Sharof Rashidov tumani Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 19- sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
“Yozgi sog’lomlashtirish ” davrida O’RTA guruhlar o’rtasida “Kim epchil va kim chaqqon ” shoiri ostida o’tkazilgan sport musobaqasi
BAYONNOMASI
Sharof Rashirov tumani MTBga qarashli 19-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotimizda yozgi sog’lomlashtirish ish rejasida ko’rsatilgan vazifalarni amalda bajarish o’sib kelayotgan bolajonlarni sog’lom va ruhan chiniqtirish va ularning yozgi sog’lomlashtirish davrida vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida O’RTA guruhlar o’rtasida “Kim Epchil Va Kim Chaqqon” mavzusida sport musobaqasi tashkil etildi. Sport musobaqasidan ko’zlangan asosiy maqsad bolajonlarning vaqtlarini samarali o’tkazish, yozgi mavsumda chiniqtirish ishlarini to’g’ri tashki etish va bolajonlarning kayfiyatlarini yuqori qilish, guruhlarning bir birlari bilan hamkorlikda ishlashlarini mustahkamlashdan iboratdir. Bolajonlarimiz sport musobaqasidan o’zlari uchun juda kerakli bilm va ko’nikmalarni oldilar . Quvvatlarini oshirib organizmlarida yuqori immunt xosil qildilar desak hech ham adashmagan bo’lamiz. Sport musobaqasida katta guruh bolajonlarimiz o’zaro 3 shartlar bo’yicha bellashdilar va o’zlarining nimalagga qodir ekanliklarini barchaga namoyish etdilar. Bolajonlar o’zaro arqon tortish, uzoqlikka sakash , shiribom va arqoncha sakrash kabi shartlarni quvnoqlik va chaqqonlik bilan bajardilar.
Musobaqani ochib berish uchun so’z 19-DMTT direktori R.RAfiyevaga berildi va Rayxona Rafiyeva Musobaqani yaxshi kayfiyatda o’tishi va bolajonlarga samimiy tilaklarini bildirib musobaqani ochib berdilar. O’rta guruh tarbiyachisi Ozodboyeva Nargiza sport musobaqasini boshqarib bordilar. 3 kishidan tashkil topgan hakamlar hayati a’zolar har bir shartlarini sinchikovlik bilan kuzatib bordilar va aloxida baxolab bordilar . Barcha shartlarda bolajonlar qo’llaridan kelguniga qadar harakat qilib sport musobaqasini ko’tarinki ruhda o’tkazdilar. Barcha faol bolajonlar musobaqa so’ngida DMTT mamuriyati tomonidan Diplom bilan taqdirlandilar. Bu kabi sport musobaqalari yozgi sog’lomlashtirish davrida bolajonlarimizning bo’sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o’tishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |