Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti turkiy tillar kafedrasi bitiruv malakaviy ishi
Download 292.06 Kb. Pdf ko'rish
|
turk tili arxaizmlari va ularning semantik tadqiqi turkcha sozlikka kirgan sozlar misolida (1)
tarixiy so‘zlar – hozirda mavjud bo‘lmagan narsa hodisalarning
iste‘moldan butunlay chiqib ketgan nomlaridir; bunda so‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi: o`nboshi (onbaşı), ellikboshi (ellibaşı), kanizak (cariye), olampanoh (hünkâr), eshik og`ası (has oda başı), xalfa (kalfa) kabi. 2)
arxaik so‘zlar – hozirda mavjud bo‘lmagan narsa-hodisalarning iste‘moldan butunlay chiqib ketgan nomlaridir; bunda so‘z eskiradi, lekin tushuncha eskirmaydi, boshqa so‘z bilan ifodalanadigan bo‘lib qoladi, bunday so‘zlar iste‘moldan chiqish arafasida turgan, hozirgi tilda sinonimi bo‘lgan so‘zlardir. Agar buni ona tilimizda ifodalaydigan bo‘lsak, qavs ichida hozirgi tildagi sinonimlari berilgan: rayon (tuman), ekspress (tezyurar), oblast (viloyat), vrach (shifokor), xirurg (jarroh), injener (muhandis), redaktor (muharrir), redaksiya (tahririyat), ulus (xalq), bitik (yozuv) va h. Endi bevosita atamalarga keladigan bo‘lsak, o‘zbek tilining izohli lug‘atida arxaizm atamasi va sifat turkumiga oid arxaik so‘ziga quyidagicha izoh berilgan: “Arxaizm (yunonchadan rus tili orqali o‘zbek tiliga o‘zlashgan)-
8
lingv. Eskirgan, iste’moldan chiqib qolgan so‘z, ibora, grammatik forma. Arxaik (rus tilida: arxaichniy, arxaicheskiy) - Eskirgan, iste’moldan qolgan. Arxaik so‘z. Arxaik ibora” 7 .
(arxaik) so‘ziga mana bunday izoh beriladi (tarjimasi): “Arxaizm (fransuzchadan turk tiliga o‘zlashgan (archaisme) atamasi 1. so‘zlashuv va yozuv tilida iste’moldan qolgan eskirgan so‘z yoki ibora. 2. juda qadim zamonlardan qolib ketgan bir shakl, bir narsaning xossasi” 8 .
Birgina Kâh nala, kâh mıha (Goh nahalga, goh - mixga) va uning muqobili bo‘lgan kâh nala döğür, kâh mıha (Goh nahalga uradi, goh mixga) idiomasi misolida bir necha eskirgan so‘zni ko‘rishimiz mumkin (ajratib ko‘rsatilgan). Tilga taraqqiyot taqozosi bilan yangi so‘zlar kirib borar ekan (masalan, yevropa tillaridan kirib kelayotgan avizo – hisob-kitob operatsiyasi; bilanço –
Hozirgi turk tilshunosligida, turk tilining izohli va ensiklopedik lug‘atlarida eskirgan so‘z, atama va tushunchalar sifatida berilgan leksik birliklarning salmoqli qismi arab tilidan o‘zlashgan. Buning asosiy sababi Usmonli davrida XIV asrdan boshlab XX asrning o‘rtalariga qadar Usmonli turkchasi gurkirab rivojlangan va barcha sohani qamrab olgan. Tabiiyki, Usmonli turkchasi arab va fors tillarining sinteziga o‘xshagan murakkab tilga aylanib qolgan edi. Lekin Usmonli saltanatining yemirilishi, Turkiya Respublikasining dunyoviy davlat sifatida barpo etilishi va mustaqilligining ilk
7 Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 1-жилд, М., «Русский язык», 1981, 55-б. 8 Türkçe Sözlük, TDK, 9. Baskı, 1.-2. Ciltler, Ankara, 1998; S. 133-134 9
yillaridanoq o‘tkazilgan tub islohatlar jarayonida, ya’ni XX asrning 30-50 yillaridan boshlab turk tili “tozalana” boshladi. Shuni ta’kidlash kerak, bugungi turk tili, tarixdan umumturkiy tilning o‘g‘uz lahjasi o‘g‘uz-saljuq kichik guruhiga mansub. Turk tili X – XI asrlarda O‘rta Osiyodan Onado‘lu yarim oroliga ko‘chgan va XII asrda Saljuqiylar davlati, XIV asrning boshlaridan Usmoniylar Đmperiyasini barpo etgan o‘g‘uz- saljuq qabilalari tilining ko‘p asrlik taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan. O‘shanda yangi turk leksikasi, yozuvda keng qo‘llanib kelayotgan arxaizm- larning o‘rnini egallashi va yangi tushunchalarni ifodalash uchun vosita bo‘lishi kerak edi. Ta’kidlanganidek, respublika davrida turk tili leksikasi va atamashunosligini qayta yaratish, tilni usmonlicha va ajnabiy tillardan o‘zlashib qolgan begona unsurlardan tozalash (özleşme) yo‘li bilan umummilliy adabiy til me’yorlarini ishlab chiqishga kirishildi. Bunda turk tili va qardosh turkiy tillarning ichki zahiralaridan keng ko‘lamda foydalanildi. Birinchi navbatda, XIII asrdan keyingi turk yozma adabiy yodgorliklaridagi genetik turkiy leksika asos olindi. Agar bu jarayonni uchga bo‘ladigan bo‘lsak, bulardan birinchisi, neologizmlar sifatida olingan faol arxaik leksikaning bir qismi zamonaviy turk adabiy tilining lug‘at tarkibiga kiritildi va ular arabcha, forscha so‘zlarning muqobillari sifatida tildan o‘rin oldi. Masalan: konuk (ar. misafir) ‘mehmon’, tanık (ar. şahit) ‘guvoh, shohid‘, oran (ar. nispet) ‘nisbat’, kez (ar. defa) ‘kez, marta’, sonuç (ar. netice) ‘natija’ va h. Ikkinchisi, turk tilining lahja va shevalariga xos qator so‘zlar lug‘at tarkibiga kiritildi. Masalan: çömçe ‘yog‘och qoshiq; kichik cho‘mich’, divlek ‘pish- magan qovun’, çekel ‘kichik omoch’ va h. Uchinchisi, so‘z yaratishning samarali usuli - sof turkiy affikslar yordamida va boshqa yo‘llar bilan yangi leksik birliklar yuzaga keltirildi. Masalan: gözlük ‘ko‘zoynak’, öğretmen ‘o‘qituvchi’, bakan ‘vazir’, yüzyıl ‘asr, yuz yil’, anayasa ‘konstitutsiya’ kabi. Bugungi kunga kelib hozirgi zamon turk adabiy tili to‘la shakllandi va turk tilining uslubiy va atamashunoslik tizimlari me’yorlashtirilmoqda. Lekin shuncha samarali ishlar olib borilayotganiga qaramay, tilning ba’zi vazifadosh uslublarida, ayniqsa, professional uslublarda – tibbiyot, huquqshunoslik, harbiy
10
va ilm-fanning boshqa sohalarida hozirgi zamon turk tiliga xos so‘z va atamalar, baynalminal atamalar bilan parallel shaklda juda ko‘p arxaik arabcha-forscha so‘z va atamalarning ham qo‘llanilayotgani ma’lum. Masalan, turkcha yuridik sohada juda ko‘p so‘z, tushunchalar va atamalar arabchadan o‘zlashgan: beraat
jazosidan qochmoq, vekalet – vakolatnoma, makbuz – tilxat (kvitansiya) va b. Sanab o‘tilgan dalil va xususlarning hisobga olinishi hozirgi zamon turk tilidagi so‘z turkumlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Download 292.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling