi va «Oila va jamiyat” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda o’tkazilib, qizlarga oilaning jamiyatdagi vazifasi, uning mustahkamligi Vatan ravnaqi uchun nechog’li ahamiyatli masala ekanligi ochib berilishi kerak bo’ladi.
|
Har doim
|
4
|
Qizim senga gapim bor.”
|
Mashg’ulot mahalla maslahatchilari va faxriy ustozlar bilan ma’naviyat soatlari ko’rinishida o’tkazilishi, qizlarning fiziologik-ruhiy o’zgarishlar bo’layotgan davrida kerak bo’ladigan maslahat va o’gitlari, shaxsiy xayotiy tajribalaridan kelib chiqib o’rtoqlashishlari, munozaraga kirishishlari taklif etiladi.
|
Har doim
|
5
|
“Sizga o’xshasam deyman…” Shoira va chin sadoqat timsoli ijodiga bag’ishlangan adabiy-badiiy kecha
|
Kechani uyushtirishga o’ta mas’uliyatli yondoshish kerak. Zero, qizlar aynan Zulfiyaning hayot yo’llarini, ma’naviy dunyosini o’zlariga namuna-ideal qilib olishlari uchun bu shaxsning yuksak insoniy fazilat sohibasi, nozik qalb egasi bo’lganligini ochib berish talab etiladi. Bu sohibalari vakillaridan taklif etish maqsadga muvofiq bo’ladi.
|
mart
|
6
|
Qizlarjonlar davrasi» ko’rik-tanlovi.
|
Tanlov o’tkazishdan maqsad-qizlarning ro’zg’or tutish, mehmon kutish, kiyinish va muomala madaniyatiga oid shu kungacha egallagan bilim, ko'nikmalarini aniqlash, qolgan qizlami ham faollikka undash, to’garaklar faoliyatini nazorat qilishdir. Buning uchun tanlovda e’lon qilingan shartlar paxta va rang barang bo’lishi, nazariy va amaliy sinovlar yosh jihatdan to’g’ri tanlanganiga e'tibor berilishi kerak.
|
mart
|
7
|
«Men tadbirkor bo’laman!»
|
O’quvchi qizlarni, tadbirkor, hunarmand va kasanachilik bilan shug’ullanib, bo’sh ish o’rinlari yaratib, yurtimiz ravnaqiga va oila byudjetiga hissa qo’shayotgan ishbilarmon ayollar bilan uchrashuv tashkil etish, ulaming oiladan ortib, jamiyatda ham kerakli inson bo’lishlariga qanday omillar sabab bo’lganini, bu makonga erishish usullarini suxbat jarayonida qizlarga o’rgatish. ularda kelajak rejalarini tuzish, maqsad sari intilishga undashdir.
|
mart
|
8
|
“Biz sog’lom turmush tarafdorimiz” aksiyasi
|
Aksiya sport, tibbiyot, adabiyot, san’at va fan yo’nalishlarida o’tkazilishi, uning mazmunan boy va qiziqarli o’tishiga turtki bo’la oladi. Aksiya doirasida Vatanimiz nomini dunyoga tanitgan taniqli insonlarni taklif etib, uchrashuvlar, suhbatlar o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
|
aprel
|
9
|
«Tibbiy savodxonlik nima?»
|
Mashg’ulot qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, birinchi yordam, ularga favqulotdagi holatlarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan xatti-harakatlarni o’rgatish maqsadida o’tkaziladi. Mashg’ulot malakali shifokor va hamshiraning amaliy saboqlari, ko’rgazmalari bilan boyitilishi kerak.
|
aprel
|
10
|
“O’tmishsiz kelajak yo’q”
|
Viloyatning ko’zga ko’ringan, ko’hna tarixiy obidalariga sayohat uyushtirib, biz mana hsunday ma’naviy merosga munosib bo’lishimiz kerakligini, uni kelajak avlodlarga bekam-u ko’st yetkazishimiz kerakligini o’rgatish maqsad qilinishi kerak.
|
aprel
|
11
|
Bilmayin bosdim tikanni...» Xotin-qizlar o'rtasida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbiri.
|
Tadbirni tumanning tegishli davlat va nodavlat hamkor tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan reja asosida uyushtirish kerak. Jinoyatchilik ko’chasiga bilmasdan kirib qolgan, xayoti zavol topgan, yorug’ kelajagiga ko’ra dog’ tushgan shaxslar achchiq xayoti ko’rsatilib, qizlarga jinoyat ko’chasiga kirib kolish bir soniyalik huzur, undan chiqib ketish esa bir umrlik mashaqqat ekanini onglariga singdirish kerak. Mashg’ulotda berilgan fikr-mulohazalar xulosasi uy inshosi sifatida vazifa qilib berilishi lozim.
|
may
|
12
|
«Kitob-ma’naviy komillik kaliti» adabiy kechasi
|
Tadbir nafaqat ma’lum bir asar taqdimoti, balki kitobning kishilik jamiyatidagi o’rni, inson kamolotida uning zalvori va ahamiyati xususida fikrlar xilma-xilligi va kitobxonlik madaniyati xususida baxs-munozara bilan boyitilishi kerak.
|
may
|