Sharq allomalarining ilmiy


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/38
Sana19.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1615716
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Bog'liq
12642 2 7A8E813B2BD197339F14585DFC1CDF844D666BD1

Muxtasib – musulmon mamlakatlaridagi amaldor. Ko’pincha 
sayidlardan tayinlangan. U aholining urf-odatlarga amal qilish hamda 
bozorlardagi narx-navo va o’lchov asboblarining to’g`riligi ustidan 
nazorat qilib turgan. XIX – XX asrlarda Buxoroda muxtasib rais deb 
ham atalgan. 
Sohibqiron – 1.Quyosh tizimidagi katta sayyoralardan ikkitasini bir-
birini to’sish paytida tug`ilgan odam. Rivoyatlarga qaraganda, Amir 
Тemur ikki sharofatli yulduzlar Zuhra va Mushtariy sayyoralari bir-
birlariga yaqinlashgan paytda tug`ilgan ekan. Munajjimlarning fikriga 
ko’ra, bunday odam baxtli, ulug` martabali bo’lishi muqarrar 
sanalgan. Amir Тemurning Sohibqiron deb atalishi ham shundan. 
Sohibqiron so’zining asl ma’nosi «baxtiyor podshoh», «qudratli 
podshoh» demakdir;
2.Sharq mamlakatlarida obro’li, g`olib podsholarga berilgan unvon. 
O’rta Osiyoda dastlab Amir Тemurga shunday unvon berilgan.
Ma’lumki, Amir Тemur o’zining harbiy muvaffaqiyatlariga o’zining 
kuchli qo’shini bilan erishgan. U qo’shinni o’ntalik askariy 
birikmalardan iborat lashkarlardan tuzgan. Lashkar o’ng minglik 


222 
bo’lsa – tuman, minglik esa – hazora, yuzlik – xushun, o’nlik esa – 
xayl deb nomlangan. Ularga boshchilik qilgan lashkarboshilar esa 
tuman og`asi, mirikazora, qo’shinboshi, aylboshi deb yuritilgan. 
Amir – Mo’g`ullar istilosidan so’ng Oltin O’rda, keyin O’rta Osiyo va 
Eronda mo’g`ul va turk qabilalari birlashmasi – ulus boshlig`ining 
unvoni ham amir deb atalgan. Sohibqiron Тemurning unvoni ham 
amir bo’lib, tarixda Amir Тemur deb yuritilgan. XVIII asr oxiridan 
boshlab, Buxoroda mang`it sulolasiga mansub bo’lgan hukmdorlar 
ham o’zlarini amirlar deb yuritishgan. 
Amirlik – musulmon mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan 
mamlakat. XVIII asrning o’rtalaridan boshlab Buxoro xonligi Buxoro 
amirligi deb yuritilgan. 
Хon – turkiy xalqlar va mo’g`ul hukmdorlarining unvoni. Dastlab 
qabila boshlig`i, keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiylar va 
xorazmshohlar davrida viloyat yoki shahar hokimi, mo’g`ul feodal 
imperiyasida ulus boshlig`i davlatlarda oliy hukmdor xon, podshohlik 
qilmagan. Chingiziylarda esa sulton deb yuritilgan. Qo’qon, Buxoro 
(1753 yilgacha) va Хiva xonligida hukmdorlar o’zlarini xon deb 
ataganlar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling