Sharq falsafasi. G’arb falsafasi


Download 344 Kb.
bet14/35
Sana24.04.2023
Hajmi344 Kb.
#1395297
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI

Baratov Mubin (1934-2005) Oʻzbekiston fanlar akademiya- sining akademigi, falsafa fanlari doktori, professor. Koʻp yillar Falsafa va huquq instituti direktori, ToshDU qoshidagi Ijtimoiy fanlar oʻqituvchilarining malakasini oshirish instituti direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. Akademik M.Baratov sharq falsafasi tarixi boʻyicha katta izlanishlar olib borgan, 300 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan, Hind falsafasi boʻyicha ToshDU (OʻzMU) falsafa fakultetida maxsus kursdan qiziqarli darslar olib borgan.
Tursunmuxamedov Sattar Pozilxakovich (1929-yil Turkiston sh. 2020-yil Toshkent sh.), Oʻzbekiston fanlar akademiyasining akademigi, falsafa fanlari doktori, professor. Koʻp yillar Toshkent xalq xoʻjaligi instituti falsafa kafedrasi mudiri, Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti rektori, ToshDU qoshidagi ijtimoiy fan oʻqituvchilari malakasini oshirish instituti direktori vazifalarida faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Ilmiy ishlari koʻproq ijtimoiy falsafa, siyosatshunoslik, jumladan jamiyatning ijtimoiy strukturasi, ijtimoiy qatlam, guruhlar masalalariga qaratilgan. Ustozimiz Sattar Pozilxakovich oʻta madaniyatli, toʻgʻri soʻz, mard inson edi.
Bazarbayev Jumanazar (1933–2020) Qoraqalpogʻiston fani- ning yirik namoyandasi, faylasuf olim, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, falsafa fanlari doktori, professor. Akademik J.Bazarbayev umrining oxirigacha ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shugʻullandi, Qoraqalpogʻiston respublikasi uchun koʻplab olimlar yetishtirdi, ijtimoiy falsafa, axloq, madaniyat nazariyasi sohasida koʻplam ilmiy, oʻquv uslubiy asarlar chop etgan


4. G’arb falsafasi.
Antik davr YUnon falsafasi va uning tarixiy bosqichlari. SHuni ta’kidlash joizki, antik zamon falsafasi haqida so’z borganda umuman qadimgi zamon falsafasi (mas, Xindiston, Xitoy) emas, balki qadimgi YUnoniston va Rimda yuzaga kelgan falsafa nazarda tutiladi. Antik falsafa davri eradan oldingi VII asrning oxiri - VI asr boshlarida vujudga kelib, u eramizning V-VI asrlariga qadar, qariyb ming yildan ortiq davrni o’z ichiga oladi. Bu - quldorchilikka asoslangan jamiyatning xususiyatlarini o’zida gavdalantirgan falsafiy tafakkurning alohida tarixiy tipidir.
YUnon antik falsafasi taraqqiyotini shartli ravishda to’rt bosqichga bo’lish mumkin. Antik falsafa o’z mazmuni, fikrlash uslubi jihatidan sharqiy falsafiy tizimlardan va olamni mifologik izohlash tamoyillaridan keskin farq qiladi. Ayni vaqtda yunon falsafasida uzoq vaqt mobaynida mifologik elementlar saqlanib qolganligini ham ta’kidlash kerak.

Download 344 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling