Shermuhamedov Said (1930–2016). Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti sovrindori, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zosi, Oʻzbekiston Falsafa jamiyatining prezidenti, falsafa fanlari doktori, professor.
Akademik Said Shermuhamedov Oʻzbekistonda falsafa fani rivojiga, ilmiy-pedagogik kadrlar – fan nomzodlari va doktorlari tayyorlashga salmoqli hissa qoʻshdi, falsafada oʻziga xos ilmiy maktabga, jumladan, ijtimoiy falsafa, madaniyat tarixi va nazariyasi boʻyicha fundamental ilmiy maktablarga asos soldi.
Said Shermuhamedov 1930-yilning 12-mayida Buxoro viloyati- ning Qorakoʻl tumanida tavallud topgan. Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetida oʻqidi, u 1959-yilda nomzodlik, 1973- yilda esa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Ibrohim Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq institutida etika va estetika boʻlimi mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi KP MK madaniyat boʻlimi mudiri, respublika Maorif vaziri, Qori Niyoziy nomidagi pedagogika ilmiy-tadqiqot institutida direktor lavozimlarida faoliyat koʻrsatdi. U Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida 1985–2000-yillarda falsafa kafedrasining mudiri, 2000– 2015-yillarda esa professor vazifasida ishladi.
Said Shermuhamedovning «Yangilanayotgan jamiyatga – yangi falsafa» (1993), «Biz qanday jamiyat qurmoqdamiz?» (1999), «Inson falsafasi» (2001), «Istiqlol quyoshi» (2002), «Mustaqil Oʻzbekiston va falsafaning rivojlanishi» (2005), “Milliy gʻoya ijtimoiy taraqqiyotning qudratli kuchi” (2010), “Qalbim izhorlari” (2010), “Ehtirom” (2015) singari rus va oʻzbek tillarida nashr etilgan boshqa koʻpgina asarlari jamiyatimizning tarixiy taraqqiyot yoʻlini bozor iqtisodiyoti sharoitida haqqoniy aks ettiradi.
Pulatov Xaydar Poʻlatovich (1928–1994). Taniqli faylasuf olim, falsafa fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi. Ijtimoiy falsafa, madaniyat nazariyasi va axloq masalalari boʻyicha yirik asarlar muallifi, yuksak jasorat sohibi boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |