Ishning ilmiy yangiligi. Chet tillarini o‘rganishga talab kundan kun ortib
borayotgan bir paytda boshqa tillarning leksik qatlamini ham izchil o‘rganish,
o‘z ona tiliga qiyoslab, o‘xshash va farqli tomonlarini aniqlash muhimdir. Shu
nuqtai nazardan, turk tili arxaik leksikasini bakalavrlik bitiruv-malakaviy ishi
darajasida o‘rganish ishning yangiligini belgilaydi.
Ishning amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv-malakaviy ishini tayyorlash
natijasida ega bo‘lingan ma’lumotlarni akademik litseylarda turk tilini o‘qitish
jarayonida ma’ruza sifatida qo‘llash, arxaik shakllarning tilni o‘rganishda
qanchalik muhim ekanligini o‘quvchilarga material shaklida yetkazish,
to‘plangan arxaizmlar va eskirgan so‘zlarning kichik lug‘atini tuzish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |