Sharof Rashidov tumani maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 19-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Ochilova Mavludaning Yozgi sog’lomlashtirish mavsumi davomida bajarilgan ishlar


Download 122.96 Kb.
bet7/7
Sana31.01.2024
Hajmi122.96 Kb.
#1820115
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 IYUIN BAYRAM BAYONNOMA

BAYONNOMASI
19- Sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotimizda Yozgi sog’lomlashtirish davri ish rejasidan kelib chiqqan xolda tashkilotimiz guruhlari o’rtasida “Ranggin loylar” mavzusida musobaqa tashkil etildi. Bu musobaqada tashkilotimizning barcha guruh bolachalari faol qatnashdilar. Bu musobaqani tashkil etishdan asosiy maqsad bolajonlarimizni yozgi davr chiniqtirish ishlarini samarali tashkil etish va bolajonlarimizning mayda qo’l matorikalarini rivojlantirish aqliy salohiyatlarini kuchaytirishdan iboratdir. “Ranggin loylar” musobaqasaida tayorlov guruh bolajonlari, katta guruh bolajonlari, o’rta guruh bolajonlari, kichik guruh bolajonlari juda ham faol qatnashdilar. Ularning barchalariga mavzular berilib bolajonlar pishitilgan loylardan o’zlarining fantaziyalaridan kerlib chiqqan xolda narsalar yasadilar. Barcha bolajonlar ertak qaxramonlari mavzusida, non aziz nemat mavzusida koptokchalar va shu kabi qiziqarli mavzular asosida loydan ajoyib ko’rgazmachalar tashkil etdilar va barcha bolajonlarning qilingan ishlari quyoshda quritib olindi va quritilgan ko’rgazmalar bolajonlar va tarbiyachi opalari bilan birgalikda turli xil ranglarga bo’yatildi. Barcha bolajonlar bu kabi musobaqadan o’zlarining fantaziyalarini kengaytirdilar, mayda qo’l matorikalari juda yaxshi rivojlandi kayfiyatlari ko’tarinki bo’lib hushkayfiyatda musobaqani tamomladilar. Musobaqa so’ngida juda faol bolajonlar ishi tashkilot raxbariyati tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

Tarbiyachi : Ochilova MAvluda

Sharof Rashidov tumani Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 19- sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Jamolova Zamiraning “Yozgi sog’lomlashtirish ” davrida Ochilova Mavluda guruhlar o’rtasida “BIZ SPORTNI SEVAMIZ” shoiri ostida o’tkazilgan sport musobaqasi
BAYONNOMASI
Sharof Rashidov MTBga qarashli 19- sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotimizda yozgi sog’lomlashtirish ish rejasida ko’rsatilgan vazifalarni amalda bajarish o’sib kelayotgan bolajonlarni sog’lom va ruhan chiniqtirish va ularning yozgi sog’lomlashtirish davrida vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida tayorlov guruhlar o’rtasida “ Biz sportni sevamiz” mavzusida sport musobaqasi tashkil etildi. Sport musobaqasidan ko’zlangan asosiy maqsad bolajonlarning vaqtlarini samarali o’tkazish, yozgi mavsumda chiniqtirish ishlarini to’g’ri tashkil etish va bolajonlarning kayfiyatlarini yuqori qilish, guruhlarning bir birlari bilan hamkorlikda ishlashlarini mustahkamlashdan iboratdir. Bolajonlarimiz sport musobaqasidan o’zlari uchun juda kerakli bilm va ko’nikmalarni oldilar ,quvvatlarini oshirib organizmlarida yuqori immunt xosil qildilar desak hech ham adashmagan bo’lamiz. Sport musobaqasida tayorlov guruh bolajonlarimiz o’zaro 3 shartlar bo’yicha bellashdilar va o’zlarining nimalagga qodir ekanliklarini barchaga namoyish etdilar. Musobaqani ochib berish uchun so’z 19-DMTT uslubchisi _____________ opaga berildi va uslubchimiz Musobaqani yaxshi kayfiyatda o’tishi va bolajonlarga samimiy tilaklarini bildirib musobaqani ochib berdilar. KATTA guruh tarbiyachisi M.Akbarova sport musobaqasini boshqarib bordilar. 3kishidan tashkil topgan hakamlar hayati a’zolar har bir shartlarini sinchikovlik bilan kuzatib bordilar va aloxida baxolab bordilar . Barcha shartlarda bolajonlar qo’llaridan kelguniga qadar harakat qilib sport musobaqasini ko’tarinki ruhda o’tkazdilar. Birinchi shart qoplar ichida sakrab borish va markazdagi to’pni olib yugurib qaytish sharti bo’lib bunda ikkala guruh bolajonlari ham o’z kuchlarini va epchilliklarini namoyish etdilar. Ikkinchi shart arqon tortish sharti bo’lib bunda bolajonlar o’zaro kuch belllashdilar va bus hart qizg’in kechib guruhlarning kuchlari ikkiyu ikki xisobda teng bo’ldi. Uchinchi shart sardorlar bellashuvi bo’lib bunda sardorlar o’zaro kuch sinashdilar. Barcha shartlar xalol tashkil etilib barcha faol bolajonlar musobaqa so’ngida DMTT mamuriyati tomonidan Diplom bilan taqdirlandilar. Bu kabi sport musobaqalari yozgi sog’lomlashtirish davrida bolajonlarimizning bo’sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o’tishiga yordam beradi.

Tarbiyachi : Ochilova Mavluda
Download 122.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling