2.1-chizma. Xitoy falsafasi rivojlanish bosqichlari.
Falsafa taraqqiyoti nuqtayi nazaridan Oʻzgarishlar kitobi (er.ol. XII–VI asrlar) eng muhimdir. Uning matnlarida afsonalardan falsafaga oʻtish boshlanganligini mushohada etish mumkin. Oʻzgarishlar kitobining eng muhim qismlaridan biri – In va Yan unsurlari haqidagi ta’limotdir. Yan qandaydir faol, barcha narsalarning ichiga kirib boruvchi, ashyolarni bilish yoʻlini yorituvchi narsa sifatida ifoda qilinadi; In uchun kutib turuvchi faoliyatsizlik oʻrin ajratilgan, negaki, u qorongʻilik ibtidosidir. In va Yanning harakati – yagona narsada yuz beradigan oʻzgarishlarning dialektik harakatidir. In va Yanning oʻzaro bir-biriga kirishishidan ularning oʻzaro ta’sirini aks ettiruvchi bir qator tushunchalar paydo boʻladi.
Xitoy falsafasining atoqli vakili Konfutsiya (er. ol. 551–479) boʻlib, uni adabiyotlarda koʻpincha Kun-tsu - Kun oʻqituvchisi deb atashadi.10 Konfutsiy fikricha, olamni “osmon” boshqaradi. “Osmon” tushunchasi u uchun nafaqat tabiatning bir qismi, balki olam va inson taraqqiyotini belgilovchi yuqori ma’naviy kuchni anglatadigan boshlangʻich tushuncha hisoblanadi. Ammo uning falsafasining markaziy qismi osmon emas, umuman tabiiy dunyo emas, balki insonning yerdagi hayoti va uning borligi, ya’ni bu antroposentrik. Ya’ni, insonning hayotdagi ijtimoiy oʻrni nihoyatda ulugʻ, u oʻziga ravo koʻrmagan narsani boshqalarga ham ravo koʻrmasligi, oʻziga ravo koʻrgan narsani boshqalarga ham ravo koʻrishi lozim. Osmon irodasi
Neokonfutsiychilik
Konfutsiychilik
— taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat hayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfutsiy nuqtayi nazariga koʻra, ilohiy mazmunga ega va uning mohiyatini “Li” tushunchasi belgilaydi. U, ya’ni tartib dunyoning mohiyatini aks ettiradi
Postklassik Xitoy falsafasi
-
Do'stlaringiz bilan baham: |