Sharq mamlakatlar iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti hind-ingliz guruhi IV kurs talabasi mamasoatov elyorning


Download 151.2 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi151.2 Kb.
#218557
  1   2   3   4   5



TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI
SHARQ MAMLAKATLAR IQTISODIYOTI, SIYOSATI VA TURIZMI FAKULTETI
HIND-INGLIZ GURUHI IV KURS TALABASI
MAMASOATOV ELYORNING

IQTISODIY INQIROZLAR NAZARIYASI FANIDAN


MUSTAQIL ISHI
MAVZU: KONDRATYOV SIKLLARINING MOHIATI

TOSHKENT - 2020

REJA:

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

  1. IQTISODIY TSIKLLARNING MOHIYATI

  2. KONDRATYOV TSIKLI VA UNING O’ZIGA XOSLIGI

  1. XULOSA

  2. ADABIYOTLAR RO’YXATI


KIRISH:

Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki tarix davomida jaxon va milliy iqtisodiyotlar bir tekis barqaror rivojlanmasdan, turli voqea-hodisalar va omillar ta’sirida goh cho’qqiga chiqib, goh inqirozga uchragan. Natijada ko’plab yirik sivilizatiya, imperiya va saltanatlar ilm-fan va madaniyat cho’qqisiga erishsada, vaqt o’tishi bilan zavolga ketib barham topgan. Natijada ularning o’rnini yangi saltanatlar egallagan, biroq ularni ham avvalgilarning qismati kutgan. Masalan, Bobil, Qadimiy Misr, Yunon, Makedoniya madaniyatlari, Rim imperiyasi, Buyuk Ipak yo’li, Angliya va Yevropa dengiz kashfiyotlari va hokazo. Ushbu jarayonlarga ba’zan ijobiy, ba’zan salbiy omillar ta’sir qilganini kuzatishimiz mumkin. Masalan, tabiiy ofat va urushlar salbiy ta’sirga ega bo’lsa, Yevropaliklar tomonidan dengiz yo’llarining kashf etilishi Buyuk Ipak yo’lining ahamiyatini yo’qotishiga olib kelishi kabi yangi kashfiyotlar ham o’z ta’sirini ko’rsatgan.

Qadimdan, iqtisodiy va siyosiy jarayonlar istiqbolini bashorat qilishga qiziqish kuchli bo’lgan. Ko’plab olim va faylasuflar istiqbolga turlicha nazar tashlab o’z usullarini ishlab chiqishi natijasida, rivojlanish va inqirozlar haqidagi qarashlarni ma’lum bir tartibga solishga muvaffaq bo’lishgan. Qadimdan, Kautiliyning “Artha Shastri”, Aristotelning “Politika”, Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Adam Smitning “Millatlarning rivojlanish tabiyati”, Karl Marksning “Kapital” kabi asarlarda ushbu mavuda bahs yuritilgan. Natijada inqirozlarga bo’lgan qarash umumiy ijtimoiy fanlardan ajrab chiqib alohida nazariyaga aylana boshlagach, tsikllar haqida (business cycles) nazariyalar shakllanishiga olib keldi.

So’nggi XIX, XX asrlarda manufaktura, industrializatsiya va kapitalistik munosabatlar rivojlanib, fan-texnika inqilobi iqtisodiyotning ko’plab soha va tarmoqlaridagi o’zgarishlarni tezlashtirish natijasida, ba’zan yangi paydo bo’lgan tarmoqlarning ham qisqa fursatda eskirib, zavolga yuz tutishiga olib kela boshladi. Axborot texnologiyalari esa ushbu jarayonlarni yanada jadallashtirib yubordi. Yirik korporatsiyalarning paydo bo’lishi, o’sishi va bankrot bo’lishi global ta’sirga ega bo’lib, iqtisodiyotda turli fazalarni paydo qila boshladi.

Iqtisodchi olimlar ushbu fazalarni tadqiq qilib, ular orasidagi qonuniyatlarni ifodalab berishga muvaffaq bo’ldi. Bular orasida ayniqsa, K.Juglyar, Sismondi, Artur Shpitgof va N.Kondrtyovlardan iborat to’rt iqtisodchi olimning nazariyalari diqqtga loyiq. Ushbu olimlarning sikl fazalari bir-biridan fazalar muddati bilan farqlanadi.



Nikolay Kondratyov nazariyasi eng uzoq muddatli davrlarni o’z ichiga olib, uning fazalari o’rtacha 50 (10 yil atrofida farqlanishi mumkin) yilni o’z ichiga oladi. “Katta sikl” nomi bilan mashhur Kondrtyov to’lqinlarida 1800 yillardan boshlab iqtisodiyotdagi yirik sohalarning nomlari va ularning rivojlanib, inqirozga uchrashi muddatlari keltirilgan. Bular orasida issiqlik dvigateli va tekstil, po’lat va temir yo’llari, elektr va kimyo sanoati, neft va mashinasozlik, axborot texnologiyalari bosqichlari ketma-ketlikda davriylashtirilgan. Ko’plab bahs-munozaralarga sabab bo’lishi qaramay, ushbu nazariya Yozef Shumpeter kabi olimlar tarafidan e’tirof etilib, ko’p hollarda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu jihati Kondratyov ilmiy ishlarini o’rganish ahamiyatini ko’rsatadi.


Download 151.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling