3
KIRISH
Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o`z maqsad – muddaolari, shu bilan
birrga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma`naviy
dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi
alohida ahamiyat kasb etadi. Ya`ni tarixiy xotira tuyg`usi to`laqonli ravishda
tiklangan, xalq bosib o`tgan yo`l o`zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari,
yo`qotish va qurbonlari, quvonch va istiroblari bilan xolis va haqqoniy
o`rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo`ladi.
Biz bu masalaga ana shunday ilmiy asosda yondashib, qadimiy
tariximizni o`rganish va baho berishda unung biror–bir davri yoki jabhasini
e`tibordan chetda qoldirmaslikka harakat qildik. Jumladan, mustamlakachilik va
sovet davridagi ommaviy qatag`onlar paytida zulm va zo`ravonlik qurboni
bo`lgan, istiqlol yo`lida jon fido etgan ajdodlarimizning hurmati va xotirasini
joyiga qo`yish, ularning el-yurt ozodligi yo`lidagi ishlari, qoldirgan merosini
izlash va o`rganishni aynan ana shunday ma`naviy negizda yo`lga
qo`yganimizni qayd etish zarur.
El-yurtimiz taqdiriga daxldor bo`lgan tarixiy adolatni tiklash, xalqimiz va
millatimizning yaqin o`tmishidagi yopiq sahifalarni to`la ochib berish, shu
tarixdan saboq chiqarib, bugungi va kelajak hayotimizga ongli qarashni
shakllantirish, begunoh qurbon bo`lgan insonlar xotirasini abadiylashtirish biz
uchun ham qarz, ham farz edi.
Buyuk sivilizatsiya va madaniyat beshigi bo`lgan, ko`hna va hayratomuz
tarixni o`zida mujassam etgan Vatanimizdagi bebaho yodgorliklar, osori
atiqalar haqida so`z yuritar ekanmiz, shu zaminda yashayotgan barcha insonlar
ularni avvalo xalqimiz dahosining yorqin na`munasi, ta`bir joiz bo`lsa, unung
yuksak ma`naviyatiga qo`yilgan muazzam haykallar deb qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: