Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi bitiruv malakaviy ishi


Örcin – Ipdan qilingan narvon (zinapoya).   Öşür


Download 292.06 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/33
Sana26.12.2021
Hajmi292.06 Kb.
#183271
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
turk tili arxaizmlari va ularning semantik tadqiqi turkcha sozlikka kirgan sozlar misolida (1)

Örcin – Ipdan qilingan narvon (zinapoya).  

Öşür – aşar, ondalıki. Mahsulotning o`ndan bir qismi.  

1.2. Turk tiliga o‘zlashgan arxaik leksika 

Arxaizmlar  ustida  olib  borgan  tadqiqot  jarayonida  hozirgi  turk 

tilshunosligida,  turkcha  izohli  va  ensiklopedik  lug‘atlarida  eskirgan  so‘z,  atama 

va  tushunchalar  sifatida  berilgan  leksik  birliklarning  katta  qismi  arab  tilidan 

o‘zlashgan  ekanligiga  ishonch  hosil  qilindi.  Buning  asosiy  sababi  esa, 

nazarimizda, usmoniylar davlati hukm surgan davrda, ya’ni XIV asr boshidan XX 

                                                            

13

 Türkçe Sözlük, TDK, Ankara, 1998, S. 277 



14

 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 424 

15

 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 436 



16

 Türkçe sözlük. TDK. Ankara, 1998. S. 436 




14 

 

asrning  ilk  yillariga  qadar  Usmonli  turkchasi  gurkirab  rivojlangani  va  barcha 



sohani  qamrab  olganligi  hisoblanadi.  Chunki,  yuqorida  ham  ta’kidlangani 

singari, Usmonli turkchasi arab va fors tillarining sinteziga o‘xshagan murakkab 

tilga aylanib qolgan edi. 

Turk tilining izohli lug`atidan joy olgan aniq misollarga murojaat qilaylik. 

Тurk tilidagi resim (ar. resm) so‘zi hozirgi tildagi arabchadan o`zlashgan örf va 

adet so‘zlarining sinonimi bo‘lib, hozirgi turk tilning eskirgan so‘z lar zahirasida 

turadi. Jonli nutqda ushbu so‘z deyarli qo‘llanilmaydi. Uni badiiy asarlardagina 

uchratish  mumkin.  Ushbu  so‘zning  merasim  (marosim)  shakli  (resim  so‘zi 

o`zagi asosida yasalgan) nutqdagi faol so‘zlardan biri hisoblanadi. Turk tilining 

izohli va ensiklopedik lug‘atlarida ushbu so‘zga “1. marosim; 2. urf-odat” deb 

izoh berilgan.

17

 O‘zbek tilida esa, aksincha. Rasm so‘zi nutqda urf-odat, an’ana 



so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llanib kelinmoqda.  

Xuddi shu mazmundagi turkiy tilga arabchadan o‘zlashgan yana bir so‘z 



teamül (ar. tea : mül) dir.  U hozirgi turk tilida eskirgan va kam qo‘llanadigan 

so‘z  bo‘lsa-da,  badiiy  adabiyotda  odat  va  urf  so‘zlarining  sinonimi  sifatida 

uchrashi  mumkin.  Ma’nosi:  “Bir  joyda  qadimdan  davom  etib  kelgan  xatti-

harakat,  munosabat  (odat)”.  Ushbu  so‘z  yordamida  turk  tilida  teamül  hukuku 

iborasi  yasalgan  (ma’nosi:  urf  odatlarga  asoslangan  huquq;  urf-odat 

darajasiga yetib kelmagan, yozma shaklda belgilab qo‘yilmagan huquq).

18

  



O‘zbek  tilila  rasm  so`zi  ham  taomil  so`zi  ham  eskirgan  so`z  emas. 

O`zbek  tilining  izohli  lug‘atda  taomil  so‘ziga  quyidagicha  izoh  beriladi: 

“Taomil – biror jamiyatda odat hukmiga kirgan tartib-qoida,”

19

 rasm, tradisiya 



(an’ana), urf-odat, udum so‘zlarining sinonimi: eski taomil, yangi taomil kabi. 

To‘yning  to‘ri  aziz  mehmonlarga  ataladi.  Urf-odatimiz,  taomilimiz  shunday 

                                                            

17

  Diktonnaire Larousse, Ansiklopedik Sözlük, Milliyet Gaz-si Yayını, 1993-1994, 



C. 5, S. 2004 

18

 Türkçe Sözlük, TDK, 9. Baskı, 1.-2. Ciltler, Ankara, 1998, s. 2160 



19

 Ўзбек тилнинг изоҳли луғати, 2 томли, Москва, “Рус тили” нашриёти, 2-том, 

1981, 121-б. 



15 

 

(M.  Nazarov.  Cho‘lni  yashnatganlar).  To‘y  kunlari  ichkarida  samovarni 



ko‘pincha erkak kishi qaynatishi eskidan taomil bo‘lib qolgan (Oybek. Qutlug‘ 

qon). 


O‘zbek  tiliga  arab  tilidan  o‘zlashgan  va  odat,  urf  (urf-odat),  taomil  yoki 

udum so‘zlarining ma’nodoshi bo‘lgan an’ana so‘zi (ar. a’nane) turk tilida ham 

an’ane    shaklida  lug‘atlarga  kiritilgan  va  eskirgan  so‘z  sifatida  belgilab 

qo‘yilgan. Uni ko‘proq badiiy va tarixiy  asarlarda uchratish mumkin (Böyle ufak 



kasabalarda,  öteden  beri  arisokratik  bir  an’ane  vardı.  –  E.  E.  Talu

20

  –Ana 



shunday  shaharchalarda  unchalik  serhasham  bo‘lmasa-da,  oqsuyaklarga  xos 

an’analar  bor  edi).  An’ane so‘zi  eskirgan  so‘z  hisoblansa-da,  undan turk  tilida 

bir  necha  shakl  yasalgan:  an’aneci,  (an’analarga  sodiq),  an’anecilik 



(an’anachilik), an’anesiz (an’analarga sodiqlik), an’anevi (an’anaviy, an’anaga 

asoslangan) kabi. 

Turk  tilida  eskirib  qolgan,  o‘zbek  tilida  esa  qadimdan  bugungacha 

qo‘llanib  kelayotgan  an’ana  so‘zining  hozirgi  turk  tilidagi  muqobili  gelenek 

so‘zidir.  Gelmek  (kelmoq)  fe’li  o‘zagidan  yasalgan  gelenek  so‘zi  (gel  –  gelen  - 

gelenek) keng ma’noda bir avloddan keyingilariga o‘tib  kelgan bilim, ma’lumot, 

e’tiqod,  hayot  tarzi,  qisqacha,  ma’naviy  madaniyat  ma’nolarini  beradi.  Tor 

ma’noda  esa  gelenek  (an’ana)  nasllardan  nasllarga  o‘tib  kelayotgan,  bir 

jamiyatda muqaddas deb hisoblangan muhim nuqtai nazarlardir. 

Arab tilidan o‘zlashgan beşeriyet so‘ziga –çi turkcha yasovchisi qo‘shilishi 

natijasida yasalgan beşeriyetçi so‘zi va unga –lik yasovchisi qo‘shilishi natijasida 

yasalgan hozirgi turk tilida eskirgan so‘z bo‘lib, “bashariyat tarafdori, gumanist, 

insonparvar  (kishi)”,  “bashariyatchilik  ishi,  gummanizm,  insonparvarlik” 

ma’nosida qo‘llaniladi.

21

 Misollar:  




Download 292.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling