Sharq falsafasi. G’arb falsafasi
Djordj Berkli (1658-1753)
Download 344 Kb.
|
1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI. BO’LG’USI PEDAGOGLARDA FANNI O’QITISHNING NAZARIY-AMALIY AHAMIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’rifatchilik
Djordj Berkli (1658-1753) sub’ektiv idealizmning yirik vakillaridan biri edi. Berkliga Lokkning birlamachi va ikkilamchi sifatlar haqidagi g’oyalari ta’sir o’tkazgan edi. Ammo Berkli, Lokkdan farqli o’larok, barcha sifatlarni ikkilamchi (ya’ni sub’ektiv) hisoblaydi. Og’irlik va barcha makoniy xususiyatlar va aloqalar bizning hissiy a’zolarimizning qobiliyatlari bilan ifoda qilinadilar. Berklining dalilicha, biror ashyoning o’zi bizga katta ham ko’rinishi (undan kam masofadagi uzoqlikda) va kichik ham bo’lib tuyilishi (undan katta masofadagi uzoqlikda) mumkin. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, katta-kichiklik va uzoqlashganlik turli his - tuyg’u a’zolari vositasida hosil bo’lgan his - tuyg’uga tayanuvchi induktiv xulosa asosida paydo bo’ladi. Berkli nazaricha, mavjud bo’lishlik» - «idrok qilishda» demakdir. Ashyolarning ob’ektiv mavjudligini va tashqi dunyo hodisalarini, va demakki, «modda» tushunchasini Berkli rad etadi. Bu tushuncha umumiy bo’lganligidan qalbakidir, negaki uning asosida shunday taxmin yotadiki, go’yo biz, bizning his - tuyg’ularimiz mazmunini tashkil qiluvchi ashyolarning ayrim xususiyatlaridan chetga chiqishimiz mumkin va «umuman modda» asosi bo’lgan bizning barcha his - tuyg’ularimiz uchun umumiy bo’lgan abstrakt g’oya tashkil topishi mumkin. Ammo biz moddani modda sifatida idrok qilmasdan, balki ashyolarning muayyan xususiyatlari bo’lgan - ta’m, is, rang va shunga o’xshashlarni idrok qilishimiz mumkinki, uni Berkli «g’oyalar» deb atadi. Atrofimizni o’rab turgan ashyolar Xudo aqlida g’oyalar sifatida mavjud bo’lib, u esa, o’z navbatida, yerdagi hayotning manbai va sababidir.
Ingliz faylasufi, ruxshunosi, tarixchisi va iqtisodchisi David YUm (1711-1776) Berklining zamondoshi edi. Tashqi dunyo mavjudmi, degan savolga, YUm ikkilanibroq «bilmayman» deb javob berar edi. Axir bizning aqlimiz, ular keltirib chiqargan narsalar bilan emas, balki bizning his - tuyg’ularimizning mazmuni bilangina ish yuritadi. YUmning nuqtai nazaricha, to’g’ri bilim faqat mantiqiy bo’lishi mumkin, ammo o’rganilayotgan mavzular dalillarga tayanganligi tufayli va mantiqiy isbot qilish mumkin bo’lmaganligi sababli tajribadan keltirib chiqariladi. Tajribani o’zini YUm «taassurotlar» oqimi sifatida ifodalab, uning sabablari ma’lum emasligi va bilib bo’lmasligini qayd etadi. Tajribani mantiqiy asoslab bo’lmasligi omili shuning dalilidirki, tajribaviy bilim ishonchli bo’la olmaydi. Masalan, tajribada biz biror voqea haqida avval bir taassurotga, keyin esa boshqasiga ega bo’lamiz. Ammo ikki hodisaning birin-ketin kelishini mantiqiy jihatdan isbot qilib bo’lmaydi, negaki, birinchi hodisa ikkinchining sababi bo’lishi mumkin, ikkinchi esa - birinchining oqibati bo’la oladi. Ushbu dalildan kelib chiqib YUm sababiyatning ob’ektiv xususiyatini bilish mumkin emasligi haqida xulosa chiqaradi. SHu bilan birgalikda YUm ob’ektiv sababiyatni tug’ilgan g’oyalar yoki hissiy taassurotlar qiyofasini eslash ko’rinishida mavjudligiga yo’l qo’yadi. Barcha hissiy taassurotlarning hammasi ham biz uchun teng qiymatga ega emas: ularning ba’zilari yorqinroq, jonliroq, barqarorroq bo’lib, dunyoda amaliy ravishda ma’lum bir narsani ko’zlab ish tutish uchun yetarlidir. Pirovardida, YUm bizning ishonchimiz uchun manba nazariy bilim emas, balki din xizmat qilishligini ta’kidlashga majbur bo’ldi. Masalan, biz yil fasllarining davriy o’zgarishiga, har kuni quyosh chiqib, keyin botishiga ishonamiz. Bu ishonch ushbu hodisani takrorlanishini ko’rish odatiga asoslangan. YUm cherkovni tanqid ostiga oladi. Ammo u dinning kelib chiqishi va ijtimoiy vazifalarini tushuntirishga urinib, uning ahamiyatini, jumladan, axloqiy me’yorlarni barqaror qilish va uning ta’sirchanligining garovi ekanligini ta’kidlaydi. XVIII asrda Fransiyada falsafiy taraqqiyot Ma’rifatchilik panohida amalga oshirildi. Barcha ijodiy fikrlovchi fransuz faylasuflari amalda ma’rifatparvarlar edilar. Ularning mashhur vakillari orasida Volter, Russo, Didro, Lametri, Gelvetsiy va Golbax bor edi. Fransiyada ma’rifatparvarlarga e’tiroz bildiruvchi sifatida ilohiyotchilar chiqdilar. Ma’rifatparvar-faylasuflar o’z qarashlarida mexanistik shakldagi moddiyuncha dunyoqarashni targ’ib qildilar, garchi ularning ba’zilarining asarlarida, masalan, Didroning organizmlar taraqqiyoti haqidagi qarashlarida dialektik unsurlar ham mavjud edi. Didro nuqtai nazaricha, tabiat (materiya) barcha narsalarning sababi bo’lib, o’z o’zicha yashaydi, abadiy mavjud bo’ladi, negaki, u o’zining sababidir. Ayrim olingan kishiga nisbatan modda shunday narsadirki, his - tuyg’u a’zolariga qandaydir tarzda ta’sir o’tkazadi; moddiy jismlar esa atomlardan tashkil topgandir. Ma’rifatparvarlar o’zlarining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri sifatida davlat hokimiyatini dunyoviylashtirish, ya’ni cherkovni davlatdan ajratishni maqsad qilib qo’ygan edilar. Ular cherkovlar va diniy mazhablar faoliyati ustidan davlat nazoratini o’rnatishni nazarda tutar edilarki, toki ular diniy taassub va dushmanlik urug’ini sochish bilan shug’ullanmay, fuqarolik qonunlariga og’ishmay amal qilsinlar. Ma’rifatparvarlar insonni boshqatdan tarbiyalab, undagi ijobiy tomonlarni rivojlantirishga va pirovardida, atrofdagilarni, avvalo ijtimoiy muhitni sog’lomlashtirishga urindilar. Download 344 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling