Sharq mamlakatlar iqtisodiyoti, siyosati va turizmi fakulteti hind-ingliz guruhi IV kurs talabasi mamasoatov elyorning
Download 151.2 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish hajmi
- -rasm. Sikl fazalar korinishi
Mustaqil ishning maqsadi:
Biznes sikllarini o’rganish orqali makroiqtisodiy jarayonlarga baho berish; Kitchin, Jyuglar, Kuznets va Kondratyov to’lqinlar orasidagi farq va bog’liqlikni o’rganish; Inqirozlarning paydo bo’lish sabablari va oqibatlarini baholash; Iqtisodiy o’sishning istiqbollariga nazar tashlashda Kondratyov to’lqinlaridan foydalanish; Hozirga davrdagi global o’zgarishlarni tahlil qilishdan iborat. Mustaqil ish hajmi: kirish, ikki paragrafli asosiy qism va xulosadan iborat. Iqtisodiy sikklar mohiyati va ularning turlari: Iqtisodiy sikllar global va makroiqtisdiyotdagi davriy o’zgarishlarni o’z ichiga olgan dinamik jarayonlardir. Ularning qonuniyalar asosida harakterlanishi va umuman mavjudligi haqida turli bahs-munozaralar mavjud bo’lib, turli iqtisod maktablari tomonidan turlicha baholanadi. Shuning uchun ushbu nazariya mutlaq, aniq ko’rinishga ega emas. Ular atrofidagi bahs munozaralar asosan quyidagi ko’rinishga ega: Mavjudligi yoki mavjud emasligi borasidagi bahs; Mavjud bo’lgan taqdirda ularning davriyligi muddatlari haqidagi bahs; Fazalarning harakterlanishi, ya’ni aynan qanday sohalarni amrab olinishi yoki muntazamligi va hokazo. Keynes tarafdorlari, neoklassik maktab vakillari orasidagi asosan bahs ularning muddati va tabiiyligi orasida bo’ladi. Masalan, keyneschilar qisqa muddatga e’tibor qaratib, sikllarning tabiiyligiga shubha bilan qaraydilar va narx, soliq siyosati orqali davlat aralashuvini yoqlaydilar. Neoklassik maktab vakillari esa uzoq muddatga e’tibor qaratib, sikllarni tabiiy jarayonlar deb qaraydilar. Davlatning har qanday aralashuvi ushbu tabiiy jarayonga halaqit beishini va bozor muvozanati o’zi tartibga kelishiga ishonadilar. Siklarning mavjudligi bozor iqtisodiyotiga hos bo’lib, rejali iqtisodiyotda ular mavjud bo’lmaydi. Chunki bozor iqtisodiyoti va erkin raqobat sharoitida narx talab va taklif orqali o’z muvozanatini topib, inflyatsiya, ishsizlik va bandlik darajalari turlicha bo’ladi. Xususiy sektor bozorga istalgancha hajmadagi talab va taklif bilan chiqishida erkin tanlovga ega. Rejali iqtisodiyotda har bir davr (masalan 5 yil) faqat o’sishga qaratilgan bo’lib, narx, ishlab chiqarish hajmi va bandlik qat’iy nazorat ostida bo’ladi. Shuningdek, milliy iqtisodiyotdagi uning darajasi mamalakat iqtisodiyotining ochiqligi, integratsiyalashuv darajasiga bog’liq. Yopiq mamlakatda iqtisodiyotning barqarorlashuviga erishish mumkin, biroq mamlakatda monopoliya kuchayib rivojlanish sekinlashadi. Ochiq iqtisodiyotda global inqirozlarga moyillik kuchliroq bo’ladi. Masalan, Hindiston 1991 yilgacha yopiq, import o’rnini qoplashga yo’naltirilgan siyosat yuritib, milliy valyuta kursida kekin o’zgarish kuzatilmaydi. 1991 yil iqtisod erkinlashtirilgach milliy valyuta inflyatsiyasi keskin ko’payib, 1993 yilda Markaziy Bank erkin-suzuvchi kursga o’tishga majbur bo’ladi. Iqtisodiyotda o’sish kuzatilsada, mamlakat inflyatsiyani jilovlashga majbur bo’lib, ma’lum bir davrda vayuta va narxni qisman nazorat qilishga majbur bo’lagan. 2008 yildagi AQSHdagi moliyaviy inqiroz asosan rivojlanagan va ochiq mamlakatlarga ta’sir qiladi. So’nggi uch asrlardagi global iqtisodiy inqirozlar iqtisodchilarning diqqta-e’tiborini tortib o’sish va zavolga ketish orasidagi bog’liq qonuniyatlarni izlashga harakat boshlandi. Empirik va statistic usullar orqali turli tadqiqotlar olib borib, ba’zi olimlar turli bosqichlardagi takroriy davriylikni payqab, o’z xulosalari asosida sikllar nazariyasini yaratdilar. Har bir davr to’rt bosqichdan iborat bo’lib, ular quyidagicha: O’sish fazasi – iqtisodiy faollikning oshishi bosqichi. Bu bosqichda investitsiyalar, bandli va yalpi ishlab chiqarish ortib boradi. Shuningdek inflyatsiya ham tezlashadi; Cho’qqi (Boom) – iqtisod o’zining eng yuqori imkoniyatlariga erishib, capital va mehnat kuchi to’liq band bo’ladi; Pasayish (retsessiya) – iqtisodiy faollik susyib borib, o’sishning aksi, ya’ni bandlik, sarmoya kamayib boradi. Deflyatsiya kuzatilishi mumkin; Inqiroz – ishlab chiqarishning eng quyi nuqtasi bo’lib, cho’qqining aksini tashkil qiladi. Bundan so’ng jonlanish va o’sish kuzatilishi muqarrar, biroq ushbu fazaning davomiyligi o’ziga xos bo’lishi mumkin. Masalan, Buyuk Depressiya iniqrozi to’rt yil (1929-1933 yillar) davom etgan. 1-rasm. Sikl fazalar ko'rinishi Yuqorida sanab o’tilgan bosqichlarni aniqlashda expertlar xulosasiga tayaniladi. Iqtisodiyotni yalpi talab va yalpi taklif holatlarini tasavvur etish murakkab ish bo’lganligi bois, ularni xarakterlaydigan inflyatsiya va ishsizlik darajasi, YAIM o’sish sur’atlari makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlarda fond birjalari va reyting agentliklari orqali ishlab chiqilgan indekslar ham iqtisodiyotning holatini baholab berishi mumkin. Bulardan eng diqqatga sazovorlari Dow Jones, NASDAQ, Standard & Poor’s, Moody’s kabi reyting agentlikalrining indekslaridir. Iqtisodiyot sikllarning qaysi bosqichida bo’lishiga qaramay turli chora-tadbirlarni ko’rishni taqozo etadi. Masalan, eng yuqorigi Cho’qqi bosqichida ko’p holatlarda odamlar va bizneslarda haddan tashqari xotirjamlik kuchayib, yalpi talab keskin ortadi. Bunda uy xo’jaliklari to’liq bandlik tufayli istiqbolga pozitiv ruhda qarab, keragidan ortiq sarf-xarajatlar qila boshlaydi va qarzdorligi orta boradi. Huddi shunday bizneslar ham investitsion xarajatlarini ko’paytirib boradi, natijada kreditlarga bo’lgan talab ortib borib, foiz stavkalari ortib ketadi. Inflyatsiya chuqurlashmasdan oldin chora-tadbirlar ko’rilmasa, vaziyat chuqurlashib ketishi mumkin. Bunday holatda mamlakat pul taklifini kamaytiradigan va soliq stavkalarini oshiradigan fiscal-monetar siyosat qo’llab, Yalpi talab shokini pasaytirishi lozim. Aksincha, retsessiya va inqiroz davrida yumshoq fiscal-monetar siyosat qo’llab, Yalpi talabni rag’batlantirishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Demak sikl fazalarining holatlarini, yoki trendni aniq kuzata bilish qobiliyati, fiscal va monetary siyosatni to’g’ri qo’llash, gipperinflyatsiya va ishsizlikni oldini olishga imkon berar ekan. Bunday tadrijiy dinamika nafaqat makroiqtisodiy, balki mikro darajada ham yahshi qo’llanilishi mumkin. Ma’lumki, yirik korxonada moliyaviy holati, ishchilarining kayfiyati , mavsumiylik kabi o’zgaruvchan trend kuzatilishi mumkin. Korxona ma’lum bir turdagi tovar savdosi cho’qqiga yetganda, bozor to’yinishini hisobga olib, uni qayta ishlashi yoki diversifikatsiya qilishi mumkin. Ishchilariga ba’zan rag’batlantiruvchi, ba’zan qat’iy tanqidiy yonadashish, ularning malakasini oshirib boorish mumkin va hokazo. Iqtisodiy sikllar davriyligiga qarab, asosan to’rt hil ko’rinishga ega: Kitchin to’lqinlari: 3-4 yil; Joglyar to’lqinlari: 7-11 yil; Kuznets to’lqinlari: 15-25 yil; Kondratyov to’lqinlari: 45-60 yillar. Ushbu sikllar bir-biridan farqlansada, ularni muvofiqlashtirish ham mumkin. Ya’ni, masalan, Kitchin to’lqinlari qisqa muddatda o’zgaruvchan bo’lsada, nisbatan uzoq muddatli Kitchin va Kuznets fazalarida tekislanib borib, juda uzoq muddatga kelganda uzluksiz holatga kelib, mutlaqo tekislanib ketishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, har bir uzoq muddatli to’lqin, o’zida kichikroq to’lqinni qamarb olishi mumkin. Siklar tarkibi bo’lgan makroiqtisodiy ko’rinishlar quyidagicha tasniflanadi: Prosiklik – bunda ko’rsatkichlar ishlab chiqarish bilan to’g’ri bog’lanish (musbat korrelyatsiya)ga ega bo’ladi. Bunga misol sanoat, iste’mol, investitsiyalar, uy-joy xaridi, davlat xaridi, jamg’arma, bandlikaksiya narxlari, nominal foiz stavkalari kiradi; Asiklik – bunda aniq bir musbat yoki manfiy bog’lanish kuztilmaydi. Masalan, real foiz stavkasi; Kontrsiklik – bunda teskari bog’lanish kuzatiladi. Masalan, ishsizlik va inflyatsiya. Bundan tashqari, makroko’rsatkichlar ildamlovchi, yonma-yon va ortta qoluvchi ko’rinishga ega bo’lishi mumkin. Download 151.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling