Sharq allomalrining muomala madaniyati


Download 0.81 Mb.
bet2/3
Sana13.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1195647
1   2   3
Bog'liq
Safarov Suhrob Pedagogik mahoratning asosiy kompanentlari

Zamonaviy pedagogika

20-asr boshlaridan qiyosiy ped. fani P.ning alohida tarmogʻi sifatida dunyoga keldi. Unda jahondagi turli xalqlarning pedagogik qarashlari va taʼlim-tarbiya tizimi qiyosiy-genetik yoʻsinda bir-biriga solishtirilgan holda oʻrganildi. P.ning bu tarmogʻi taʼlim-tarbiya borasidagi eng ilgor usul va yondashuvlarni solishtirish, maqsadga muvofiklarini muayyan milliy pedagogik fan va amaliyotga tat-biq qilish imkonini beradi. Mamla-katimizda hozircha qiyosiy ped. alohida fan sifatida shakllanmagan boʻlsada, bu borada jiddiy izlanishlar amalga oshirilgan.

Tarixi. P. inson faoliyatining eng qad. turidir. U odam bilan birga paydo boʻlgan va odamning odamligini, uning oila, jamoa hamda jamiyat boʻlib yashashini taʼminlab turgan fan va amaliyotdir. Insoniyat mavjud tajribalarni oʻrganish va boshqalarga oʻrgatishni yoʻlga qoʻya boshlagan vaqtdan, yaʼni P. paydo boʻlganidan buyon hamda shu tufayligina mavjuddir. Dastlab sof amaliy harakterga ega boʻlgan va insoniyat koʻp yillar mobaynida orttirgan hayotiy tajribalarni yoshlarga qisqa muddatda oʻrgatishni koʻzda tutgan. Bu P. udum, odat, anʼana tarzida namoyon boʻlgan. Shuning uchun ham oldin xalq pedagogikasi vujudga kelgan. Chunonchi, oʻzbek xalq P. siga muvofiq, kichik yoshdagilar kattalardan oldin taomga qoʻl uzatmaydi, koʻrishish uchun oldin katta qoʻl choʻzishi lozim, ota bilan masala talashilmay-di, kattalarga ran qaytarilmaydi va boshqa

PEDAGOGIK FAOLIYAT

Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, jamiyat tomonidan belgilanadi, va asosan yosh avlod shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu faoliyat, avlodlarning o‘zaro ijtimoiy bog‘liq aloqalarini amalga oshirishga yoshlarni tayyorlash, insonning tabiiy imkoniyatlaridan jamiyat tajribalarini egallashda foydalanishdan iborat. Shunday qilib, pedagogik faoliyatning maqsadi ijtimoiy jihatdan standart tarzda belgilab berilgan bo‘lsada, lekin aniq pedagogik holatda vazifalar nostandart tarzda kelib chiqadi. Demak, o‘qituvchidan aniq holatdan kelib chiqib, maqsadni ko‘ra bilish orqali ijtimoiy xolatga bog‘langan holda ijodiy yondashuvni talab etadi. O‘qituvchi faoliyati boshqalar faoliyatini boshqarish demakdir. Boshqacha qilib aytganda, o‘qituvchi faoliyati o‘quvchilar faoliyati asosida quriladigan faoliyatdir. Misol uchun olganda, murakkab, ziddiyatli bir holatda pedagog baqirmaslikka, u yoki bu shaxsni ajratib ko‘rsatmaslikka harakat qilishi kerak, balki tarbiyalanuvchilar o‘zlari mazkur sharoitdan to‘g‘ri xulosa chiqarishi uchun imkoniyat bermog‘i lozim (tikilib turishi, jim turishi, keskin gapirishi). Albatta, bunday yechim tarbiyalanuvchilarning yuqori darajada ongliligidan dalolat bermasada, ular tarbiyachi maqsadi sari borganligini bildiradi. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o‘ziga xos tomoni shundaki, u pedagog va o‘quvchi maqsadi ham bo‘lib qolishi kerak. Boshqa odamlarning (faoliyatini boshqarish shu jihatdan ham murakkabki, tarbiya maqsadi tarbiyalanuvchining kelajagini loyihalashtiradi. Albatta, bu maqsad o‘qituvchi uchun yaqin va tushunarli, chunki u: «Sen bilishing, uddalashing, bajarishing kerak», deb talab etadi. Lekin bola shu birgina kun tashvishi bilan yashaydi, bugungi kun muammosini hal etib boradi. Kelajak uning uchun juda ham uzoq. Bunday qarama-qarshilikni tarbiya fojiasining asosi deyish mumkin.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling