223
gazlamalarni ot-aravalarga ortib, uzoq
qishloqlarga olib borib
sotishgan.
Bakovul – turli davrda turli xil ma’nolarni anglatgan: 1.XVI – XIX
asrlarda belgilangan joylarda savdogarlarning tamg`a, ya’ni boj
solig`ining to’plab o’tishlari ustidan nazorat qilib turgan kichik
mansabdagi
harbiy xizmatchi;
Bolish – mo’g`ullar imperiyasida tillo pul birligi, bolish 8 misqol, u 2
donga teng bo’lgan.
Botmon – Sharq mamlakatlari, jumladan, O’rta Osiyoda qadimgi davr
va o’rta asrlarda mavjud bo’lgan og`irlik o’lchovi birligi. Botmon turli
davrlarda turli joylarda miqdori o’zgarib turgan. Masalan: XIX asrda
bir botmon Хivada 20,16 kg dan 40,95 kg gacha,
Buxoro va
Samarqandda – 8 pud (1 pud 16 kg), ya’ni 131,44 kg, Farg`onada – 8-
10 pud ya’ni 131,44 kg dan 163,800 kg gacha, Тoshkentda – 10,5 pud
ya’ni 171,99 kg ga teng bo’lgan. Shuningdek, O’rta Osiyoda botmon
sifatida yer o’lchovi sifatida ham qo’llanilgan, ya’ni bir botmon
og`irlikdagi bug`doy sepilishi mumkin bo’lgan
yer bir botmon
hisoblangan. bu taxminan bir gektarga teng sath o’lchov belgisi
bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: